Maktabgacha yoshda bolalar tafakkurining rivojlanishi
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAKTABGACHA TALIM YONALISHI II KURS 201-GURUH TOLIBI
ISMOILOV IKROMning
MUSTAQIL ISHI
MAKTABGACHA YOSHDA BOLALAR TAFAKKURINING RIVOJLANISHI
Тermiz 2014
Maktabgacha yoshda bolalar tafakkurining rivojlanishi
Kirish
I.bob Maktabgacha tarbiya yoshida tafakkur muammosining o`rganilishi.
I.1 Bolalar tafakkuri va uning individual xususiyatlari.
I.2 Bolalarda tafakkur turlari va shakllarining o`ziga xosligi.
I.3 Bolalarda tafakkur xususiyatlarining rivojlanishi.
II.bob Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning tafakkurini diagnostika qilish metodikalari.
II.1 “ Obektlarni o`xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushintirish,tushunchalarni ta`riflash” metodikasi.
II.2 “ Mantiqsiz tasvirlar “ metodikasi.
II.3 Olingan natijalar tahlili va xulosalari.
III. Xulosa va tavsiyalar.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Ilovalar
Mavzuning dolzarbligi: Bola tug`ilishdanoq tafakkur qilish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Hozirgi kunda barcha jabhalarga texnik vositalarning kirib kelishi,odamlardan barcha psixik jarayonlarning ,birinchi navbatda,tafakkurning rivojlangan bo`lishini talab qiladi.Bu esa mavzuning dolzarbligini ko`rsatib turadi.
Kurs ishining predmeti:Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola tafakkuri muammosini o`rganish.
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning tafakkurini o`rganishga oid ilmiy va metodik manbalarni to`plash.
Kurs ishining metodi: Kurs ishida quyidagi metodlardan foydalanildi.
Kuzatish,suhbat,eksperiment,faoliyat mahsulini tahlil qilish.
Kurs ishining ob'ekti:Termiz shahar Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'mirlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 24-maktabgacha ta'lim muassasasining katta guruhi.
TAFAKKUR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Tafakkur bilish jarayonining eng yuksak shaklidir. U shaxsning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning muhim xususiyatlarini, boglanish hamda munosabatlarini bevosita umumlashgan holda aks ettirishdan iborat bolgan aqliy jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan boshlanadi va hissiy bilish chegarasidan tashqariga chiqadi. Dunyoni bilish faoliyati ikki yoldan borishi mumkin. Bevosita yol bilan narsa va hodisalarning ayrim xossalarni sezgilar yordamida, idrok orqali narsa va hodisalarni yaxlitligicha, shuningdek, ilgari sezib idrok qilgan narsalarni koz oldimizda yaqqol tasavvur qilib bilib olamiz. Bu bevosita hissiy bilishdir.
Tafakkur deganda biz nimani tushunamiz. Kundalik hayotimizda tafakkur so'zi ostida so'z orqali fikr bildirish nazarda tutiladi. Psixologiya fanida esa bu chuqur va keng ma'noli tushunchadir. Psixologlar har qanday ruhiy jarayonni tafakkur atamasi ichiga kiritadilar, uning yordamida inson biron bir masalani yechimini izlaydi va hal etadi.
Tafakkur turlari
Tafakkurning boshqa turlari ham mavjud, ular ham o'ziga yarasha masalalarga bog'lanadi. Notanish masalaga inson duch kelar ekan va uning yechimi noaniq bo'lsa, inson o'zining ijodiy tafakkurini ishga soladi. Odatda bu tafakkur turida mantiqiy va tasavvurli turlar birlashib ketadilar, lekin muhim rolni intuiciyaga bog'lashadi. Ayrim hollarda tasavvur etib harakatlanish tafakkuridan foydalaniladi. Uning o'ziga xos tarafi esa amaliy harakatlarning kiritilishidadir. Bunday tafakkurga ega insonlar haqida odatda "Qo'li gul" deb ham atashadi.
Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xilma - xildir. Shu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon boladi. Bilish uchun kerak bolgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga togri kelib qolinganida, shuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga togri kelinganida odam oz fikrini ishlatadi. Mana shundan ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bolishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkurga bolinadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u aniq va abstrakt tafakkurga, yonalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkurga bolinadi.
Tafakkurning qaysi bir turi yaxshiroq?
