Ishsizlik.O’zbekistonda bandlik muammosi.Ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish
Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus
talim vazirligi.
Toshkent Arxitektura-qurilish instituti.
“Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti.
“Iqtisodiyot va kochmas mulkni boshqarish”
kafedrasi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
Mavzu:Ishsizlik.Ozbekistonda bandlik muammosi.Ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish.
Bajardi: 10-08 guruh talabasi Rizayev I.M.
Tekshirdi: Nigmanova G.
Toshkent 2011
Ishsizlik.Ozbekistonda bandlik muammosi.
Ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish.
Reja:
1. Kirish.
Asosiy qism:
1.Ishsizlikning sabablari va turlari.
2.Ozbekistonda ishsizlikka qarshi chora-tadbirlar. 3.Ozbekistonda bandlik muammosi va mehnat munosabatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Jamiyat azolarining ehtiyojlari yuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yoli iqtisodiy osishdir. Iqtisodiy osish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy osish mamlakatning kuch-qudrati osayotganini korsatadi.
Mikroiqtisodiy osish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda osish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar oz oldilariga iqtisodiy osish orqali maksimal darajada foyda olishni qoyadilar.
Makroiqtisodiy osish milliy iqtisodiyot, yani muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) kopayishini bildiradi. Makromiqyosda iqtisodiy osishga erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini kotarishdir.
Ekstensiv iqtisodiy osishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining kopayishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi ozgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga togri keladigan mahsulot miqdori, yani mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi.
Ekstensiv osishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy osishni taminlashning eng oson yoli. Bunda tabiiy resurslarni tezda ozlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin.
Iqtisodiy osishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qollash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yoli bilan erishiladi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bolmaydi, balki bir-biri bilan qoshilgan tarzda boladi.
Ishsizlikning sabablari va turlari.
Aholi va uning eng faol qismi bo'lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo'lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste'molchilarning gorizantal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo'lishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o'sish sur'atlarini ta'minlash uchun respublika aholisining o'sish sur'atlarini tartibga solish lozim. Aholining o'sishi esa ish kuchining manbaidir.
Mehnot bozorida ham talab va taklif qonunlari amal qiladi. Buning mohiyatini anglashdan oldin ish kuchini ish bilan bandlik kontsepsiyasini bilish lozim. Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini hozirgi mehnat bozoridagi raqobat sharoitida 'talab va taklif'ning umumbashariy funktsiyasidan boshlanadi. Hozirgi raqobat sharoitida ishbilarmonlar ish kuchidan shunday miqdorda foydalanadilarki bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish xaqi bilan teng bo'lishi yoki ish xaqqi xajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori maxsuli qiymatiga teng bo'lishi kerak. Agar real ish xaqqi miqdori oshsa ishbilarmon ish kuchiga bo'lgan talabni qisqartiradi, agar real ish xaqqi kamaysa ish kuchiga bo'lgan talab ortadi. Bu yerda ishbilarmon shu yo'l bilan daromadning kamayishini muvozanatlashtiradi.
Ma'lumki klassik iqtisodiy nazariyada ish bilan to'la bandlik, bozor iqtisodiyotining normasi eng yaxshi iqtisodiy siyosat deb esa davlatni iqtisodiyotga aralashmasligi tushuniladi.
Keyns nazariyasiga ko'ra sof kapitalizm uchun ishsizlik xos bo'lib ishsizlikning mavjud bo'lishi tabiiy holdir. Resurslarni isrof bo'lmaslik uchun davlat iqtisodiyot bilan faol shug'ullanishi lozim. Bu g'oya ishchi kuchiga tegishlidir.
Keyns nazariyasining eng qat'iy jihati shundaki u bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan to'la bandlikni ta'minlovchi xech qanday mexanizm yo'qligini aniqlab berdi. Makroko'lamda iqtisodiy muvozanatga erishish mumkin shunda ham ma'lum salmoqda ishsizlik va inflyatsiya saqlanib qolinishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Makroiqtisodiyotni asosiy maqsadlaridan biri aholining yuksak darajada ish bilan bandligini ta'minlashdir. T. A. Samuelsonning ta'rificha, ish qidirmayotganlardan tashqari barcha ishlovchilar va ishlamoqchi bo'lganlar ishchi kuchini tashkil etadi.
'Aholining ish bilan bandligi' degan tushuncha bor. Lekin bunday natijaga o'z-o'zidan erishib bo'lmaydi, chunki 100% aholining ishlamoqchi bo'lgan qismini ish bilan deyarli ta'minlab bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'lum miqdorda aholining ishsiz bo'lishi iqtisodiy jihatdan normal va asoslidir.
Ishsizlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta'minlanishini kutayotgan ishchi kuchlari. Bu guruh ishsizlar iqtisodchilar tilida friktsion ishsizlik ham deyiladi. U asosan ish joylarining kengayishi, mavsumiy ishlar, korxonadagi eski modelning yangisi bilan almashishi natijasida paydo bo'ladi. Friktsion ishsizlikning bo'lishi ma'lum darajada iqtisodiy jihatdan zarurat va uning bo'lishi ob'ektivdir.
2. Strukturali ishsizlik - iste'mol bozori ma'lum mahsulot bilan to'ldirilganda va u mahsulotga ehtiyoj qolmagan taqdirda tashkil topadi. Boshqacha so'z bilan aytganda mahsulotga ehtiyoj bo'lmaganligi uchun shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilar ham ishsiz qoladi. Sanoatning joylashuvida bo'lgan o'zgarishlar ham strukturali ishsizlarni keltirib chiqaradi.
3. Tsiklik ishsizlik - ishlab chiqarishni pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo'lgan talabning kamayishi va ishsizlarnign paydo bo'lishi
Friktsion va strukturali ishsizlik ilojisiz hol bo'lganligi uchun mutloq to'la ish bilan bandlikka erishish mumkin emas. Agar tsiklik ishsizlik bo'lmasa (0 ga teng bo'lsa), u holda to'la ish bilan banlikka erishiladi. To'la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik tabiiy ishsizlik darajasi deyiladi.
Tabiiy ishsizlik darajasi bilan bog'liq holdagi real milliy mahsulot xajmi iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyati deyiladi.
O'zbekistonda mehnat bozori faoliyati quyidagi omillarga bog'liq:
- aholi soni, yoshi va jinsining salmog'idagi o'zgarishlarga;
- ish bilan birgalikda tarmoq va hududiy o'zgarishlar;
- qo'shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish me'zoni;
- ishlab chiqarish xajmiga, uning o'sish sur'atiga, ishlab chiqarish strukturasiga;
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashuviga;
- mehnat resurslarini boshqarish usuliga.
Demak, aholi bir tomondan moddiy boyliklar yaratuvchisi, ikkinchi tomondan esa iste'molchi hamdir. Uning mana shu ikki tomonlama xususiyati mutanosib sotsial-iqtisodiy vaziyatni shakllantirishni talab etadi. Bu esa aholining o'zi bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlarni jarayonlarni kuzatish, tahlil etish va boshqaruv asosida amalga oshiriladi.
1. O'zbekistonning iqtisodiy-geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari - Respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omillari
O'zbekiston Respublikasi O'rta Osiyoning markazida joylashgan. Hududi shimoli-g'arbda Orol dengizi hamda Ustyurt platosidan janubda Afg'oniston bilan tabiiy chegara vazifasini bajarayotgan Amudaryogacha, sharqiy va janubi-sharqiy tomonlarda Tyanshan hamda Hisor-Oloy tog'larigacha cho'zilgan.
Hududning eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu erda qorli cho'qqilar va baland tog' muzliklari, ulkan vodiylar va keng vohalar bilan birga bamisoli cheksiz cho'llar va platolar mavjuddir.
O'zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km. shuning 3/4 qismini tekistliklar va platolar, qolgan 1/4 qismini tog' oldi hududlari va tog'lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mo''tadil iqlim hukmron. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi sovuq va kam qorli. Yog'inlar asosan bahor hamda qishga to'g'ri keladi. Iqlim sharoiti bu erda issiqsevar o'simliklar: paxta, kanop, kunjut, zig'ir hamda shirin-shakar uzum va mevalar, sabzavot va poliz ekinlarini etishtirish uchun nihoyatda qulaydir. Respublika hududidan Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning juda ko'p irmoqlari oqib o'tadi.
O'zbekiston hozirigi vaqtda O'rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. O'zbekiston jahonning sug'orma dehqonchilik va u bilan bog'liq paxtachilik, ipakchilik va qorako'lchilik yuqori darajada taraqqiy etgan mamlakatidir. Shuning uchun Respublikaning paxta, pilla etishtirish hamda qorako'l teri tayyorlash bo'yicha jahon mamlakatlari ichida yuqori o'rinlarni barqaror ravishda egallab kelishi bejiz emas.
O'zbekiston xilma-xil turdagi tabiiy resurslarga, ayniqsa mineral, er-suv hamda rekreatsion resurslariga boy mamlakatdir.
Respublika hududida 900 dan ortiq foydali qazilma konlari qidirib topilgan bo'lib, shulardan 60 dan ortiq mineral-xom ashyo turlari ishlab chiqarishga jalb etilgan. Foydali qazilma konlarining tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o'tish kerak.
Muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 255 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo'yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo'yicha - 40, konchilik-kimyo xom ashyosi bo'yicha 15 ta kon qidirib topilgan.
O'zbekiston tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo'lgan yoqilg'i-energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg'i balansida neftning salmog'i salkam 10%ni, tabiiy gaz salmog'i-85%dan ortiq, ko'mirning salmog'i salkam 5%ni tashkil etadi. Respublika sanoati mahsulotining umumiy hajmida yoqilg'i-energetika kompleksining salmog'i 1999yilda salkam 15%ga teng bo'ladi. Mamlakatda 1999 yilda 8,1 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan), 55,6 mlrd. kub.m. tabiiy gaz va 2,9 mln. tonna ko'mir (asosan, qo'ng'ir ko'mir) qazib chiqarildi.
O'zbekiston xilma-xil rudali va noruda qazilmalar turlariga boy. Bu o'rinda, Respublikada ayniqsa rangli, nodir va qimmatbaho metallar rudalarining zahiralari ulkan ekanligini ta'kidlab o'tish asoslidir. Mis rudasining yirik konlari - Qalmmoqqir, Sariqcheku va Dalnee Angren-Olmaliq rayonida joylashgan. Qo'rg'oshin-rux rudalarining juda katta zahiralari Surxondaryodagi Xondiza va Jizzax viloyatidagi Uchquloch konlarida mavjud. Oltinning dunyo miqyosidagi ulkan konlari qatoriga Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, To'rboy, Ko'chbuloq, Zarmiton, kumush bo'yicha esa Kosmonachi, Visokovoltnoe, O'qjetpes (Qizilqum) va Oqtepa konlari kiradi. Mamlakatmizda uran, volfram, molibden va boshqa ma'danlarning ham yirik konlari ochilgan. Kimyoviy xom ashyo resurslari fosforitlar (Markaziy Qizilqum), osh va kaliy tuzlari (respublikaning janubiy, markaziy va shimoli-g'arbiy hududlarining) zahiralari esa deyarli bitmas-tuganmasdir. Huddi shunday fikrni granit, marmar va boshqa bezak toshlari hamda qurilish materiallari haqida ham bildirish mumkin.
O'zbekiston yer resurslari bilan yaxshi ta'minlangan. Umumiy yer zihrasining salkam o'n foizini haydalgan va sug'oriladigan yerlar tashkil etadi. Shularning asosiy qismi dehqonchilik uchun qulay bo'lgan, aholi zich joylashgan vodiy va vohalarga to'g'ri keladi. Sug'oriladigan yerlarda paxta, bug'doy, sholi, jo'xori, kanop, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, lalmi yerlarda esa bug'doy va arpa etishtiriladi.
'O'zbekiston-qadimdan sug'orma dehqonchilik mamlakati bo'lib kelgan. Sug'orma dehqonchilik oziq-ovqat sohasida Respublika mustaqilligining negizi va asosiy eksport mahsulotining manbaidir'.
Mamlakatda sug'oriladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln. gektarni tashkil etib, uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo'lgan vodiy va vohalarda joylashgan. Farg'ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. Sug'oriladigan yerlar maydoni XX asrning 60-yillaridan so'ng ikki martadan ziyod ko'paydi. O'sish asosan Mirzacho'l, Qarshi cho'li, Ellikqal'a massivi hisobiga ta'minlandi.
O'zbekistonda bog'lar va tokzorlar egallagan maydon salkam 0,4 mln. gektarga teng. Shularning asosiy qismi tog'oldi mintaqasi yaxshi rivojlangan viloyatlarda joylashgan.
O'zbekistonda so'nggi yillarda tomorqa xo'jaligini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda tomorqa va dala-bog' yerlarning umumiy maydoni 0,6 mln. gektarni tashkil etadi.
O'zbekiston ulkan inson salohiyatiga ega bo'lgan mamlakatdir.
Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo'lib, u mamlakatning islohotlar va tub o'zgarishlar yo'lida tinimsiz ilgarilab borishi ta'minlab beradi. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil o'z navbatida uni rivojlantirish va tarqqiy ettirishda hal qiluvchi ro'l o'ynaydi.
Ozbekistonda ishsizlikka qarshi chora-tadbirlar.
Respublikamizda davlat mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy islohatlarning birinchi bosqichi uchun belgilangan vazifalar ijobiy hal qilindi. Hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini keng joriy qilish bilan bog'liq bo'lgan islohatlarning ikkinchi bosqichiga oid masalalar ustida ish olib borilmoqda. Shu yo'nalishda mamlakatda sezilarli yutuqlarga erishilganligini ta'kidlab o'tish asoslidir.
O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 1999 yilda amaldagi narxlarda 2048,4 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu 1998 yilga nisbatan 4,4%ga, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,8%ga ko'p demakdir. Yalpi ichki mahsulotning 13,9%i sanoatga, 28,0%i qishloq xo'jaligiga, 36,0%i xizmat ko'rsatish sohasiga to'g'ri keladi.
Respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori yetakchi o'rinni egallaydi. Nodavlat sektorining umumiy yalpi ichki mahsulotda 65,6%ni, sanoat mahsulotida 61,4%ni, qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotida 98,7%ni, aholiga pullik xizmat ko'rsatishda 54,7%ni tashkil etadi. Nodavlat sektorida respublikadagi jami band aholining 73,0%i mehnat qiladi.
O'zbekistonda davlat mustaqilligi yillarida sanoat ishlab chiqarishini va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish ustivor yo'nalish sifatida qabul qilingan. Bu o'rinda dastavval O'zbekistonni jahon iqtisodiy xamjamiyatiga qo'shilishini tezlatadigan, uni dunyoga 'tanitadigan', mehnatni ko'p talab etib, suv va xom ashyoni nisbatan kam iste'mol qiladigan, asosan mahalliy mineral resurslar va qishloq xo'jaligi xom ashyosiga asoslanadigan ishlab chiqarishni rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratilayotganligini aytib o'tish lozimdir.
Asaka shahrida qisqa vaqt ichida qurib, ishga tushirilgan avtomobil zavodi mahsuloti O'zbekistonni butun dunyoga yana bir bor tanitdi. Mamlakatdagi boshqa ko'pchilik sanoat tarmoqlarining mahsulotlari Respublikaning ichki ehtiyojlarini to'liq qondirmoqda hamda bir qismi eksport qilinmoqda. Mamlakatda 1999 yilda 8,1 mln. tonna neft va 55,6 mlrd. kub. m. Tabiiy gaz qazib oluvchi yirik mamlakatlar ichida 22-24 o'rinlarni, tabiiy gaz bo'yicha esa 5-6 o'rinlarni egallaydi. Mamlakatimiz aholi jon boshiga hisoblaganda elektrenergiya (1900 kVt/s), mineral o'g'itlar (37 kg), sement (140 kg) ishlab chiqarish bo'yicha ham jahon mamlakatlari ichida munosib o'rinlarni egallaydi.
Respublikada sanoat asosan mahalliy xom ashyoga tayangan holda rivojlanmoqda. Shunday korxonalar qatorida rangli, qimmatbaho va nodir metallar ishlab chiqaruvchi Olmaliq, Zarafshon, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlardagi kon-metallurgiya kombinatlari jahon miqyosida ajralib turadi.
Mahalliy xom ashyo asosida Qoravulbozor, Farg'ona va Oltiariq shaharlarida neftni qayta ishlovchi va neft-kimyosi korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Huddi shunday fikrni Sho'rtan va Muborak gazni qayta ishlovchi zavodlar haqida ham aytishimiz mumkin.
O'zbekiston rivojlangan elektrenergetika tizimiga ega. Respublikada umumiy quvvati 11200 mVt.ga teng 37 elektrstantsiya ishlaydi. Shundan 9800 mVt issiqlik stantsiyalariga, 1400 mVt gidroelektrstantsiyalarga to'g'ri keladi. Barcha elektrstantsiyalar salohiyati bir yilda 56-57 mlrd kVt/s. ga teng elektrenergiya ishlab chiqarishga imkon beradi. Issiqlik elektrstantsiyalari ichida Sirdaryo, Yangi-Angren, Toshkent va Navoiy GRESlari har birining quvvati 1000 mVt.dan oshadi. O'rta Osiyoda eng yirik - Tojmarjon GRESining qurilishi davom etmoqda.
O'zbekiston mashinasozlikni ba'zi tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga ko'ra dunyoda munosib o'rin egallaydi. Respublikada 'O'zmashmsanoat' mashinasozlik korxonalari uyushmasi har xil mulkchilik shakllariga ega 36 korxona va tashkilotlarni o'zida birlashtirgan. Shularning ichida 'O'zbekpaxtamash' korporatsiyasi, 'Pod'emnik', 'Kompressor', 'Sino' va boshqa birlashmalar ajralib turadi. Mashinasozlik korxonalari kimyoviy uskunalar, turbokompressorlar, paxta tozalash uskunalari, yuk ko'taruvchi kranlar, metal qiqruvchi asboblar, to'qimachilik mashinalari va boshqalarni ishlab chiqarmoqda.
O'zbekiston rivojlangan kimyo sanoatiga ega. Tarmoqda 'Farg'ona Azot', 'Navoiy Azot', 'Elektrokimyosanoat' (Chirchiq), 'Ammofos' (Olmaliq), Samarqand kimyo zavodi, Qizilqum fosforit kombinati hamda qurilishi davom etayotgan Qo'ng'irot soda zavodi juda yirik korxonalar hisoblanadi.
O'zbekiston jahon miqyosida paxta tolasi, shoyi, qorako'l yetkazib beruvchi yirik davlatlar qatoridan o'rin olgan. Respublikada 200 dan ortiq yirik yengil sanoati korxonalari ishlaydi. Toshkent, Buxoro, Andijon to'qimachilik, Namangan, Marg'ilon shoyi kombinatlari, Toshkent, Farg'ona, Yangiyo'l, Chirchiq poyafzal fabrikalari shular jumlasidandir.
O'zbekistonda oziq-ovqat sanoati ko'p tarmoqlarga hamda keng geografiyaga ega tarmog'idir. Unda mavjud yirik korxonalar Respublikaning viloyatlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidagi barcha yirik, o'rta va kichik shaharlarda, shaharchalarda, xatto qishloqlarda ham mavjuddir.
O'zbekistonda o'tish davriga xos muammolarning ko'pchiligi ijobiy hal qilindi. Respublikada, sobiq Ittifoq Respublikalarining ko'pchiligidan farqli o'laroq, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining keskin qisqarishiga yo'l qo'yilmadi, 90-yillarning ikkinchi yarmida esa ushbu tarmoqlar o'sishiga erishildi. Bugungi kunining asosiy vazifasi ana shu ijobiy o'zgarishilarni yanada mustahkamlashdan, jahon iqtisodiy xamjamiyatiga didilroq kirib borishdan, buning uchun yuqori sifatli, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga, ya'ni qayta ishlovchi sanoat rivojlanishiga ko'proq e'tibor berishdan iboratdir.
Ozbekistonda bandlik muammosi va
mehnat munosabatlari.
Ishchi kuchlariga bolgan taklifni kamaytirish, shuningdek, ularni mehnat bozoriga oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishni ragbatlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bolganlar ortasida qayta taqsimlash orqali samarali tashkil etish mumkin. Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida umumtalim dasturlarini kengaytirish va oqish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, oquv yurtlarida kunduzgi talim oladigan talaba orinlarini kopaytirish va kechki hamda sirtqi oquvdagi talaba orinlarini qisqartirish, ishla chiqarishdan ajralagan holda oqiyotganlarga stipendiyalarni oshirish, ayolarga bola parvarish uchun toldanadigan nafaqalar va beriladigan talim muddatini kopaytirish. Mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish - mehnat bozorida ishchi kuchlarini oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bolgan taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga otishlarini ragbatlantirishga ulargaham ish bilan tola band qilingan shaxslarga moljallangan ijtimoiy taminotning turlarini, tatillar va ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini ornatish, kafolatlargan eng kam miqdordagi ish haqi bilan taminlash, har yili beriladigan tatillarni oz vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin.
Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda va tarmoqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qoshimcha soliqlar belgilash;qatiy kredit siyosatini otkazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun bir martalik tolov joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni ragbatlantirish va hookazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi muhim ahamiyatga egadir.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan unumli foydalanish - raqobat, foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi umumxojalik mexanizmlari va dastaklari yordamida taminlanishi lozim. Hozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishshi samaradorligini oshirishni ragbatlantirishning umumxojalik mexanizmlari yaxshi takomilashtirilmaganligini hisobga olib, mehnat resurslari uchunilgari joriy qilingan tolovlarni qayt atiklash maqsadga muvofiqdir. Ular mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shtatdan tashqari xodimlar sonini kamaytirishga komaklashadi. Bu xil tolovlar korxona va tashkilot tomonidan shtatdan tashqari saqlash uchun qatiy stavka shaklida ornatiladi. Shu bilan birga, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar ornini qoplash uchun ijtimoiy sugurta solinadigan maxsus soliq (ikkalasi ham - mehnatga haq tolash fondidan foizlarda)dan foydalanish mumkin. Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatning kopchilik rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi fonli mehnatdan foydalanishning intensiv shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy jihatdan muhofazalanishi uchun zarur kafolatlarni yaratadi.
Ishchi kuchlari taklifini ragbatlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish usullarini qollash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bolib, bosh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta oqitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi malumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan taminlashni,ishsizlarni royxatga va hisobga olishni, kasbga yonaltirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va otkazish kabi yonalishlarni qamrab oladi. Mehnat resurslarni qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orsida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib korsatib otish mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehna va uy-joy shart-shaoitlarini hamda, madaniy-maishiy xizmat korsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarini otkazib, ularni tartibga solish asosida tadbiq etiladi.
Ozbekistonda ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shugullanadi. Joylarda (muhofazalash va taminlash boyicha boshqarmalar), (respublika subyektlari darajasida) mehnat, aholini ijtimoiy muhofazalash va taminlash boyicha boshqarmalar (viloyat, shahar) va tuman bolimlari faoliyat yuritadi. Mazkur idoralarga ayrim aholi guruhlari uchun imtiyoz va kafolatlar belgilash va tolash, aholiga ijtimoiy xizmat korsatish vazifalari yuklatilgan.
Pensiya taminoti Ozbekiston Respublikasi Pensiya jamgarmasi va quyi ijtimoiy taminot idoralari zimmasida. Nafaqalar tolash tizimi biroz murakkabroq tuzilgan. Aholi nafaqalarni ish joyidan (ijtimoiy sugurta jamgarmaidan), ijtimoiy taminot bolimlari yoki mahallalardan olishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy taminot muassasalari (internatlar, ijtimoiy yordam xizmatlari va boshqalar) va protez ishlab chiqarishni rivojlantirish (protezlar, nogironlar aravachalari bilan taminlash) orqali natural xizmatlar korsatish bilan ijtimoiy taminot amalga oshiriladi.
Ijtimoiy muhofazaning ayrim funksiyalarini davlat idoralari: vazirliklar (mahkamalar), ularning joylardagi idoralari va muassasalari bajaradi. Nogironlarni kasbga oqitish va ishga joylashtirish, bolalar uylarida bolalarga qarash va ularni tarbiyalash kabi funksiyalarning yana bir qismini kasaba uyushmalari tashkillashtiradi (kurort va sanatoriylarga jonatish va soglomlashtirish). Bundan tashqari, ixtiyoriy ijtimoiy sugurta, xayriya tadbirlari rivoj topmoqda, natijada Respublika subyektlari, mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari tashabbusi bilan va fuqarolarning shaxsiy mablaglari hisobiga maxsus guruhlar va fuqarolarga davlat ijtimoiy taminotiga qoshimcha ravishda moddiy yordam korsatish imkoniyati tugiladi. Davlat taminotiga qoshimcha ijtimoiy imtiyozlar korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlariga qarab jamoa shartnomalariga kiritilishi mumkin. Ijtimoiy muhofazalash tuzulmalaridan yana biri - nodavlat pensiya jamgarmalaridir. Yaqin kelajakda ular davlat pensiyalariga qoshimcha pensiyalar tolay boshlaydilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning xilma-xilligi tufayli aholi ijtimoiy muhofazasi uchun ajratiladigan mablaglar ham turli shakldagi davlat, korxona, muassasalar daromadlarining bir qismidan rasmiy ravishda belgilangan meyorlarda shakllanadi. Undan tashqari, ijtimoiy muhofaza jamgarmalariga mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar, xorijiy davlatlardan keladigan homiylik va insonparvarlik yordamlari ham qoshiladi. Lekin, ijtimoiy taminot jamgarmaining asosiy hajmi davlat tomonidan belgilangan meyorlarga muvofiq milliy daromadning bir qismidan shakllanadi.
O'zbekiston mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik nuqtai nazaridan olib qaraganda quyidagi 3 guruhga ajratilishi mumkin:
1-guruh - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlari.
2-guruh - Andijon, Namangan, Farg'ona va Xorazm viloyatlari
3-guruh - Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlar.
Bu guruhlarning mehnat resurslari nuqtai nazaridan xususiyatlari quyidagicha. Birinchi guruh viloyatlari O'zbekiston hududining juda katta qismini (86%)ni egallab uning katta maydonlari xali kam o'zlashtirilgan. Bu viloyatlar va Qoraqalpog'iston respublikasi katta xom ashyo zahiralariga ega, ularni sanoat va qishloq xo'jalik maqsadlarida o'zlashtirish istiqbollari katta. Bu guruh viloyatlarida asosan mahalliy mehnat resurslaridan foydalaniladi va respublikaning boshqa hududlaridan ham ishchi kuchi jalb etilish imkoniyati mavjud.
Ikkinchi guruhga kiruvchi viloyatlarida aholi bir muncha zich joylashgan. Bu viloyatlarda ayniqsa ularni qishloq joylarida hamda o'rta va kichik shaharlarida ishga jalb qilinmagan ish kuchlari mavjud. Bu guruh viloyatlaridagi ortiqcha ish kuchidan ishlab chiqarishda keng foydalanish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur mehnat resurslari joylashgan shahar va qishloqlarning o'zida yangi ishlab chiqarish quvvatlari (ish joylari) barpo qilish bilan birga yoshlarning ma'lum qismidan respublikaning boshqa viloyatlarida, jumladan yangi o'zlashtirilayotgan yerlarda foydalanish mumkin.
Uchinchi guruh viloyatlari va poytaxt - Toshkent shahri sanoat eng yuqori darajada rivojlangan mintaqa bo'lib, unda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi juda yuqoridir. Bu guruh viloyatlari o'zlarining mehnat resurslariga bo'lgan ehtiyojlarini kelajakda ham mavjud aholining tabiiy o'sishi hisobiga hamda mehnat resurslarini tarmoqlararo qayta taqsimlash hisobiga to'la qondirishi mumkin.
Shunday qilib O'zbekistonda hozirgi vaqtda va yaqin kelajakda mehnat resurslarining miqdori bo'yicha muammo kelib chiqmaydi. Asosiy e'tibor mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilmog'i lozim. Avvalombor 'ish bilan band bo'lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarning faoliyatining eng ilg'or tarmoqlari va sohalariga jalb qilish' asosiy masala hisoblanadi.
Xulosa.
Yuqorida korib otganimizdek ishsizlik ham insoniyat oldida turgan katta muammolardan biridir.Ozbekistonda , yuqorida aytib otganimizdek,istiqloldan song ozimizda rivojlanmagan kopgina sohalar rivojlantirildi.Bu esa albatta yangi loyihalarga inson mehnati resurslari jalb etilgani va bunda ishsizlikning kamayishini kordik.Ammo ishlab chiqarish sohasi bir maromda tekis ketaver-maydi.Tadbirkorlik har doim yangiliklar va yangi texnikalarga ehtiyoj sezadi.
Ishlab chiqarishda samarali bolgan texnologiyalar esa ish unumdorligini oshirgan holda ishsizlikni ortishiga ham olib keladi.Shu sababdan yuqorida aytilgan olimlarning fikri,yani aholini toliqligicha ish bilan taminlashning iloji yoqligi togridir.
Har bir inson hozirgi kunda biror faoliyatni amalga oshirishni oylashi yoki ozi yoqtirgan kasbni kuchli mutaxassisi bolish haqida aniq maqsad bilan harakat qilishi lozim.Shundagina ishsizlikning oldi olinadi.Yurtimizda hozirgi kunda yoshlarga ilm olishi va yangi goyalarini amalga oshirishi uchun keng imkon yaratilgan. Agar biz imkoniyatlarimizdan qolimizdan kelgancha foydalanib Ozbekiston ravnaqi yolida harakat qilsak , oylaymanki kelajakda yurtimizda ishsizlik muammosi bolmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Ozbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi- T.: “Adolat”, 1996.
2.Karimov I.A. Ozbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. - T.”Ozbekiston”, 1996.
3.Karimov I.A. O"zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura - T.: “Ozbekiston”, 1996 y.
4.Olmasov A. Iqtisodiyot asoslari - Toshkent, “Mehnat”, 1997.
Ishsizlik.O’zbekistonda bandlik muammosi.Ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish