YUNON-RIM MANBALARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI SHAKLLANISHIGA OID MA’LUMOTLARNING AKS ETISHI
ozbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Al-Xorazmiy nomidagi
Urganch Davlat Universiteti
TARIX FAKULTETI
- GURUHI TALABASI Madrahimova Iqbolning
«MANBASHUNOSLIK»
FANIdan yozgan
РЕФЕРАТИ
MAVZU: YUNON-RIM MANBALARIDA OZBEK DAVLATCHILIGI SHAKLLANISHIGA OID MALUMOTLARNING AKS ETISHI.
QABUL QILDI: MATYOQUBOVA M.
Urganch 2010 yil.
MAVZU: YUNON-RIM MANBALARIDA OZBEK DAVLATCHILIGI SHAKLLANISHIGA OID MALUMOTLARNING AKS ETISHI.
R E J A :
I. KIRISH.
II. ASOSIY QISM:
II.I. Yunon va Rim manbalari togrisida umumiy tushuncha.
II.2. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
II.3. Qadimgi Yunon manbalari.
II.4. Qadimgi Rim manbalari.
III. XULOSA.
K I R I S H
Kurs ishim mavzusi YUNON-RIM MANBALARIDA OZBEK DAVLATCHILIGI SHAKLLANISHIGA OID MALUMOTLARNING AKS ETRISHI. Eng qadimgi davrda ozbek davlatchiligi haqidagi yunon-rim manbalari haqida malumotlar keltirilgan. Dastlab eng qadimgi Ozbekistondagi siyosiy vaziyat, hukmronlik qilgan sulolalar, ular haqida manbalar togrisida qisqacha izoh keltirilgan. Bu davrda mavjud bolgan eng qadimgi qabilalar ittifoqi va ular negizida vujudga kelgan dstlabki Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari, qoshni xalqlarning (Eron-ahamoniylari va Aleksandr Makedonskiylar) bosqinchilik yurishlari haqida qisqacha toxtalib otilgan. Keyin esa, asosiy mavzu eng qadimgi yunon-rim manbalari haqida malumotlar keltirilgan.
Bu mavzuni organishdan maqsad, Ozbekistonda ilk davlatlarning qachon vujudga kelganligi haqidagi bahs-muozaralarga aniqlik kiritish, ularning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzi va xalqaro vaziyati haqida tushuncha va malumotlarga ega bolishdir. Darslikdagi manbalar bilan cheklanib qolmasdan, yangi malumotlarni topib, ulardan foydalangan holda mavzuni toliqroq ochib berish ishning bosh maqsadidir.
Mavzuning organilish darajasiga keladigan bolsak, bu davr manbalarini organishda kop olimlarning mehnati singan. Masalan, qadimgi yunon manbalaridan Gerodotning "Tarix" asarini Shteyn 1869-1871-yillarda chop ettirgan. Asarni inglizchaga Roulinson 1856-1860 yilda hamda rus tiliga F.G. Mishchenko 1858-1860 yillarda tarjima qilgan. 1982-yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistovhamda I.A.Shishova tornonidan yangidan nashr etilgan.
Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari 1774-yillari L.Alekseev tomonidan, 1874-yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
Strabonning “Geografiya” asari 1844 va 1848-yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qoshib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831 - 1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko. M., 1879; G.A.Stratanovich. M., 1964) tarjimalari ham mavjud.
Rim manbalarini ham kop olimlar organgan. Masalan, Rim manbalaridan Pompey Trogning “Filipp tarixi” asari Yustin (IIIII asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan "Becтник древней истории" jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan.
Arrian Flaviyning "Iskandarning yurishlari" asarini nemis tiliga Myuller 1886 yilda hamda rus olimi Korenkov Toshkentda 1912-yilda va E.Seigeenko Moskvada 1962-yilda rus tillariga tarjima qilishgan.
Kvint Kursiy Rufning "Buyuk Iskandar tarixi" asarini 1841-yili Myuttsel, 1867-yili T.Nyoldekeva, 1885-yili Fogel nashr ettirganlar. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan 1963 yilda.
Eng qadimgi davrlar tarixini yunon-rim va boshqa manbalar asosida organish ishlari bugungi kunda ham davom etmoqda. Umuman barcha davr davlatchiligi tarixini xolisona yoritish bugungi tarixchilarning asosiy vazifasiga aylangan. Ilmiy ishlar yoqlanib, himoya qilinib, nomalum bolgan tariximiz sahifalari sekin-asta bizga ayon bolmoqda.
Ozbekistonning qadimiy tarixini organishda Yunoniston va Rirn tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-3 30-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (rnilodning II asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir.
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zor ilmiy qiymatga egadir.
Ozbek davlatchiligi tarixi haqidagi yunon-rim manbalarida boshqa xitoy, hind, eron manbalrida uchramagan malumotlar koplab uchraydi. Eng qadimgi davrdagi qabilalar, ularning turmush tarsi, davlatchilikka asos solganlari, ularga qoshni xalqlarning ozaro aloqalari haqida qimmatli malumotlar uchraydi. Masalan, massaget qabilalarining dini, urf-odatlari, malikalari Tomaris haqida va Kirninng ayol malikadan sharmandalarcha maglubiyatga uchragani haqida faqat Gerodot va Poliyen manbalaridagina uchraydi.
Biz Shiroq afsonasi haqida ham faqat Poliyenning asari orqali bilishimiz mumkin.
Kurs ishning hajmi jami 25 bet, tarkibi: KIRISH, ASOSIY QISM, Yunon va Rim manbalari togrisida umumiy tushuncha, Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar, Qadimgi Yunon manbalari, Qadimgi Rim manbalari, .XULOSA va FOYDALANILGAN ADABIYOTLARDAN iborat.
ASOSIY QISM
II.I. Yunon va Rim manbalari togrisida umumiy tushuncha.
Ozbek davlatchiligi tarixi haqida eng qadimgi manbalar “Avesto”,Eron (Behustun qoyatosh bitiklari, Suza saroyi devorlaridagi yozuvlar va hokazo), hind, Xitoy manbalari qatoriga yunon-rim manbalarini ham kiritishimiz mumkin. Ulardan Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diador, Arrian, Strabon, Pliniy, Plutarx, Kursiy Ruf, Pompey Trog va boshqa yunonlik va rimlik mualliflar qoldirgan yozma guvohliklar miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmidan boshlab otgan bir necha asrlik davrga oid koplab malumotlar uchraydi.
Bularga: Gerodotning “Tarix”, Ksenofontning “Gretsiya tarixi”, “Anabasis” asari, Polibiyning “Umumiy tarix”, Arrianning “Aleksandr yurishlari”, Strabonning “Geografiya”, Plutarxning “Сравнительные жизнеописания ”, Poliyenning «Стратегеми Полиена», Kvint Kursiy Rufning “Aleksandr Makedonskiy tarixi” kabi asarlarni kiritishimiz mumkin.
Yunon va Rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari ma'lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Fargoniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bolib xizmat qildi.
Хоrazm tariхiga оid arхеоlоgik manbalardan kеyin qadimgi yunon-rim yozma manbalar alоhida orin egallaydi.
Yozma manbalar оrasida ozining qadimiyligi jihatidan «Оvastо» birinchi orinda turadi. Zоrоastrizm ,оtashparastlik) dinining muqaddas kitоbi (mil. avv. VI-IV asrlarda yozilgan) bolmish «Оvastо» Orta Оsiyo, Erоn, Afgоnistоn va Хоrazmning qadimgi tariхini organishda qimmatli manba hisоblanadi.
Taniqli оlimlarning aksariyati «Оvastо» matnlari ahamоniylar hukmrоnligiga qadar Хarazm rahbarligida vujudga kеlgan qadimgi davlatlar ittifоqi hududida, sinfsiz jamiyatdan sinfiy jamiyatga otish sharоitida paydо bolgan dеb хisоblaydilar. Bu fikrga asоslangan hоlda fanda «Katta Xorazm” muammоsi vujudga kеldi.
Bu muammо ham garchi yеtarli organilmagan va tola aniqlanmagan bolsada, ilmiy adabiyot sahifalaridan tushmayapti. Gerodоtning yozishicha «Хоrazmiylarga tеgishli» katta Akеs daryosining tеkisliklarida bir qancha qabilalar va хalqlarni birtashtirgan «Katta Хоrazm» («Ariylar yurti» yoki «AriyIar kеngligi» «Оvastоda) vujudga kеlgan dеgan taхminlar mavjud. “Katta Хоrazm” ittifоqinig mavjudligiga hеch qanday shubha yoq. Gеradоt tilga оlgan Akes daryosi Gerirud Tеjan daryosi bolishi ehtimоldan hоli emas.
Qadimgi Yunоn va Rim tariхchilari, shuningdеk kеyingi davrlarda esa Vizantiya, Arman, Arab mualliflarining asarlarida ham Хоrazm haqida qimmatli malumоtlarni uchratish mumkin.
Orta Оsiyo Ariy ahоlisining bir qismi bolgan Хоrazmiylar mashhur qadimgi yunоn tariхchisi Gеradоtning (milоddan avvalgi V asr) «Tariх» kitоbida ham tilga оlinadi. Gеradоtning fikricha Хоrazmiylar Orta Оsiyoda kеng vоdiylarni egallaganlar. Yirik qadimgi grеk tariхchisi Arrian Flaviy (taхminan 95-175 yy.) ozining «Alеksandrning yurishlari» («Anabasis Alеksandra») asarida хоrazmlik pоdshоh Fratafеrn (Farasmоn) haqida va uning 1500 оtliq qoshin bilan Alеksandr оldiga kеlganligi haqida hikоya qiladi.
Rim tariхchisi Kvint Kurtsiy Ruf (milоdning 1 asri) ozining «Buyuk Alеksandrning tariхi» asarida Хоrazm pоdshоhi Fratafern haqida, uni massagеt va sak qabilalarining Alеksandr zulmiga qarshi milliy оzоdlik harakatiga qoshil-ganligi haqida hikоya qiladi.
TUMARIS AFSОNASI
Strabоnning fikricha Хоrazmliklar massagеt elatlaridan tashkil tоpgan ekan. Tomaris afsоnasi ham Хоrazmliklar haqidadir.
Erоn shоhi Kir oz yurishida massagеt qabilalarini tоr-mоr qilishni oylab harakat qiladi. Kirning yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Dоrо ikkinchi marta yurish qilishga hоzirlanadi.
Pоliеnning yozishicha Dоrоning hujumi хabarini eshitgan massagеt va saklarning uchta pоdshоsi Sansafar, Umarg va Tomaris Kirning halоkati haqidagi rivоyatlarning pеrsоnajlari nоmlariga juda oхshash. TomirisGеradоt tasvir-lagan massagеtlar «malikasi» Tomarisning хuddi ozginasidir. Umarg-Ktеsiy rivоyatlaridan birida saklar pоdshоsi Sakоfоrgga kеlganda, bu nоm, shubhasiz, Хоrazm Siyovushlari sulоlasidan Shaushafarning ozidir. Shundan malum boladi-ki, dеrbеklarning ayol hokimi Хaumavarga, saklarning va Хоrazm hоkimi Dоrоning hujumiga qarshi ittifоq tuzib mudоfaa uyushtirganlar.
Gеrоdоt, Ktеsiy va bоshqalarning yozishicha massagеtlarda ayollar yuqоri mavqеni egallaganlar. Massagеt qabilalari haqida ayolga hurmat kuchli bolgan. Shu tufayli bolsa kеrak, Gеrоdоt asarlarida «Malika Tomaris», Ktеsiy hikоyalarida esa «Malika Sparеtra» bоshchiligidagi ayollar qoshinlari togrisida tolqinlanib yozadilar. Tomaris qissasining qisqacha mazmuni shundan ibоratki, Tomaris milоddan avvalgi V1 asrda Massagеt halqiga bоsh bolgan Хоrazmga tajоvuz qilgan Erоn shоhi Kirga qarshi mardоna kurash оlib bоrgan Malikadir. Bu ayol haqida qadimgi grеk tariхchisi Gеrоdоt ozining «Tariх» kitоbida «Kirning massagеtlarga qarshi yurishi” dеgan sarlavha оstida hikоya qiladi. Mazkur hikоyaning kеng bayoni «Vеstnik drеvnеy istоrii» jurnalida bоsilgan, V. V. Latishеvning «Drеvniе pisatеli ,о Skifii i Kavkazе” maqоlalari siklida 1974 va uning qisqacha mazmuni «Ozbekistоn SSR tariхi», N. Mallaеvning «Ozbеk adabiyoti tarixi kitoblarida keltirilgan.
Strabonning ozbek davlatchiligi haqidagi malumotlari qimmatli bolib, uning takidlashicha Massagеt va Sak qabilalari ittifoqiga хоrasmiylar ham kirgan. Aхamоniylar davrida хоrasmiylarning yangi tolqini Amudaryo etaklariga janubdan kеlgan dеgan fikrlar ham mavjud. Lеkin bu fikr hali arхео-lоgik jihatdan isbоtlangan emas.
Gеkatеy va Gеrоdоtlar хоrazmiylarni Orta Оsiyo janubiy rayоnlari qabilalari bilan alоqalari togrisida malumоtlar beradilar. Gеkatеy korsatishicha, milоddan avvalgi VI asrda хоrazmiylar parfyanlardan sharqda yashaganlar. Strabоn Хоrasmiylarni etnik jihatdan “sak va massagetlar”ga mansubligini korsatadi.
II.2. Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar.
Ozbekiston hududi ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat ochoqlaridan hisoblanadi. Lekin, uning qadimiy madaniyati haqida ma'lumotlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma'lum darajada yozma ma'lumotlarga egamiz.
Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan ma'lumotlarga qaraganda qadim zamonlarda hozirgi Ozbekiston hududida istiqomat qilgan sak, massaget va boshqa qabilalar urugchilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shugullanganlar.
Miloddan avvalgi VI asrda yurtimiz Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550330-yillar) asoratiga tushib qoldi. Ana shu davrda bu yerda istiqomat qilgan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy ozgarishlar sodir boldi. Urug jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo bolgan urug aslzodalari serunum yerlarni egallab oldilar, qul mehnatidan foydalanish hamda erkin jamoa a'zolariga zulm qilish yoli bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jarayoni kuchaydi va quldorlik jamiyati paydo boldi.
Bu davrning oziga xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik zardushtlik dini paydo boldi va keng tarqaldi.
Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribir aholini tola itoatda tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Natijada miloddan avvalgi VI asr ortalariga kelib Xorazm mustaqillikni qolga kiritib oldi. Sak va massagetlar ham oz ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar. Eron huktndorlari bilan yurtimiz xalqlari ortasida uzluksiz davom etgan urushlar Ahamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 336-323-yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi.
Iskandar Zulqarnaynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324-yy.) yurtimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga ta'sir korsatdi: katta yer egalari bolmish mahalliy aslzodalarning mavqei yanada mustahkamlandi.
Ma'lumki, Iskandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323-yil 13-iyun) ma'lum vaqt (taxminan 75 yil) otgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda davlatlarga bolinib ketdi.
Miloddan avvalgi taxminan 250-yili Buyuk Makedoniya saltanatining Baqtriyadagi noibi Diodot mustaqillik e'lon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdaryo bilan Ind daryosi yuqori oqimlarigacha bolgan yerlar va xalqlar qarar edi.
Hozirgi Turkmanistonning janubiy tumanlari ham mustaqillikka erishdi. Bu yerlar hokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urugining boshliqlari otqizildi.
Miloddan avvalgi 190-yili Magnesiya (Lidiyaning qadimiy shaharlaridan, Turkiyaning hozirgi Manisiya shahri ornida bolgan) yonida bolgan janglarda Rim qoshinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242-187-yy.) qoshinlarini tor-mor keltirib, Salavkiylar hukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu hol Yunon-Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga yo'1 ochib berdi.
Miloddan avvalgi II asrning 40-yilIarida Parfiya butun Eron va Mesopotamiyaning katta qismini oziga qaratib olib, yirik quldor davlatga aylandi. Poytaxt Ekbatana (Hamadon)dan Evfrat boyiariga, hozirgi Bagdod yonida joylashgan Ktesifonga kochirildi.
Taxminan osha vaqtlarda Yunon-Baqtriya davlati ham oz chegaralarini birmuncha kengaytirib oldi. Evtidern, Demetriy va Evkradit zamonida Sogdiyona, Baqtriya, Araxosiya (hozirgi Afgonistonning garbiy qismini oz ichiga olgan hudud) va Ariya (hozirgi Afgonistonning markaziy qismi), boshqacha soz bilan aytganda hozirgi Ozbekiston, Tojikiston, Eronning sharqiy qismi hamda Afgonistonning katta qismi Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi.
Lekin, Yunon-Baqtriyaning ichki ahvoli u qadar mustahkam emas edi. Mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar ortasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi qOzgolonlar kuchaydi. Xalq harakati, ayniqsa, SOgdiyonada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi II asr oxirlari va I asr boshlarida SOgdiyona mustaqillikni qOlga kiritishga muvaffaq boldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining boshqa Olkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi.
Qadimdan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar miloddin avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tazyiqi ostida garbga qarab chekinishga majbur boldilar va Sharqiy Turkiston hamda Yettisuv vohasida kochib yurgan skif (xitoy manbalarida yuechji, antik adabiyotda toxarlar nomi bilan mashhur) va usun qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda yuechji (toxar) va usunlar SOgdiyona va Baqtriya hududiga kochib otdilar va bu yerda sak va boshqa mahalliy qabilalar bilan qoshilib, avval Sogd, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqtriya davlatiga qaram boshqa olkalarni ham to Ind daryosigacha istilo qilishga muvaffaq boldilar.
Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati ornida yuechjilar (toxarlar) davlati tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashhurdir. Kushonlar davlatiga hozirgi Ozbekistonning katta qismi, Afgoniston, Shimoliy Hindiston va Pokistonning shimoli-garbiy qismi qaragan bolib, ayniqsa Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka hukmronlik qilgan yillari kuchaydi. Lekin, milodning II asri ortalarida bu davlatning ham inqirozi boshlandi va IV asrga kelib mayda davlatlarga bolinib ketdi.
Yurtimiz hududida hukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri Qang va Fargona (Parkana)dir.
Qang davlati tarkibiga Buxoro, Shahrisabz, Kattaqorgon, Toshkent viloyati va Xorazmning shimoliy qismi kirgan. Davlat tepasida jabgu (xitoy manbalarida chaovu) turgan.
Miloddan avvalgi III asrlarda Fargonada ham mustaqil davlat bolgan. Xitoy manbalarida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Fargonada hunarmandchilik, ayniqsa dehqonchilik rivoj topgan qadimiy mamlakat bolib, uning 70 ga yaqin katta-kichik shaharlari Kuba-Quva, Gaushan-Ozgan, Ershi - Marhamat, Goy-Shan - Koson va boshqalar bolgan. Mahalliy xalq dehqonchilik va bogdorchilik bilan shugullangan, arpa, bug;doy, sholi, beda, uzum, anor, poliz ekinlari va boshqalami yetishtirgan.
-yillar orasida Xitoy qoshinlari Fargonaga ikki marta bostirib kirdilar. Birinchi yurish 104-yili xitoy qoshinlariningtor-mor keltirilishi bilan tugadi. Ikkinchi marta 101-yili 60 000 kishilik xitoy qoshini Fargonaning yirik shaharlaridan Ershini (hozirgi Andijon viloyatiga qarashli Marhamat qishlogi ornida bolgan) qamal qildilar. Lekin, shaharni ola olmadilar. Sulh tuzib va ozgina olpon , 3000 bosh ot olib qaytib ketishga majbur boldilar.
II.3. Qadimgi Yunon manbalari
Ozbekistonning antik davrdagi tarixini organishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bolib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma'lumotlami keltiramiz.
Xeradot
Xeradot (miloddan avvalgi 490-480-yillar ortasi-425-y.) - yirik qomusiy olim, tarix fanining "ota"si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455-yillari Yevropa, Osiyo va Misr boylab sayohat qilgan.
Xeradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479-yilgacha bolgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat "Tarix" nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yonalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Xeradot, Sitseronning (miloddan avvalgi 106-43-yy.) sozlari bilan aytganda, tarix fanining "ota"si hisoblanadi.
Xeradot, garchi ozi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni togri bayon etishi, ozga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtayi nazaridan qarashi bilan ba'zi tarixchilardan ajralib turadi.
Xeradotning asarida Ozbekistonning qadimiy xalqlari bolmish agrippiylar, issedonlar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qoshni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz.
Herodot ahamoniylar hukmronligi davrida boshqaruvi haqida shunday degan: Kir va uning ogli Kambiz hukmronlik yillarida (miloddan avvalgi 529-522-yillarda) ularga qaram mamlakatlardan muayyan bir soliq olinmagan. Biroq tobe mulklardan ularga sovga-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar savdogar deyishiga sabab,-deb yozadi Herodot, - u birinchi bolib soliq tizimini joriy etganligidadir”.
"Tarix"ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871-yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860) hamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860) tillariga tarjima qilingan. 1982-yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistovhamda I.A.Shishova tornonidan yangidan nashr etilgan.
Ktesiy
Gerodotning tarixiy ananalarini davom ettirgan yunon tarixshunosi Ktesiy Kichik Osiyodagi Knid shahridan bolgan. U miloddan avvalgi 414 yildan boshlab, ahamoniylar podshosi Artakserks II saroyida tabib vazifasini bajargan. Podsho saroyida u Sharq chegaralarida joylashgan uzoq shaharlar, davlatlar va xalqlar haqida kop hikoyalar eshitgan. Erondan yurtiga qaytganidan keyin Ktesiy qadimgi forslar tarixini yoritishni rejalashtirgan. Ammo toplangan malumotlar aynan forslardan tashqari keng tarix tasavvuriga asos solgan.
Ktesiy keltirgan malumotiga kora eron podshosi Kir miloddan avvalgi VI asrda saklar podshosi Amorgning xotini Sparetra bilan jang qilgan. Kir shu jangda halok bolgan, uning olimining Tomaris bilan jangga aloqasi yoq deb aytib otgan. Bular Gerodot keltirgan malumotlarga butunlay qarama-qarshi.
Bundan tashqari Ktesiy Baqtriya davlati haqida ham yozib qoldirgan. U ossuriyalik podshoh Nin Belidning Baqtriyaga harbiy yurishi haqida sozlab, Nin baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganini aytadi. Semiramida miloddan avvalgi IX-VIII asr boshlarida Ossuriya malikasi bolgan. Ninning Baqtriyaga qarshi yurishida Semiramida ham qatnashgan va ular Baqtriya podshosi Aksiart bilan obdon urushganlar. Xullas, Baqtriya davlatida hukmronlik qilgan sulolalar haqida haqiqatdan kora afsonalar koproq uchraydi.
Gekatey
Qadimgi yunon tarixchilaridan Gekatey Milet shahridan bolib, (miloddan avvalgi VI-V asrlar)olimlarning fikriga kora birinchi bolib ahamoniylar olkalarining royhatini keltirgan va qadimgi Sharq xalqlari haqida xabar qilgan. Ular orasida Orta Osiyo xalqlari haqida malumotlar ham bor.
Diodor
Diodor (miloddan avvalgi 90-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U "Tarixiy kutubxona" nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yonalishida yozilgan bu asar, asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning I asr ortalarigacha bolgan tarixini oz ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, Ozbekistonning qadimiy xalqlari skif, sak, massaget, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bolgan munosabatlari haqida qimmatli ma'lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari kop jihatlari bilan kochirma-kompilyatsiya hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, kop hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy boglanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Diodorning asari tola holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1- 5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (miloddan avvalgi 500)da to miloddan avvalgi 301-yilgacha bolgan tarixini Oz ichiga olgan 11-kitoblarigina saqlangan, xolos.
Bu asar 1774-yillari L.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874 1875-yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
Polibiy
Polibiy (miloddan avvalgi 201) yirik yunon tarixchisi, 40 kitobdan iborat "Umumiy tarix" asari bilan mashhur. U Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillarorasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini oz ichiga oladi. Umumiy tarix yonalishida yozilgan bu asarning katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 15-kitoblargina yetib kelgan, xolos.
Polibiyning "Umumiy tarixi" daliliy maMumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Unda OksAmudaryo va Yaksart Sirdaryo haqida, Antiox 1 ning Baqtriya podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim maMumotlar bor.
"Umumiy tarix"ning matni 1889-yillar orasida tort jildda Leyptsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, London, 19571960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3-jildlari. M., 1890-1899) tarjimalari mavjud.
Ozbekistonning qadimiy tarixini organishda Yunoniston va Rirn tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
Uning yozishicha sak podsholari Saksafar (Xorazm hukmdori), Amorg(saklar podshosi), Tomaris (massagetlar malikasi), Doroga (Dorush)qarshi kurash rejasini tuzib turganlarida , ular huzuriga Shiroq ismli otboqar keladi va agar oilasi va tirikchiligidan xabar olib turishga vada berilsa, yakka ozi dushman hafvini qaytarishga urinib korajagini aytadi. Podshohlar taklifini qabul qilib, qasam ichadilar. Shiroq afsonasi haqida biz faqat Poliyenning malumoti orqaligina bilishimiz mumkin.
Strabon
Strabon (miloddan avvalgi 63 - milodning 23) qadimgi Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322) shogirdi, qariyb 80 yil umr korgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat "Geografiya" nomli asaridir. Asarning 12-kitoblari "Muqaddima" deb ataladi va unda geografiya i!mi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi orni va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Yer tuzilishi haqidagi ta'limoti tanqid qilinadi, Yer yuzini tavsiflash haqida urnumiy tushuncha beriladi.
-kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bagishlangan.
Asarda Osiyo mamlakatlariga katta orin berilib, ular togrisida 11-16-kitoblarda ma'lumot berilgan. 17-kitob Afrika mamlakatlariga bagishlangan.
Strabon Polibiyning "Umumiy tarix"ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 14631-yillar orasida bolib otgan voqealarni qoshgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin uning ayrim qismlari, xususan Ozbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning "Geografiya" nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning "Geografiya"sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Margiyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yollari, Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryoiari haqida, Ozbekistonning qadimiy xalqlari sak, massaget, day, atasiya, toharlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e'tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va ozaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Strabonning ushbu asari 1844 va 1848-yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qoshib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831 - 1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko. M., 1879; G.A.Stratanovich. M., 1964) tarjimalari ham mavjud.
Shunday qilib, yunon tarixchilarining asarlari eng qadimgi va qimmatli manba ekanligi bugun oz tasdigini topmoqda.
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-3 30-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (rnilodning II asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir.
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zor ilmiy qiymatga egadir.
II.4. Qadimgi Rim manbalari
Pompey Trog
Pompey Trog ( milodgacha 1 milodning I asrlari Ortasida yashab otgan) - "Filipp tarixi" asari bilan mashhur bolgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 milodning 14-yili) davrigacha dunyoda bolib otgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e'tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359 336) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan.
Mazkur asarning qimmati shundaki, u birtalay noma'lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bolishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan.
"Filipp tarixi"da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va Sogdda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularaing urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning ozaro munosabatlariga oid muhim ma'lumotlar mavjud. Bu malumotlar juda qimmatli hisoblanadi.
Pompey Trogning bu asari Yustin (IIIII asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan "Becтник древней истории" jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan.
Arrian Flaviy
Arrian Flaviy (taxminan 95) yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, asli Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U "Iskandar haqida", "Parfiyaliklar haqida", "Hindiston" va 7 jildlik "lskandarning yurishlari" nomli kitoblar muallifidir.
Ozbekiston va Eronning qadimiy tarixini organishda Arrianning "Iskandarning yurishlari" nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning Ozbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
Faqat Arriangina Xorazmning hukmdori Farasman va uning mohir diplomatligi sabab, Xorazmning mustaqilligi saqlab qolinganligini yozib qoldirgan. Arrianning guvohlik berishicha miloddan avvalgi 329-yili Aleksandr Samarqandda turganida Farasman (Xorazm hukmdori) tashrif buyuradi. Xorazm hukmdori bu uchrashuv chogida Aleksandrga harbiy ittifoq tuzib, Qora dengiz tomon yurishni taklif qiladi. Sogdlik Spitamen qozgolonini bostirish bilan band bolgan Aleksand Farsmanga tashakkur aytib, u bilan dostlik ittifoqini tuzadi. Shu bilan birga hozir Qora dengizga hujum qilish vaqti emas, deydi. Aleksandr ishonchini oqlagan Farasman yunonliklarning keyingi harbiy rejasi Hind zaminiga yurish ekanligini ham aniqlab oladi.
Asar panegrizm maddohlik ruhida yozilgan. Muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini koklarga kotarib uluglaydi. U kop qolyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bolib, mavzu boyicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.Iskandarning Spitamendan maglubiyatga uchragani haqida ham yozgan.
Arrian Flaviyning "Iskandarning yurishlari" asari nemis (Myuller Leyptsig, 1886) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 va M.E.Seigeenko M.-L., 1962) tillarida nashr etilgan.
Ptolomey Klavdiy
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90) - mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Jahonga mashhur "Almagest" "Al-majastiy" (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini oz ichiga oladi), "Optika" (5 kitobdan iborat), "Germanlar haqida tushuncha" (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, "Geografiya" shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat keltirgan asarlari "Almagest" va "Geografiya"dir.
"Geografiya"ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrogi uning 24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bagishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shahar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning "Geografiya"sida Girkaniya, Margiyona, Baqtriya, Sogdiyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va Sogdiyonaning mashhur shaharlari, shuningdek osha mamlakatlar va ular bilan tutash olkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Kvint Kurtsiy Ruf
Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqamaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbjy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat "Buyuk Iskandar tarixi" nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan
Kvint Kurtsiy Rufning asarida Ozbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn qoshinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qozgolon keng yoritib berilgan.
Kvint Kursiy Rufning guvohlik berishicha, Iskandar miloddan avvalgi 329-yilda Oks daryosidan kechib otayotganda askarlarga somon toldirilgan meshlarni tarqatishga qaror qiladi. Ular meshlar ustida daryodan suzib ota boshlaydilar.daryodan birinchi bolib kechib otganlar qoriqchilar xizmatini bajarib, boshqalarni kutib oladilar. Shu tariqa askarlar oltinchi kuni daryoning narigi qirgogiga otib olishga muvaffaq boladilar.
Kursiy Ruf miloddan avvalgi 327 yilda Orta Osiyoni toliq bosib olgach, mahalliy aholi vakillaridan viloyatlarga hokimlar tayinlagani haqida shunday deydi: “Iskandar baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu joydagi qoriqchilar qoshini bilan birga ot-arava yuklarini qoldiradi. Ozi esa harakatdagi qoshinlarga yolboshchi bolib, Sogdiyona sahrosoga yol oladi”, deya xabar beradi.
Bundan tashqari Arrian mahalliy aholining Iskandarning harbiy harakatlariga bildirilgan munosabatlari haqida bunday yozadi: “Tanais (Sirdaryo) ortidagi skiflar (saklar)davlatining podshosi makedonlar tomonidan datyo boyida solingan shaharni qullik boyinturugi bolishini sezib, uni vayron qilish va makedonlarni daryo qirgogidan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir otliq qoshinga yolboshchi tayinlab, oz akasini yuboradi”.
"Buyuk Iskandar tarixi" 1841-yili Myuttsel, 1867-yili T.Nyoldekeva 1885-yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan (M.,1963).
Gay Pliniy Sekund
Gay Pliniy Sekund (24) - rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79-yili mashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida yuz bergan umumxalq fojiasi vaqtida halok bolgan.
Gay Pliniy Sekund sermahsul olim, 20 kitobdan iborat "Germanlarning urushlari", ikki jilddan iborat "Pomponiy Sekundning hayoti" va 37 kitobdan iborat "Oddiy tarix" nomli asarlar yozib qoldirganj ma'lum.
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay boylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi "Germanlarning urushlari" nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56117) "Solnomalar" (imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning halok bolishigacha (milodning 68-yili) bolib otgan voqealarni oz ichiga oladi) hamda "Germaniya" (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bolgan.
"Pomponiyning hayoti"da Pliniy sobiq boshligi Pomponiy Sekundning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar ham bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
"Oddiy tarix" Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda muallifning oz manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bolmaganligi, ayrim dalil va voqealarni buzib korsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi boyicha keng ma'lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e'tiborga sazovordir.
"Oddiy tarix"da Ozbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar, masalan, skiflar, Oks Amudaryo, Yaksart Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shahariarining barpo etilishi haqida qimmatli ma'lumotlar bor.
Shunday qilib, qadimgi dunyo yunon-rim ilk yozma manbalari Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bolib olkamizdagi elatlarning, alohida joylar, toglar, daryolar va kollarning, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi togrisidagi malumotlarni oz ichiga oladi.
X U L O S A
Xulosa ornida shuni aytish mumkinki, Ozbekistonning eng qadimgi davri davlatchiligi tarixi haqida yunon-rim manbalari va boshqa manbalar anchagina va ularni organish ishlari haligacha davom etib kelmoqda. Bularga eng qadimgi yunon tarixchilaridan Xerodotniong “Tarix” asarini, Diodorning “Tarixiy kutubxona”, Polibiyning “Umumiy tarix”, Strabonning “Geografiya”, Arrian Flaviyning “Iskandarning yurishlari”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston”, Ptolomey Klavdiyning “Al-Magest”va “Geografiya”asarlarini muhim manba sifatida organishimiz mumkin. Rim tarixchilaridan esa, Pompey Trogning “Filipp tarixi”, Kvint Kursiy Rufning “Buyuk Iskandar tarixi”, Gay Pliniy Sekundning “Germanlarning urushlari”, “Pomponiy Sekundning hayoti”, “Oddiy tarix”asarlari ham qimmatlidir.
Yunon-rim manbalrining oziga xos hususiyati shundaki, bu asarlar kopincha afsona va rivoyatlarga, oddiy mahalliy xalqlarning gaplariga asoslanib yozilgan. Shunga qaramasdan, afsonalarda ham birmuncha bolsa-da haqiqat yashiringan boladi. Bundan tashqari ular kopincha harbiy bosqinchilar bilan birga kelgan askarlar va saroy tarixchilarining korgan-bilgan voqealari tasvirlangan. Mahalliy xalq ularni dushman sifatida korib, kopincha yolgon-yashiq gapirganlar. Bundan tashqari til tushunmasliklari ham bazi noqulayliklarni keltirib chiqargan. Natijada, kop shahar va shahslarning nomlari notogri yozilgan. Bu esa ularning bugungi kundagi nomlarini aniqlashda bazi bir noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Aniq va togri malumotlarni faqat, chuqur bilimga ega bolgan holda, tarixiy asarlarni taqqoslab togri xulosaga kelish orqali olishimiz mumkin.
“Avesto”, qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlari Orta Osiyo tarixiy viloyatlari royhatini quyidagi tartibda korsatib beradi.
“Avesto” |
Qadimgi fors yozuvlari |
Yunon tarixchilari |
|
Mouru |
Margush |
Margiyona |
|
Sogda |
Soguda |
Sogdiyona |
|
Bahdi |
Baqtrish |
Baqtriyona |
|
Xvarizam |
Xvarazmish |
Xorasmiya |
|
- |
Partava |
Parfiyona |
|
Tur, Danu |
Shak, sak |
Saklar, Massagetlar |
Bu jadvaldan korinib turibdi-ki, Ozbekiston davlatchiligi tarixida kopincha yunon tarixchilarining asarlaridagi shahar va davlatlar nomlari qollaniladi.
Kurs ishida bularning har biri haqida toliqroq malumotlar berishga harakat qildim. Qadimgi yunon manbalari orasida eng qimmatlisi Gerodotning va Arrian, Strabonlarning asarlari hisoblanadi.Umuman, qadimgi yunon-rimmanbalari xalqimiz tarixini yoritishda juda qimmatli manbadir.
Xullas manbalarni organgan sayin mamlakatimizning eng qadimgi davri tarixi haqida toliqroq malumotlarga ega bolishimiz mumkin. Ularda mubolagalar kop bolsa-da, manbalarni bir-biriga taqqoslash orqali nisbatan aniqroq bolgan xulosalarga kelishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Karimov I. Ozbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. - Toshkent: Ozbekiston, 1996.
- Karimov I.A. Biz tanlagan yo'l - demokratik taraqqiyot, ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo'li. 11-jild. T.: Ozbekiston. 2003.
- Yoldoshev R. Qadimgi turkey til(maruzalar matni), Urganch-2007y.
- G'aniyeva S., Sodiqov Q. Yozuv tarixi va kitobat san'ati. T.: 2006.
- Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo'jayev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar. T.: Yozuvchi. 2000.
- Is'hoqov M., Rahmonov N., Sodiqov Q., To'xliev B. O'lmas obidalar (Ozbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari bo'yicha tadqiqotlar). - T.: 1989.
- Abdurahmonov G\, Rustamov A. Qadimgi turkiy til, Toshkent, 1982.
- Sodiqov Q. Qadimgi turkiy yozuvlar, Toshkent, 1995.
- Rahmonov N., Matboboyev B. Ozbekistonning kohna turkiy-run yozuvlari, "Fan", Toshkent, 2006.
- Ahmedov B.A. Ozbekiston tarixi manbalari. Toshkent: O'qituvchi, 2001.
- Ozbekiston tarixi. R.X.Murtazayeva tahriri ostida. Toshkent, 2003.
- Sa'dullayev A.S. Qadimgi Ozbekiston tarixi manbalardan. Toshkent, 1996.
- Saidqulov T.S. O'rta Osiyo xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavhalar. Toshkent: O'qituvchi, 1993.
27
YUNON-RIM MANBALARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI SHAKLLANISHIGA OID MA’LUMOTLARNING AKS ETISHI