Fitrat - dramaturg
OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Filologiya fakulteti
Hozirgi zamon o`zbek adabiyoti kafedrasi
REFERAT
МAVZU: Fitrat - dramaturg
Bajardi: 402-guruh talabasi Boltayeva Hulkar
Tekshirdi: dots. Soliyev A.
SAMARQAND - 2012
Mavzu: Fitrat - dramaturg
REJA:
I. Kirish
II.Asosiy qism:
- Fitrat dramaturg sifatida;
- Abulfayzxon Asarda tasvirlangan davr.
- Asardagi tarixiy shaxslar va badiiy toqima obrazlar.
III. Xulosa
Fitratga qadar ozbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular oziga yarasha orin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy goya bilan sugorilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat ozbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.
Fitrat elni, yurtni ozod va obod korish dardini dramaturgiyada ham tokib soldi. Otgan asrning 20-yillari boshida yozgan “Chin sevish” dramasiga Hindiston hayotidagi voqealarni asos qilib oldi. Chunki, Turkiston hayoti misolida bosqinchilarga qarshi kurash goyasini ilgari surishning iloji yoq edi.
Asar koproq manaviy-ishqiy yonalish asosiga qurildi. Lekin, unda ijtimoiy dard yetarlicha korsatilmadi deb topdi, shekilli, muallif kop otmay shu yonalish kuchaytirilgan boshqa bir asar yozishga kirishdi. Natijada, avvalgi asardagi bosh goya va qahramonlar saqlab qolinib, milliy istiqlol ruhi kuchaytirilgan deyarli yangi drama “Hind ixtilochilari” dramasi paydo boldi. Asar markaziga vatanni bosqinchiliklardan ozod qilishni hayotning bosh mazmuni deb bilgan Rahimbaxsh va sevgilisi Dilnavoz obrazlari qoyildi.
Abdusubbuh, Badrinad, Fayziahmat va Mahmudxon Rahimbaxshining hammaslaklari. Kelishmovchilarni, diniy, irqiy, goyaviy, sinfiy va boshqa ixtiloflarni bir chekkaga yigishtirib qoyib, birlashish va Ona tuproqni bosqinchilardan ozod etib, Hindistonni mustaqil kerak, degan goya asarning asosini tashkil etadi.
Fitrat shu tariqa, oz armonini Hindiston tasviri orqali ilgari surdi, yurtdoshlarini shu tarzda kurashga chorladi.
“Arslon” nomli besh pardali pyesasida (1925) Buxoro amirligidagi dehqonlarning ogir hahoti va qismatini tasvirladi.
Arslon dramaning bosh qahramoni. U toyga yigib yurgan pulini sarflab, bir bechora kambagal yigitning xonavayron bolishdan saqlab qoladi. Tolginoyni cheksiz sevishiga qaramay, endi toy qilishning imkoni yoq.
Fursatdan foydalanfan 50 yoshli sudxor Mansurboy 18 yoshli Toginoyga ogiz soladi. Qiz sevgisida qatiy, lekin Arslonga yetishishga u ham chorasiz.
Drama shu muhabbat iztiroblarini va adolat uchun kurash jarayonlarini korsatadi. Sinfiylik nazariyasiga qatiy amal qilish, boylarni butkul qoralab, kambagallarni nuqul uluglash talab qilingan bir sharoitda Fitrat bu mafkuraviy korsatmalarga amal qilmadi. Realist sanatkor sifatida oz etiqodiga sodiq qoldi.
Ziddiyatlarni sinflar aro emas, shaxslar aro boladigan hayotiy qarama-qarshilik sifatida korsatdi. Bek, Yasovulboshi, Darga singari amaldorlardagi xislatlar ham sinfiy mansubiyat sifatida emas, hayotdagi jonli odamlar tabiati tarzida talqin qilindi.
Qahramonlarning jonli, hayotiy, tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettirish, ayniqsa, “Abulfayzxon” dramasida yorqin namoyon boldi.
“Abulfayzxon” nainki Fitrat ijodi, balki umuman, ozbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir.
Tragediya badiiy jihatdan teran. U obrazlar tizimidagi puxtalik, kompozitsion qurilishdagi uygunlik, badiiy tildagi jozibasi bilan ajralib turadi. Qahramon fikri va harakatidagi emotsionallik, goyaning asardagi obrazlilik zamirida sizib chiqishi, shakl va mazmundagi muxtasar tutum xarakterlar pafosi bilan toyingan holda ajib bir badiiy yaxlitlik kasb etadi. Asarning yetakchi goyaviy-badiiy maqsadi zoravonlik, ozgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan.
Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimoyatining tanazzuli va mangitlar sulolasining hokimiyatga kelishi aks ettirildi.
Abulfayzxon taxtni egallagach, eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshladi, kopini hibsga olib, birin-ketin qatl etdi. Otmishdagi bu tarixiy haqiqatni korsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni kotarib chiqdi. Uning asar asosida joylashgan asl niyati yashirin zulm va zoravonlik asosiga qurilgan, bu yolda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan, tarixning qora va ogir bir davri yorqin korsatib berildi. Ikkinchi bir jihatdan, taxtning yangi egalari bilan birga, oz yurtiga sotqinlik qilgan, yangi ayonlar bilan ogiz-burun opishgan yerli amaldorlar komagida boshqarilayotgan yangi tuzum va yangi jamiyatning kirdikorlari ham ochib tashlandi. Xayol tilidan asar nihoyasida taxtga nisbatan aytilgan: “Eng qop-qora saodat-sensan” deyilgan fikr Rahimbiy timsolidagi xonga nisbatangina emas, ayni vaqtda, asar yozilgan davr jamiyatining arkoni davlatiga ham ishoradir. Xususan, xayol tilidagi: “tinchlik saqlamoq bohonasi bilan millionlarcha inson komasini chuqurdan-chuqur yumalatmogingning zamoni hanuzgacha bitmadimi?” deyilgan fikrga Fitrat oz zamonasiga nisbatan ozining qarashlarini ochiq-oydin ham aytib yuboradi. Bundan tashqari, bu fikr hatto, bizning XXI asr uchun ham oziga yarasha qimmatli emasmi?
Tragediyaning obrazlar tizimidagi badiiy mantiq va ozaro boglanish kuchli. Abulfayzxon asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida emas, podsholigida, xolos. Podsholigi xayolidan kotarilganda oziga ishonmay qoyish, shundan. Abulfayzxon, aslida, nomard, qorqoq, vahimachi odam. Oziga ishonmagani bois hammadan hayiqaveradi.
Uning atrofidagilar ham oziga yarasha. Yanada togrirogi, ishni va gapni unga yoqadigan yosinda tutadiganlar. Katta amaldor Ulfatning “podsholik qon bilan sugoriladigan ogochdir” deyishi, ozininggina gapi emas. Bu xonga juda maqul gapdir. Qozikalon Nizom, toqsabo Davlat, xonning otaligi Hakimbiylar ham shu yonalishdagi kishilardir.
Bu qahramonlarning mohiyati bir yonalishda. Lekin, muallif ularni har birini, xuddi hayotdagidek, oziga xos bolgan fel-atvor bilan korsatadi.
Ulfat va Davlat shu qadar ustamonki, aksar orinlarda xon ularning etagidan chiqolmay qoladi. Otaliq Hakimboy esa, ayyor, pixini yorganlardan. Nodirshoh bolsa, uzoqni kozlab ish tutadigan tadbirkor. Dushmanini tashqaridan emas, avval ichdan, qatoridagilarni qolga olib, munofiq va xiyonatchilardan foydalanib, mahv etish yolini tutadiganlar xilidan.
Bulardan farqli olaroq, Farhod otaliq mard, togri soz, etiqodidan qaytmaydigan kishi. U ogir vaziyatlarda, nainkigururini saqlab qola biladi, balki kerak bolsa, xonning koziga tik boqib haqiqatni ayta oladi ham. Fitrat bu qahramonlar orqali ozining realist sanatkorligini korsatadi. Xonga togri gapirib kim baraka topibdiki, Farhod otaliq topsa. Bu qahramon ham haqgoylik uchun munosib jazosini oladi. Besh daqiqadayoq uning boshini laganga solib, xon oldiga keltirib qoyadilar. Holbuki, Farhod otaliq xonni, uning oz tili bilan aytganda, “bir ota kabi asragan” zot edi.
Asar janr tabiatiga kora tarixiy tragediyadir.uning asosini Ulfat, Davlat, qozi Nizom singari badiiy toqima obrazlardan tashqari, Nodirshox, xonning inogi Hakimbiy, Ibrohimbiy otaliq, tarixchi Mirvafolar singari tarixiy shaxslar obrazlari tashkil etadi.
Tragediyaning bosh qahramoni Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy shaxsdir.
Asarning songgi beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga zoravonlik va shafqatsizlikdan iborat gayri-insoniylikning alal-oqibati fojiadir, degan falsafiy manoga urgu berish uchun kiritadi.
Buyuk ingliz dramaturgi Vilyam Shekspir tajribalarining tasiri sifatida ozbek dramaturgiyasida Fitrat asaridan boshlangan ruh timsolidagi obraz yaratish Shayxzodaning “Mirzo Ulugbek”, Adulla Oripovning “Sohibqiron” kabi asarlarida davom ettirildi.
Xayol obrazi munosabati bilan umuman, “Abulfayzxon”da kompozitsion uygunlikning muhim orin tutishini takidlash kerak.
Kompozitsiya bu, muallif bosh maqsadi va goyasinig uzviy ravishda ochilishini taminlash maqsadida asardagi ayrim qismlar voqealar obrazlarning joylashtirish tartibidagi uygunlikdir. Sanatkor u yoki bu fikrni, muayyan bir falsafani, harakatdagi qahramonni asarning asosiy goyasini yechish uchun shunday bir tizimda, tartibda, boglanishda joylashtiradi-ki, ular ayni shu joyda ham, alohida-alohida ham ozlarni va birlashib, muallifning asl niyatini yorqin tarzda yuzaga chiqara olsinlar. Kichik tafsilotlardan tortib, kozga korinmas meyorgacha kompozitsiya tartibotida muhim vazifani bajaradilar.
Demak, kompozitsion qurilishdagi mahorat asarning muvaffaqiyatini taminlaydigan eng muhim vositalaridan biri bolganidek, undagi noizchillik badiiy mantiqning buzilishiga olib keladi va asar hujayradagi joziba tasirini barbod qiladi.
Etibor bersangiz, “Abulfayzxon”ning birinchi pardasi Qozi Nozim, Ulfat,
Mirvafolarning shohmot surayotgan holati bilan ochiladi. Bu manzara boshdanoq asar yonalishi, goyasi, qahramonlari, yozuvchi maqsadi haqida darak beruvchi yogdudir. Uni asar ortasiga yoxud oxiriga qoyish mumkin emas. Uning joyi xuddi shu yerda. Bu manzara shohmot ustidagilarning faqat taxta emas, Abulfayzxon saroyi hamda qismatining asosiy oyinchilari ekaniga ishoradir. Xonning uyi tarzida korsatilgan bu manzara, ayni vaqtda, hali sahnada paydo bolmagan Abulfayzxonning oziga tashlangan bir savoldir: U shohmot taxtasi yanglig hayot maydonida, xonlik sarhadlarida oqilona va togri ot sura oladimi, yoqmi?
Yoki asar nihoyasida sahnaga kirib kelgan hayol obraziga nazar tashlaylik. Dramaturg uni birinchi, ikkinchi yoki uchinchi pardalarda korsatgani yoq. Nima uchun? Shuning uchunki, zimmaga yuklangan badiiy vazifa hayolning dastlabki pardalarda emas, songgi pardalarda va buning ustiga, bu pardaning shu oxirgi sahnasida namoyon bolishini taqozo etadi. Tragediya goyasining choqqisi ham xuddi shu Xayol obrazining falsafiy mushohadalari zimmasiga qoyiladi. Inson “Esini bir joyga toplab” oz erki, oz huquqining qadriga ozi yetmogi lozim. Aks holda zoravonlikning, zulmning kushandasi bolib qolaveradi.
“Abulfayzxon” dramasida Fitrat ezgulik, insof, adolat va shaxs erkini ulugladi. Bu qadriyatlarni hokimiyat uchun turli-tuman, yolgon-yashiq va chirkin vositalarga keskin qarama-qarshi qoydi.
Avvalambor, Abulfayzxonning ozi Buxoro taxtini razil yollar bilan egallagan. Maqsadiga erishish uchun akasi Ubaydullaxonning joniga qasd qilgan. “Al-qasos ul minal haq” deganlardek, ozi ham saroy fisq-u fujurlarning qurboni boladi: raqiblari tomonidan xoyinlarcha oldiriladi. Dramaturg saltanat tanazzuli sababini Abulfayzxon tabiatini tahlil qilish orqali korsatadi. Xon butun mamlakatni, barcha amaldorlarni qorquv, titroq, dahshat ustida tutib turdi. Chaqimchilik, tuhmat, fisq-u fujur, odamlarni gij-gijlashni yurtni boshqarish tizimida yetakchi qoidalar deb bildi. Mamlakatda ozaro ishonchsizlik, hadik avjiga chiqdi. Natijada, johillik zamirida qurilgan, zorovonlik siyosatiga kuyingan saltanat uning egasi yanglig inqirozga yuz tutdi. Lekin, yurtda ezgulik, insof adolatning qadr-qimmatini tushunadigan, ularning hayotdagi orni va bahosini ezozlaydigan kishilar yoq emas edi. Asardagi ana shunday obrazlardan biri Ibrohimbiy otaliqdir.
Rahimbiy. Abdumomin torani xon kotarganimdan xabaringiz yoqmi ?
Ibrohimbiy. Abdumomin tora on besh yashar bir bola. Uni xon kotardingiz nima, kotarmadingiz nima ?
Rahimbiy. Siz bolganda nima qilar edingiz?
Ibrohimbiy. Men bolganda, Abulfayzxonni tushurgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otaligini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edi.
Ibrohimbiy adolatparvar qahramon. U qorqmasdan, hatto, xonga qarshi kurash yoliga otgan. “Elga yomonlik qilgan xon” ekani, yurtni talagani, hukumat
ishlariga qaramagani mustaqil fikrga ega bolmagani uchun Abulfayzxon bilan ziddiyatlarga kirishgan. U yurt egasini qyrultoy yoli bilan saylash lozim, degan ilgor dunyoqarash egasidir.
Futrat Ibrohimbiy qiyofasidagi bu toxtamga behuda urgu berayotgani yoq. Drama yozilayotgan 1924-yilda goyo xalq xohish-irodasi bilan amalga oshirayotgandek, aslida esa, zorma-zorakilik bilan jumhuriyatni bolish jarayoni kechmoqda edi. Jumhuriyatga olis markazning oz odami majburan tayinlashini ham turgan gap edi. Yurt egasi qurultoy bilan, xalq maqul korganlar safidan saylanmogi kerak, deb qahramonni sozlatgan Fitrat dramaga elning shu zamondagi orzularini ham singdirib yuborgan edi.
“Abulfayzxon” dramasi orqali muallif ozbek adabiyotida ilk bor inson va tarix, shaxs va jamiyat munosabatlarining badiiy yosinda gavdalantirish va bu masalalardagi badiiy ideyani ham etish yollarini izladi. Qay daraja jamiyat farzandi bolmasin, ijtimoiymunosabat unda qay yosinda oz muhrini qoldirmasin, shaxs, Fitrat talqinicha, end avvalo alohida individdir. Shaxs kamolotida tarbiya va jamiyat tasiri muhim bolgani bilan shaxs tabiatida irsiyat va shundan kelib chiquvchi oziga xoslikning orni kuchlidir. Shuning uchun shaxs, Futrat talqinida, tarixning harakatga keltira oluvchi kuch, jamiyatga faol tasir korsatuvchi siymo sifatida korsatiladi.
Tragediyada gavdalantirgan Abulfayzxon ana shunday shaxs, biroq afsuski, tarixda salbiy iz qoldirgan shaxsdir. Lekin dramaturg qahramonini salbiy deb, faqat qora ranglar bilan chatlamaydi. U tarixan hayotda qanday bolsa, shunday gavdalantiradi. Badiiylik qonuniyatlari bilan xarakterini teranroq va tiniqroq biladi, xolos.
Fitrat jamiyat, muhim va sharoitning shaxsga korsatuvchi tasirini badiiy gavdalantirrishni ham unutgani yoq.
Xonnig xojasaroyi Ulfat, Qozi kalon Nizom, Davlat toqsabo, Rahimbiy va Hakimbiy otaliqlarining Abdulfayzxon tegirmoniga suv quyib, uni jaholat va razolatga sudrashdagi faolliklari haqida yuqorida gapirildi. Bu xuddi osha muhitning, sharoitinig, tarixiy vaziyatning shaxsga otkazuvchi tasiri va shu tarixiy jarayonning badiiy talqinlaridir. Ubaydullaxon, Abdulfayzxon, Abdumominxonlarning xiyonatkorona oldirilishida ham tarixiy sharoitlarning inson taqdiriga korsatgan tasiri yotadi. Asar songgiga yaqin Abdulfayzxon oz razilliklaridan pushaymon, nadomat chekkan holda beriladi. Bu bilan muallif tarix va shaxs aro munosabatlarning vovaylo qoynida inson hech qachon faqat razillik timsoli bilan qololmaydi, inson ozini-ozi anglash fursatini topmogi kerak, degandek boladi. Asar tragediya janrida bolgani uchun unda fojealar kop. Lekin hayot faqat fojealardan iborat emas.
Dramaturg hayot burlarini, nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat, inson va tarixning ozaro munosabatlarini shu qahramonlar talqiniga singdiradi.
Shaxs va jamiyat aro munosabat masalasidek oz idealini dramaturg, ayniqsa, Ibrohimbiy obrazida aks ettirdi.
“Abulfayzxon” XVII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy haqiqat asosiga qurilgan birinchi tarixiy tragediyadir. Unda ilk bor ozbek dramaturgiyasi da shekspirona teran tragik obrazlar yaratildi. U shu janrda jahon miqiyosida olinganshoh asarlar qatoridan munosib orin ola biladi.
Uning ahamiyati ozbek xalqi tarixidagi muhim hodisa va tarixiy shaxslar qismati haqqoniy aks ettirilishidagina emas. Zoravonlik va shafqatsizlik mohiyati, zulm va istibdod asosiga qurilgan hokimiyatning barbod bolishi, ezgulikning zavoli, uvoli va kamolidagi mangu muammolarning gozal badiiy talqinida namoyon boluvchi fazilatlar bu asarni zamon va makonga boysunmas ravishda etiborli va qimmatli qiladi. Yuksak mahorat bilan yozilgan drama muallifning sanatkor, millatparvar, vatanparvar sifatidagi siymosini uygunlashtiradi.
Asar yoshlarni istiqlol ruhida tarbiyalashda, mustaqilligimizning qadriga yetishda muhim ahamiyatga ega.
Fitrat XX asr ozbek adabiyoti taraqqiyotida alohida ozrin tutadi. U milliy uygonish adabiyotining jarchisi va asoschilaridan biri, jadidchilik harakatining ulkan arbobidir. U yangi zamon sheriyatida barmoq vaznini mustahkamladi, erk va istiqlol goyalarini kuyladi. Vatan ozodligi, yurt istiqboliga bagishlangan maqollari bilan ozbek publitsistikasining tamal toshini qoydi. Hali hikoyachilik janr sifatida yetarlicha toliq shakllanib ulgurmagan bir davrda “qiyomat” singari asari bilan bu janrning qaror topishiga katta hissa qoshdi. Dramalari bilan ozbek adabiyotiga koplab yangi qahramonlar kirib keldi. Ular qatagon davrining badiiy solnomalari sifatida adabiyotdan mustahkam orin egalladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr ozbek adabiyoti. T.:1997 y.
2. Sultonov O., Ahmedov S., Rahmon Qochqorov. Adabiyot. T.:2006 y.
3. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. I tom. Adabiy asar. Toshkent: Fan, 1978 y.
4. Umurov H. Badiiy psixologizm va ozbek romanchiligi. Toshkent: Fan: 1983 y.
Fitrat - dramaturg