ESHITISHIDA VA KO’RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Pedagogika fakulteti

“Defektologiya” yo’nalishi

3-kurs talabasi

Sharipova Shaxnozaning

“Maxsus pedagogika”

fanidan yozgan

Qabul qildi: D.Usmonova

NAVOIY-2009

Mavzu:

ESHITISHIDA VA KO’RISHIDA NUQSONI

BO’LGAN BOLALAR

R E J A :

  1. Anomal bolalar kategoriyalari
  2. Nutq murakkab ruhiy faoliyat
  3. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqish sabablari
  4. Zaif eshitishda bola nutqidagi kamchiliklar
  5. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar va ularning kelib chiqishi
  6. Eshitishida va ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarga tashkil etilgan muassasalar

Bola dunyoga kelgan kunlardan boshlaboq ko’radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og’riq, issiq, hid va tamni his etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish-sezish va idrok qilishdan, ya’ni voqe’likdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi.

Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va h.k. Unda xilma-xil sensor qibiliyatlar: ko’rish va ko’zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, o’zi ko’rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi.

Bola turli taassurotlar olib turishi –buyumlarni ko’rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak. Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o’z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi.

Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy protseslar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o’z vaqtida va to’g’ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiy prosseslar, idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bola nutqining rivojlanishiga boshlashi bilan kattalar so’zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko’rgan eshitganlari asosida borliqqa va tevarak atrofdagi kishilarga o’z munosabatini bildiradi, kattalarning hatti-harakatlari, ishlariga sodir bo’layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi kishilarga bo’lgan munosabati-bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.

Bolaning xox ona qornida va xox tug’ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo’lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli-xil anomaliyalarga ya’ni jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Defektalogiya fanida anomal bolalarning turli xil kategoriyalari ustida ish olib boriladi:

  1. eshitish kamchiliklariga ega bo’lgan bolalar (tug’ilishdan kar-soqov, qulog’I og’ir bolalar, keyinchalik qulog’I og’ir bo’lib qolgan bolalar);
  2. ko’rish qobiliyati zaif (ko’r-ko’zi xira bolalar);
  3. ko’r-kar-soqov bolalar;
  4. oligofren (debil, imbesil, idiot bolalar);
  5. og’ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
  6. harakat tayanch a’zolarida kamchiliklari bo’lgan bolalar;
  7. ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.

Anomal bolalar maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o’qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni anomal bolalar deb hisoblashiga asos bo’lishi mumkin.Masalan bolaning faqat chap qulog’I eshitsa-yu bu nuqson har tomonlama rivojlanishiga tasir etmaydigan u umumiy maktab programmasini sog’lom tengdoshlari qatori o’zlashtiradigan bo’lsa u anomal bolalar qatiriga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda malum sabablarga ko’ra paydo bo’lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga tasir etmasa bu kishini anomal deb hisoblash mumkin emas.

Anomal bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida kuzatilkadigan og’ir keskin o’zgarishlar boal shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalkash va ularga ta’lim berish uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilishi kerak, ya’ni ular maxsus bog’cha va maktablarda maxsus dastur va darsliklar asosida o’qitilishi va tarbiyalanishi zarur. Har qanday anomal rivojlanish markaziy va periferik nerv sistemasidagi organic yoki funksional o’zgarishlarga aloqador bo’lishi mumkin. Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto’g’ri tarbiya ta’lim natijasida paydo bo’lishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogic qarovsizlik, o’qituvchining bolaga nisbatan noto’g’ri munosabati va boshqa ko’pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib uning dastur materiallarini yaxshi o’zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o’quvchilar orasiga qo’shilib qolishiga sabab bo’ladi. Shunday bo’lsada biz bunday bolani anomal bolalar kategoriyasiga kiritmaymiz, chinki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo’lmasin biror organic yoki funksional patalogik o’zgarishlarga bog’liq bo’lmay balki boshqa sabablardan kelib chiqqan. Tarbiyachi va o’qituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bo’lsihi kerak. Kelib chiqish sabablariga ko’ra har qanday anomal rivojlanish tug’ma yoki turmushda orttirilgan bo’lishi mumkin. Tug’ma anomaliyalar ko’p jixatdan xomilador onaning sog’lig’I va yashash sharoitiga bog’liq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikasiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og’rishi, o’z bishimchalik bilan turli dori-darmonlarni bilib-bilmas iste’mol qilishi bolaning anomal bo’lib tug’ilishiga sabab bo’lishi mumkin. Tug’ma anomalaiyalar genetic, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan eshitish-ko’rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaiflikni nasldan bolaga o’tishi ham kuzatilsdi. (Daun kasalligi, rezus faktorning to’g’ri kelmasligi ba boshqalar). Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning anomal bo’lib tig’ilishiga olib kelishi mumkin. Turmushda orttirilgan anomaliyalar bola organizmiga tug’ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Tug’ruq vaqtida miya shikastlanishi bolaning tug’ruq yo’llaridan uzoq o’tishi, vacuum-ekstraktor yoki ombur solinishi bolaning kindigi o’ralib bo’g’ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar ba’zan uning anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Boalning juda yoshligida kasalliklar bilan og’rishi masalan miningit, miningoensifalet, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarini boshdan kechirishi ham anomal rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Mamlakatimizda bolalar anomaliyasining oldini olish yuzasidan ko’pgina choralar ko’rilmoqda. Bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O’zbekiston Respublikasida aholini davolash profilaktika yordamida kengaygani ham medisina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan anomal bolalar soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak , o’lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida anomal bo’lib qolishi hodisalariga tamomila deyarli barham berildi. Irsiy omillar hamda intoksikasiya va organism shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning anomal bo’lib qolishi hollari hali ham uchrab turadi.

Nutq –murakkab faoliaytdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo’lib, atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog’langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko’p jihatdan talaffuzga bog’liq. Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borishi darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so’zlarninh tuzilishini, tovush tarkibini farqlay bilish qobilyati bilan ham xarakterlanadi. So’z tarkibinianglab olishdan iborat bu qobiliyat Grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatfa ega.Ikkala signal sistemasi shuningdek idrok bilan so’zninh o’zaro aloqada bo’lishi aqliy rivollanishning asosini tashkil etadi. Defektologlar( T.A.Vlasova, R.M. Boskiye, D.V.Neyman va boshqalarning) malumotlariga ko’ra eshitishida nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo’lganiga va og’ir-yengilligiga bog’liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar-soqov, qulog’i og’ir keyinchalik qulog’o og’irlashgan bolalar guruhiga bo’linib o’rganiladi. Tug’ma yoki hali tili chiqmagan go’daklik davridan ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar qulog’I og’ir, bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so’ng yaxshi eshitmaydigan bo’lib qolgan bolalar “Qulog’I keyinchalik og’ir bo’lob qolganlar” guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so’ng vujudga kelsa ham quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo’laveradi.

Turg’un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin. Kar-soqov bolalarning 25-30%ida eshitish nuqsonlari tug’ma bo’ladi. Bunga sabab onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onaning ichkilik ichib turishi, onaning homiladorlik davrida bilib-bilmas dori-darmonlar iste’mol qilishi (masalan, streptosin, xinin singari dorilar), homilaning shikastlanishi, irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishdagi patalogik o’zgarishlar bo’lishi (masalan, eshitish yo’li atreziyasi- bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar, quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishdagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oily nerv markazi o’tkazuvchi yo’llar yoki quloqning o’zidagi o’zgarishlar sabab bo’ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotid, miningit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi xollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi quloq og’irligiga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalarining keng o’rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaxarli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib ayniqsa analizatorning o’tkazuvchi nervlarini ishdan chiqaradi. Natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo’lib qoladi. Eshitish nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi. Chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib kamol topib borishiga dastur materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eshitish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda maxsus usullar bilan o’qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bog’cha va maktab programmalarini o’zlashtirishda bir qator o’ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqqa rivojlangandan so’ng masalan, ikki yoshida yo’qolgani ham karlik natijasida bola atrifdagilar nutqini eshitmaydi hattoki bilganlarini ham asta sekin unutadi. Boladagi karlik bilan soqovlik qo’shilib u kar-soqov bo’lib qoladi. Bolaga o’z vaqtida maxsus yordam ko’rsatilmasa unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo’ladi. Biroq nuqsonning o’rnini to’ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus korreksion roslaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib ularni ham nutqiy rivojlanishini ham umumiy aqliy rivojlanishini ta’minlaydi. Qulog’I og’ir bolalar uchun maxsus tashkil etilgan bog’cha hamda maktab internatida barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o’qituvchilar bunday bolalarni tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak. Yuqorida qayd etilganidek surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar-soqov, tug’ma va orttirilgan bolalar kiradi. Qulog’I og’ir bolalar o’z navbatida eshitish qobiliyatining nechog’li buzilishiga qaramay yengil, o’rta va og’ir kamchiligi bor bolalarga bo’linadi. Yebgil darajadagi qulog’I og’ir bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6-8 m masofadan ovoz chiqarmay shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3-6 m masofada eshitadi. O’rta darajadagi qulog’I og’ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4-6m, ovozsiz pichirlab gapirilganini 1-3m masofadan eshitadi. Og’ir darajali qulog’I og’irlikda bola o’rta mryorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2m, shivirlashni 0,5m masofadan eshitadi xolos. Qulog’I og’irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug’atining kambag’al bo’lishi, Grammatik component rivojlanmagan –gapichid a so’zlarni tashlab ketish, so’zlarni noto’g’ri ishlatish, ularni o’zaro bog’lay olmaslik, kelishik.,so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi, qo’shimchalarni ishlata olmaslik: tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilish –o’xhsash jarangli-jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir. Boal nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim atrbiyachi va o’qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb unga noto’g’ri munosabatda bo’lishadi, natijada bola injiq, yig’loqi, jarroqi serjahl gap o’tmas bo’lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy o’zzgarishlar paydo bo’ladi. Yengil darajadagi qulog’I og’ir bolalar sog’lom tengdoshlari qatorida ommaviy bog’cha va maktabda tarbiyalanishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo’lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratsih talab etiladi. Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglarning katta yutuqlariga erishmoqdalar. Ushbu kategoriyadagi anomal bolalar maxsus (kar bolalar uchun, qulog’I og’ir bolalar uchun) maktab internatlarida maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oily o’quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar. Mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan baravar mehnat qilmoqdalar. Demak eshitish nuqsonlarini batamom bartaraf etish, to’la kompensatsiyalash, korreksiyalash mumkin. Tarbiyachi va o’qituvchilarning asosiy vazifasi –qulog’I og’ir bolalarni boshqa bolalardan ajratib ularga alohida yondashish, zarur bo’lsa ularni maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlashdan iborat.

Ko’rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko’z bilan idrok etiladi. Bola ko’rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o’rni haqida tasavvurga ega bo’ladi. Ma’lum ko’rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism-ko’z olmasi va uning yordamchi apparatlaridan ko’zga tushgan tasvirni avval po’stloq osti markazlariga keyin esa oily ko’ruv markazlari joylashgan katta miya po’stlog’iga yetkazib beradigan o’tkazuvchi yo’llardan tashkil topgan. Ana shu analizatorning har qanday qisimlardagi o’zgarishlar bolaning ko’rish qobiliaytiga albatta ta’sir ko’rsatadi. Tiflopedagogikada ko’zi ojiz bolalar ko’r, yaxshi ko’ra olmaydigan ko’zi xira bolalarga bo’linadi. Ko’r bolalarning ko’rish qobiliayti keskin kamaygan yoki korreksiya qo’llanilganida ham ko’rish o’tkirligi 0,04 gacha pasaygan ya’ni bunday bolalar amalda ko’r bo’ladi. Ko’zi xira bolalarda ko’rish o’tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo’lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar tevarak atrofni ko’rish analizatori orqali idrok etadi. Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, homilador ayolning toksoplazmos, qizilcha kasalliklari bilan og’rishi, homila ko’rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o’smasi va shu kasalliklar katta rol o’ynaydi. Orttirilgan ko’rish anomaliyalari hozirgi kunda nisbatan kam uchraydi. Aholiga davolash profilaktika oftamologiya yordamining yaxshilangani hamda tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo’lga kiritilgani munosabati bilan ko’zi xira bolalar ancha kamaydi. Traxoma, chechak, ko’z sili, qizamiq, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida bolalarning ko’r yoki ko’zi xira bo’lib qolish hodisalariga deyarli tamomila barham berildi. Ko’z ojizligi ya’ni ko’rish nuqsonlari zo’rayib boradigan va bir xil turadigan bo’ladi. Zo’rayib boradigan xili kun sayin og’irlashib, bora-bora ko’rlikka olib keladi. Muqim xili esa turg’un bo’ladi, bolaning ko’rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ko’rish qobiliyatining zo’rayib boradigan zaifligi ko’k suv, ya’ni glauxoma kasalligi ko’ruv nervi atrofida to’r parda distrofiyasiga bog’liq bo’lib, bolaning har qanday rivojlanish davrida kelishi mumkin. Gigiyenik talablarga rioya qilmaslik refrakmiya anomaliyalar bilan bog’liq bo’lgan ko’z kamchiliklari zo’rayib borishiga ham olib boradi. Yosh go’daklarda ba’zan ko’zga oid tug’ma nuqsonlar ham uchraydi: kriptoftalm- ko’z olmasi qovoqlarining tug’ilishdan rivojlanmay qolgani, mikroblefaron – ko’z qovoqlar kaltaligi tufayli ko’zning yumilib turishi shular jumlasidandir. Bunday kamchiliklarning ko’pchiligini jarroxlik yo’li bilan davolab ularni bartaraf etsa bo’ladi. Ko’zi ojiz so’qir bolalar ko’tug’ilgan va ko’r bo’lib qolgan bolalar deb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug’ilishdan ko’zi ojiz va tug’ilganidan so’ng to 3 yoshgacha bo’lgan davr ichida ko’rish qobilyatibuzilgan bolalr kiritilsa, bunday bolalar xotirasida ko’rish tasavurlari qolgan bo’ladi. Ko’rish qobilyatining og’ir shakldagi buzilishlari bolaning xarakteriga psixikasiga ikkilamchi asoratlar paydo bo’lishiga olib keladi.Ko’r bo’lib qolgan bolalar bilan barcha ishlar ularninh ko’rish tasavurlarini tiklash asosida olib boriladi va bunday malum natijalarga erishish mumkin bo’ladi. Har holda bola rang shakl va boshqalarni bir qadar eslab qoladuki bu tegishli tushunchalar hosil qilishni osonlashtiradi.Ko’z ojizligi qancha kech paydo bo’lgan bo’lsa bolaning tevarak –atrof haqidagi tasavurlari shuncha boy va ularni mustahkamlash, takomillashtirish, kengaytirish shunchalik oson bo’ladi. Ko’rish qobiliyati keskin kamaygan bolalar ko’zi ojiz bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktablarda ta’lim olishlari kerak. Bu maktablarda sog’lom analizatorlarning aktiv faoliyati asosida ko’rish analizatori faoliyatini qoplash ishlari olib boriladi. Maxsus ta’lim tarbiya ishlari ko’rish qobiliyatining zaifligi natijasida paydo bo’lgan ikkilamchi psixik asoratlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, korreksiyalashga qaratiladi. Bolada mustaqil hayot uchun zarur bo’lgan barcha bilim ko’nikma hamda malakalar shakllantirilib boriladi. Ko’zi xira bolalar tevarak atrofni ko’rish analizatori orqali idrok etadilar. Ular ham ko’rish qobiliyati zaif bolalar uchun tashkil etilgan maxsus maktabda yoki ko’rlar maktabi qoshidagi maxsus sinflarda ta’lim olishlari kerak. Biroq bunday bolalar aksari ommaviy maktablarda o’qishni boshlashi ma’lum. Bir necha yil muvofaqiyatsiz ravishda qiynalib o’igach ular maxsus maktablarga yuboriladi. Bunday bolalarni tarbiyachi va oq’ituvchilar sog’lom tengdoshlaridan ajratib olib iloji boricha vaqtli maxsus maktablarga jo’natishlari kerak. Ko’rish qobiliyati zaiflashgan bolalar satrlarni yaxshi ajrata olmaydilar. Shartli o’xshash narsa, harflarni bir-biri bilan adashtirib yuboradilar, natijada o’qish va yozishda ko’p xatolarga yo’l qo’yadilar. Raqamlarni bir-biridan ajrata olmaslik oqibatida hisoblashda va matematik masalalarni hal etishda qiynaladilar. Ular doskaga yozilganlarni jadval, sxema va boshqa tasvirlarni yaxshi ko’rmaydilar. Ko’rish bilan bog’liq ishni bajarish vaqtida tez charchab qoladilar. Noto’g’ri muhit, noqulay sharoit bolani ko’rish qobiliyati keskin pasayib borishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyachi va o’qituvchilar ko’rish qobiliyati zaif bolalarni o’z vaqtida oftamolog huzuriga maslahatga yuborishlari kerak. Oftamolog bolani tekshirib kerak bo’lsa unga korreksiya qiladigan ko’zoynak taqib yurishini tavsiya etadi va bola qayerda ta’lim olishi kerakligini aniqlaydi. Ko’zoynak taqib yurishi kerak bo’lgan bolalarga bog’cha va maktab sharoitida to’g’ri sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi zarur. Bolaning ish o’rni to’g’ri va yetarli darajada yoritilishi lozim. Bola doska, jadval, kartada chizilgan tasvirlar va boshqa o’quv materiallarini qanchalik aniq ko’rayotganiga e’tibor beriladi. Anomal refraksiyani bolalar ko’zi tez charchab qolishini hisobga olib, dars vaqtida ularga iosh turlarini mumkin qadar o’zgartirib turish, ko’z qadash bilan bog’liq bo’lgan ishlar topshiriqlar hajmini g’oyat jiddiy nazorat qilib boorish zarur. Ko’z o’tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo’lgan bolalar maxsus bog’cha va maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi. Bu joylarda o’quv ishlari ko’rish asosida olib boriladi, ammo turli texnik va kattalashtiruvchi optic vositalardan yiroqroq harflar bilan bosib chiqarilgan darsliklardan maxsus yoritgichlardan vahokazolardan foydalaniladi. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri- bolalarda saqlanib qolgan ko’rish imkoniyatlaridan o’qish jarayonida to’g’ri foydalanish va bularni rivojlantirish, ko’rish qobiliyati pasayib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish oily ruhiy jarayonlarni tarbiyalab bolaning bilim faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish, bolada ko’rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo’lgan ikkilamchi ruhiy asoratlarni bartaraf etish va boshqalardir. Maxsus maktablarni bitirgach ko’rish qobiliyati zaif bolalar jumhuriyat ko’rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar. Intelektual faoliyat bilan shug’ullanadilar (yozuvchi, shoir, oily va o’rta maktab o’qituvchilari, muzikachi va boshqalar). Shunday qilib ko’rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim-tarbiya yo’li bilan rivojlantirib boorish imkoniyatlari juda katta. To’g’ri tashkil etilgan kompensator, korreksion chora-tadbirlar natijasida bular hayotida o’z o’rnini topib ketishlari mumkin.

Adabiyotlar:

  1. O`збекистон Республикасининг «Таълим тo`g`рисида»ги Qонуни. -Т., 1997 .
  2. O`збекистон Республикасининг Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. -Т., 1997 .
  3. Каримов И.А. Баркамол авлод- O`збекистон тараqqиётининг пойдевори -Т., “Шарq”, 1997.
  4. Каримов И.А. “Баркамол авлод орзуси” –Т., “Шарq”, 1999.
  5. Каримов И.А Юксак маънавият-енгилмас куч. Т., «O`збекистон» 2008.
  6. “Defektologiya asoslari” –T., 1989 y.
  7. Петровский А.В. Умумий психология. Т., «O`qитувчи”, 1992.
  8. Каримова В. «Психология» Т., 2002.
  9. P.M.Po’latova. Maxsus pеdagogika.T., 1999
  10. P.M.Po’latova «Yordamchi maktab-internatlarda tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish». Тoshkent. 1996 y.
  11. Muminova L., Ayupova M. «Logopediya». Т., O`qituvchi 1993 y.

ESHITISHIDA VA KO’RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR