. Suykli bliqlrning tshqi tuzilishi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

Navoiy davlat pedagogika instituti

“Umumiy biologiya” kafedrasi

2-“A”kurs talabasi

Turdiyeva Maftunaning

“Zoologiya” fanidan yozgan

Mavzu: Suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi.

Bajardi: Turdiyeva Maftuna

Tekshirdi: Ummatova M.E.

Navoiy-2012

Reja:

1. Suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi.

2. Zog`ora baliqlarni Skeletning tuzilishi.

3. Suyakli baliqlarning miya qutisi..

4. Hujayra organoidlari ularning funksiyas.

5. Zog`ora baliqlarning nerv sistemasi

Tashqi tuzilishi. Suyakli baliqlar gavdasining shakli har xil bo’ladi. Zog`ora baliqning ustki ensa bo’limi yon tomonlaridan birmuncha qisilib do’nglik (bo’rtma) hosil bo’lgan. Tananing qolgan qismi dum qismining olldingi chegarasigacha bir xil kenglikda bo’lib, keyin sekin-asta torayadi va dum qismiga aylanadi. Boshining ikki yon tomonida jabra qopqoqlari joylashgan bo’lib, ularning keyingi qirralari bosh bilan tana bo’limlari o’rtasidagi chegara hisoblanadi.

Orqa chiqaruv teshigi dum bo’limining oldingi chegarasidir. Orqa chiqaruv (anal) teshigining bevosita orqa tomoniga o’rnashgan siydik-tanosil jinsiy teshigi va uning orqasida siydik teshigi ochiladi. Ko’krak juft suzgich qanotlari, barcha baliqlardagiga o’xshash gavdaning ikki yonida jabra yoriqlari orqasida qorin juft suzgich qanotlari esa tana bo’limining qorin qismi o’rtasida o’rnashgan. Toq suzgich qanotlar bittadan; ular orqa, dum va orqa chiqaruv (anal) suzgich qanotlaridan iborat. Orqa va anal suzgichlarining oldida tishli bittadan qattiq suyak nurlari bo’ladi. Zog`ora baliqning tanasi sarg’ish tillasimon suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar cherepitsalar kabi bir-birining ustida yotadi, to’g’ri qator bo’lib joylashgan. Har qaysi tangacha birmuncha yumaloqlangan yupqa plastinkadan iborat bo’lib, oldingi asosiy qismi (qirrasi) teri ichiga kirib turadi, qolgan tashqi cheti esa tekis bo’ladi. Bunday tangacha sikloid tangacha deb ataladi . Zog`ora baliq tanasining boshidan to dum suzgich qanotigacha to’g’ri yon chiziqli organi o’tadi. Bu organ tangachalarni teshib o’tgan qator qora teshiklardan hosil bo’lgan. Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari bilan yoni chiziqli organi joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yoni chiziqli organi suv sharoitidagi o’zgarishlarni qabul qiladi, u zog`ora baliqning boshida bir necha-ko’z osti, ko’z usti va til-jag’osti tarmoqlariga bo’linadi. Zog`ora baliqning dum suzgichi boshqa suyakli baliqlarniki singari gomoserkal tipda, ya’ni sirtdan simmetrik, ichki tomondan esa asimmetrikdir. Zog`ora baliqning og’zi boshining uch qismiga joylashgan bo’lib, suyak jag’lar bilan o’ralgan. Yumaloq ko’zlarida qovoqlar yo’q. Boshining ustki tomonida, ko’zining oldida bir juft burun teshigi bor, ulardan har qaysisi ko’ndalang teri ko’prikcha bilan oldingi va keyingi qismga bo’linadi (1-rasm).

1-rasm. Zog’ora baliqning tashqi tuzilishi. 1 - jabra qopqog’i, 2 - burun teshigi,

3 - yon chiziq, 4 - ko’krak suzgich, 5 - qorin suzgich, 6- orqa suzgich, 7- anal suzgich, 8- dum suzgichi, 9 - og’iz teshigi.

Zog `ora baliqning burun teshiklari og’iz bo’shlig’iga ochilmaydi.

Skeletning tuzilishi (o’q skeleti, umurtqa pog’onasi). Suyakli baliqlarning umurtqa pog’onasi faqat xondral suyaklardan tashkil topgan. Bir qancha umurtqalar yig’indisidan iborat. Zog’ora baliqning umurtqa pog’onasi faqat tana va dum bo’limlariga bo’linadi, umurtqalar tanasi qo’sh botiq, amfitsial (umurtqa tanasini har ikkala yuzasi ham ichkariga botib kirgan) da, ularning orasida xorda qoldiqlari saqlanib qolgan, xorda qoldiqlari umurtqa tanasining teshib o’tadigan tor kanallar orqali bir-biriga qo’shiladi. Tana va dum bo’limlarining umurtqalari tuzilish jihatdan bir biridan farq qiladi.

Tana bo’limi umurtqa pog’onasining ko’ndalang kesimi dumaloq bo’lib, uning yon tomonlaridan yonbosh o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalarga tana bo’shlig’ini ustki tomoniga emas, balki yon va qisman qorin tomondan ham o’rab turuvchi qilichsimon qayrilgan qovurg’alar birikadi. Umurtqalarnng ustki qismidan yoylar chiqib, ustki ular ustki qiltanoq o’simtalar bilan qo’shiladi. Ustki yoylardan hosil bo’lgan kanalda orqa miya joylashgan. Dum bo’limi umurtqalari ham tana va yoy qismlarga bo’linadi. Biroq ularning ko’ndalang o’simtalari pastga joylashib pastki yoylarni hsil qiladi va qiltanoq o’simtalari bilan qo’shiladi. Ostki yoylardan hosil bo’lgan kanal gemal kanal deb ataladi va unda dum arteriyalari va venalar joylashgan bundan tashqari, zog’ora baliqda, ko’pchilik suyakli baliqlarda bo’lgani kabi, yon tomondan har qaysi qovurg’aga muskullarga o’rnashgan ingichka muskul suyakchasi kelib qo’shiladi, bu suyakchalar qiltanoqlar deb ataladi.

Suyakli baliqlarning miya qutisi. Suyakli baliqlarning bosh skeleti ham akulaning bosh skeleti singari ikkita asosiy bo’limga: miya qutisi va visseral skeletga bo’linadi. Suyakli baliqlarning bosh skeleti deyarli faqat suyak to’qimadan tashkil topgan bir qancha suyaklardan tuzilgan.

Miya qutisi bir necha bo’limga bo’lib, bu bo’limlardan bir qancha suyaklar joylashgan uning ensa bo’limi ensa teshigini o’rab turadigan to’rtta ensa suyagidan tashkil topgan: katta ensa teshigining pastki qismi va toq asosiy ensa ikki yon tomonida bir juft yon ensa suyagi va ustida bitta ustki ensa suyagi bo’ladi.

Visseral skelet. Suyakli baliqlarning visseral yoylari ham akulaning visseral yoylariga o’xshash, jag’ yoyi, til osti va jabra yoylaridan iborat.

Suzgich qanotlar skeleti. Juft suzgich qanotlar baliqning ko’kragida va qornida joylashgan. Ko’krak juft suzgichining kamari tanada tayanch vazifasini bajaradi.

Chanoq kamari. Bir-biri bilan qo’shilib ketgan bir juft uchburchak, suyak plastinkadan iborat. Ular qorin devori muskulida joylashib, umurtqa pog’onasi bilan bog’langan emas. Chanoq kamarining yon tomonlariga qorin suzgich qanotlari birikadi. Kamarga suzgich qanot pallalari teri suyak shu’lalari orqali birikadi. Suyakli baliqlarning qorin suzgichida radialiya hamda bazaliy elementlari reduksiyalangan. Suyakli baliqlar qorin suzgichining funksiyasi cheklanganlaigi sababli ular tuzilishi soddalashgan.

Nerv sistemasi. Zog’ora baliqning bosh miya suyakdan tuzilgan miya qopqog’iga joylashgan old miya hali yarim sharlarga bo’linmagan. Unda hid bilish do’mbog’i va hid bilish piyozchasi bor. O’rta miyada esa ko’rish bo’lagi joylashgan. Baliqlarda toq miyacha uzunchoq miya va orqa miya taraqqiy etgandir. Orqa miyaning davomi nihoyatda ingichkalashgan bo’lib umurtqalar markazidagi teshiklarda yotadi. Orqa miyadan ingichka periferik nervlar chiqib baliq tanasi bo’ylab taraladi. Ichki sekretsiya bezlaridan miya asosida joylashgan miyaning pastki ortig’i gipofizni va oraliq miyadagi miya usti ortig’i epifizni ko’rish mum

Nafas olish organi. Suyakli baliqlarning nafas olish organlari, tog’ayli baliqlarniki singari ektodermali jabra hisoblanadi. Zog`ora baliqda, shuningdek, barcha suyakli va boshqa baliqlarda oldingi to’rtta jabra yoylariga o’rnashgan to’rt juft butun jabra bo’ladi. Bundan tashqari, jabra qopqog’ining ichki tomonida til osti yoki soxta jabra deb ataladigan murtak holidagi jabraning ham yarim bo’lagi bo’ladi. Bir butun jabra ikki qator bo’lib jabra yoylariga joylashgan jabra yaproqlaridan tashkil topgan. Akulalarda bo’ladigan jabralararo to’siqlar suyakli baliqlarda reduksiyalangan, shuning uchun jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Natijada bir jabraning ikkita yarim jabra yaproqlarinng asosi bir-biriga qo’shib ketadi. Ularning uchlari esa tashqi tomondan jabra qopqog’i bilan cheklangan jabra bo’shlig’ining uchida osilib turadi. Jabra yoylarining uchki tomonida bir qancha mayda tishsimon-jabra yoyi tomon yo’nalgan o’simtalari bo’ladi. Jabra tiichinkalari maxsus apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan ovqat moddalarini, xalqumga jabra bo’shlig’i orqali tashqariga chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Bu apparat plankton organizmlar bilan oziqlanuvchi (seldsimon)larda kuchli taraqqiy etgan.

Yo’g’on qon tomirlari (olib keluvchi va olib ketuvchi jabra arterialari) jabra yoylari bo’ylab, jabra yoylari asosida joylashgan.

Qon aylanish sistemasi. Zog`ora baliqning yuragi tana bo’shlig’ining oldingi qismida qorin tomonida joylashgan. Uning faqat uchta bo’limi: venoz sinusi (qo’ltig’i), yurak bo’lmasi va uning ostida joylashgan muskulli yurak qorinchasi bor. Shunday qilib, zog`ora baliq va umuman suyakli baliqlar yuragida arterial konus bo’lmasligi bilan tog’ayli baliqlar yuragidan farq qiladi. Yurak qorinchasidan yo’g’on qon tomiri-qorin aortasi chiqib, boshlanish joyida aorta so’g’oni deb ataladigan kengayish hosil qiladi. Aorta so’g’oni klapanlari va ko’ndalang yo’lli muskullari bo’lmasligi bilan yurak bo’limlaridan, xususan, arterial konusdan farq qiladi, shuning uchun ham u, yurak singari mustaqil urib (ishlab) turolmaydidi. Til osti jabrasining yarim bo’lagi to’liq taraqqiy etmaganlagi natijasida uning qon olib keluvchi jabra arteriasi yo’qolgan, shuning uchun faqat to’rt juft qon olib keluvchi jabra arteriasiga ega.

Qon aylanish sistemasining navbatdagi periferik qismlarini oddiy preparovkalarda ko’zdan kechirib bo’lmaydi, buning uchun maxsus ineksiya qilingan preparat talab qilinadi. Shunday qilib, olib keluvchi jabra arteriyalari, jabra yaproqlarida kapilyarlar sistemasiga bo’linib ketadi. Bu kapilyarlarning juda yupqa devorlari orqali qon bilan jabrani yuvib o’tuvchi suv orasida gazlar almashinuvi ro’y beradi. So’ngra kislorodga boy arterial qon, kapilyarlar orqali olib ketuvchi jabra arterialariga yig’ilib, natijada toza qon orqa (dorzal) tomonda joylashgan bir juft aorta ildiziga quyiladi. Aorta ildizlari boshning orqasida umurtqa pog’onasining tagida bir-biri bilan qo’shilib, butun organlarga qon olib boruvchi qon tomirlar chiqadigan orqa aortani hosil qiladi.

Dum bo’limidagi venoz toq dum venasi orqali keladi va ikkiga bo’linib buyraklarga boradi. Suyakli baliqlarning ko’pchiligida tog’ayli baliqlarga qarshi o’laroq faqat chap buyrakda, chap keyingi kardinal vena mayda kapillyarlarga bo’linib qopqa sistemasini hosil qiladi. Keyingi o’ng kardinal vena esa kyuverov quyilishigacha uzluksiz boradi. Buyraklardan keluvchi keyingi kardinal venalar, yurak atrofida, bosh qismdan venoz qon olib keluvchi oldingi kardinal venalar bilan qo’shiladi. Keyingi va oldingi kardinal venalarning qo’shilishi natijasida yurakning venoz qo’ltig’iga quyiladigan juft kyuverov quyilishi hosil bo’ladi.

Jigar qopqa venasi ichakdan mustaqil boshlanadi. Bu vena jigarda kapilyarlarga bo’linadi va shu kapilyarlar yana birlashib venoz sinusga quyiladigan jigar venasiga aylanadi. Tog’ayli baliqlarga xos juft suzgichlardan qon olib keluvchi yonbosh venalar suakli baliqda bo’lmaydi.

Baliqlarning yuragida hamma vaqt venoz qon bo’ladi. Qon aylanish doirasi bitta; bunda arterial qon venoz qon bilan aralashib ketmaydi. Qon aylanish doirasi ikki funksiyani bajaradi:

  1. Organizmning barcha hujayralarini ovqat va kislorod bilan ta’minlaydi.
  2. Venoz qonni qaytadan tiklaydi.

Bu quyidagicha amalga oshadi. Arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga boradi, qon jabralarda oksidlanib arterial qonga aylanadi-da, arteriya qon tomirlari orqali butun gavdaga tarqaladi, keyin venoz qon bo’lib, venalar orqali yurakka keladi. Arterial va venoz qon ular tarkibidagi gazning sifatiga qarab aniqlanadi, natijada qonning nomi bilan qon tomirlarining nomlari hamma vaqt to’g’ri kelmaydi. Masalan, qorin aortasi va olib keluvchi jabra arterialarida venoz qon bo’ladi, shuning uchun qonning tarkibiga qaramasdan, balki yurakdan chiquvchi qon tomirlari arteriya va unga keluvchi qon tomirlarini vena deb ataladi.

Ovqat hazm qilish organi. Zog`ora baliqning og’iz boshlig’idan keyin barcha baliqlardagidek, xalqum boshlanadi. Og’iz va xalqum bo’shliqlari orasida aniq chegara yo’q. Boshqa baliqlarga o’xshash Zog`ora baliqda ham haqiqiy til yo’q. Til singari uchi og’iz bo’shlig’iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo’lib, u mustaqil bo’lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Har tomonida beshtadan jabra yorig’i bo’lgan xalqum qisqa qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam differensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo’limi o’n ikki barmoqli ichak, so’ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to’g’ri ichak tashkil etadi (ba’zi baliqlar oshqozonning atrofida har xil sondagi ko’r pilorik o’simtalar bor, zog`ora baliqda esa bo’lmaydi). Jigari yurakning orqasi oshqozonning atrofida va yon tomonlarida joylashgan bo’lib, uning pallalari orasida o’t suyuqligi bilan to’la o’t pufagi bo’ladi. O’t pufagidan o’n ikki barmoqli ichakka ochiladigan o’t yo’li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo’ylab tarqalgan. Ichak bog’ichiga esa uzunchoq to’q qizil qismi ichakning ustida gidrostatik organ-suzgich pufak joylashgan.

Ayirish va ko`payish organi. Baliq buyraklarini ko’rish uchun, ichak va suzgich pufagini olib tashlash kerak. Zog`ora baliqning buyraklari akulaning buyraklari singari, qorin pardasi ostida va umurtqa pog’onasining ikki yonida joylashgan. Ular bir juft lentasimon tangachalarga o’xshash bo’lib, gavda bo’shlig’ining boshidan oxirigacha cho’zilgan. Buyraklarning oldingi uchi juda keng o’rta chiziqda bir-biriga qoshilib ketadi. Har qaysi buyrakning ichki cheti bo’ylab bittadan siydik yo’li o’tadi, bu kanallar pastroqda bir-biri bilab qo’shilib ketadi. Orqa tomondan esa siydik pufagiga qo’shiladigan bitta umumiy kanalni hosil qiladi. Siydik pufagi siydik-tanosil so’rg’ichi uchida maxsus teshik bilan ochiladi.

Ayirish organi. Suzgich pufagining yon tomonlarida jinsiy bezlar joylashgan. Urg’ochisining tuxumdoni mayda-mayda donachalar singari, uzunchoq bo’ladi. Unng keyingi cho’zilgan qismi tuxum yo’li hisoblanib bitta teshik bilan siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi.

Erkak zog`ora baliqning urug’doni silliq va g’uj uzunchoq tanachadan iborat bo’lib, u tana bo’shlig’ida urg’ochilarning tuxumdoni kabi joylashgan. Urug’donlarning keyingi bo’limlari kalta urug’ chiqarish yo’liga aylangan bo’lib, umumiy jinsiy teshik bilan siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi.

. Suykli bliqlrning tshqi tuzilishi.