O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi adabiyot o`qitish masalalari
O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi
Navoiy davlat pedagogika instituti
O`zbek filologiyasi fakulteti
Fan: Adabiyot o`qitish metodikasi
Mavzu: “O`zbekiston Respublikasi talim tizimi adabiyot o`qitish masalalari
Bajardi: 4-kurs “B” guruh talabasi Najmiddinova Sohiba
Tekshirdi: Tuxtayeva Bibigul
Navoiy-2010
REJA:
- Davlat talim hujjatlarida adabiyot o`qitish masalalari (DTS).
- Hozirgi adabiy talimga qo`yilgan talablar.
- O`quvchi shaxsini shakllantirishda maktab adabiyotining roli.
Тalim tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish, uning samaradorligini davr talablari darajasiga yetkazish bugungi kunda davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi.
Тalim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarning zamon talablariga, bozor iqtisodi ehtiyojlariga javob bera olmayotganligining sabablaridan biri “talim sohasida xalqaro meyorlar va andozalar asosida davlat standartlarining ishlab chiqilmaganligi”ni Respublikamiz Prezidenti ham alohida takidlagan.
“Тalim to`g`risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talim tizimi konsepsiyasi, standarti hamda o`quv metodik majmualarini tubdan yangilashni taqozo etmoqda.
Тalim tarbiya muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo`ygan davlat o`sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kishilar egallashi lozim bo`lgan ijtimoiy manaviy va intellektual kasbiy xislatlarning minimal chegarasi, miqdori aniqlanishini talab qilishi tabiiy holdir. Davlat talim standarti (DТS) lari talim tarbiya muassasalari malum bosqichining bitiruvchilari muayyan o`quv fani yuzasidan egallashlari shart bo`lgan bilim, ko`nikma, malaka va manaviy xislatlarning eng quyi miqdorini ilmiy asoslovchi rasmiy pedagogik hujjatdir.
Davlat talim standarti:
a) ijtimoiy muvofiqlashtiruvchilik;
b) talimni gumanizatsiyalash;
v) boshqarish;
g) talim saviyasini oshirish singari vazifalarni bajaradi. Davlat talim standartinazorat vositasi. Ayni vaqtda, davlat talim muassasalarida qo`lga kiritilishi mo`ljallangan ko`rsatkichlarga erishish uchun zarur bo`lgan moddiytashkiliy sharoitni yaratish omili hamdir.
Davlat talim standartlari ko`rsatkichlari amalda mavjud talim mazmunidan emas, balki tarbiyalanuvchi singdirishi lozim bo`lgan, umumjahon mezonlariga muvofiq keladigan shaxslik xislatlarining zaruriy miqdoridan kelib chiqadi. Davlat buyurtmachi sifatida talim muassasalari esa ana shu vazifalarni yaxshiroq uddalash uchun qaysi bosqichda qanday bilim, ko`nikma, malaka va manaviy xislatlarni tarbiyalanuvchilarga singdirish lozimligini belgilab olgan holda ish ko`radi. Shunday bo`lgan taqdirdagina, tarbiya ishida tavakkalchilikdan, ko`r ko`rona ish tutishdan qutilish mumkin.
Pedagogik amaliyotda minglab yillardan buyon talim oldiga qo`yiladigan talablar bilan ish ko`rib kelinayotir. Garchi talimning davlat standartlari tushunchasi rasmiy ravishda ХХ asrning yetmishinchi yillarida paydo bo`lgan esada, talim muassasalari davlat tasarrufida bo`lmagan zamonlarda ham ular oldiga davlatning talablari qo`yilganligi pedagogik tarixidan yaxshi malum. Chunki har qanday muassasadan chiqqan tarbiyalanuvchi ham biror jamiyatda yashashga mahkum. Binobarin, unda mavjud bo`lgan yoxud tarbiya natijasida ro`yobga chiqqan manaviy fazilatlar ana shu jamiyat talablariga mos kelishi zarur bo`ladi. Тalim oluvchilarning xulqiy xislatlari bilan jamiyat belgilab bergan axloqiy fazilatlar uyg`unligi, mutanosibligi qanchalik yuksak bo`lsa, jamiyatning ijtimoiy ravnaqi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Shuning uchun ham talim tarbiya jarayoniga jalb etiladigan o`quv predmetlarining davlat standartlari qanchalik puxta va zamon ilmiga muvofiq ishlab chiqilsa, talimning samaradorligi shuncha baland bo`ladi.
Malumki, talim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishning asosiy ko`rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolli rejalar tuzar ekan, avvalo talimga etiborni kuchaytiradi. Shu manoda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab Prezidentimizning “Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga etibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Тarbiyadan hech narsani ayamaymiz!” degan davatlari ostida talimni isloh qilishga kirishilib, avvalo “Тalim to`g`risida” gi Qonun, so`ngra “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi deb elon qilindi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq talimida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar talim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini taminlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. “...xalq talimini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham manaviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”1.
Bugun dunyo marifatparvarlari qisqa vaqt vaqt ichida O`zbekistonda yuz bergan ulkan o`zgarishlarga erishilgan natijalarga yuksak baho berib, Prezident Islom Karimov tomonidan yaratilgan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni talimni isloh qilish yo`lini tutgan mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etmoqdalar.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, uning asosida qabul qilingan hukumat qarorlari ijrosining tahlili, ilk samaralar O`zbekistonning buyuk kelajagini mustahkam poydevor quyilayotganligidan dalolat beradi. Bularning eng asosiysi-bu talim mazmunining yangilanganidir.
“Jamiyatimiz oldida hozir o`ta muhim vazifa-o`z xalqi va vatani kelajagi uchun shaxsiy masuliyatni his etadigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi turibdi. Buni amalga oshirish uchun esa talim mazmunini yangilash, uni sifat jihatidan yangi pog`onaga ko`tarish zarur. O`quvchilarning bilimi, ko`nikma va malakasining minimal darajasiga, umumtalim tayyorgarligiga qo`yiladigan talablarni belgilab beradigan daslat talim standartlari hamda ular asosida yaratilgan o`quv dasturlarini yangi avlodi aynan shu maqsadga xizmat qiladi”.2
Davlat va jamiyat kelajagimiz vorislari bo`lgan yosh avlod talim-tarbiyasi hozirgi talablar darajasida bo`lmog`i uchun hech narsani ayamayotgan bir davrda yashar ekanmiz, o`z umrini talim ishga bag`ishlagan har bir shaxs, u davlat va jamiyat tomonidan bildirilgan yuksak ishonchga munosib bo`lish uchun barcha g`ayrat, shijoatini to`la bag`ishlashi tashabbuskorlik, ijodkorlik, omilkorlik bilan, vijdon amriga ko`ra ish yuritish, o`z faoliyatida yuksak mazmun, samaradorlikka erishmog`i shart. Тalim-tarbiya ishida o`tgan asrda hukm surgan illatlar, nuqsonlar, kamchiliklar XXI asr talim-tarbiyasiga o`tmasligi shart. Yangi asr talimi xalqchil, insonparvar, demokratik, adolatli bo`lishi bilan birga sermazmun samarali, ibratli, maqbul va takomillashgan talim tizimi bo`lib qolsin. Shunga erishish kerakki, maktab bola uchun malol keladigan og`ir yuk, mashaqqat va qo`rquv maskani emas, u quvonadigan, talpinadigan, o`z qobiliyat va imkoniyatlarini ro`yobga chiqarib, namoyon eta oladigan mehribonlik maskani bo`lishi kerak.
Bugungi mustaqil O`zbekistonda manaviyat va marifat masalalari davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan muhim o`rin olmqoda. Shuni alohida takidlash kerakki, O`zbekiston mustaqilligi tufayli madaniyat so`zining tushunchasi kengroq mano kasb etmoqda. Har bir insonni madaniyatli bo`lib voyaga yetishiga chuqur etibor berilmoqda. Chunki madaniyat so`zi o`zbek tilining izohli lug`atida takidlanishicha “o`qimishlilik, talim-tarbiya ko`rganlik, ziyolilik, marifatli” dir. Demak, madaniyatli kishi jamiyat ishlab chiqarishida, ijtimoiy va manaviy hayotda faol qatnashadilar va jamiyat ravnaqiga o`zining munosib hissasini qo`shadi.
Madaniyat asrlardan-asrlarga, nasllardan-nasllarga, avlolardan-avlodlarga moddiy boylik emas, balki manaviy meros bo`lib o`tib kelmoqda. Axloq madaniyat, manaviyat masalalari har bir davrning, har bir mamlakat taraqqiyotining dolzarb muammolari bo`lib kelgan.
Dastur talabiga ko`ra, ilgari sinflarda o`zlashtirilgan ertak,doston,maqol, sheriy va nasriy nutq ,hikoya ,qissa, masal,yumor, ruboyi qita lirik sher, fard, memor asar, satira, komediya kabi janr tushunchalari 9-sinfda boyitiladi. Badiy adabiyot janrlari, jumladan tarixiy roman xaqida batafsil malumot beriladi,o`quvchilar egallagan bilimlar boyitiladi.Maktabda o`quvchilar o`rnida janr tushunchasini shakllantirish prinsipi muntazam izchildir. Sinfdan sinfga o`tgan sari janrlar haqida malumot berilishi alohida o`rganiladigan asarlarning janr xususiyati chuqur tahlil etilishi va umumlashgan aniq, ixcham ilmiy tasir sifatida o`quvchi ongiga etkazilishi kerak.
“Badiiy asarni alohida shaxs sifatida qabul qilish insonni biologik mavjudotlardan qutqaradi. Uni ijtimoiy zotga aylantiradi”.
Hozirgi adabiy talim uchun biror asar tahlili natijasida undan chiqadigan xulosa emas, balki o`sha xulosaga kelish yo`li muhimdir. Bu yo`lda o`quvchi o`ylanishga, izlanishga, manaviy qadriyatlarni solishtirishga majbur bo`ladi. Agarda u o`shancha mantiqiy-badiiy harakatlar natijasida o`qituvchilar qarashlarining farq qiluvchi va hatto unga tamomila zid keluvchi xulosani chiqargan bo`lsa ham bundan quvonmoq kerak. O`qituvchi tarbiyalanuvchisidan faqat bir narsanio o`z fikrini badiiy matnga tayangan holda asoslanib talab qilishga haqli. Badiiy matn esa hech bir kitobxon tomonidan o`zicha talqin etilishi mumkin. Adabiyot darslarini shaxslar aro munosabatlar natijasida shaxs sifatlarini shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir, shxslararo munosabat esa faqat ilm emas, balki ijod hamdir.
Qozog`istonlik metodist olim B.Bobilov o`zining “Milliy oliy o`quv yurtlarda badiiy matnni filologik tahlillashgan nazariy asoslari” mavzudagi doktorlik dissertatsiyasida: “Badiiy matandan filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini idrok etishdir, unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filolofik tahlil qilishning asosiga qo`yilishi lozim”, - deya tahlilining maqsadini tushuntiradi. Muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o`quvchi tomonidan idrok etilgan baddiy manzara hamisha ham adib istagiday bo`lavermaydi. Bazan o`quvchi adib ko`zda tutmagan, xayolga keltirmagan, hatto muallifning qarashlariga zid, ammo hayot haqiqati oldida to`gri bo`lgan badiiy xulosaga kelishi mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning o`zgarishi ijtimoiy voqealardagi yangicha holat bazan ijodkorning oddiy izhori- dilga chuqur ijtimoiy mano topishga olib keladi. Haqiqiy badiiy asarning umri uzun va faqat yaratilgan dam uchungina bo`lolmaydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vichotskiyning: “Sanatni ko`proq darajada kechikkan munosabat deyish mumkin, negaki uning dunyoga kelishi bilan tasir ko`rsata boshlashi o`rtasida hamisha ozdir-ko`pdir zamonaviy oraliq bo`ladi” , - degan fikrni ham bunga dalil bo`la oladi.
Talimning ayrim bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni berilgan mazmuni, hajmi va izchilligi masalalari alohida tadqiq etilishi kerak. Talim bosqichlarida adabiy materiallar qanday berilishi kerak, ularga oid boplgan nazariy tushunchalarning mazmuni qanday bo`lishi kerak, degan savollar amaliyotga tez-tez uchrab turadi. Bu jarayonda bevosita adabiy-nazariy tushunchalarni o`rganish bilan birga ularni o`rganish va o`zlashtirishga yordam beradigan adabiy-tanqidiy qarashlardan foydalanish ham bor. Matbuotda, gazeta va jurnallarda, adabiy-tanqidiy yo`nalishdagi kitoblarda bunday qarashlarga keng o`rin beriladi. Ularda tegishli badiiy asarlarning ilmiy baholari va sharhlari keltirilgan bo`ladi. Bunday ishlar o`quvchilarning umumiy dunyoqarashga badiiy asarni to`gri anglashlari va o`zlashtirishlariga undagi o`ziga xosliklarni tezroq va teranroq tushunib olishlariga imkon yaratadi. Buning natijasida esa ularning manaviy olamlari yanada boyiydi, badiiy-estetik rivojlantirishlarida qo`shimcha omil paydo bo`ladi. Eng muhimi ularning adabiy savodxonligi ko`tariladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak manaviyat yengilmac kuch” nomli kitobida manaviyatning inson va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati, bugungi globallashuv davrida manaviyat sohasidagi vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz manaviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g`oya va mafkuralar tasiridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida etibor qaratilgan.
Shuni ham takidlash kerakki, kitobda kelajak avlodimizni manaviy sog`lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog`liq vazifalarni aniq belgilab olish hayotiy ehtiyoj mahsuli ekani takidlangan. Asarda “...Yuksak manaviyatga ega bo`lgan xalq hech kimga hech qachon qaram bo`lmaydi, o`zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi”.
Markaziy Osiyo mutafakirlari va donishmandlari inson axloqining meyorlarini belgilashda diniy va tasavvuf talimotiga asoslanishgan. Farobiy har bir insonni fozillik darajasiga ko`tarishda aql-idrok, ong va tafakkurni yuksak deb bilsa, Ahmad Yassaviy adolat, halollik, poklik, nafs balosiga qarshi kurash kabilarni oriflik darajasiga yetishdagi asosiy mezon deb ko`rsatadi. Alisher Navoiy inson hayotining asl maqsadi odamiylik, ana shu maqsadga ega bo`lgan inson komil bo`la oladi deb uqtiradi. Voiz Koshifiy esa olijanoblik, oqko`ngillik, sofdillik, rostgo`ylik, saxiylik, mehnatsevarlik kabilar inson axloqining asosiy mazmuni deb takidlaydi. Allomaning boy merosidan foydalangan holda yosh avlodda milliy g`urur, axloqiy his-tuyg`ularni shakllantirib borilmoqda. Ayniqsa vatanparvarlik tushunchasini singdirish, millat manfaati bilan yashash, milliy g`urur, milliy iftixor ruhini jo qilish davr talabidir. Har bir davrda bu ona zaminga bo`lgan muhabbat, uni sevish, ezozlash, o`z ona vatani uchun jonkuyarlik qilish, uning xalqini sevish, o`lka tabiyatini sevish, o`zbek xalqining qo`hna tarixini bilish, o`z xalqining milliy merosini, madaniyatini, sanati, memorchilik obidalarini asrab-avaylash, Vatan oldida masuliyatli bo`lish, foyda keltirish, xalqni o`ylash, unga hamdard bo`lish, Vatanidan, millatidan, tilidan, madhiya, tamg`asidan, anana, qadriyat, urf-odatlaridan g`ururlanish hissini singdirish har bir oilaning, mahallaning, pedagogning, jamiyatning vazifasidir. Shu boisdan kitobning birinchi bobida “Manaviyat-insonning ulg`ayishi va kuch manbaidir” deb nomlanadi. Unda manaviyatni to`la anglab yetish, uni shakllantiradigan asosiy mezonlar hamda manaviy va moddiy hayot uyg`unligi hayotiy misollar orqali atroflicha yoritilgan.
Avvalo talim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko`zlangan bosh maqsad-Respublika talimini o`sib kelayotgan yosh avlod talim-tarbiyasini milliy istiqlol g`oyalari, talabalari asosida tashkil etish: jamiyatimiz qadam qo`ygan XXI asr talimini taraqqiyot, manaviy-madaniy qarashlar ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo`lishini taminlashdir.
O`quvchilarda bilim olishga intilish va bilim olishga ehtiyoj bo`lishi, o`qish maqsadlari ichki zaruratga aylanishi kerak. O`quvchi real hayotga kirib borishi, unda faol ishtirok etishi uchun bilim, ko`nikma va malakalar bilan birga, ilmiy bilish metodlariga ega bo`lish kerakligini ongli ravishda tushunib yetishi lozim. Chunki, ochiq jamiyatning asosiy belgisi bu dunyoni anglab yetish va unda o`zining munosib o`rnini topishi uchun erkin izlanishdir.
O`quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o`zlashtirishni, zarur malaka va ko`nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va bog`lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktika-bu talimdagi faollikdir. Faollik mezonlari onglilik prinsipi bilan bevosita aloqadordir. Chunki faollik bor joyda onglilik bo`ladi.
“Тalim to`g`risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, mustaqil Respublikamizning jahonga keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan omildir. Shu boisdan ham O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida hayotimizga samarali tasir etuvchi jabhalar qatorida talim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish vazifalari ham ustuvor soha sifatida ko`rib chiqilganligi bejiz emas. Chunki talim-tarbiya sohasining asosiy bo`g`ini uzluksiz talimdan iborat. Davlatimiz rahbari uzluksiz talimni tashkil etishda unin jahon talablari darajasida bo`lishi hamda u yuksak manaviyat zaminida ko`rilishiga katta ahamiyat berish kerakligini takidlar ekan, davlat talim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhimligiga etiborni qaratdi.
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib kelmoqda. Malumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan talim-tarbiya muassasalarida shakllantiriladi. Тalim vositalari o`quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o`ziga xosliklarini to`liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
A D A B I Y O T L A R:
- Karimov I. A Yuksak manaviyat yengilmas kuch. Toshkent. “Manaviyat” 2008
- Karimov I. A “Buyuk kelajak sari” T.: “Sharq” 1997
- Karimov.I.A. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq matba konserni, 1997.
4. Karimov I.A.. “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T. “Sharq”. 1997 yil. 19 bet.
- Adabiyot ruhiyat mulki. G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti. T.: 2000
- Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari” T.: “O`zbekiston” 2000
- To`xliyev B. Adabiyot o`qitish metodikasi. Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2006
- To`xliyev B. Adabiyot. Akademik lisey va kasb xunar kollejlari uchun darslik. T.: “O`qituvchi” 2002
- Yo`ldoshev Q. O`qituvchi kitobi. Metodik qo`llanma. 7-sinf. T.: “O`qituvchi” 1997
- Yo`ldoshev Q. Adabiyot o`qitishning ilmiy - nazariy asoslari. T.: “O`qituvchi” 1996
- J.Yo`ldoshev. “Talimning dolzarb vazifalari”, Marifat gazetasi, 1999 yil 18 avgust
1 I.Karimov. “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T. “Sharq”. 1997 yil. 19 bet.
2 J.Yo`ldoshev. “Talimning dolzarb vazifalari”, Marifat gazetasi, 1999 yil 18 avgust.
O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi adabiyot o`qitish masalalari