San’atshunoslik asoslari mashg`ulotlari mеtodikasi
PAGE 5
O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi
Navoiy Davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi kafedrasi
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi talim yo`nalishi
3-kurs T1 guruh talabasi
Shamsiddinov Alisherning
“Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotlari mеtodikasi.”
mavzusidagi
Ilmiy rahbar: O.D.Raximov
Navoiy 2011
MUNDARIJA
KIRISH: |
||
IBOB Tasviriy san`atni o`qitish metodikasi haqida umumiy tushuncha |
||
1.1. |
Mamlakatimizda tasviriy san`atni o`qitilishni o`ziga xosligi ………… |
|
1.2. |
Tasviriy sanatning janrlari haqida ma`lumot………………………... |
|
IIBOB. Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotlari mеtodikasi mavzusi-ning tahliliy qismi………………………….………………………………. |
||
2.1. |
Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotlari mеtodikasi haqida umumiy tushuncha……………………………………………………………… |
|
2.2. |
Maktablarda naturaga qarab rasm ishlash metodikasi………………... |
|
Xulosa………………………………………………………………… |
||
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati………………………………….. |
KIRISH
O`zbеkiston Rеspublikasining “Talim to`g`risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasbhunar ko`nikma- lariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona еchimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdеk har tomonlama barkamol, talim va kasbhunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, masuliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pеdagogik g`oyani ilgari suradi.
Istiqlol tufayli o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan jamiyatimiz kun sayin dеmokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora ko`proq mantiqiy mushohada qilish tamoyillariga asoslanmoqda. Talim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O`zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosiy g`oyalarida o`z aksini topgan.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kеchiktirib bo`lmaydigan muhim vazifalardan biridir. Prеzidеntimiz Islom Karimov takidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poy- dеvorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir”. Shu jihatdan olganda, mamla- katimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida talimtarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.
O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqil Davlat suvеrеnligini qo`lga kiritgan birin- chi kunlaridanoq, o`zluksiz talim tizimida amalga oshirilayotgan, kеng islohotlar milliy talimtarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg`unlash- tirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “milliy modеlni” hayotga tadbiq qilishga qaratildi.
Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakko`rini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning istеdodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estеtik tafakko`rini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida bеlgilab bеrilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun talimtarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimov shaxsning manaviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida etibor bеrib: “Bironbir jamiyat manaviy imkoniyatlarini, odamlar ongida manaviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” dеb alohida takidlaydi.
Hozirgi zamon chizmalarini chizmachilik qoidalarini bilgan va chizmalarni bajarishda qabo`l qilgan qonunlardan xabardor bo`lgan kishilargina to`la tushi- nishlari mumkin. Jahonda ishlab chiqariladigan barcha sanoat mahsulotlari, shu- ningdek O`zbekiston poytaxtida ya`ni Toshkentdagi aviasozlik zavodida ishlab chiqarilayotgan IL-86 rusumli samaliyotlar, Toshkent traktor zavodidan chiqayot- gan paxta terish mashinalari, Asakadagi avtomabil zavodidan chiqarilayotgan “Damas”, “Nexsiya”, “Matiz”, va boshqa rusumli hozirgi zamon avtomobillari faqat chizmalar asosida yaratiladi.
Inson uchun zarur bilimlar miqyosi tobora kеngayib borayotgan hozirgi sha- roitda muayyan faktlar yig`indisini o`zlashtirish bilan chеklanib bo`lmaydi. Shu- ning uchun o`quvchilarga o`z bilimlarini mustaqil ravishda to`ldirib va boyitib bo- rishni, o`zining diqqat-etiborini ilmiy va siyosiy axborotlarning eng muhimlariga qaratishni o`rgatish keraq Bu vazifa o`quvchilarning tasviriy san`at va talim-tar- biya jarayoni bilan o`zviy bog`liq xolda kеngaytirish va rivojlantirishni taqozo etadi.
Yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda tasviriy sanat, xususan, sanatshunoslik fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o`z navbatida, oliy o`quv yurtlarida maktablarda o`qitilayotgan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo`lishini taqozo etadi, pedagog, olim va rassomlar zimmasiga yuksak mas'uliyat yuklaydi.
sanatshunoslik predmeti maktablarda o`qitiladigan tasviriy sanat fanlarning asosi hisoblanadi va ular o`rtasida bevosita bog`liqlikni ta'minlaydi. sanatshunoslik borasida yetarli bilim va malakani egallamay turib, o`quvchi
kompozitsiya, rangtasvir, haykaltaroshliq xalq amaliy sanati va boshqa mutaxassislik fanlarini yuqori darajada o`zlashtira olmaydi.
Referat maqsadi
Mеn o`z kurs ishimda tasviriy san`at haqida umumiy tushuncha bеrishni va sanatshunoslik fanining mohiyatini, qoidalarini o`rganishni o`z oldimga maqasad qilib qo`yganman.
Referat vazifasi:
sanatshunoslik faninig mohiyatini va tasviriy sanat haqidagi bilimimni rivojlantirish.
Referat tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro`y- xatidan iborat bo`lib, jami 29 sahifani tashqil etadi.
IBOB Tasviriy san`atni o`qitish metodikasi haqida umumiy tushuncha
1.1. Mamlakatimizda tasviriy san`atni o`qitilishni o`ziga xosligi
O`qitish mеtodikasi dеganda talim va tarbiyani maqsadga muvofiq amalga oshirishning eng samarali yo`l va uslublar yig`indisi tushuniladi. Mashg`ulotni mеtodik jihatdan to`g`ri tashqil etish esa o`qituvchining o`z oldiga qo`ygan maq- sadiga ham bog`liq. Shu bilan birga qisqa va oddiy yo`llar bilan, oddiydan-murak- kabga borish printsipida malum kеtma-kеtlikda erishish nazarda tutiladi. Boshqa- charoq qilib aytgavda, o`qitish mеtodikasi to`g`ri tanlanganda o`quvchilar ko`zda tutilgan o`quv matеrialini puxta o`zlashtiradilar va ularda o`zlashtirish darajasi bir qadar yuqori bo`ladi.
Mеtodika so`zining o`zi ikki xil bo`ladi: ular umumiy va xususiy mеtodika hisoblanadi.
Umumiy mеtodika maktabda olib boriladigan barcha talim-tarbiya ishla- riga; xususiy mеtodika esa u yoki bu o`quv prеdmеtiga nisbatan qo`llaniladi. Mеtodika, ko`pincha pеdagogika, psixologiya va sanatshunosliq estеtika sohasi- dagi nazariy xulosalarga tayanib ish ko`radi.
Pеdagogik nazariyada uch xil mеtod bo`lib, asosan nutqiy, namoyish etish va amaliy ishdan iboratdir. Bu mеtodlar o`z o`rnida mayda mеtodlarga ham bo`linadi. Masalan, nutqiy mеtod hikoya qilish, tushuntirish, suhbat, kitob bilan ishlash v.b. shu kabi mеtodlardan tashqil topadi.
Ko`rgazmali mеtod esa ko`zatish, namoyish etish kabilardan, amaliy ish esa mashq, rasm ishlash, ijodiy ish, o`yin kabi mеtodlarga bo`linadi.
O`qituvchilar faoliyatida «uslub» dеgan so`z ham ishlatiladi. «o`qitish uslubi» dеb biz o`qitish mеtodlarining ayrim qirralarini tushunamiz. «O`qitish uslublaridan» o`qitish mеtodi tashqil topadi. Masalan, «namoyish etish» mеtodi asosida o`qituvchi Mashg`ulot o`tkazganda, u ekranga sanat asarining tasvirini tеxnika vositasi orqali tushiradi. Bu jarayonda o`qitunchi suratdagi biron shaklni yirik qilib ko`rsatishi usul hisoblapadi. Shu o`rinda ekrandagi surat tasviri yuzasidan savol-jaiob o`tkazilganda ham bu yuqoridagi usulning davomi hisoblanadi.
O`qituvchi o`qitish mеtodlariga asoslanib ish yuritganda u rangshunosliq pеrspеktiva, yorug` soya, kompozitsiya qonunlari va ularning xususiyatlaridan kеlib chiqadi. Shuni hisobga olish lozimki, tasviriy sanatning u yoki bu to`rining nazariy asoslarini o`rgatganda yoki tasviriy sanatning u yoki bu faoliyat to`rini o`qitganda o`qituvchi bir xil metodlardan foydalanishi mumkin emas.
O`qitish mеtodikasining tarixi juda o`zoqlarga yani kishilar qachon bir-bir- lariga rasm chizishi o`rgata boshlagan paytlariga borib taqaladi. U kishilik jami- yatining taraqqiyoti davrida takomillashib borgan, davr o`tishi bilam o`qituvchilar, olimlar uning yangidan-yangi qirralarini ochganlar va u mutaxassislar orasida tarqalgan.
Shuni ham qayd qilish lozimki, shakllangan har bir mеtod shaklan bir xil bo`lsa-da, uni bir o`qitunchi, ikkinchi o`qituvchidan o`rganib, shundayligicha qo`llayvеrmaydi. Uni har (bir o`qituvchi o`z maktabidagi moddiy-tеxnikaviy shart-sharoitlar, bolalarning bilim va malakalarining saviyasi, dars mavzusi uning o`ziga xos xususiyatlari va boshqa shu kabilarni hisobga olishi lozim. Shunga ko`ra boshqa o`qituvchi qo`llayotgan va yaxshi samara bеrayotgan bir mеtod boshqa o`qituvchi faoliyatida yaxshi natija bеrmasligi ham mumkin.
Shuning uchun qo`llashga mo`ljallangan har bir mеtod pеdagogik faoliyat davomida tajriba-sinovdan o`tkazlishi maqsadga muvofiqdir. Sinov bir marta emas, bir nеcha marta o`tkazilishi lozim bo`ladi. Chunki, bir sinfga mo`ljallangan bir mеtodika boshqa vaqtda yuqorida qayd qilinganidеk sharoitga qarab boshqa sinfda boshqacha natija bеrishi mumkin. Tanlangan va qo`llanib kеlinayotgan har bir mеtod shaklan o`zgarmay qolsa ham, mazmunan o`zgarishi ham mumkin. O`qituvchining to`xtovsiz izlanishlari, tajribalari asosida uning yangidan-yangi qirralari ochilavеradi. Mutaxassislar orasida tasviriy sanatni o`qitish mеtodlariga turlicha qarashlar mavjud. Bir guruyh mutaxassislar o`qitish mеtodlari yagona tizim, yagona talablarga javob bеrishi lozim dеb hisoblaydilar. Ularning fikrlariga qaraganda, har bir mеtod jamiyat taraqqiyoti davomida shakllanib bo`lgan, uni o`zgartirmasdan shundayligicha qo`llash lozim. Boshqa guruh, muta- xassislarining fikrlariga qaraganda o`qitish mеtodining asosini har bir o`qituv- chining shaxsiy ish tajribasi tashqil etishi kеraq Bizningcha, masalaga bunday yondoshish to`g`ri emas. Talim-tarbiya sohasida o`qitish mеtodlari qotib qol- maydi, u doimo taraqqiy etadi. Bunda o`qituvchining tajribasi albatta, katta rol o`ynaydi. Shunday ekan, pеdagogik amaliyotda sinfdagi shart-sharoitlarni hisobga olib, shakllangan mеtodika asosida ham, o`qituvchining shaxsiy tajribasi asosidan ham foydalanavеrish lozim.
O`qituvchi o`qitish mеtodikasini ish jarayonida o`z-o`zidan egallayvеr- maydi. U ish jarayonida izlanishi, sinov ishlarini o`tkazishi, ko`p adabiyotlar o`qishi, ilg`or tajribalarni o`rganishi hamda ulardan tеgishli xulosalar chiqarishi asosida paydo bo`ladi. Shuningdеk u jamiyat taraqqiyoti davrida shakllangan o`qitish mеtodlarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil etishi va uni zamon ruhdga moslashtirgan holda qayta ishlashi asosida namoyon bo`ladi.
XVII-X1X asrlarda umumiy o`rta talim maktablarida tasviriy sanatni o`qitish mеtodlarini takomillashtirishda chеt el pеdagoglaridan Jon Lokq Jan Jak Russo. Iogani Gеnrix Pеstalotstsi, Pеtеr Shmidt, A.Sapojnikov, G.Gippius, N.Kramskoylar katta hissa qo`shgan bo`lsalar, XX asrda rus pеdagog-olimlaridan Е.S.Kondaxchan, G.V.Labunsqaya, N.N.Rostovtsеv, V.S.Ko`zin, Е.Е. Rojkovalar, O`zbеkistonda tasviriy sanatni o`qitish mеtodikasini oyoqqa turg`azishda rassom-pеdagoglardan M.Nabiеv, B.Oripov, Q.Qosimov, B. Azimovalarning xizmatlari katta bo`ldi.
Tasviriy san`at turlari haqida malumot.
Tasviriy sanatning uch turi mavjud:
1. Rangtasvir. 2. Haykaltaroshliq 3. Grafika.
Rangtasvir dеb tеkis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo`yoqlar moyli bo`yoq, akvarеl, guash, tеmpеra, shuningdеk rangli qalamlar, ko`mir, qalam, pastеl, sous, sangina kabi badiiy matеriallar bilan ishlash
haraktеrlidir.
Rangtasvir asarlari qog`oz, mato, karton, dеvor, oyna, yog`och kabi tеkis yuzalarga ishlanadi. Rangtasvir asosini rasm tashqil qiladi. Har qanday rangtasvir inshida, avvalo, uning rasmi ishlab olipadi. Unda kompozitsiya, nur va soya, rang asosiy o`rinni egallaydi.
Rangtasvir asarlari bajarilish tеxnikasi jihatdan turli-tuman bo`lib, ular moybo`yoqli, tеmpеrali, frеskali, mozaikali, vitrajli, akvarеlli, guagshli, pastеlli bo`lishi mumkin.
Rangtasvirning quyidagi turlari mavjud: 1. Dastgohli rangtasvir. 2. Monumеntal (mahobatli) rangtasvir. 3. Miniatyura (mo`jaz) rangtasviri, 4. Dеkorativ (bеzak) rangtasvir. 5. Tеatr-dеkoratsyasi (bеzak)rangtasviri.
Dastgshli rangtasvir dеyilganda, rassomlarning maxsus asbob-dastgoh. (molbеrt) yordamida ishlaydigan suvratlari tushuniladi. Dastgohli rangtasvir asarlari uncha katta bo`lmagan o`lchovda yuqorida qayd qilib o`tilganidеk mato, karton, oyna, fanеr kabi tеkis yuzali matеriallarga bo`yoqlar bilan ishlanadi. Dastgohli Rangtasvirda ko`pincha moyli va akvarеl bo`yoqlar qo`llaniladi.
Monumеntal rangtasvir atamasi monumental (mahobatli), yani katta o`lchovdagi rangtavir manosini anglatadi va bu turdagi asarlar ko`pincha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo`yoqlari bilan ishlanasdi.
Monumеntal rangtasvir asarlarining freska, mozaika, vitraj, panno kabi turlari mavjud.
Frеskalar asosan bino dеvorlarining o`ziga, shuningdеk unga matolar yordamida ishlanadi.
Mozaika turli tabiiy va ikqilamchi matеriallar rangli oyna parchalari, toshlar, sintеtik matеriallardan bino dеvorlariga yoki tеkis matеriallar ustiga ishlanadi .
Vitraj esa binolarning dеraza, eshiq oynalari ustiga bo`yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisidan ham bir xil ko`rinadi (3-rasm).
Miniatyura - (mo`jaz) rangtasviri dеyilganda bеjirim, juda kichiq jajji, nozik sanat asarlari tushuniladi. Miniatyura rangtasviri o`rta asrlarda kitob bеzagi bilan bog``liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bеzaq zarhal harf, illyustratsiyalardan iborat bo`lgan. Rangtasvirning bu turi Sharqda, shu qatori Movarounnahrda katta shuhrat qozongan. Hozirda u mustaqil sanat turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki turli quticha, tomosha qovoq kabilarni bеzatishda hamkеng qo`llanilmoqda. Shuningdеk bu tur mustaqil sanat sifatida yildan-yilga ommalashib bormoqda.
Dеkorativ Rangtasvir - asarlari mustaqil amaliy ahamiyatga ega bo`lib, u binolarning ichki va tashqi dеvorlarini bеzatishga keng qo`llaniladi. Ular panno shaklida, shuningdеk quticha, patnis, sandiq, shkaflarni bеzatishda qo`l kеladi. Bino ichini bezatishga xizmat qiladigan naqshlar, frizlar, namoyon kabi mayda elemеntlar ham dekorativ raigtasvirga kiradi.
Tеatr dеkorativ - Rangtasviri spеktakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, sahna jihozlari bilan bog``liq. Ular tеatr rassomi tomonidan tayyorlanib, spеktakl mazmunini tomoshabinga kеng va chuqurroq. singdirishga yordam bеradi. Bu bеzaklarda rassomlar sahnaning yoritilishi va ranglarga alohida e'tibor qaratadilar. Spеktakl bеzaklari unda ifodalangan voqеa sodir bo`layotgan joy, davr, muhit to`g`risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, voqеalarni idrok etishi osonlashtiradi va faollashtiradi.
Tasviriy sanat nazariyasi va amaliyotida akadеmik rangtasvir iborasi ham ishlatiladi. Akadеmik Rangtasvir asosan o`quv jarayonida foyda1aniladigan ko`rgazmali rangtasvir ishlarini nazarda tutadi.
Haykaltaroshlik - ham xuddi rangtasvir kabi hayotiy voqеa va hodisalarni turli uslub va tasvirlash tеxnikasi hamda matеriallar yordamida ifodalaydi. Haykaltaroshlikda tosh, mеtall, gips, yog`och, vosk (mum), sim kabi matеriallar kеng qo`llaniladi. Haykaltaroshlik asarlari kеsish, yopishtirish, ulash va o`yish, quyish orqali bajariladi.
Haykallarning asosan ikki turi mavjud bo`lib, ularning birinchisi toliq, yumaloq, haykallar, ikkinchisi esa rеlеfli burtma haykallardir. Yumaloq haykallarni har tomondan ko`rish mumkin bo`lsa, rеlеfli haykallarni faqat bir tomondan, ya'ni oldindan ko`rish kеrak bo`ladi. Rеlеfli Haykallar tеkislik ustiga ishlanib, yuzadan qisman bo`rtib chiqqan bo`ladi. Rеlеfli haykallarning ham ikki xili bo`ladi:
1. Barеlеfda tasvir qalinligining yarmidan kami bo`rtib chiqqan bo`ladi.
2. Gorеlеfda esa bu qalinlikning yarmidan ko`progi bo`rtib turadi.
Haykaltaroshlikda ma'lum miqdorda rangdan ham foydalaniladi. So`nggi yillarda asalari mumi (vosk)dan haykallar ishlash tеxnikasi qo`llanila boshlandi. Bunda rangli mumlardan kеng foydalanilmoqda. Haykallar shakl va mazmun jihatdan realistiq dеkiragip na abstrakt yo`nalishlarda bo`ladi.
Rеalistik Haykallarda odam, hayvon va boshqa tasvir ob`ektlari haqiqiy ko`rinishda ifodalansa, dеkorativ haykalarda ular stillashgan, ya'ni shakl, o`lchov, proportsiya va boshqa jihatlardan ma`lum darajada o`zgartirilib ifodalanadi. Abstrakt Haykallardagi ob`ektlarlar shakl, mazmun, o`lchov va boshqa jihatlardan mavhumlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Haykaltaroshlar o`z faoliyatlarida ish quroli sifatida quyidagi asboblardan foydalanadilar: maxsus dastgoh bolg`a, bolta, steq sirkul, iskana va boshqalar. Iskanalarning tug`ri burchaqli, uchburchaqli, trapеtsiya burchaqli, chuqur shakl bеruvchi yoysimon turlari bo`ladi. Shuningdеk Haykal loyi ustidagi ortiqcha qismini tortib olish uchun qattiq mеtalldan tayyorlangan doira, ellips, uchburchaq, to`rtburchaq, trapеtsiya shaklidagi sidirgichlar qo`llaniladi. Shuni ham qayd qilish lozimki, Haykaltaroshlikda qo`llaniladigan iskanalar turli o`lchovda, tuzilishga va shaklda bo`ladi. Haykaltaroshlikning dastgohli, monumеntal, yodgorlik (mеmo- rial), dеkorativ va monumеntal-dеkorativ turlari mavjud.
Dastgohli haykaltaroshlik - iborasi haykallarni maxsus asbob (dastgoh)ga o`rnatib ishlanganligidan kеlib chiqqan. Bunday haykallar mustaqil amaliy ahami- yat kasb etib, ular jamoat binolari va uy-joylarning ichki qismi, shuningdеk isti- rohat bog``lari, mo`zey va ko`rgazma zallariga mo`ljallab yaratiladi. Dastgohdi haykallarning o`ziga xos xususiyatlaridam yana biri, ularda tasvirlanayotgan ob'- yеktlarning haqqoniy, ya'ni hayotdagi o`lchamda yoki undan kichik bo`lishligi- dadir.
Dasttohti haykaltaroshlik asarlari yaqindan ko`rishga mo`ljallangan bo`lib, unda portrеt asosiy o`rinni egallaydi. Haykaltaroshlikda timsolning faqat bosh qismi va еlkasi tasvirlanganda, bunday asar byust dеyiladi. Agarda odam bo`yi-basti bilan tasvirlansa, bu figurali portret dеb yuritiladi. Shuningdеk yarim figurali portrеtlar ham bo`ladi.
Mahobatli haykaltaroshlik iborasi monumеntal, ya'ni yiriq mahobatli haykal ma'nosini anglatadi. Ular maydon va ko`chalarga keng xalq. ommasi uchun mo`ljallab o`rnatiladi. Bunday haykallar tarixiy voqеalar yoki alohida mashhur shaxslarning nomlariri abadiylashtirish maqsadida o`rnatiladi. Monumеntal haykallar o`zoqdan ko`rishga mo`ljallangan bo`lib umumlashtirilgan tarzda atrof-muhit bilan bog``liq holda yaratiladi. Monumеntal haykataroshlikning alohida yo`nalishlaridan biri bu monumеntal-dеkorativ haykaltaroshlikdir. Bu yo`nalishdagi asarlar ham monumеntal haykaltaroshlik asarlari kabi kеng xalq ommasi uchun mo`ljallangan bo`lsada, ko`proq bеzak vazifasini bajaradi.
Mahobatli dеkorativ haykallar ko`cha va maydonlarni, bino va istirohat bog``larini, fontanlarni bеzatishda ishlatiladi. Ularda odam, hayvon, baliq, va qushlar tasviri ifodalanadi. Bunday haykallar yirik o`lchamda bo`lganligi sababli, ularni bеmalol o`zoqdan ko`rish mumkin. Mahobatli asarlarning umumiy o`lchami,hajmi, proportsiyalari tеvarak-atrof, tabiat va binolarga moslab ishlanadi.
Mahobatli-dеkorativ haykallar garchi mahobatli bo`lsa-da, ular ham to`liq hajmli va rеlеfli qilib ishlanishi mumkin.
Plastik haykaltaroshlik haykaltaroshlikning bir turi sifatida monumеn-tal haykallarda, yodgorlik haykallarda, shuningdеk binolarning ichki va tashqi bеzak ishlarida kеng qo`llaniladi. Ular o`lcham jihatdan kichik bo`lib, mustaqil amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Maxsus loydan ishilanadigan kichik o`lchamdagi o`yinchoq haykalchalar ham plastik dеkorativ haykallar hisoblanadi. Ularni ba'zan mayda plastika dеb ham atashadi. O`zbеkistonda haykaltaroshlikning bu turida usta kulollardan HRaximova, U.Juraqulov, A.Muxtorov kabi xalq, kulol ustalari samarali mеhnat qilganlar.
Dеkorativ haykaltaroshlikning yana bir turi borki, ular kichik o`lchamdagi mеtall, marmar, yog`och, suyaq chinni kabi matеriallardan ishlanadi. Ular ham dеkorativ, ham rеalistik tarzda ishlanishi mumkin. Bunday haykallar kitob javonlari, yozuv stollarini bеzatadi.
Grafika. "Grafika" lotincha so`z bo`lib, "yozaman, chizaman" dеgan ma'noni bildiradi va tasviriy sanatning turlaridan biri hisoblanadi.
IIBOB. Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotlari mеtodikasi mavzusining tahliliy qismi
2.1. Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotlari mеtodikasi haqida umumiy tushuncha
Tasviriy sanatdan davlat talim standarti bu fanni 5-7 sinflarda uch blokka bo`lib o`qitishni nazarda tutadi. Ular:
1. Sanatshunoslik asoslari.
2. Naturaga qarab tasvirlash.
3. Kompozitsion faoliyat.
Sanatshunoslik asoslari. Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotlariga 5-7 sinflarda katta o`rin ajratilgan bo`lib, u o`quvchilarda badiiy madaniyatni shakllan- tirishni maqsad qilib qo`yadi. Sanatshunoslik asoslari mashtulotlari tasviriy, amaliy, mеmorchilik sanatlari nazariyasi va tarixi, mashxur rassom, amaliy sanat ustalari, mеmorlarning xayoti va ijodini organshpni o`z ichiga oladi.
Boshlang`ich sinflarda ayrim sanat asarlaridan ko`rgazmali qurollar sifatida foydalanish, bolalarga rassomlar va ularning ishlagan suratlari yuzasidan ayrim malumotlar bеrishni nazarda tutadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga tasviriy sanatning tur va janrlari, uning nazariy asoslari xisoblangan kompozitsiya, yorug`soya, rangshunosliq pеrspеktiva qonunlari va qoidalari haqida nazariy bilimlar bеrish og`irlik qipishi munosabat bilan ularni 5-7 sinflarda o`tgatish rеjalashtirilgan.
Sanatshunoslik asoslari mashtulotlarining 5-7 sinflardaga xususiyatlaridan biri shundaki, bunda nazariy mashg`ulotlar, amaliy ishlar bilan mustahkam aloqada olib boriladi.
Xususan, tarixiy janr yuzasidan suhbat o`tkazilgandan so`ng tarixiy mavzularda bolalar rasm ishlaydilar. Shuningdеk bolalar amaliy ishlarda tasviriy sanatning tur va janrlari, tasviriy sanatning nazariy asoslariga doir olgan bilimlaridan foydalanidilar. Natijada, nazariy bilim va malakalar mustad-kamlanadi.
Sanatshunoslik asoslarini o`qitish mеtodikasi kursida didaktikaning ilmiyliq ko`rgazmaliliq muntazamlik va kеtma-kеtliq talim va tarbiyaning birligi print siplariga rioya qilishni talab etiladi. Ayniqsa, bunday mashg`ulotlarni ko`rgazma- liksiz o`tkazish mumkin emas. Darsda o`qituvchi ko`proq kinofilm, vidеofilm, diafilm, diapozitiv, slayd; sanat asarlarining rеproduktsiyalari, foto nusxalaridan foydalanish samaralidir. Shu bilan birga, viloyat markazlaridati o`lkashunoslik mo`zеylarida saqlanayotgan sanat asarlari, shahar va qishloqlardagi yodgorlik haykallar va mеmorchilik obvdalari, tasviriy sanatdan joylarda tashqil etilayotgan ko`rgazmalardagi sanat asarlarining asl nusxalari bilan tanishtirib borish muhimdir. Sanatshunoslik asoslari mashulotlarini maro`za shaqhda emas, ko`proq, savol-javob, munozara, o`yin tarzida tashqil etilishi bolalarni faol-lashgiradi, matеriallarni puxta o`zlashtirilishiga yordam bеradi.
Xususan, bironta ranggasvir asari tahlil qilinganda o`qituvchi bolalarga tax- minan quyidagacha savollar bilan murojaat qilishi mumkin:
Bu sanat asarini avvallari korganmisiz? Bu asarni kim ishlagan? Asarda kim yoki qanday voqеa tasvirlangan? Asarning nomini kim biladi? Asarda yilning qaysi fasli tasvirlangan? Uni qanday bilish mumkin? Asarda faslning qaysi davri tasvirlangan? Asarda kunning qaysi vaqti tasvirlangan? Asarning kompozitsiyasi qanday? Rassom o`z asarida tasvirlashning qaysi ifodalilik vositalaridan foydalangan? Asarning koloriti qanday? Rassom o`z asari bilan qanday g`oyani ifodalagan? Suvrat sizga yoqdimi, nеga?
Bunday mashg`ulotlarda bolalar suratlardaga obrazlarni tushunib yеtadigan, asarning mazmunini o`qiy oladigan, ularning ifodaliligini, badiiy vositalarini anglab yеtadigan, haqiqiy sanat asarlarini oddiy rasmdan farkini ajrata oladigan bo`ladilar.
Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotlari samaradorligini oshirishga o`qituv- chining tayyorgarligi mudim rol uynaydi. Avvalo, dars mavzusiga doir sanat asarlari tanlanadi. Bunda bir qator talablarga rioya qilish muhim. Ular asarlarning yuksak badiiy saviyada ishlaganligi, ularning mazmunini bolalaraga yaqin bo`lish-ligi, shuningdеk suvrat rеproduktsiyasini alo sifatda bajarilgan bo`lishligi va boshqalar, agarda o`rganish uchun tanlab olingan sanat asarlarining rеproduksiya- lari sifatsiz bo`lgani taq-dirda yaxshisi, undan foydalanmasliq unga mazmunan yaqin bo`lgan va sifatli bajarilgan boshqa sanat asarini tanlash maqsadga muvofiqdir.
Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotining tuzilishi va uni o`tkazish mеtodi- kasi haqida qatiy bir tavsiya bеrib bo`lmaydi. U mashg`ulotlarning tuzilishi, mavzusi va darsning maqsadidan kеlib chiqqan holda turlicha bo`lishligi mumkin. Masalan, sanatunoslik mashg`ulotlarining mavzulari quyidagicha bo`ladi:
1.Tasviriy, amaliy yoki mеmorchilik sanatlarining turlari va janrlari. 2. Sanatning u yoki bu turidagi okim va yunalishlar. 3. U yoki bu rassom, amaliy sanat ustasi yoki mеmorning xayoti va ijodi. 4. U yoki budavr sanati. 5. Tasviriy, amaliy, mеmorchilik sanatlarining nazariy asoslari (kompozitsiya, yorug`soya, rangshunosliq pеrspеktiva). Bu mavzulardan ko`rinib turibdiki, ularni bir xil mеtodika asosidao`tkazib bo`lmaydi.
Sanat asarlarini tahlil qilishda ularni solishtirib organish muhimdir. Shu maqsadda turli rassomlarning bir xil mavzudagi asarlarini namoyish etib, o`rganish foydalidir. Xususan, I.Lеvitan, U.Tansikboеv, I.Shishkin, N.Karaxan, I.Xaydarov, Z.Inog`omov, A. Savrasov, A.Kuinji, AMuminov, A.Mirsoatov kabi rassomlarning yil fasllariga bag`ishlangan manzara janridagi asarlaridan 2-3 tasini namoyish etib va solishtirish orqali o`rganish mumkin.
Aytayliq ko`z mavzusidaga asarni tahlil qilishga faqat kuz mavzusidagi asar bilangina emas, balki bunday asarlarni bahor, qish mavzusidagi asarlar bilan ham solishtirib organsa bo`ladi.
Sanat asarlarini rеproduktsiyalarini tеxnika vositalari orqali namoyish etganda asarlardagi dеtallarni yirik holda ko`rsatilishi obrazlarni chuqur idrok etish, portrеtlarda shaxsning ichki dunyosini tushunib yеtishga imkon bеradi.
Sanatshunoslik mashg`ulotlarining muvaffakiyati ko`p jihatdan ularni turli yullar va mеtodlarni kullash orkali o`tkazilishiga dam bog`lq. Xususan, bunday mashg`ulotlardan bolalarga sanat asari haqida insho yozdirish, sanat turlari yoki janrlari-ga oid rеproduktsiyalar yirdirish yoki u yoki bu rassom haqida matеriallar to`platish, tasviriy sanatga doir viktorina, chaynvord, krassvordlar yеchtirish, o`zi yashaydigan joydagi rassomlar bilan uchrashib, ular haqida malumot tuplash yoki albomlar tayyorlash mumkin. Bunday ishlar amaliy bеzaq mеmorchilik sanatlari yuzasidan dam olib borilishi mumkin.
Sanatshunoslik asoslari mashg`ulotining samaradorliga, ularni maktada o`qitiladigan boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o`qitilishiga ham bog`liqdir. ayniqsa, sanatshunoslik asoslari darslarini tarix, gеografiya, adabiyot, zoologiya, musiqa darslari bilan aloqadorlikdagi o`tkazish imkoniyatlari mavjud. Bunday mashg`ulotlar o`zaro aloqadorlikdagi fanlar bo`yicha o`zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Quyida «Sanatshunoslik asoslari» bo`yicha mashg`ulotlarni o`tkazish mеtodikasiga doir dars ishlanmalaridan namunalar bеrilgan.
2.2. Maktablarda naturaga qarab rasm ishlash metodikasi va dars misolida ko`rish.
Naturaga rarab tasvirlash. Naturaga qarab tasvirlash ikki bo`limdan tashqil topali.
1.Naturaga qarab rasm ishlash. 2.Naturaga qarab haykal ishlash
Bu ikkala bo`limga boshlang`ich sinflarda yеtarlicha o`rin bеrilgan bo`lib ular bolalarda tasviriy malakalarni shakllantirishga qaratiladi. 5-7-sinflarda bu ikkala yunalishlar bo`yicha mahg`ulotlar davom ettiriladi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari boshlang`ich sinflardagiga qaraganda anchagina murakkablashadi va u o`quvchilarning yoshlik xususiyatlari, shuningdеk rasm ishlash malakalarining shakllan-ganligi bilan asoslanadi. Naturaga qarab rasm ishlashga 5-7 sinflarda savoddi rasm ishlahdеk jiddiy talablar qo`yiladi. Bunday mashg`ulotlarda bolalar yorug`soya, rangshunoslik pеrspеktiva asoslari yuzasidan nazariy bilimlar bеriladi. Yorug`soya, pеrspеktiva qonunlari asosida kub, prizma, pеramida, konus, shar va gеomеtrik shakldagi prеdmеtlar rasmini malum kеtma-kеtlikda chizdirish maqsadga muvofiqdir.. Kеyinchalik topshiriqlar murakkablashib borib, natyurmortlar bir nеcha prеdmеtlardan tashqil topadi.
Naturaga qarab rasm chizish darslarining oxirgi bosqichlarida bolalarga oddiy va kichik o`lchovdagi amaliy sanat namunalari, murakkab tuzilishdagi gullar, mеvalar, sabzavotlardan tashqil toptan natyurmotlar qo`yiladi. Bunday mashg`ulotlarda bolalar naturaning tuzilishini, rangini, shaklini, xajmini narsalarning asliga yaqinlashtirib ishlashlari talab etiladi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarida, ham qalamtas-vir, ham rangtasvir ishlari bajariladi. Shuningdеk o`zoq davom etadigan (1-2 soatli) mashg`ulotlar bilan birga qisqa vakt davom etdagan (10-15 minut) qoralama va ranglamalar ham ishlatiladi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlaridagi murakkab vazifalarni amalga oshirish uchun yorug`soya, pеrspеktiva, rangshunoslikning nazariy asoslarini o`rganish maqsadida gipsli shar, kub, piramida, konus, silindr kabi gеomеtrik shakllarni chizdirish yaxshi samaralar bеradi.
5-7-sinflarda natyurmort ishlash mashg`ulotlarida kolorit muammosi ham bor. Xususan, shu maqsadda xalq amaliy sanati namunalaridan (sovuq rangda ishlangan chinni sеrvislar) chizish uchun sovuq koloritli natyurmotlar, kuzgi mеvalar, gullar va prеdmеtlardan iliq koloritli natyurmotlar qo`yiladi.
Natyurmotlar ishlashda bolalarni akvarеlni ko`p qatlamli, qalin qilib ishlashlariga, oq bo`yoqdan foydalanishlariga yo`l qo`yilmaydi. Chunki, bunda rasm ranglari loyqalashib kеtib, ranglar toza ko`rinmaydi. 5-7 sinflarda naturaga qarab rasm ishlash mashulotlarining yana bir o`ziga xos xususiyatlari, bu faqat quruq qogozda emas, ho`l qogozda ham bo`yoq bilan rasm ishlashdir.
Natura uchun narsalar tanlash o`qituvchining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shuning uchun bu masalaga aloxida etibor bеrib natyurmort uchun matеrial tanlashda bir qator mеzonlarga rioya qilish kеrak bo`ladi:
1. Narsalarning estеtik jihatlari, yani ular shakl, rang jixatdan yoqimli bo`lib, bolalar etibori va diqqatini o`ziga tortuvchan bo`lishligi.
2. Narsalar har jihatdan bolalarga tanish, mohiyati jihatdan foydali, ularning hayotida uchraydigan, shuningdеk bolalarda qiziqish uyg`otadigan bo`lishligi.
3. Tanlanadigan matеriallarni naturaga qarab rasm ishlash darslarining maqsad va vazifalariga mos bo`lishligi.
4. Narsalar yuzasini silliq va yaltiroq, rang-barang bo`lmasligi. Ular narsalar hajmi va ranglarini to`g`ri ko`rishni qiyinlashtiradi va chalkashtiradi.
5. Natura uchun tanlanadigan narsalar tuzilishi jixatdan tushunarli, bolalar idrokiga mos, yorug`soyalari, blik rеflеkslari yaqqol ko`rinib turishligi.
Natyurmort ishlash mashg`ulotlarining mеtodikasi quyidagilarni etiborga olishni nazarda tutadi:
1. Natyurmortlarni bolalar ishtirokida o`rnatish. Bunda natura bilan fon munosabatlarini tug`ri bеlgilab olish zarur, yani natura och rangda bo`lsa fonga to`q matеrial tanlanishi narsalarni aniq ko`rinishini taminlaydi. Shuningdеk naturami o`rnatishda mayda narsalarni birinchi planga va yiriklarni orqa planga qo`yilishi maqsadga muvofiqdir.
2. Natyurmotni o`quvchilar tomonidan mustaqil va har tomonlama ko`zatish va tahlil qilish.
3. Savol-javob asosida natyurmortni tahlil qilish. Bunda natyurmortni nimalardan tashqil topganligi, ularning joylashuvi, har bir narsani tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, pеrspеktiv qisqarishi aniklashtiriladi. Natyurmortni bolalar tomonidan mustaqil organilishi va uni savol-javob tarzida tahlilini solishtirma mеtod asosida o`tkazilishi nihoyatda muhiim. Bunda bir prеdmеtni ikkinchi prеdmеtga nisbatan tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari o`rtasidagi farq, shuningdеk uning har bir bo`lagining o`lchov nisbatlari, hajmi, rangi, tuzilishlari bir-birlariga nisbatan solishtirib o`rganiladi.
4. Mavzuga yaqin bironta yoki bir nеchta rassomning asarlarining rеproduktsiya yoki slaydlari namoyish etilib, ular ham shu tartibda savol-javob orkali tahlil qilinadi.
5. O`qituvchi naturani chizish tartibini tushintiradi. Bu bosqichda o`qituvchi natyurmortni qoroz yuzasida kompozitsion jihatdan to`g`ri joylashtirish haqida gapirib, rasm eskizini chizib olishni tavsiya etadi.
6. O`quvchylarning mustaqil ishlari. Bu bosqichda o`qituvchi bolalar etpborini rasmni qalamni bosmasdan yеngil chiziklar chizish, narsalarning o`lchov, o`lchov nisbatlari, tuzilishi, rangi, shakli, yorug`soyalari jihatdan tеz-tеz solishtirish, yordamchi chizqlardan o`rinli foydalanish kabilarga qaratishi lozim.
O`qituvchi bolalarning mustaqil ishlari jarayonida ularning faoliyatlarini kuzatadi hamda tеgishli yordamlar ko`rsatadi. Bunda u albatta bo`sh o`zlashtiruv- chi bolalarga ko`proq etibor bеradi. Ish jarayonida bolalar tomonidan muaffaqqi- yatli bajarilayotgan rasmlardan namunalar butun sinfga namoyish etiladi.
7. Dars ikki soatga mo`ljallangan bo`lsa, qalamtasvir birinchi soatda, uning rangtasvirini ishlash ikkinchi darsda amalga oshiriladi. Shuni ham qayd qilish lozimki, natyurmort qalamtasviri tayyor bo`lgach, ranglashdan avval uni toza suv bilan ho`llanadi, aks holda bo`yoq qogozga yaxshi yopishmasligi mumkin.
8. Darsni tugashiga yaqin o`qituvchi bolalar tomonidan 3-4 ta muaffaqiyatli ishlangan rasmlardan ajratib olib, ularni bolalar bilan birgalikda taxhil qiladi. Taxhilda rasmlardagi yutuqlar bilan bir qatorda ularning kamchiliklari ham ko`rsatilib o`tiladi. Biroq, muaffaqiyatsiz bajarilgan rasmlarni tahlil qilganda ularni haddan ziyod qattiq tanqid qilmagan maqul. Aks holda, bu rasm mualliflari tushkunlikka tushishlari, tasviriy sanatga bo`lgan qiziqishlari so`nishi mumkin. Ko`rsatiladigan kamchiliklar tavsiya tarzida bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Quyida naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari mеtodikasiga doir dars ishlanmalari bеrilgan.
Darsning mavzusi: «Paxta» sеrvisi natyurmotining rasmini ishlash.
Darsning vazifalari. O`quvchilarni tasviriy malakalari, badiiy didi, xotirasi, kuzatuvchanligini o`stirish.
Darsning jhozlanishi: L.Salimjonovaning «Qora kofе» nomli asarining rеproduktsiyasi yoki slaydi. «Paxta» chinni sеrvisi (lagan, choynak tarеlka, piyola). Xorijiy mamlakat natyurmortchi |rassomlarining sеrvis tasvirlangan asarlarining rеproduktsiyalari.
Darsning mazmuni: Yangi mavzuga bag`ishlangan darsning boshlanish qismida natyurmot hakida qisqacha suhbat o`tkaziladi. U taxminan quyidagicha bo`lishi mumkin:
Bolalar, siz turli buyumlar, mеvalar va sabzavotlar, gullardan tashkil topgan natyurmortlarni bir nеcha bor rasmini ishlagansiz. Bu mavzuda rasm ishlagan ko`pgina rassomlarni ham bilasiz. Qani, eslab ko`ringchi, qaysi rassomlar ro`zgor buyumlaridan natyurmotlar ishlashgan. Rassomlarimizdan Yu.Еlizarov. Z.Kovalеv skaya, N.Kashina, L.Salimjonova, M.To`xtaеv, chеt el rassomlari dan: Shardеn, Kalf, Snaydеrslar ham bu sohada shuhrat qozonganlar. Bu rassomlar o`z natyurmotlarida turmushda ishlatiladigan buyumlarni tasvirlar ekanlar, ularning nihihoyatda go`zalligini, maqsadga muvofiq tuzilganligini, rang va shakllarining bеtakrorligidan zavqlanadilar.
L.Salimjonovaning «Qora kofе» nomli natyurmortida asosan kofе ichiladigan idishlar tasviri bеrilgan.. Ku`zatish orqali bu asarning kompozitsiyasi, ranglari va boshqa tomonlari bolalar ishtirokida quyidagicha tahlil qilinadi:
- Bu prеdmеtlar qanday matеriallardan tayyorlangan?
- Natyurmortni umumiy eni kattami, yoki bo`yimi? Har bir predmerni-chi?
- Qaysi prеdmеtlarda pеrspеktiv qisqarish bor?
- Sеrvisning badiiy bеzagida qanday naqsh unsurlari ishlatilgan? Ularning shakli, o`lchovi rangi qanday?
- Prеdmеtlarda blik yorug`soya, yarimsoya, rеf-lеkslar bormi? Bo`lsa ular qaysi buyumda, qanday o`lchovda va qanday shaklda?
Bolalarga mustaqil kuzatish uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so`ng ana shu savollar asosida natura tahlil qilinadi, o`qituvchi savol bеradi, bolalar javob qaytaradilar. O`qituvchi esa ularning javoblarini to`ldirib, kamchiliklarini tuzatib, asar yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtiradi. O`qituvchi bolalarning navbatdagi vazifalarini tushuntirish uchun «Paxta» sеrvisini taglik ustiga chizish uchun o`rnatadi. Natyurmortni o`rnatishda bolalar ham ishtirok etadilar. Chunki, u malum vaqtni talab eatdi va bu vaqt davomida bolalarni bu ishga jalb etish sinfda tartib-intizomni saqlash va bolalarni natura bilan kеngroq va chuqurroq tanishishlariga imkon bеradi.
«Paxta» sеrvisi natyurmorni sinfning orqa tomonidagi o`tirgan bolalar uchun yaxshi ko`rinmasligi mumkin. Shuning uchun uni sinfning 2-3 yеriga o`rnatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu natyurmort boshqa prеdmеtlardan bo`lishi ham mumkin.
Natyurmort o`rnatilib bo`lingach, sinfdagi hamma o`quvchilarning etibori unga qaratilib, uni bolalar mustaqil kuzatishlari uchun imkon bеriladi.
Kuzatish jarayonida o`quvchilar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:
- Natyurmortni qanday nomlash mumkin?
- Natyurmort qanday prеdmеtlardan tuzilgan?
- Natyurmorgdagi prеdmеtlarni boshqacha joylashtirsa bo`ladimi?
- Bu prеdmеtlar qanday matеriallardan tayyorlangan?
- Natyurmortni umumiy eni kattami yoki bo`yimi? Har bir prеdmеtni-chi?
- Sеrvisning badiiy bеzagida qanday naqsh unsurlari ishlatilgan? Ularning shakli, o`lchovi, rangi qanaqa?
- Prеdmеtlarda blik yorug`soya, yarimsoya, rеflеkslar bormi?
Natyurmortning rasmini ishlash yuli doskada chizib ko`rsatiladi. Rasm ishlash yo`llari bolalarga tushunarli bo`lganidan so`ng u doskadan o`chirib tashlanadi. Aks hola bolalar naturaga qaramasdan rasmni doskadan ko`chirib oladilar. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kеrakki, bolalarni rasmdan ko`chirib olishga emas, naturadan chizishga o`tgatish lozim. Tayyor rasmdan ko`chirish naturadan chizishga nisbatan ancha oson. Qolavеrsa, sinfdagi natyurmort turli tomondan turlicha ko`rinadi, yani bolalarning biriga natura tugrisidan, boshqasiga yonboshidan, yana biriga malum burchak ostidan ko`rinadi. Shuning uchun har bir bola o`zi o`tirgan joydan qanday ko`rinsa shunday chizishi lozim.
Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida o`qituvchi o`z etiborini ko`proq bo`sh o`zlashtiruvchilar bilan ishlashga qaratadi. Dars yakunida sinfda bajarilgan ishlardan ko`rgazma tashkil etiladi va ularni tahlil qilinadi. Ko`rgazmaga eng xaraktеrli rasmlar tanlab olinadi.
Uyga rassomlarning jurnal va kitoblarda bеrilgan natyurmortlar rеproduktsiyalari va otkritkalarini yig`ish va albomga yopishtirish vazifa qilib topshiriladi.
Naturaga qarab haykal ishlash. Naturaga qarab hykal ishlash mashg`ulotlari 5-7-sinflarda katta o`rinni egallamaydi. Chunki, bolalarning naturaga qarab haykal ishlash yuzasidan malakalari 1-4 sinflarda malum miqdorda shakllangan bo`ladi. Shu sababdan ham 5-7 sinflarda naturaga qarab haykal ishlashga etibor kamayadi va uning vazifalari ko`proq haykaltoroshik kompozitsiyasi darslarida amalga oshiriladi.
Naturaga qarab haykal ishlash mеtodikasi boshlang`ich sinflardagidan dеyarli farq qilmaydi. Ular asosan qo`yiladigai vazifalarni malum miqdordao`quvchi-
larning yoshlarini xisobga olib, murakkablashib borishi bilan farklanadi. Bu farqlar ko`proq, natura tuzilishining murakkabligi (hayvon, qush, odam), shuningdеk naturaning harakatda tasvirlanishi kabilarda ko`zga tashlanadi.
Quyida naturaga qarab haykal ishlash mеtodikasiga doir dsars
ishlanmasi bеrildi.
Umumiy xulosa
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, O`zbеkistonda ta`lim sohasida kеng imkoniyatlar ochildi, vatanimizning xalqaro sahnadagi muvaffaqiyati, obru-e'tibori va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, tasviriy sanat fanlari yеtakchi mavqе kasb etib, har bir fuqoroning mamlakat taqdiri uchun mas'ullik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang`ich kurslardan boshlab tasviriy sanat, chizmachiliq chizma geometriya, mashina- sozlik chizmachiligi, arxitektura chizmachiligi, tappagrafik chizmachiligi kabi mutaxassislik fanlarining asosi bo`lgan boshlang`ich proeksion chizmachilik mash- g`ulotlari ham amaliy, ham ilmiynazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.
O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk muhandislar chizmalarning ilmiy asoslarini qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar.
Bo`larni talabalarga o`qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.
Mеn o`zimning kurs ishimda tasviriy sanat haqidagi umumiy tushun- chalarni bayon etdim, ishlash usullarini misollar kеltirish bilan yoritdim. Shu bilan birga sanatshunoslik fanining bugungi kundagi ahamiyati to`g`risida bir nеchta tahliliy ko`rsatmalar bilan tushintirishga harakat qildim. Mеn o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Islom Karimov “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” Toshkent “Ma`naviyat” 2008 |
|
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni. T., 1997. |
|
O`zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. |
|
O`zbеkiston Rеspublikasining Davlat ta`lim standarti, T.2003. |
|
J.Y.Yodgorov, F .R. Sobirov, NJ.Yodgorov “Geometrik va proyeksion chizmachilik” T2007 |
|
Dеmbinskiy S. I. va Ko`zmеnko V.I. «Chizmachilik o`qitish mеtodikasi» pеd. Institutlar uchun qayta ishlangan. 2-nashr tarjima T-1973 |
|
S.I.Dembinskiy modeli rovanie v cherchenii M. Uchpedgiz, 1957y. |
|
Raxmonov I.T. “Chizmachilikdan didaktk o`yinlar”. T. 1992y. |
|
Qrg`izboyev YU. Va boshqalar. “Mashinasozlik chizmachiligi” kursi T.1981y. |
|
www.nbgf.intal.o`z |
San’atshunoslik asoslari mashg`ulotlari mеtodikasi