O’lkaning «sovetcha andozadagi avtonomiya» asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respublikasining tuzilishi
Ozbekiston Respublikasi Oliy va Orta maxsus talim Vazirligi
Buxoro Davlat Universiteti
“Pedagogika va jismoniy madaniyat kasb talimi amaliy sanat” fakulteti
“Tarix” fanidan
Mavzu: Olkaning «sovetcha andozadagi avtonomiya» asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respublikasining tuzilishi.
Bajardi: Sharipova G
1 K guruh talabasi
Qabul qildi: Jumayeva N
Buxoro 2011
Mavzu: Olkaning «sovetcha andozadagi avtonomiya» asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respublikasining tuzilishi.
REJA
- Turkiston sovet respublikasining tuzilishi.
- Turkistonda bolshevistik diktatura va uning mohiyati.
- Moliya, sanoat tarmoq-lari, transport, hunar-mandchilikdagi ozga-rishlar.
- Xorazmda 1917 yildagi islohotchilik harakati: natijalari va mohiyati.
- 1918-1920-yillarda Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Amir-likning mahv etilishi.
Olkaning «sovetcha andozadagi avtonomiya» asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respub-likasining tuzilishi.Turkistonda bolsheviklar asos solgan sovet rejimi chorizmning mustamlakachilik siyosatidan oshib tushdi. Turkiston olkasi ikkinchi marta Markaziy Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bola boshladi.Olkada hokimiyatning faqat ishchilar va yevropali unsurlar qolida bolib qolishi Turkistondagi barcha demokratik kuchlarning yangi hukumatga bolgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bolsheviklar va so'1 eserlar Turkiston Muxtoriyati hukumatini agda-rib, mamlakat aholisining olkani boshqarishga bo'l-gan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat tog-risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yoqqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy ha-yotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib qolishini oldindan muqarrar qilib qoydi.
Markazdagi bolsheviklar hukumati Turkistonda «so-vetcha andozadagi avtono-miya» ornatishga qattiq kirishdi. Bu ishni bajarish uchun Moskvadan koplab partiya va sovet xodimlari Turkiston olkasiga yuborildi. Leninning buyrugi bilan bolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komis-sari qilib jonatildi. 1918-yil 10-apreldan boshlab u Turkiston olkasining amaldagi xojayiniga aylanib, butun hokimiyat jilovini oz qolida saqlashga harakat qildi. 1918-yil 20-aprel -mayda Toshkentda Turkiston sovetlarining V s'yezdi bolib otdi. Unda qatnashgan 300 ga yaqin delegatdan atigi 50 tasi mahalliy millat vakillari edi. S'yezd delegatlari Lenin va Stalinning korsatmasi asosida 30-aprelda Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida Turkiston Sovet Respublikasi (TSR)ni tuzish togrisida qaror qabul qilishdi. Qarorda «Turkiston sovet respubiikasi avtonom tarzda boshqari-ladi, Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumatini tan oladi va oz faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi», deb yozilgan edi. S'yezd respublikaning qonun chiqaruvchi oliy orga-nikishidan iborat (18 tadan bolshevik va so'1 eser-lar kirgan) Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK)ni sayladi. Turkiston MIK raisi qilib favqulodda komissar P.Kobozev, hamrais qilib A.Solkin saylandi. Mahalliy millat vakillaridan 4 kishi: SJoraboyev, S.Yusupov, Sh.Ostonboyev, S.Azimboyev birinchi marta MIK a'zoligiga saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 bolshevik va 7 so'l eser) kiritildi. STursunxojayev (sogliqni saqlash komissari) va S.Ashurxo'jayev (milliy ishlar komissari) tub millatlar-ning dastlabki vakillari sifatida hukumat tarkibiga kirish-di. Shuningdek, tatarlardan LGabitov ichki ishlar va H.Ibrohimov adliya komissarlari qilib saylandi.
Afsuski, «sovetcha andozadagi avtonomiya» tabiatan milliy muxtoriyat bolmay, balki hududiy bir avtonomiya edi. Buning ustiga ushbu «muxtoriyat» samaralaridan birinchi galda olkadagi yevropalik aholining asosan proletar qismi bahramand boldi. 1918-yil 17-iyunda Toshkentda bolib otgan Turkiston bolsheviklarinnig olka konferensiyasi Turkis-ton kommunistlar (bolsheviklar) partiyasining 1-s'yezdi deb nomlandi. Unda olkadagi kommunistik guruhlar ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Turkiston Kompartiyasiga (RKP(b) tarkibida) birlashdilar. Kommunistlarning miqdori 2000 kishidan oshmas edi. S'yezdda LTobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi, uning tarkibiga mahalliy kommunistlardan Nizomiddin Xojayev ham kiritildi.
«Temir qonun», «po'latdek kuchli intizom», «dikta-torlik vakolatlari» kabi sinfiy xislatlarni ozida jamlagan Turkiston Kompartiyasi RKP(b)ga boysunar edi. Markaz bolsheviklari bergan har qanday topshiriq sozsiz ijro qilinishi oqibatida Turkiston mintaqasini Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam asosda yolga qoyildi.
Turkiston bolsheviklarining anjumanida qabul qilingan qarorlar olkaning keyingi taqdirida ota salbiy rol oynadi. Masalan, Turkiston Muxtoriyati hukumatini tor-mor qilishda faol qatnashgan arman dashnoqlari par-tiyasining yolboshchisi s'yezdda iliq kutib olindi. Tobolinning aytishicha, ular ogir vaziyatlarda «Dash-noqsutyun» partiyasining yordamiga suyanishgan edi.
Bolsheviklar tomonidan «sovet Turkistoni»ga aylan-tirilayotgan mintaqada hokimiyatni siyosiy markaz-lashtirish borasidagi harakat kuchaydi. Turkistonda Markazning siyosiy hukmronligi boshqaruv tizimi orqali shakllandi va izchillik bilan amalga oshirishga kirishildi.
Shunday qilib, sovetlarning V s'yezdi Turkistonni Rossiya tarkibidagi olka sifatida e'lon qilib, davlat boshqaruvi va xalq xojaligi sohasidagi siyosatini markazdagi bolsheviklar hukumati belgilashini «qonuniy akt» bilan muhrlagan bolsa, olka bolsheviklarining I s'yezdi ham Rossiyaning partiyaviy, goyaviy va nazariy hukmronligini tan olib, shimoldagi bu davlat qo'l ostida bolishni yoqlab chiqdilar.
Milliy rahbar xodimlar ning faoliyati. 1918-yilning ikkinchi yarmida Turkistondagi sovet ho-
kimiyati, aslini aytganda, qil ustida turib qoldi. Fargona vodiysida boshlangan istiqlolchilik harakati butun Turkistonni qamrab olgan edi. Lekin bolsheviklar tashviqoti roy berayotgan ho-disalarning asl mohiyatini olka aholisiga buzib korsa-tardi. Oqibatda mahalliy aholining bir qismi sovet hokimiyatini mustahkamlash uchun bolayotgan kurash-ga tortildi. Sovet rejimi milliy olkalarda oz siyosatini amalga oshiruvchi ijrochilarga muhtoj bolgan.
Tub aholining aksariyat qismi bolsheviklar va sovet tuzumini tan olmas edi. Bu holat sovet tuzumining kela-jagi uchun jiddiy xavf tugdirgan. Shuning uchun boshe-viklar tub aholi vakillaridan bir qismini 1918-yil bahori-dan boshlab hokimiyat organlarida ishlashlariga yo'l qoyib, ularga qisman yon berdilar. Milliy rahbar xodim-lar dastavval yangi tuzumning goyalaridan oz xalqlari baxt-saodati yolida foydalanishga urindilar. Ular bu goyalarni Turkistonning oziga xos xususiyatlariga mos-lashtirishga harakat qilgan edilar.
1919-yil mart oyida Turor Risqulov (1894-1938) raisligida Turkiston olkasi Musulmonlar byurosi (a'zo-lari Nizomiddin Xojayev, Abdulqodir Muhitdinov, YJbrohimov, Yusuf Aliyev, Afandizoda va boshqalar) tuzildi. Musulmonlar byurosi zimmasiga tub aholi orta-sida ish olib borishni tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Turkistonda bolshevistik diktatura va uning mohiyati. Musbyuroga «Ishtirokiyun» (hozirgi «Ozbekiston ovozi») gazetasiga muhanirlik qilish vazifasi ham topshirildi. Musulmonlar byurosi atigi 10 oy davom etgan faoli-yati davrida olka miqyosida musulmon kommunistik tashkilotlari faoliyatini yolga qoyishga, katta tashkiliy ishlarni amalga oshirishga erishdi. U Turkistondagi tub xalqlarning manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishgan edi. Turkiston respublikasidagi bolshevistik rahbariyat orta-sida hokimiyat uchun ozaro kurash qizib ketdi. Guruh-bozliklar, mojarolar va janjallar avjga chiqdi. 1918-yil oktabr oyida F.Kolesov, LTobolin, A.Solkin va boshqa «eski kommunistlar» oz vazifalaridan chetlashtirildi. 1918-yil oktabrda bolib otgan sovetlarning fav-qulodda VI s'yezdida RSFSR Konstitutsiyasi asosida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyaga kora, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yollar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari kabi davlatchilikning muhim shakllari Rossiya federal hukumati boshqaruvida qoldirildi.
Shunday qilib, Turkistondagi siyosiy hukmronlik, birinchidan, olkada «sovetcha andozadagi avtono-miya»ning ornatilishi bilan yolga qoyilgan bolsa, bu jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy fiinksiyalarining federal hukumatga topshirilishini kons-titutsiya yoli bilan «qonuniy« rasmiylashtirilishi boldi. 1919-yil 19-yanvarda harbiy komissar K.Osipov boshchiligida isyon kotarildi. Ular 14 komissarni otib tashlashdi. K.Osipovning xalqqa qilgan murojaatida koplab va'dalar berilganligiga qaramay, tub aholi betaraf qoldi. Biroq isyon tezda Toshkent temir yo'l ustaxonalari ishchilari va boshqa kuchlar tomonidan bostirildi. Osipov Fargona vodiysiga qochib ketdi. Tontarishga bolgan urinish yangi qatagon va terror usullarining paydo bolshiga olib keldi.
olka bolsheviklari 1919-yil mart oyi boshida so'1eserlarni hukumatdan siqib chiqardilar. Turkiston ^ va XKS tarkibi nuqul kommunistlardan iborat qilib tuzildi.
Markaz bolsheviklari Turkistonning siyosiy va iqti-sodiy qaramligini huquqiy yo'l bilan «qonuniy» mus-tahkamlagach, olkani boshqarish uchun Markaz man-faatlarining sozsiz ijrochisi bolgan oz emissarlarini jonata boshladi. Turkiston bilan Markaz vaqtinchalik boglanib turgan qisqa muddat ichida (1919-yil yanvar-aprel) Kreml hukumati bu yerga ana shunday emissarlar yuborishni muntazam yolga qoydi. 1919-yil 12-fevralda RKP(b) MK va RSFSR XKS-ning Turkiston ishlari bilan shugullanuvchi alohida muvaqqat komissiyasi (raisi Sh.Z.Eliava) tuzildi. Ko-missiya a'zolaridan P.Kobozev boshchiligidagi bir guruh xodimlar 4-mart kuni Toshkentga yetib kelishdi. Kobozev sovetlarning favqulodda VII s'yezdida (1919-yil mart) shunday da'vo qilgan edi: «RSFSR hukumatining qabul qilgan har bir qonuni MIK tomonidan Turkis-tonda sozsiz amalga oshirilishi shart».
Markazdan kelgan bolsheviklar bilan Turkistondagi sovet amaldorlari ortasida hokimiyat uchun kurash qay-tadan avj olib ketdi. Bu holat, xususan, sovetlarning VIII s'yezdida (1919-yil 6-sentabr -oktabr) yaqqol namoyon boldi. A.Kazakov boshchiligidagi Turkiston MIK raisi bilan Markaz vakili P.Kobozev ortasida hokimiyat uchun bolgan kurashda Kobozev zorga golib chiqdi. Tub xalqlarga nisbatan shovinistik muno-sabatini oshkora namoyish qilgan A.Kazakov va orin-bosari Uspenskiy, ularning hamtovoqlari oz lavozimla-ridan olib tashlandi. A.Kobozev Turkiston MIK ning yangi raisi LApinga mustamlakachilik siyosatini ota noziklik bilan yuritish, tub xalqlarning manfaatlariga oshkora qarshi chiqmaslik xususida korsatmalar berdi.
Turkiston ot-olov ichida yonayotgan bir paytda-yil 8-oktabrda V.I.Lenin buyrugi bilan butun Ros-siya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston ishlari boyi-cha komissiyasi Turkkomissiya (raisi Sh.Z.Eliava) tuzildi. 1919-yil 4-noyabrda Eliava, V.Kuybishev, F.Goloshchekin, Ya.Rudzutakdan iborat tarkibdagi Turkkomissiya Toshkentga yetib keldi. MFrunze va CBokiy keyinchalik bu yerga kelishdi. Turkkomissiya amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xojalik va harbiy tashkilotlarga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshe-vikcha siyosatni qat'iy ravishda amalga oshirishga kirish-di. Turkkomissiyaning tazyiqi bilan 1920-yil yanvar oyining oxirida Musbyuro oz faoliyatini toxtatdi.
Turkkomissiya olkamiz yangi tarixida ota mash'um rol oynadi. U bolsheviklar hukmronligini kuchaytirish va olkaning sovet Rossiyasiga qaramligini kengaytirish bilan jiddiy shugullandi. Turkkomissiyaning Toshkentga kelishi bilan Turkistonda bolshevistik diktaturani or-natish jarayoni muayyan marraga yetdi. Bolshevistik dik-taturaga asoslangan sovet rejimi tub aholining manfaat-lari va intilishlariga zid bolgan, faqat sinfiy kurashga asoslangan va xalqqa qarshi qaratilgan totalitar rejim edi.
So'1-bolshevistik guruhlar olkaning yevropaliklar yashagan joylarida oz hokimiyatlarini ornatganlaridan song inqilobiy aqidalar asosida boshqaruv-ma'muriy idoralar tizimini tashkil qilishga kirishdi. Oldingi amaldorlar hokimiyatdan mahrum qilinib, mahkamalar yopildi. Turkiston komissarlari soveti tuzilib, u inqilobiy dekret-lar majburiy qoidalar chiqarib bordi. 1918-yil bahor-yozidan Turkiston sovet respublikasi e'lon qilinishi bilan hukumat tuzildi, qator komissarlik-lar, jumladan, ichki ishlar, yer ishlari, maorif, millatlar ishlari komissarliklari barpo qilindi. Sovet hokimiyati dushmanlari bilan kurash olib boruvchi ChK (Favqulodda komissiya) oz faoliyatini amalga oshira boshladi. Siyosiy vaziyat keskinlashishi munosabati bilan tribunallar, siyosiy bolimlar, uchliklar ham tuzilib, faoliyat korsatdilar. Xojalikni boshqaruvchi idoralar tashkil etildi.
Fargona, Sirdaryo, Samarqand viloyat boshqaruv idoralari, komissarliklar, boshqa markaziy ma'muriy idoralarning bolimlari barpo qilindi, shuningdek, uyezdlar va volostlar ma'muriyatlari tashkil etildi. Aholi ijtimoiy hayoti tartib-intizomini yolga qoyish tadbirlari joriy etib borildi.
Qator muddat davomida sovet boshqaruvi, uning siyosati barcha joylarni qamrab ololmay keldi. Asosan shaharlar va atroflardagi joylar bu jarayonga tortildi. Markazlardan olislardagi joylardan esa vaqti-vaqti bilan sovet hokimiyati amaldorlari qurolli kuch hamrohligida paydo bolib, oziq-ovqat, yem-xashak, otlar, boshqa dehqonchilik mahsulotlarini yigib olib qaytganlar.
Siyosiy vaziyat murakkablashgan joylarda, jumladan, Fargona viloyatida inqilobiy hokimiyatning favqulodda organi inqilobiy qomita (revkom)lar harbiy sharoit qoidalari boyicha hokimiyatni boshqarganlar. Turkiston olkasi, viloyatlar va mahalliy ishchi, soldat sovetlariga saylovlar otkazilib, ularning qurultoylarida turli masalalar muhokama qilingan. Umumturkiston sovetlarining 12 ta qurultoyi otgan. olka bolsheviklari siyosiy muxoliflarini chetlashtirgandan song Turkiston sovetlarining songgi oltita VIIXII qurultoylari mut-tasil ular rahbarligida otdi. Sovetlar qurultoyidan oldin olka bolsheviklarining qurultoyi otkazilib, muhim siyosiy korsatmalar tasdiqlab olingach, sovetlar qurul-toyiga korsatma sifatida tavsiya etilgan. Turkiston kom-partiyasining sakkiz qurultoyi bolib otdi.
Sovetlar hukmronligi boshlanishi bilan vaqf mulkla-rining davlat ixtiyoriga olinishi e'lon qilindi. 1918-yillarda koplab joylarda bu narsa amalga oshirildi.1919-yil iyun oyida qoziliklar yopildi. Bular milliy an'analarga hujumning bir qismi edi va xalq ommasining noroziligiga sabab boldi.
1919-yil kuzida Rossiya markazidan kelgan Turk-komissiya favqulodda va cheklanmagan, siyosiy-par-tiyaviy hamda davlat hokimiyati vakolatlarini amalga oshirdi. U Turkiston Kompartiyasi MK, Turkiston MIK va XKS ustidan qattiq nazorat ornatdi, lozim topganda ularni tarqatib yubordi, tarkibini ozgartirdi. Ichki va tashqi siyosat, iqtisodiyot, armiya, kadrlar masalasini oz qoliga olib markazlashtirdi. Rossiyadan yuborilgan moddiy resurslar, harbiy qismlar, bolshevik kadrlar Turkkomissiya ixtiyoriga icelar edi.
Turkiston kompartiyasi a'zolarining soni kam bolib, tez-tez ozgarib turardi. Masalan, 1920-yil oxirida 58 mingga yaqin a'zo bolsa, partiya faoliyatining oxirgi yili -yil ortalarida uning qatorlarida 6 ming a'zo bor edi. Chunki kommunistlar xalq ortasida obro'-e'ti-borga ega emasdilar.
Asossiz va real voqelikdan yiroq bolgan boshqaruv jarayoni uzluksiz siyosiy toqnashuvlar va goyaviy muxoliflikni keltirib chiqarar edi. Bularga javoban bol-shevik rahbarlar sovet idoralarida, ijtimoiy tashkilotlarda, kompartiyaning ozida ham tez-tez tozalash (chistka)lar otkazib bordilar.
Inqilobiy hokimiyat tub oz-garishlar shiorlari va dab-dabali dasturni e'lon qilibgina qolmasdan, Turkistonda ular-ni amalda tadbiq qilishga ham kirishdi. Dastlab barcha bank muassasalari, ularda-gi mablagva boyliklar, shuningdek, temir yo'1, aloqa vositalari natsionalizatsiya qilindi. Sanoat va tog-kon korxonalarida ishchilardan boshqaruvni, ishchi nazorati-ni amalga oshirish e'lon qilindi, lekin bundan natija chiqmadi. Ikkinchi bosqichda sanoat korxonalari, songra boshqa ob'ektlar (mehmonxonalar, restoranlar, tamaddixonalar), hunarmandchilik ustaxonalari va shu kabilar musodara (natsionalizatsiya) qilindi.
Moliya, sanoat tarmoq-lari, transport, hunar-mandchilikdagi ozga-rishlar. Sanoat boyicha sanoat, savdo, qishloq xojaligi va boshqa komissarliklar tuzilib, ish olib bordi. Turkiston respublikasining Xalq xojaligi Kengashi (1918-yil aprel), uning joylardagi tashkilotlari xojalik faoliyatiga rahbar-lik qildilar. Tadbirkorlik bilan shugullanib kelgan jami-yatlar tarqatib yuborildi, xususiy mulk egalari tekin-xorlar deb e'lon qilinib, fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindi. Buning ustiga ularga tez-tez kontribut-siyalar (tovon, jarima) solindi, ular majburiy mehnatga jalb qilindilar.
Xususiy mulk yoq qilinib, egasiz qolgan iqtisodiyot shiddat bilan talon-taroj boldi. 1917-yilda olkada 326 ta paxta tozalash, yog-sovun zavodlari bor edi. Ularning soni qisqarib borib, 1918-yilda 69 taga, 1919-yilda 43 taga, 1920-yilga kelib esa 37 taga tushib qoldi. Paxta yogi, sovun ishlab chiqarish, toshkomir va neft qazib olish nihoyat darajada pasayib ketdi. Temir yolda ishla-mayotgan parovozlar, vayron bolgan vagonlar soni tez ortib bordi. 1917-yilda Turkistonda 91242 hunarmand bolib, ulardan 52796 tasi shaharlarda, 38446 tasi qishloqlarda faoliyat korsatgan. Fargona, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahri va atrofida 31353 ta hunarmandchilik korxonalari bolib, ular hunarmandlarning xususiy rnulki bolgan. Ular davlat mulki deb e'lon qilindi. Hunar-mandchilik ustidan qattiq nazorat ornatildi, mahsulotlar hokimiyat tomonidan taqsimlanadigan boldi. Olkada savdo-sotiq buzildi, oziq-ovqat tanqisligi natijasida hamma bozorlar yopildi, non bilan ta'minlash, galla davlat idoralari ixtiyorida markazlashtirildi. Iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun Turkiston XKS pul emissiyasiga zor berish yolini tan-ladi. 1918-yil yoziga kelganda pul-moliya tangligi pul-ning ota qadrsizlanishiga olib keldi. olka hukumati oz pul qiymati Turkiston bonlarini1 chiqara boshladi, ba'zi joylarda oz kredit biletlari chiqarildi.
Ishchilarning moddiy ta'minoti buzildi, ishlab turgan korxonalarga ishchilar yetishmay qoldi. 1919-yil yozidan 16 yoshdan 55 yoshgacha bolgan aholi yalpi majburiy mehnatga tortildi. 1920-yilda paxta tozalash sanoati, songra irrigatsiya tarmoqlari ishchilari harbiy holatga kochirildilar. Shuningdek, ba'zi harbiy qismlar mehnat qismlariga aylantirildi.
Korilgan chora-tadbirlar olka xalq xojaligini ogir ahvoldan jiddiy inqirozdan qutqara olmadi.
Qishloq xojaligiga nisbatan siyosat va otkazilgan chora-tadbirlar. Turkiston aholisining 80 %
dan ortigini dehqonlar tashkil qilardi. Shuning uchun yer- suv (agrar) munosabatlari va
ular bilan bogliq bolgan sanoat uchun xom ashyo, oziq-ovqat muammolari jiddiy ahamiyat kasb etdi. Rossiyada oktabr tontarishi kuniyoq pomeshchik (yirik) yer egaligini yoq qilish togrisida dekret e'lon qilindi, yerlar qashshoq dehqonlarga taqsimlab berildi. Bu tadbirni Turkistonda ham otkaz-moqchi boldilar. Lekin bu yerda sharoit, ya'ni dehqon-lar ommasining urf-odati, kayfiyati boshqacha edi. Lekin sovet hokimiyati qishloqda oz ta'sirini otkazishga qaror qildi.
1917-yil 9-dekabrda Turkiston XKS yerni sotish va sotib olishni man qiluvchi, yerni ijara berishni chek-
lovchi qaror qabul qildi. Ammo u qogozda qoldi. 1918-yil boshidan XKS hamda yer ishlari komissarligi ozi mehnat qilmagan egalar ixtiyoridagi bogva uzumzor-larni natsionalizatsiya qilish hamda bunday shaxslarning yer-suv, uy-joy sharoitlari, qoramollarini royxatga olish togrisida buyruq va korsatma chiqardi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun yer-suv komitetlari tuzilib, ular tarkibiga kambagal dehqonlar, batraklar kiritilishi koz-da tutildi. 1918-yil avgustida Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida 74 ta volost yer-suv komitetlari ish korgan. Yil oxirida bular kambagallar komiteti (K0Mbedi) va kambagallar uyushmasi deb ataldi.
Lekin yirik dehqonlar yer egaligini surunkali tuga-tishga qaratilgan harakatlar natija bermadi. Dehqonlar ommasi bunga qafiy qarshi chiqdi. 1918-yil 11-yanvar-da Qoyliqda Toshkent uyezdi vakillarining qurultoyi boldi, unda 586 vakil qatnashdi. Qurultoy sovet hokimiyatiga, yer-suv komitetlarining tuzilishiga qarshi chiqdi, inqilobiy agrar tadbirlarni rad etdi. Shu yil sentabr oyida Fargona viloyatining Vodil qishlogida toplangan dehqonlar majlislari kambagallar uyushmasi-ni tuzish, yer maydonlarini natsionalizatsiya qilishga qarshi chiqdilar. Bu hol Asaka volostida, boshqa joylar-da ham boldi. Tuzilgan yer-suv komitetlari esa inqilobiy choralarni amalga oshirmas edi.
Shunday qilib, yer togrisidagi dekret bajarilmadi, dehqonlar agrar masalaning Turkistonda inqilobiy zora-vonlik bilan qayta korilishiga yo'l qoyrnadilar. Agrar tadbirlar asosan olkadagi yevropalik mulkdor-lar va dehqonlarga nisbatan amalga oshirildi. 1918-yil boshida kopchilik imeniye (yevropacha agrar maj-mua)lar, boglar va yirik xojaliklar natsionalizatsiya qilindi. Faqat natsionalizatsiya qilingan boglar va uzum-zorlar maydoni 13.361 desyatinadan iborat edi.
Bolsheviklar hokimiyatining buzgunchilik tadbirlari-ni tobora avj oldirishi, ziroatchilikni talash, buning ustiga jahon urushi zugumi Turkiston qishloq xojaligiga katta zarar yetkazdi. Chunonchi, 1915-yilda Turkistonda 3,5 mln (bundan 2,4 mln sugoriladigan) desyatina ekin maydoni bolgan. Biroq u 1917-yil oxiriga kelib yarmiga, 1918-yilda uchdan ikki qismga qisqargan. olkaning uchta Ozbek viloyatlarida 1917-yilda 8440 ming bosh qoramol bolsa, 1920-yilda ular 3440 ming boshni tashkil qildi. Paxtachilikdagi inqiroz surunkali tus oldi. 1915-yili 542 ming desyatina yerda paxta yetishtirilib, uning yalpi hosili 831 ming tonnani tashkil etgan bolsa, 1921-yili bu raqamlar 76 ming desyatina va 15 ming tonnani tashkil etdi. Yung, pilla yetishtirish va qishloq xojaligining boshqa sohalarida ham mahsulot hajmi pasayib ketdi.
Xiva xonligi va Buxoro amirligida rivqjlanib kelgan demokratik harakat qoshni davlatlarda bolgani kabi kengaydi. Birinchi jahon urushi hamda chorizmning agdarilishi ularga ham sezilarli ta'sir korsatdi. Bu ikki xonlikda ham ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, siyosiy ozga-rishlar yuz berdi. Ijtimoiy harakat kop hollarda demokratik jarayonga osib bordi, islohotchilik talablari amaliyotda mujassamlashdi. Xalq ommasi tabaqalari, vakillari, ijtimoiy arboblarining qarashlari, talablari namoyon boldi. Shunga yarasha siyosiy tashkilotlar, yangi davlat boshqaruvlari ornatildi.
Xorazmda 1917 yildagi islohotchilik harakati: natijalari va mohiyati.Yosh xivaliklar partiyasi manfaatlanni lfoda qilib, oz faoliyatini kengaytirib bordi. Uning saflarida ziyolilar, hunarmandlar, savdo tijorat doiralarining vakillari, bir qator ruhoniylar, ilgor yoshlar toplangan edi. Polvonniyoz Hoji Yusupov (1861-1936), Bobooxun Salimov (1874-1929), Hu-saynbek Matmurodov va boshqalar ommaga rus podshosi agdarilishining mohiyatini, unda Davlat dumasining rolini, Muvaqqat hukumat tuzilishi mohiyatlarini tushuntirib, Xorazm xalqi oldida turgan vazifalar togrisida gapirdilar. Xalq ommasini islohotlar, ijobiy ozgarishlar goyalari asosida uyushtirishga intildilar.
1917-yil fevralida Xiva xoni Asfandiyorxon davola-nishga ketgan edi. Xorazmda tartibni saqlab turishni Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti amalga oshirdi. Xivada va Petro-Aleksandrovsk (hozirgi Tort-ko'l)da rus armiyasining garnizonlari joylashgan edi. Shuningdek, Toshkentdan general Mirbadalov qomon-donligi ostidagi harbiy otryad ham Xivaga yetib keldi. Yosh xivaliklar xon poytaxtga qaytgan zahoti u bilan muloqotga tayyorgarlik kordilar. Katta miting otkazish va xon oldiga vakillar yuborish rejalashtirildi.
16 kishidan iborat delegatsiya saylandi, unga turli tabaqa vakillari kiritildi. Xon oldiga qoyilajak talablar ishlab chiqildi. Ular Majlis (parlament)ni tashkil qilish, ota reaksion amaldorlar (ministrlar)ni qamoqqa olish, Yosh xivaliklardan yangi hukumatni tuzish, soliqlar tizi-mini tartibga solish, qator boshqa ijobiy ozgarishlarni amalga oshirishdan iborat edi.
1917-yil 4-aprelda devonbegi hovlisi oldida kop ming kishilik miting bolib otdi. Shu kuni rus soldatlari Muvaqqat hukumatga sodiqlikka qasamyod qildilar. Miting qatnashchilari soldatlarni tabrikladilar va Nurul-laboy saroyi tomon yo'1 oldilar.
Polvonniyoz Yusupov va Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari xon oldiga kirib, islo-hotlar otkazish talablarini bayon qildilar. Xon xalq harakatining keng quloch yozganidan qorqib ketdi. U talablarni qondirishga rozilik berdi. Mamlakatning kozga koringan arboblari, ular qatori Yosh xivaliklar manifesti matnini ishlab chiqdilar va u 5-aprelda tantanali sharoit-da e'lon qilindi. Xon Majlisni chaqirishga va boshqa islohotlarni otkazishga rozilik bildirdi. U reaksion, xalqqa kop jabr-zulm otkazgan amaldorlar Ibrohimxoja, Ashur mahram, Ota mahram, Rozimuhammad mahram, Shohnazarboy yasovulboshini qamadi. Ular orniga Yosh xivaliklardan yangi odamlar tayinlandi. Mahkamai adliya deb atalgan Majlisga saylovlar otkazildi, deputatlar soni 49 kishidan iborat boldi. Manifestda korsatilishicha, bu organ islohotlar otkazilishini nazorat qilishi kerak edi. 1917-yil 26-aprelda Majlis ish boshladi. Unda Majlis raisi qilib Bobooxun Salimov, hukumat raisi qilib Husaynbek Matmurodov saylandilar.
Shunday qilib, mamlakatdagi ijtimoiy harakat dast-labki demokratik ozgarishlar islohotlar togrisidagi manifestning e'lon qilinishi va Yosh xivaliklar ishtirok etgan Majlisning tashkil qilinishiga olib keldi. Xon hokimiyatining cheklanishi belgilandi: bu ozgarishlar-ning ahamiyati shunda ediki, demokratiya yolidagi dast-labki qadamlar qon tokilmasdan sodir boldi. Yosh xiva-liklar, mamlakat ilgor doiralarining maqsad-intilishlari shu jihatdan so'1-ekstremistik bolshevikcha maqsad va siyosatdan farq qilar edi. Xorazmning siyosiy, iqtisodiy hayotida boshqa turdagi vo-qealar sodir boldiki, natijada vaziyat ota murakkablashdi va chigallashdi. Jahon urushi xonlikning chetga paxta, beda urugi, boshqa mahsulotlar sotishiga, bir qator mollarni olib kelishiga salbiy ta'sir korsatdi. Paxta ekin maydonlari qisqardi, paxta tozalash zavodlari ishi toxtadi. Hunarmandlar uchun temir, ba'zi boshqa mollar taqchil bolib bordi.
Amaldorlar xalq ommasi ustidan zoravonlikni da-vom ettirdilar. Soliqlarni yigishtirib olishda tartib va izchil qoidalarning yoqligi, oddiy fuqarolarga nisbatan adolatsizliklar jamiyatda norozilikning kuchayib borishi-ga olib keldi. Iqtisodiy hayotning izdan chiqishi natijasi-da ochlar soni kopaydi, ijtimoiy ziddiyatlar keskin-lashdi. Yosh xivaliklar boshchiligidagi Majlis qator masalalar bilan shugullandi. Maorif islohotini otkazish, amaldor-lar daromadlarini hisobga olish va nazorat qilish,
boshqaruvni markazlashtirish, yollar va aloqa vositala-rini rivojlantirish ana shunday masalalardan edi. Majlis va Yosh xivaliklar hukumati mamlakatning tashqi alo-qalarini yolga qoyishga ham harakat qildilar. Bu xalq ommasining osishiga ancha ijobiy ta'sir korsatar edi.
Asfandiyorxon, uning atrofidagi reaksion amaldorlar progressiv ozgarishlar, ayniqsa, xon hokimiyatining cheklanishini istamadilar. Yosh xivaliklar hamda Maj-lisga qarshi doiralar oz kuchlarini toplay boshladilar va qarshi harakatga kirishdilar. 1917-yil may oyi boshida Bobooxun Salimov boshchiligidagi Majlis delegatsiyasi Turkiston Komiteti bilan aloqa omatish uchun Tosh-kentga jonaydi. Shu paytda Asfandiyorxon Yosh xivalik-larga qarshi fitna uyushtiradi. Hukumat raisi Matmuro-dov va yana 16 kishi qamoqqa olinib, shariatga zid ish korganlikda ayblanadilar. Majlis tarkibi yangilanadi, unga xon amaldorlari va reaksion ruhoniylar kiritiladi.
Yosh xivaliklar hukumati faoliyatining dastlabki bosqichi (1917-yil 26-apreldan iyun ortalarigacha) shu bilan yakunlandi. Asfandiyorxon oz mavqeini mus-tahkamladi, demokratik ozgarishlar jarayoniga tosiqlar qoyildi, xon manifestida aytilgan islohotlar bekor qi-lindi. Majlis keyinchalik xonga yon bosib, faoliyati boshashib ketishiga qaramasdan 1917-yil noyabr oyi oxirlarida xon Majlisni tarqatib yubordi.Asfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumati, uning Turkistondagi vakillari bilan aloqa ornatishga intildi. Boshqaruvni yolga qoyish uchun polkovnik Zaytsev Muvaqqat hukumatning Xorazmdagi harbiy komissari etib tayinlandi. U mamlakatdagi va Amudaryo boli-midagi rus harbiy qismlari qomondoni ham boldi. Zaytsev sentabr oyi boshida katta harbiy otryad bilan Xivaga keldi.
Shu vaqtning ozida turkman yovmutlarining bosh-lig'i Junaidxon (1857-1938) Xorazmga keldi. U 1916-yil qozgoloni bostirilgandan song Afgonistonga otib ketgan edi. Junaidxon qisqa vaqt ichida oz qo'1 ostiga bir yarim ming qurolli otliqlarni topladi. 1917-yil oktabr voqealari Xorazm mustaqilligi uchun ham xavf tugdirdi.Shu sababli mamlakat kuchlarini birlashtirish uchun harakat boshlandi. 1918-yil yanvar oyida Junaidxon mamlakat qurolli kuchlari qomondoni etib tayinlandi. Amudaryo bolimi (markazi Petro-Aleksandrovsk - To'rtko'1) Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan. Fevral inqilobidan keyin Tortkolda ham sovetlar tuzildi va faoliyatini boshladi. Bundagi so'1-ekstremistik guruhlar sovetlarga rahbarlikni qolga olish bilan qanoat-lanmasdan, bu yerdan butun Xorazmga tahdid sola boshladilar.Malumki, oktabr tontarishi oqibatida tuzilgan sovet hokimiyati Sharq xalqlari, jumladan, Buxoro va Xorazm hududlari daxlsiz, podsho hokimiyati tuzgan mustam-lakachilik bitimlari bekor qilindi, deb e'lon qilgan edi. Chorizm Amudaryoning ong qirgogi (Tortkol)ni Xorazmdan tortib olib, Turkiston general-guberna-torligiga qoshgan edi. Xiva xoni To'rtko'1 va uning atrofidagi yerlarni qaytarib berishni Turkiston bolshevis-tik rahbariyatidan talab qildi. Bunday talabni qoyishga yana sabab shu ediki, Tortko'1 inqilobiy kuchlari Amudaryo so'1 qirgogi yerlariga tahdidni kuchaytirib yubordilar. Xonga qarshi siyosiy muxoliflarni inqilobiy fitnachilik, zoravonlik ishlari doirasiga torta boshladilar. Ham Xiva xoni, ham TSR hukumati To'rtko'1 (undagi harbiy istehkom, kemalar toxtash joyi pristan)ning muhim siyosiy-strategik ahamiyatini tushunar edilar va yon berishni istamadilar.Tortkoldagi harbiy garnizon, shuningdek, sovet-lardagi siyosiy unsurlar ichida kelishmovchiliklar va zid-diyatlar tobora kuchayib bordi. Xiva aholisi ham rus armiyasining mamlakatda turishiga norozilik bildirdi. Shu sababli Zaytsev ikkita piyodalar otryadini Tortkolga kochirdi.1918-yillarda Xorazmning iqtisodiy ahvoli ogirlashib, xalq ommasining moddiy qiyinchiliklari ortib bordi. Matbuotda ocharchilikning kuchaygani haqida xabar qilinadi. Asfandiyorxon hukmronligidan xalq ommasigina emas, amaldorlar va turkman qabilalari boshliqlari ham norozi edilar. 1918-yil 1-oktabrda saroy fitnasi oqibatida Asfandiyorxon oldirildi. Uning katta akasi Said Abdulla xon deb e'lon qilindi, hukumat bosh-ligi Davlatmurod mahram boldi. Yangi xon davlat ish-lari bilan shugullanmas edi. Hokimiyat Junaidxon qolida markazlashdi.
1918-yil 25-noyabrda Junaidxon qoshinlari Amudaryodan otib, Tortkolni olmoqchi boldi va uni qamal qildi. Ammo Chorjoydan «Toshkent» paroxodida harbiy kuch yordamga yetib keldi va hujum natijasiz chiqdi.9-aprelda Xiva yaqinidagi Taxtada bitim imzolandi. Unda, chunonchi, sovet hukumati Xorazm aholisining mustaqilligini tan oladi, deyilgan edi.
Ammo Xorazmga qarshi tajovuzkorliklar toxtamadi. To'rtko'1, ong qirgoqning boshqa joylarida xonga qarshi muxolifatchilardan drujinalar tuzildi, ular qurol bilan ta'minlandilar. 1919-yil 19-avgustda katta kommu-nistik otryad Chorjoydan Tortkolga yetib keldi. Shuningdek, qator bolshevistik tashkilotchi va targi-botchilar ham yuborildi.
1919-yil kuzidan amaliy tajovuz boshlandi. Bol-sheviklar Xorazm xalqi inqilob uchun yetilib, hatto mamlakatda qozgolonlar boshlandi degan bahonada, goyo ularga yordamga tayyor ekanliklarini e'lon qildilar. 1919-yil 21-noyabrda Turkfront harbiy inqilobiy soveti oz vakili Skalovni yubordi. 28- va 30-noyabr kunlari Tortkolga qoshimcha harbiy qismlar yetib keldi.
Tajovuzkorlik harakatlari 1919-yil dekabridan bosh-landi. 22-dekabrda shimoliy otryad, 24-dekabrda janubiy otryad Amudaryoni kechib otib, shahar va qishloqlarni ishgol qildi. 1920-yil 20-yanvarigacha shimoliy otryad Xojayli, Kohna Urganch, Porsu, Ilyali, Toshhovuzni egalladi, janubiy otryad 20-yanvarda Taxtani, 1-fevralda Xivani ishgol qildi.
1920-yil 2-fevralda Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi, butun hokimiyat muvaqqat inqilobiy qomita qoliga otdi.
Xorazmda xon va Buxoroda amir hokimiyatlarining agdarilishi ob'ektiv qaraganda progressiv voqealar boldi. XX asr boshlarida bu mamlakatlarda mavjud bolgan hokimiyat tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy muno-sabatlar chuqur inqirozga uchrab, jamiyatning ilgarilab borishida jiddiy govga aylangan edi. Progressiv, demokratik doiralar, birinchi navbatda Yosh buxorolik-lar, shuningdek, Yosh xivaliklar boshi berk kochadan chiqib olish ozanida faoliyat korsatdilar, xalq ommasi manfaatlari va mavjud sharoit hisobga olingan dasturil-amallarini ilgari surdilar.
Ammo bolshevikcha ekstremizm, inqilobiy ozgarish-larning zorlik, qizil qoshin kuchi bilan kirib kelishi aholi boshiga ogir kunlarni soldi, siyosiy, iqtisodiy, ijti-moiy munosabatlarning chigallashishiga olib keldi.
Rossiyada podsho hoki-miyatining agdarilishi Buxo-ro amirligida ham ba'zi oz-garishlar uchun turtki boldi.Amir Said Olimxonning e'tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro mustaqilligining tiklanganligini tan oldi. Bu haqda kelishuv imzolandi. Amir hukumati Afgoniston va boshqa yerlar bilan aloqa ornatdi. Rossiya-Buxoro aloqalarida ham ozgarishlar boldi. Buxoroda ish olib borgan siyosiy agent Rossiya hukumati rezidenti deb atala boshlandi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus posyolkalarida ham ishchi va soldat sovetlari paydo boldi, posyolkalarda siyosiy beqarorlik kelib chiqdi. Bu hol Buxoro-dagi muhitga ham bir-muncha ta'sir korsatdi.
Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy muhit ozgara boshladi. Hukmron taba-qaning, amir, amaldor-larning cheklanmagan va nazoratsiz boylik ortti-rishlari, sivilizatsiya mu-him korinishlarining bolmagani, keng xalq ommasining haq-huquq-sizligi asosli ravishda noroziliklar keltirib chi-qardi. Buning natijasida hamda jadid Yosh buxoroliklar, ilgor doiralar faoliyati oqibatida jamiyatda tub ozgarishlarning amalga oshishi yetilib qoldi.
Buxoroning ichki-siyosiy hayoti 1917-yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, ozgarishlar zarurligi aniq bolib qoldi. Islohotlar otkazish goyasiga bolgan mu-nosabatda mamlakat doiralari asosan ikki oqim libe-ral-demokratik va konservativ oqimlarga bolingan edi. Birinchi oqim Yosh buxoroliklar va ularga yaqin demok-ratik doiralarda tashkil topti. Ular Yosh buxoroliklar islo-hotlar dasturini ishlab chiqishga kirishib, ilgor goyalar va ularni amalga oshirish yollari ustida keng fikr almash-moqda edilar. Endi ular islohotlarni amalga oshirishni talab qilib chiqdilar. Bu talablar shu qadar ta'sirchan ediki, amir va Rossiya rezidenti bu jarayon ozanida ish korishga majbur boldilar. Lekin ular islohotlar masalasi-dan oz maqsadlari uchun foydalanmoqchi boldilar.
Yosh buxoroliklar tashkiloti Rossiya rezidenti A.Mil-ler bilan aloqa boglab, fikr almashdi, Muvaqqat huku-matdan madad kutdi. Amir va qushbegi ham yangi Rossiyani oz ittifoqchisi deb qaradilar. Ammo qozikalon Burhoniddin (Mirzo Urganjiy), rais Nizomiddinxoja va ularning tarafdorlari har qanday ozgarishlarga qarshi chiqdilar. Amir qozikalon va raisni amalidan boshatdi, ularning orniga mo"tadil kayfiyatdagi Sharifjon (Sadr Ziyo) va Abdusamadxojani tayinladi.
1917-yil 7-aprelda Buxoro Arkining katta binosida amaldorlar, ruhoniylar, Rossiya vakillari, Buxoro va Turkiston jamoatchiligi vakillari yiginida, shuningdek, Olimxon ishtirokida amir farmoni (manifesti) e'lon qilindi. Poytaxtda obroli arboblardan iborat mahkamani tuzish, amaldorlar, ularning daromadlari ustidan nazorat ornatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudje-tini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma'rifat rivojlanishi uchun qaygurish va'da qilindi.
Amir manifestining e'lon qilinishi 8-aprelda de-mokratik va konservativ lagerlarning kochaga chiqishiga sabab boldi. Demokratik doiralar amir manifesti mam-lakatda tinch yo'1 bilan progressiv ozgarishlarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam, deb qaradilar. Shukrona namoyishi otkazishga qaror qilindi. «Yashasin islohot!», degan yalovlar kotarildi. Bir necha yuz kishi shahar markazi passajdan Govkushon va Xiyobon orqali Registonga yurish boshladi. Namoyishchilar boshida F.Xojayev, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Ota-xojayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar. Bir necha joyda qisqa mitinglar boldi, namoyishchilarga yangi-yangi guruhlar kelib qoshildi. Namoyishchilar kotarinki kayfiyatda edilar. Shu kuni konservatorlar va mutaassib guruhlar Registonda toplanib, islohotga, yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlar-ini izhor etdilar. Ba'zi amaldorlarga nisbatan, islohot tarafdorlariga qarata dushmanona dagdagalar, hay-qiriqlar qildilar. Ularning jazavasi soat sayin kuchayib bordi. Bunday murakkab vaziyatda ikki lagerning toqnashuvi noxush oqibatlar keltirishi mumkin edi. De-mokratik kayfiyatdagi namoyishchilar boshliqlari Regis-tonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tar-qalib ketishga daVat etdilar. Tadbir oxirigacha yetkazil-magan bolsada, u Buxoro amirligi demokratik ozgarish-lar, islohotlar uchun yetilmaganligini yaqqol korsatdi. 8-aprel voqealarining yakuni shu boldiki, hukumat-dan konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Dovdirab qolgan amir qozikalon Sharifjon maxdumni lavozimidan boshatdi, gazablangan mutaassiblar rais Abdusamadxojani olomon qilib oldirdilar; qushbegi Nasrullobek buyrugi bilan shoir Sadriddin Ayniy, Yosh buxoroliklar Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75darra urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi.
Vaziyat jiddiylashib bordi.Dovdirab qolgan amir oqibat natijada mutaasib konservatorlarga yon bosdi. Islohotlar amalga oshirilmadi. Yosh buxoroliklar Yangi Buxoro (Kogon), Chorjoy, Karki, Termizga kochib borib namoyishlar, majlislar otkazdilar, oz faoliyatlarini davom ettirdilar.
Rus posyolkalarida siyosiy boshboshdoqlik va iqti-sodiy tanglik avj olib bordi. Amir manifestining e'lon qilinishiga kelgan Samarqand soveti delegatsiyasi a'zosi Mahmudxoja Behbudiy va yana bir-ikki musulmon a'zolar marosim otgandan song Samarqandga jonab ketdilar. Delegatsiyaning boshqa a'zolari esa jonab ketishdan bosh tortdilar, bir necha kun davomida Samarqand soveti bilan Yangi Buxoro soveti vakillari ortasida toqnashuvlar boldi.
1917-yil oktabr tontarishi natijasida ekstremistik, buzgunchi unsurlar posyolkalarda hokimiyatni qolga oldilar. Harbiy qismlar, qizil gvardiyachilar soni ko'-paytirildi. Bu jiddiy ozgarishlar mamlakat aholisi ha-yotiga va Yosh buxoroliklar kayfiyatiga salbiy ta'sir kor-sata boshladi. Rus posyolkalaridagi garnizonlarning askarlari oziq-ovqat va yem-xashakni Buxoro tumanlari aholisidan tortib olishga kirishdilar. Turli xil qogoz pullarning qiymati qolmagani natijasida yerli aholi oz mahsulotlarini bu pullarga sotishni istamadi, soldatlar esa ba'zi joylarda zorlik bilan tortib olishgacha bordilar. Chunonchi, 1917-yil 9-oktabrda xabar qilinadiki, «Ter-mizda rus askarlari bilan bozorda savdo qilgan buxoroliklar ortasida toqnashuv yuz berdi, buxoroliklardan oldirilganlar bor». Bunday hollar 1918-yilning qish va bahorida jiddiy tus oldi. Bu vaqtga kelib Fitrat Yosh buxoroliklar tashkiloti-ning takomillashgan dasturini ishlab chiqqan va bu dastur tashkilot tomonidan qabul qilingan edi. Unda dehqon-chilik va qishloq xojaligi, soliqlar, shuningdek, harbiy tizim, ichki ishlar, sud, yoUar, yer osti boyliklari, tashqi siyosat, maorif, vaqf masalalari batafsil korilib ularni sivilizatsiya ruhi va mazmunida yechish taklif qilingan. Bu dastur ham islohotlarni tinch-osoyishta muhitda amalga oshirishni kozda tutgan. Unda aholi barcha qat-lamlarining manfaatlari himoya ostiga olingan.
Mana shunday vaziyatda 1918-yil 1-martda Turkiston XKS raisi RKolesov boshchiligidagi harbiy eshe-lonYangi Buxoro (Kogon)ga keldi. Yosh buxoroliklar-ning F.Xojayev, Abdurauf Fitrat, Otaxojayev, Abdulvohid Burhonov, Qori Yoldosh PoIatov, Fazliddin Mahsumdan iborat rahbar qomitasi Kolesov bilan uchrashdi. Kolesov sharoit bilan tanishib chiqmay, Yosh buxoroliklarning kayfiyatini ham hisobga olmasdan Buxoroga harbiy kuch bilan hamla qilishga qaror qildi.
Yosh buxoroliklar xunrezlikning oldini olishga intilib, amir nomiga ultimatum (talabnoma) yubordilar. Unda islohot dasturi tamoyillari bayon qilingan edi. Lekin voqealar davomi ozgacha kechdi. Amirdan javobni kut-masdan Kolesov buyrugi bilan qoshin, zambaraklar, jami qurol-aslahalar eshelondan tushirilib, hujumga tayyorlandi. Bu qon tokilishi xavfini tugdirdi. Amir hukumati darhol ultimatum talablariga roziligini bildirdi. Amirning islohot otkazish togrisidagi ikkinchi far-monini tayyorlashga kirishildi, ammo 2-martda Buxoroga hujum boshlandi.
Amir hukumati muzokara olib borish bilan birga oz kuchlarini ham harakatga keltirdi. Gazavotga safarbar qilinganlar Chorjoydan Karmanagacha bolgan temir yolni buzdilar, tajovuzkor qoshinga har tomonlama hujum qildilar. Kolesov qoshini qurshovda qoldi, oq-dorisi tugadi, ahvoli ogirlashdi. Shu kuni 2-martda amirning ikkinchi farmoni Yangi Buxoro (Kogon)ga yetkazildi. Yosh buxoroliklar qomitasi hujumni tox-tatishni talab qildi. Muzokaralar bir necha kun davom etdi. 1918-yil 25-martda Qiziltepa bitimi imzolandi. Kolesovning tajovuzkorligi sharmandalarcha barbod boldi.
1918-1920-yillarda Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Amir-likning mahv etilishi. Amirning 2-martdagi farmonida birinchi farmonning hayotga tatbiq etilmaganiga «ba'zi bir amaldorlarning igvogarligi» sabab qilib kor-satilgan, «hur fikrli kishilar»dan ijroiya komitet ta'sis eti-lajagi, «erkinlik dushmanlari»ning chetlashtirilishi, aholi uchun ogir bolgan soliqlar - amlok va aminonaning bekor qilinishi, yangicha soliqlarning joriy qilinishi e'tirof etilgan edi. Ammo qurolli toqnashuv oqibatida boshqa masalalar ustuvorlik qildi. Buxoroda, amirlikning boshqa joylarida siyosiy vazi-yat tubdan ozgardi. Ijtimoiy va siyosiy hayot jarayoni ozanidan chiqib ketdi. Yosh buxoroliklar quvgini, ularni hibsga olish, qatl qilishlar sodir boldi. Jami 3 mingga yaqin kishi qatl etildi. Yosh buxoroliklar Samarqand, Toshkent va boshqa joylarga muhojirlikka ketdilar.
Yosh buxoroliklar, ilgor kayfiyatdagi ziyolilar va arboblar bolib otgan voqealar, siyosiy vaziyatning ozgarganini chuqur tahlildan otkazdilar, oldinda turgan vazifalarni muhokama qildilar. Yosh buxoroliklar oz siyosiy yonalishlariga va taktikasiga bir qator muhim ozgarishlar kiritdilar. Ulardan eng asosiysi tubdan ozgargan vaziyatda tinch yo'l bilan amir hokimiyati saqlangan holda amirlikda demokratik ozgarishlar bolishi imkoniyati qolmagan, deb e'tirof etilishi edi.
Fitrat, F.Xo'jayev va boshqalar milliy harakatda faol qatnashdilar, Buxoroda islohotlar otkazish borasidagi faoliyatni davom ettirdilar. Fitratning bunday faoliyati 1917-yil bahorida boshlangan edi. 16-apreldan Samar-qandda chiqa boshlagan «Hurriyat» gazetasining 24-, 82-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. Kolesov voqealaridan song Fitrat Toshkentda yashadi, «Chi-gatoy gurungi» adabiy-ma'rifiy togaragining tash-kilotchilaridan va faol a'zolaridan biri boldi. Fitrat oz maqola va asarlarida milliy davlatchilik, vatanparvarlik goyalarini tarannum etdi. F.Xojayev Yosh buxoroliklar goyalari ruhidagi dasturiy hujjat maromnomani tuzdi va nashr etdi, «Uchqun» gazetasining chiqishini tashkil qildi. 19181920-yillarda Yosh buxoroliklar dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar otkazish uchun kuch, zorlik ishlatish zarur bolib qol-gani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e'tiqodi e'tirof etildi. Shuningdek, bolshevistik proletar diktaturasi, mulkdorlarni ekspropriatsiya qilish qoida-lariga yon berilmadi.
Buxoro hukumatining tashqi siyosatida, iqtisodiy alo-qalarida ozgarishlar sodir boldi. Rossiya qogoz pullari kopayib ketdi, ularning qiymati deyarli qolmadi. Natijada aholi rus posyolkalari, temir yo'1 bekatlarida bu pullarga mol, oziq-ovqat sotmay qoydilar. Turkiston hukumatiga mol ayirboshlash taklif qilindi. Lekin Buxoro paxtasi evaziga beriladigan paxta yogi, guruch Turkistonda yetarlicha yoq edi, savdo bolmadi. Shu vaqtning ozida Buxoro bilan Angliya ortasida savdo birmuncha jonlandi. Jumladan, 1918-yilda inglizlar Bu-xoro bozorlarida 1 mln. pud paxta, 1 mln. dona qorako'1 teri, 200 ming pud jun, 150 ming pud xom ipakni xarid qildilar. Bu aloqalar 1919- va 1920-yilda ham davom etdi. Masalan, faqat 1919-yil bahorida ingliz savdogarlari 400 toy qorako'1 terini xarid qilib olib ketdilar. Chetga sotish uchun Buxoroda mahsulot ancha kop bolib, an'anaviy Rossiya bozori batamom izdan chiqqan, qogoz pulning xarid quvati yoq edi. Natijada Buxoroda koplab mollar, ayniqsa, paxta, qorako'1 teri, ipak sotilmay, omborlarda toplanib qolaverdi. oz nav-batida ekin maydonlari qisqardi, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshdi. Rossiyadagi inqilobiy voqealar natijasida Buxoro savdogarlarining talaygina mollari Moskva, Nijniy Novgorod, Kazalinsk va boshqa joy-lardagi dokonlar, omborlarda qolib ketdi.
Buxoro bilan Rossiya davlatlari ortasidagi munosabatlar murakkab kechdi. Yangi rus hukumati chorizmning mustamlaka bitimlari bekor qilinadi, deb e'lon qilishi bilan Buxoro hukumati Samarqand va Jizzax, ularning atrofidagi yerlarim qaytarib berish masalasini qoydi. Lekin RSFSR hukumati bunga rozi bolmadi, aksincha, Buxoroni oz ta'sir doirasiga olish choralarini kordi.
1920-yil bahorida amir Turkkomissiya a'zolari Eliava va Frunzeni qabul qilib, muzokaralar olib bordi. Sav-dogarlarning vakillari Rossiyada qolib ketgan mollar taqdirini hal qilish uchun Buxorodan jonab ketdilar. Lekin RSFSR Buxoro munosabatlari yomonlashib bordi. Moskvaning ma'qullashi oqibatida Buxoro amirligiga qarshi dushmanlik kampaniyasi kengaytirildi va ashaddiy tus oldi. Qopol ravishda Buxoroning ichki siyosiy tuzumini qurol bilan ozgartirish choralari korildi. Frunze, Kuybishyev oz niyat-maqsadlarini ochiq-oydin gapirdilar. Amir hokimiyatiga muxolif kuchlar bolsheviklarga yordam sorab murojaat ham qildilar.
1920-yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qomondoni MLFninze buyrugi bilan Buxoro hududla-
rida juda katta harbiy kuchlar, zambaraklar, brone-poyezd, aeroplanlar jangovar holatga keltirildi. 29-av-gustga otar kechasi kop tomonlama tajovuzkorlik harakati boshlab yuborildi. Asosiy kuchlar poytaxt Bu-xoroga hujum qildilar. Qoshinlar tinch aholi boshiga shiddatli oq yogdirdilar. Shahar vayron, kopgina odamlar qurbon boldi. Buxoro shahrida yongin avj oldi.Amir Olimxon poytaxtni tashlab chekindi, u Buxoroning sharqiy qismi tomon yo'l oldi. 1920-yil 2-sentabr kuni tajovuzkor kuchlar Buxoroni egalladilar. Amir hokimiyati agdarildi.
Turkistonda sodir bolgan hokimiyat ozgarishlari, siyosiy beqarorliklarga qaramasdan tub aholi doiralari olkada barqarorlikni joriy qilish, ijtimoiy hayotni yolga qoyishga kirishdilar. Qishloqlar, daha-mahallalarda oqsoqollar, miroblar jamoa ishlariga rahabarlikni davom ettirdilar. Ammo qozbconalar yopilgan, fuqarolarning nizoli ishlari chiqib qolganda, ular yangi shaharlarga borib sudga murojaat qilishlari kerak edi. Bu til jihatdan va boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Aholi boshqaruv idora-mahkamalarini tuzishga asosli manfaatdorlik bilan yondashdi. Mahalliy boshqaruv ido-ralariga faol, obro'-e'tiborli, savodli vakillarni korsatib sayladilar. Milliy ziyolilar ilgari surgan goyalar asosida maktab-maorif, matbuot, boshqa sohalarda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Sovetlar tortib olgan (ekspropriatsiya qilgan) katta turar joy hovlilarda, shu kabi idoralarda yerli aholi bolalari uchun maktablar, internatlar, shifo-xona (poliklinika)lar ochildi, yerli aholi tillarida gazeta-lar, jurnallar chiqardilar, qator bosmaxonalar ishlay boshladi. Milliy ziyolilar samarali faoliyat korsatdilar. Ular maktab-madrasa, shuningdek, rus-tuzem mak-tablari, boshqa oquv yurtlarida bilim olgan xalqning ongli farzandlari edi. Ular moddiy ahvolning ogirligi, tashkiliy qiyinchiliklarni sabr-bardosh bilan yengib ish-ladilar. Aholi maorif maskanlarini ta'mirlash, moddiy ta'minlash ishiga oz hissasini qoshib bordi. Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Mahmudxoja Behbudiy, Abdu-rauf Fitrat va boshqa qator taniqli ziyolilar maorif-madaniyat idoralarida samarali xizmat qildilar. Xalq ommasidan qator siyosatchi davlat arboblari yetishib chiqdi. Turor Risqulov Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston XKS raisi, Nazir Toraqulov (1892) Turkiston Kompartiyasi MK kotibi, Qaygusiz Otaboyev (1887) Turkiston XKS raisi,
songra Buxoro respublikasi nozirlar shorosi rais muovi-ni, Abdulla Rahimboyev (1896-1938) Turkiston MIK raisi, Inomjon Xidiraliyev (18911929) Turkiston MIK raisi, O"zbekiston yer ishlari komissari lavozimlariga kotarilib, xalq ommasi manfaatlari uchun xizmatlarini ayamadilar. Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilgan yerli xalq vakillari ijtimoiy adolat, erkinlik shiorlariga ishondilar. Zoravonliklar, xalqni talashga barham be-rishga bel bogladilar va bu yolda kurash olib bordilar.
Rossiyada qurgoqchilik va ocharchilik boldi. Turkiston aholisi oziq-ovqat xayriya yordamini yubordi, olkaga kelgan 160 ming qochoq ochlarni qabul qildi, ularni olimdan qutqardi. Turkistonning ozida ham oziq-ovqat yetishmas, xojalik ogir ahvolda edi. Turkiston bolsheviklari Markaz hokimiyatining madadiga tayanib olka aholisining ijtimoiy-davlatchilik faoliyati oldini olish, sondirish choralarini korib bordilar. Turkiston Muxtoriyatining qurolli yo'1 bilan tor-mor etilishi, Qoqon aholisining ommaviy qirgin qilinishi bolsheviklarning asl maqsad-mohiyatlarini ochib tashla-di. Ularning yerli xalqlar milliy davlatchiligiga tish-tirnogi bilan qarshi ekanligi ochiq korindi. Bolshe-viklar mintaqada hukmronlikni ornatish, mustahkamlab borish uchun siyosatning boshqa yollarini ham ish-latishga kirishdilar. Bu mahalliy aholining kopchilik qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy hayot maydoniga yolat-maslik, ular ortasida adovatni keltirib chiqarish va shu kabilar edi.
Bolshevik siyosatdonlar yerli aholi, uning kozga koringan namoyandalari, ayniqsa, milliy ziyolilarga xusumat bilan qaradilar. Islom dini ruhoniylariga qarshi dushmanlik siyosati yurgizildi, masjid-madrasalar, vaqflar ta'qib ostiga olindi. Ochilgan maktablar, inter-natlar moddiy ta'minlanmadi, natijada koplari ishini toxtatdi. Shu sabablarga kora gazeta-jurnallar tez-tez yopilib turdi.
Tub yerlik xodimlar, jumladan, yuqori lavozimlarda-gi arboblar faoliyati qattiq nazorat qilindi. Ular asossiz ravishda almashtirib turildi, ishlariga tosiqlar qoyildi.Olkaning tobeligini kuchaytirish uchun Markazdan bol-shevik kadrlar yuborildi, 1920-yillarda Turkis-tonga 1400 ta yevropalik bolshevik keldi. Bularning kopchiligi eng yuqori lavozimlarni egalladilar.
Xalq ommasi manfaatlari, milliy qadriyatlarni himoya qilish tadbirlari. Bolshevik rahbarlar mahalliy
sharoit hamda aholi vakillari fikr-mulohazalarini nazar-pisand qilmasdan lsh yuritdilar.
Natijada olkada ahvol ogirlashib bordi. Aholi, uning vakillari buning oldini olish uchun jiddiy harakat qildilar. Turkiston XKS raisi Q.Otaboyev katta yiginda kelgindi yevropaliklar mahalliy sharoitni, yerli xalq tilini bilmay-di, shuning uchun olkada foydali ish qilmayapti, deb ochiq gapirdi. XRisqulov Turkiston XKS raisi qilib tayinlanayotganda yerli xalqlar qobiliyatli kadrlarini ishga faol jalb qilish shartini qoydi.Olkada diktaturani amalga oshirishda Turk-komissiya, uning a'zolari Peters, CSafarov va boshqalar jiddiy norozilikka sababchi boldilar. Avj olib ketgan goyaviy-siyosiy kurashning sabablarini xolisona tahlil qilish, togri qaror va korsatmalar qabul qilish orniga Markaz rahbarlari olkada amalga oshirilgan shovinistik yonalishni ma'qulladilar. olka rahbar idoralarining faoliyati yanada chalkashdi va izdan chiqdi. Iqtisodiy-xojalik inqiroziga siyosiy inqiroz ham qoshildi. Bolshevik rahbar doiralar muayyan choralar korishga majbur boldi. Olib borilgan jiddiy kurash natijasida «siyosiy yon berishlar» deb atalgan tadbirlar amalga oshirildi: islom diniga hujum, vaqflarni yoq qilish, masjid-madrasalar, eski maktablarning yopilishi toxtatildi, qoziliklar tiklandi va hokazo.
Markaz Turkkomissiyadan tashqari olkada hukm-ronlik qiluvchi organ sifatida RKP(b) Turkiston byurosi (Turkbyuro)ni ham tashkil qildi. Tez orada bu byuro O'rta Osiyo byurosiga aylantirildi. Turkiston bolshe-viklari homiyligi va amaliy yordami bilan tuzilgan Xorazm, Buxoro Kompartiyalari orta Osiyo byurosi tarkibiga kiritilib, uning korsatmalari boyicha ish olib bordilar.
Jiddiy xojalik taqchilligiga qaramay, bolsheviklar sinfiy tabaqalashtinsh choralarini korishga kirishdilar. ljtimoiy notinchlik, an'anaviy xojalik munosabatlariga barham berish masalasi ilgari surildi. Mulkdorlar tabaqasini yoq qilish aholi ortasida adovatni keltirib chiqardi. Yerli xalq vakillari bunday buzgunchilikka qarshi chiqdilar. Turkiston MIK raisi etib tayinlangan A.Rahimboyev olkada asosiy maqsad «ochlik va mus-tamlakachilikka qarsbi kurash bolishi kerak, shundan keyingina oz boylarimizga qarshi kurashmogimiz lozim», degan fikrni ilgari surdi.
Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqo bil qarshilik choralari.Yerli xalqlar, milliy rahbarlar Turkiston milliy davlatchiligiga erishihsh uchun jiddiy kurash olib bordilar. 1920- yilda u yana keskin tus oldi. Mustaqillik harakatining oldini olish, Turkistonni Markazga batamom qaram qi-lish maqsadida mart oyida «Turkiston avtonomiyasi togrisida nizom» tayyorlandi. Turkkomissiya undan kelib chiqib TSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqdi.
O’lkaning «sovetcha andozadagi avtonomiya» asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respublikasining tuzilishi