Keling bolaga shunday masala bersak: "Qiz bolada uch dona konfet bor edi, ona unga yana ikkita donani beradi. Qizaloqning endi nechta konfeti bor?" katta guruh bolasi ushbu misolni murakkab bo'lmagan fikr yuritish orqali yechishga harakat qiladi: "Uchga ikkini qo'shsa besh bo'ladi". Matematikani bilmagan bolakay esa ushbu masalani o'zga usul bilan hal qiladi.
U o'sha uch dona konfetni avval tasavvur etadi (uchtasi qizaloqniki va onasi bergan ikkita qolganini), tasavvur etgan holda, ularni rasmda ko'rgani kabi sanab chiqadi. Javob bir xil besh bo'ladi, lekin bolakay uning yechimini qanday topganligini ayta olmaydi. Boladan qanday bilding degan savolga, u "topdim" yoki oddiygina "bilmayman" deb javob berishi mumkin.
Tafakkur turlari
Agarda masala mantiqiy fikr yuritish orqali hal etilsa, u holda u inson mantiqiy tafakkurdan foydalanadi. Lekin bunday tafakkurning turi barcha holatlarga birdek to'g'ri kelavermaydi. Masalan, xonada mebellarni qulay tarzda joylashtirishda bunday tafakkur turi yordam bermaydi. Bu yerda ko'z bilan chamalab, qayerda qaysi buyum qulayroq va to'g'riroq joylashtirilishi va bu boradagi turli variantlar ko'zlab chiqiladi. Bunday tafakkur turini ko'rib-tasavvur etilgan tafakkur turiga ajratishimiz mumkin. Tasavvurli tafakkur turi - ko'rgan narsalardan foydalangan holda muammo va masalalarni hal etishda foydalaniladi.
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir-biri bilan almashinishi tarzida voqe bolmasdan, balki alohida aqliy operatsiyalar biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar (obyektlar) ustida, biz umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bolgan obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe boladi.
Tafakkur qilish operativ jarayondir.
Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil boladi, real olamdagi narsalar va hodisalar togrisidagi tushunchalar vujudga keladi.
Taqqoslash shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar ortasida oxshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik borligini, bir xillik yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi.
Analiz narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bolish demakdir. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga uning elementlariga bolgan munosabati aniqlanadi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bolish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qismlarga bolish uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilarni bir-biridan ajratib olish mumkin.
Sintez analizning aksi yoki teskarisi bolgan tafakkur jarayonidir.
Bu jarayon obyektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib qoshishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa, yoki hodisa tarkibiga kirgan elementlar, yoki qismlar tariqasida olingan buyum yoki hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bolgan munosabati aniqlanadi. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib qoshishdan iboratdir, amaliy analiz bolgani singari, sintez ham amaliy bolishi mumkin. Chunonchi, mashinaning ayrim detallari bir-biriga tegishli tarzda biriktirilganda, yani ular sintez qilinganda, yaxlit, butun mashina, masalan, odimlovchi ekskavator hosil boladi.
Abstraksiya shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu obyekt yoki obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining ozi tafakkurning mustaqil obyekti bolib qoladi. Abstraksiya, odatda, analiz jarayonida yoki analiz natijasida sodir boladi.
Inson butun hayoti davomida turli masalalarga va muammolarga ro'baro' keladi va ularni yechimini izlashda u tafakkurning turli qirralaridan foydalanadi. Ba'zida esa biron bir holat, muammo yoki masalani bir necha xil yo'llar bilan hal etish mumkin. Bunday holatda ham inson o'z tafakkuriga tayanib o'ziga qulay yechimlardan birini tanlaydi. Insonning masalalar yechimida qaysi yo'llardan foydalanishini o'rgangan holda, uning tafakkurining qay bir turi yaxshiroq rivojlanganligini aniqlash mumkin.
Ushbu masalani yechishda katta guruh bolasi foydalangan matematik tafakkur qulaydir. Lekin shunday masalalar borki, ularni yechishda tasavvurli tafakkurdan foydalanish foydalidir. Masalan bu geometriya masalalari bo'lishi mumkin. Ularni tez yechishda geometrik figuralarni aqlda yaxshi tasavvur eta olish kerak.
Bolaga rasm darslari nimaga kerak
Ayrim ota-onalar o'z farzandlarining matematika, o'qish va yozuvda muvaffaqiyatli ekanliklariga butkul fikrlarini jamlaydilar. O'z farzandlarini o'yin, rasm chizish, biron narsalarni yasash, konstrukciyalashdan tezroq ajratib olishni istaydilar. Ayrim ota-onalar esa umuman bolalarga rasm darsligi kerak emas deb hisoblaydilar. Ularning fikricha: "Mening farzandimning rasm, suratlarni chizishga qobiliyati yo'q, u hech qachon rassom bo'lmaydi",- deb aytadilar.
Rasm darsi (bolalar uchun mo'ljallangan boshqa darslar singari) bola faqat shu sohaning ko'nikmalarini o'zlashtirishi uchungina mo'ljalanmagan. Ushbu dars bolalarning rivojida ko'proq ahamiyatni kasb etishini bilishlari lozim. Rasm darsi tasavvur etish tafakkurini rivojlantiradi, bola o'z aqli bilan turli holat va hodisalarni tasavvur etishni o'rganadi. Bu esa bolaning to'laqonli aqliy rivoji uchun muhimdir.
Tasavvur etish tafakkurining rivojlanishi
Maktabgacha bolalarning mashg'ulotlarida - masalan - rasm chizish, turli o'yinlar, kubiklardan biron bir narsa yasash - boladan uning kichkinagina miyasida ana shu buyum va hodisalarni tasavvur etish vazifasi turadi. Bu esa bolaning ana shu turdagi tafakkurning rivojlanishida yordam beradi. Ushbu tafakkur turi boshqa tafakkur turlariga asos bo'lib, so'z boyligi, mantiqiy tafakkurning shakllanishida, kelajakdagi maktab darslarini a'lo darajada o'zlashtirishda ko'maklashadi.
Bolalar maktabga borar ekanlar ularning tasavvur eta olish tafakkuri juda baland darajaga bo'ladi. Lekin bu bolaning aqliy rivojlanishi bilan shug'ullanish kerak emas, degan gap emas. Bola hali ko'p narsalarni o'rganishi va tafakkuri rivojlanishida davom etadi. Shu sababli maktabgacha o'tilgan mashg'ulotlar maktab davrida bolaga foydalidir.
Mantiqiy tafakkurning rivojlanishi
Ko'p holatlarda hali maktabga bormaydigan bolaning fikrlari mantiqdan yiroq bo'ladi, lekin shaklan umuman olganda qabul qilinishi mumkin. "Termometrni odekolon bilan artib tashlang,-deydi besh yoshlik bolakay, - bo'lmasam ukamga mendan kasal yuqadi". Chindan olganda juda jiddiy so'zlar. Aslida esa haroratni uning ukasiga emas, bolakayning o'zinikini o'lchashmoqchi.
Shu bilan birga bolakay termometr yordamida harorat o'lchaganda, agar uni spirt bilan artib tashlanmasa, sog'lom odamni kasallanib qolishi mumkin deb o'ylaydi.
Asl mantiq asosan maktab yoshdagi davrda shakllanadi. Bunda esa maktab ta'limi muhim ahamiyatni kasb etadi.
Ilmiy va kundalik hayotdagi tushunchalar
Maktabda bolalar turli ilmiy tushunchalarni eshitadilar, masalan: "unli tovush", "undosh tovush", "raqam", "asar" va hokazolar. Uyda esa kundalik hayotda ko'p qo'llaniladigan oddiy so'zlar va iboralarga duch keladi. Misol uchun: "kiyim", "kun", "tun" va hokazolar. Ilmiy tushuncha va so'zlarning aniq ta'rifga ega bo'lib, bola ular nimani anglatishini va qayerda foydalanilishini yaxshi biladi yoki bilib oladi. Ulardan bola kundalik hayotida foydalanmaydi, ulardan bola faqat ma'lum darslarda qo'llaniladi .
Bola katta bo'lgani sari va egallab borayotgan ilmi tufayli ham ikkala tushunchalarning o'zaro boyishi vujudga keladi. Ya'ni bola ilmiy tushunchalar faqat darsdagina emas, kerak bo'lganda kundalik hayotda ham foydalanishini tushunib eta boshlaydi va ularni qo'llaydi. Ana shu yo'sinda bolakay ham maktabda, ham uyda tafakkurning rivojlanishi sodir bo'laveradi.
Bolalar oz tabiatlariga kora haddan tashqari qiziquvchan boladilar. Ular hamma narsani bilishi juda zarur, tamini tatib korishi, ushlab korishi, ular uchun tushunarsiz va yangi bolgan narsalarga oz tushuntirishlarini oylab topishi, tajriba otkazib korishi va oz farazlarini tekshirishi lozim. Har bir ota-onaning vazifasi oz farzandiga uni orab turgan olamni tanishiga yordam berishi kerak. Biz sizning etiboringizga uning tabiiy qiziquvchanligi qoniqtirishda yordam beradigan bir nechta usullarni taqdim etamiz.
Onaga botqa pishirishda yordam beramiz. Oshxona bola uchun ajoyib va bola aqliga hali tushunarsiz bolgan narsalar roy beradigan qanaqadir mojizaviy laboratoriya hisoblanadi. Boladan oshxonada biror narsa tayyorlashda sizda yordam berishini sorang. Axir hayratda qoldiradigan ozgarishlar, sovuq narsalar issiq va qaynatmaga aylanishini bilish, barchasining aralashtirilishi, rangini va tamini ozgartirishi hamda juda mazali biror narsa hosil bolishini bilish bolaga juda qiziq.
Yosh “polizchi”ni tarbiyalaymiz. Birgalikda bir nechta daraxt ekish yoki uy oldida kichkina gulzor barpo etish mumkin. Agar kochada biror narsa ekish imkoni bolmasa, uyning kichkina bogi yoki oranjeriya barpo eting. Tuvakka qandaydir chiroyli bir gul yoki limon yoki apel'sin urugini eking va sizning kichkina uy bogchangiz boladi. Balkonda mini-aravacha ornating: petrushka yoki piyoz ekib, uruglar osib chiqayotganini, gullayotganini, hid taratayotganini kuzatish mumkin.
Bola 3 yoshigacha ozlashtirgan sozlar asosan predmet va xarakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funksiyasini anglatib bu predmet yoki xarakatning tashqi korinishi ozgarsa ham uning nomi ozgarmaydi. SHuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funksiyalariga boglagan xolda tez ozlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga xarakat qila olganidan song esa uni sinchiklab organishida korishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan korgazmali xarakatli bolib, u atrof olamdagi turli bogliklarni organishga xizmat qiladi. Ozidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini korgan bola endi mustakil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak erdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta orin tutadi. Umumlashtirishda nutq asos xisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola qol soati, osma soat, shuningdek budilьnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turlicha bolgani sabab ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq xisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi. 2-3 yoshli bolalar malum bir predmetlarning orniga ularning ornini bosishi mumkin deb xisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, oyin jarayonida bola chopni qoshiq yoki termormetr ornida, yogochdan krovat yoki mashina orniga foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi ornida qollash mumkinligini bilish bola atrof olamni bilishi, organishidagi ahamiyatli burilish xisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, hikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qaxramonlarini kimgadir oxshatishga xarakat qiladi, u ozi mustaqil ertak yoki hikoyalarni toqiy olishi ham mumkin.
Bola 3 yoshigacha ozlashtirgan sozlar asosan predmet va xarakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funksiyasini anglatib bu predmet yoki xarakatning tashqi korinishi ozgarsa ham uning nomi ozgarmaydi. SHuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funksiyalariga boglagan xolda tez ozlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga xarakat qila olganidan song esa uni sinchiklab organishida korishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan korgazmali xarakatli bolib, u atrof olamdagi turli bogliklarni organishga xizmat qiladi. Ozidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini korgan bola endi mustakil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak erdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta orin tutadi. Umumlashtirishda nutq asos xisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola qol soati, osma soat, shuningdek budilьnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turlicha bolgani sabab ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq xisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi. 2-3 yoshli bolalar malum bir predmetlarning orniga ularning ornini bosishi mumkin deb xisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, oyin jarayonida bola chopni qoshiq yoki termormetr ornida, yogochdan krovat yoki mashina orniga foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi ornida qollash mumkinligini bilish bola atrof olamni bilishi, organishidagi ahamiyatli burilish xisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, hikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qaxramonlarini kimgadir oxshatishga xarakat qiladi, u ozi mustaqil ertak yoki hikoyalarni toqiy olishi ham mumkin.
Bola rasm solar ekan, rasmni sozlar bilan toldirib, faollik bilan xarakat qiladi, u oz tassavvurlari asosida keyinchalik katta yosh odamlarning soziga binoan rasmlar yaratmogi mumkin-unda ayrim narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va plastiklardan shakllar yasaydi, natijada, bola analizatorlarining rivojlantirishda hamda moslashgan va differensiyallashgan xarakatning tarkib topiishidan tashqari uning narsa shaklini, xajmini, bir olchovda bolishi va munosabatligini idrok etish takomillasha boradi. 3-4 yashar bola narsalar ortasidagi boglanishni farqlab oladi va oz faoliyatini planlashtiradi, bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning analizatorli idrok etish jarayoni ham yanada takomillasha boradi. Bola hayotining 3- yoshida beixtiyor idrok maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolada malum bir maqsadga qaratilgan, tanlangan idrokka aylanadi. Kuzatuvchanlik tarkib topadi. Idrok etishda sozning rolььi osha boradi bola narsalarning belgilab qoygan sifatlari va xususiyatlarini aytib korsatadi. Idrok jarayoni bolaning tafakkorini ostiradi. Idrok jarayoni oz faoliyati davomida va tafakkur jarayonida tobora takomillashadi. Oyin jarayonida 3-yashar bolada dastlabki umumlashtirish yuzaga keladiki, bu narsa bolaning oddiy masalalarni echishda imkon beradi. SHu tariqa tafakkurning eng sodda formasi bolaning narsa buyumlaridan foydalanish faoliyati bilan boglangan vositani amaliy tafakkurni paydo boladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola tasavvurlari doirasi kengayishi va bilimning oshishi uning aqliy faoliyatini xarakterini ozgartiradi. Nutqning osish faoliyatining kengayishi yangi tafakkur formalari uchun sharoit korsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 5-6 yashar bola tassavvurlaydi keyin esa muxokama qiladi, umumlashtiradi. SHu yoshdagi bolaning tafakkuri konkret obrazli emotsional va yaqqol tafakkur boladi. Muxokama bevosita narsa buyum bilan boglangan. Bola umumlashtirilgan tushunchalarni ozlashtiradi fikr yuritish operatsiyalari faqat idrok etishgina emas xayolga ham asoslandi.
Dastlabki (garchi mukammal bolmasa ham) xukumlar, xulosa chiqarish va yakun yasash paydo boladi. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib bolaning katta yoshli qilish va ularga taqlid qilib mustaqil ravishda xulosalar chiqarishda va umumlashtirida.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qoyilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Bogcha yoshidagi bolalar ozlarining faoliyatlari uchun kandaydir ahamiyatga ega bolgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar. Bogcha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning osishi oziga xos hususiyatga ega. Tafakkur bolaning Bogcha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bogcha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan kopayishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi osgan bolishi, uchinchidan esa, bogcha yoshidagi bolalarning juda kop erkin mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bolishlaridir. Bogcha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tugilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola oz savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi.
Odatda har kanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tugilishi tufayli paydo boladi. Juda kop ota-onalar va ayrim tarbiyachilar ham bolalar ortiqrok savol berib yuborsalar, «kop mahmadona bolma», «sen bunday gaplarni qaerdan organding», deb jerkib tashlaydilar. Natijada bola oksinib, oz bilganicha tushunishga harakat qiladi. Ammo ayrim passiv va tortinchok bolalar xech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashgulotlar va sayohatlarda kattalarning ozlari savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Har kanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez qilishdan boshlanadi. SHuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va analiz hamda sintez qilib korishga intiladilar.
Bogcha yoshidagi bolalarning hayoli, asosan, ularning turli-tuman oyin faoliyatlarida osadi. Birok, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bogcha yoshidagi bolalarda hayol qilish qobiliyati bolmaganda edi, ularning hayoli ham xilma-xil bolmas edi. Bogcha yoshidagi bolalarning hayollari turli xil mashgulotlarda ham osadi. Bogcha yoshidagi bolalar hayolining osishiga faol tasir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar xayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan malum munosabat yuzaga keladi
Bogcha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuygular goyat kuchli va juda tez namoyon boladi. Bogcha yoshidagi bolalarning his-tuygulari ular organik ehtiyojlarining kondirilishi va kondirilmasligi bilan boglikdir. Bu ehtiyojlarning kondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yokimsiz), norozilik, iztiroblanish tuygularini qozgaydi. Katta bogcha yoshidagi bolalarda burch hissi nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan ahloqiy tasavvurlari ortasida bogliklik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuygulari paydo bolsa, biron tartib qoidani buzib qoyganlarida xafalik, tabi xiralik hissi tugiladi.
Bolaning maktabda muvaffakiyatli oqishi kop jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga boglik. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bolishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi oziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning ogirligi oyiga 150- 200 gm dan buyi esa 0,5 sm dan kopayadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda yura oladilar, tez va engil yugura oladilar. Ular yugurib kelib sakrash, kongkida yugurish, changida uchish, sozish singari harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa buyicha mashgulotlarda ham bu yoshdagi bolalar xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashklarni ham anik, tez, engil va chakkon bajara oladilar.
Bolaning maktabda muvaffakiyatli oqishi nafaqat uning akliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham boglik. Maktabga oqish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini - turli majburiyatlari va xuquqlari bolgan va unga turli talablar qoyiladigan - oquvchi mavqeini olish uchun tayyor bolmogi lozim.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish soxalari songra esa emotsional motivatsion yonalish boyicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yonalishdagi rivojlashin obrazlilikdan to simvollilikgacha bolgan bosqichlarni otaydi. Obrazlilik deganda bolalarning turli obrazlarni yaratish, ularni ozgartirish va ularni erkin harakatga solish, simvollilik deganda esa belgilar sistemasi (matematik, lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqoti asosan bolalarning konstruktorlik oyinlarda, texnik va badiiy ijodlarida namayon boladi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarning birlamchi rivojlanishi kozga tashlana boshlaydi. Bilish jarayonlarida ichki va tashqi harakatlarning sintezi yuzaga keladi. Biron bir narsani idrok qilish jarayonida bu sintez persentiv harakatlarda, diqqatda ichki va tashqi harakatlar va xolatlar rejasini boshqarish va nazorat etishda, xotirada esa materialni esda saqlab qolish va esga tushurishning ichki va tashqi tozilmasini boglay olishda korinadi. Tafakkurda esa amaliy masalalar ishining usullarini bitta umumiy jarayonga birlashtirish sifatida yaqqol nomoyon boladi.SHuning asosida insoniy intelekt shakllanadi va rivojlanadi.Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi.Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganidan dalolat hisoblanadi. Bilish jarayonlarning sintezi bolaning oz ona tilisini toliq egallashi asosida yotadi.Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi.Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada elementar axloqiy norma va qoidalar egalaniladi.Bu norma va qoidalar bola axloqini boshqaradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.Karimov I.A. «Barkamol avlod O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori». T., 1997.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” T., 2008
3.Vohidov. M “Bolalar psixologiyasi” T.,1982.
4.Davletshin.M va boshqalar” Ysh va pedagogik psixologiya “T., 2002
5.Nishonova.Z ,Alimova.G “Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish metodikasi” T.,2006
6.Norboshyeva.M.O “Bolalar psixologiyasi” T., 2002
7G`oziеv E.G. Psixologiya Toshkеnt «Univеrsitеt» 1994.
8.G`oziеv E.G. Psixologiya.Toshkеnt, «O`zMU»,2002.
9.G`oziеv E.G`. O`quvchilarda umumlashtirish usullarini shakllantirish va ularning aqliy taraqqiyoti. Toshkеnt. 2001.
.
Qo`shimcha adabiyotlar
10. G`oziеv E. G. O`quvchilarning o`quv faoliyatini boshqarish. T. 2002.
11. G`oziеv E. G. Tafakkur psixologiyasi. Toshkеnt. 2002
12. www.psiholog.uz
13. www.ziyo.net
14. www.flagiston.ru
Tafakkurning
yonalishlariga
qarab
Nazariy
tafakkur
Amaliy
tafakkur
nglashilishiga
nisbatan
Aniq
tafakkur
Abstrakt
tafakkur
Tafakkur
motivlari
Maxsus
bilish
motivlari
Maxsus
bolmagan
motivlar
Maktabgacha yoshda bolalar tafakkurining rivojlanishi