Asqad Muxtor she’riyatining asosiy xususiyatlari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND

DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLIGIYA FAKULTETI

HOZIRGI ZAMON O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

MAVZU: Asqad Muxtor she’riyatining asosiy xususiyatlari

Bajardi: 403-guruh

talabasi Qudratova S.

Tekshirdi: dots. A.Soliyev

SAMARQAND-2012

Mavzu: Asqad Muxtor she’riyatining asosiy xususiyatlari

Reja:

I. Kirish.

XX asr adabiyotida Asqad Muxtor ijodi.

II. Asosiy qism:

  1. Asqad Muxtor she’riyatining rang – barangligi.
  2. Asqad Muxtor she’rlarida Vatan mavzusi.
  3. Asqad Muxtor ijodida she’riy dostonlarning roli.

III. Xulosa.

“… She’r odamning yashashi uchun, kurashi uchun, ulg’ayishi uchun zarur.”

Asqad Muxtor

XX asr adabiyotida ko’zga ko’ringan yozuvchilardan biri Asqad Muxtor xisoblanadi. Asqad Muxtor adabiyotining deyarli hamma janrlarida maxorat bilan qalam tebratgan adabiyotimizga yangi mavzu, yangi obrazlar olib kirgani uchun ham, o’ziga yarasha o’rni va saloxiyati bor.

Asqad Muxtor yoshligidan adabiyotga qiziqib, badiy asarlar mutolasiga berilgan. O’zini badiy ijodini 1938-yildan boshlagan. U dastlab “Tilak” “Tong edi’’ “Qasam” “Adabiyot” kabi ilk sherlarini, “Birinchi avlod” nomli birinchi dostonnini nashr etiradi. Ikkinchi jahon urushi yosh shoir xarbiy mudofa mavzularida “Bugunning xitabi”, “Jangchining bayram kechasi”, “G’alaba ishonchi”, “Vatan”, “Yevropadan xat”, “Nur oshiqlari”, “G’alaba” singari she’rlar yozib, o’sha jangavor davr talablariga hozirjavoblik ko’rsatdi. Asqad Muxtor ijodi urishdan keyingi davrlarda har tomonlama o’sdi. Istedodli shoir va adib sifatida tanildi.

Asqad Muxtor she’riyati XX asrdagi o’zbek adabiyotining

-3-

yorqin bir sahifasini tashkil etadi. Uning asrlari chuqur poetik fikrlarga ehtirosli tuyg’ularga, yorqin va jonli tasvirlarga boy. Asqad Muxtorning “Po’lat quvonchi”, “Hamshaharlarim”, “Rahmat mehribonlarim”, “Chin yurakdan” , “Tanlangan asarlar”, “99 minora”, “Dunyo bolalari”, “Karvon qo’ng’irog’i”, “Quyosh belanchagi”, “Charxpalak”, “Sizga aytar so’zim”, “Qaysi asrdan gapiryapsiz”, “Sirli nido”, “Tundalik” kabi she’riy to’qlamlarida bu fazilatlar ochiq ko’rinadi. Shu bilan birga bu kitoblar shoir mahorati asardan asarga o’sib borganini ham tasdiqlaydi.

Asqad Muxtorning she’riyatidagi kamolati silliq va oson kechgani yo’q. shoirning urishdan so’ngi dastlabki yillarda yozilgan ba’zi she’rlarida zamon ruhi ochiq sezilmaydi yorqin ba’diiy umumlashmalar va teran xalqona mazmun yetishmaydi. Masalan, “Poyezda va poyezdagina emas”, “Daqiqa va adabiylik”, “Kitob chiqqan soat”, kabi she’rlarini mavhum tushunilishi qiyin bo’lgan mulohazalar, noaniq fikrlar egallab oolgan. Ammo bunday nuqsonlar shoir she’riyatida ko’p emas.

Asqad Muxtor o’z hayoti davomida xilma – xil mavzularda ko’plab rang – barang lirik she’rlar yaratdi. “Keksa master so’zi”,

-4-

“Bobomning bobosi”, “Bog’im”, “Tong otdi”, “Dadam mashhur pechkachi o’tgan”, “Tanish”, “Shunday o’tgan umr armonsiz” kabi she’rlarida inson va uning fe’l atvori, xalqning bunyonkorlik faoliyati ixcham va nafis ifodalangan “Insonlikning ma’nosi o’zgardi” she’rida inson hayoti va ruhiy olami yuz bergan buyuk sifat o’zgarishlari soda va ixcham planlarda aniq qilib ko’rsatib berilgan:

Insonlikning ma’nosi o’zgardi

Olamning joziba qonuni yanlig’.

Qo’shnilar umrini qisqartar darding,

Baxting ham biroviar baxtiga bog’liq.

Har bir aza qisman mening azam,

Kimniki deb so’rab bo’lmaydi.

Yolg’iz yashamaydi dunyoda odam,

O’lsa ham bir o’zi o’lmaydi.

Asqad Muxtor o’z she’rlarida voqea – hadisalar yohud hayotdagi o’sish o’zgarishlar quruq bayon qilinmaydi, balki chuqur poetik mushohada yuritish yorqin manzara orqali masalaning tub

-5-

mohiyatini aniq lo’nda va jozibador qilib ochib beradi. “Shunday o’tgan umr armonsiz” she’ridagi lirik qahramon o’z umrinin Zarafshon daryosiday sernaf, jo’shqin o’zgarishini orzu qiladi. Zero, Zarafshon daryosi o’zining zilol, hayotbaxsh mavjlarini kumush dalalarga, yurtning bog’lariga bo’ladi, so’ng ona yurt bag’riga singib yo’qoladi. Zarafshon daryosi dehqon qalbiga yorug’lik fayz - baraka bo’lib kiradi. Naqsh olma yuzida yo’nib, uni shiraga qandga to’ldiradi, taram – taram qiladi. Ana shuning ham lirik qahramonning o’z umrini hayotbaxsh darya Zarafshonday o’tkazish orzusi katta maqsadga ega. U shu daryo singari butun borlig’i bilan insonga, jamiyatga xizmat qilishini istaydi.

Asqad Muxtor she’riyati tom ma’nodagi zamonaviy she’riyatdir. Shunisi muhimki shoir zamon ruhini va davr g’oyasini quruq bayon qilmaydi, aksincha teran badiiy umumlashmalar vositasida uni obrazli qilib gavdalantiradi. Yorqin badiiy obraz yaratib, falsafiy mazmun bilan muhim poetik masalalarni o’quvchi ongiga yetkazadi. Bu hususiyat shoirning mamlakatni qayta qurishi davridagi she’riyatida (masalan “Vatanning tirik tomchisi” turkumida), ayniqsa yaqqol namoyon bo’lgan:

-6-

Uni mikroblardan ehtiyot qiling,

Muhabbat kashf etdi balki qiyomi.

Har go’dakni mo’jiza deb biling,

Qutqarish mumkin dunyoni.

(“Umid”)

Umrning umidvor onlari qutlug’,

Qayon tomchilari yuzimda

Yerni mushtlamagin, yerga guvoh yo’q,

Ayb o’zingda!

(“Tomchilar”)

Asqad Muxtor she’riyati mavzu rang – barangli, mazmun teranligi, zamon talablariga hozirjavobligi bilangina emas, shakl va janr xilma – xilligi jihatidan ham diqqat e’tiboriga sazavor. Jumladan shoir ijodida g’oyat yoqimli qilib yozilgan syujetli she’rlar ham anchagina bor. Bu taxsinga loyiq bir holdir. Chunki voqeabandlik asar estetik qimmatini oshiradi. Agar g’oyasining o’quvchining yodida uzoq qolishiga imkoniyat yaratadi.

Asqad Muxtorning “Terimda”, “Cholu kampirlar”, “Mamadali aka paxtakor”, “Bu joylarning dahshat vahimasi”, “Xiyobonda”,

-7-

“Chol”, “Mis qalpoqli yigit”, “Brigadirimiz”, “Bir to’p o’rik” kabi she’rlari kichik syujet asosida qurilgan bo’lib, ularda obraz va g’oya aniq bo’maganidek, hayotiylik va jozibadorlik ham kuchli. Masalan; “Terimda” she’rida qiziqarli va muhim bir voqea ixchamgina qilib tasvirlangan. Shu asosda zangori kema haydovchisi Latifning jonli va hayotiy obrazi yaratilgan. She’rda Latifning terimga qanday xushchaqchaq kayfiyatda tushganligi, uning paxta terimi mashinasini sevib boshqarishi, terimchi qizlar bilan qilgan xazil – mutoyibalari, qishloq kishilari haqidagi o’y hayollari tabiatan xushchaqchaq yigitning to’satdan yuz bergan hodisa tufayli o’zgarib ,qolgani; “goh jahli chiqib, goh yuragida ishq o’ti bo’lgan”i anglab olinadi. Shuningdek asardan Latifning ichki kechinmalari, yurak sirlari ham ma’lum bo’ladi:

Qaysi biri yozdi?

Mehrisimikan?

Salimasimikan, Jamilasimikan?

Hammasi bo’lsa koshkiydi…

Ko’rinadiki, “Terimda” sh’ri voqeaband bo’lgani tufayli birinchidan, o’quvchiga mavzuga doir to’liq tasavvur hosil qiladi.

-8-

Ikinchidan, u osonlik bilan yod olinadi.

Asqad Muxtor ijodida Vatan mavzusi va uning madhi alohida e’tiborga molikdir. Asqad Muxtorning “Bog’im” she’rida Vatanga, xalqqa sidqidilgdan, halol xizmat qilish g’oyasi huddi shu tarzda yani tabiqt hodisasi haqida chuqur mulohaza yuritish orqali mohirona ifodalangan. Shoir bog’ni kuzda sarg’ayib, yaproq to’kishini hazonrezgilikni umr tugashining ramzi sifatida ta’riflaydi. Aksincha tabiatning bu hodisasidan o’ziga xos tarzda yangicha fikr aytishi uchun ustalik bilan foydalanib, bog’ning sarg’ayib, yaproq to’kilishini quyidagicha izohlaydi;

Go’yo butun rangin, butun xushbo’yini,

Butun borlig’ini tashlab ketmoqchi.

Asqad Muxtorning “Asrim” she’rida XX asrning buyuk tarixiy voqealari fan va texnika taraqqiyoti ixcham, lo’nda va aniq badiiy ta’kidlar orqali umumlashtirilgan. Shoir XX asr haqida mushohada yuritib; “Atom maydalandi, oy bo’ldi yaqin”, - deb yozar ekan, yana birgana shu misraning o’zidayoq neytron va patronning kashf etilishi bilan olamshumul taraqiyotini, insonni kosmosga parvoz

-9-

qilishidek buyuk g’alabani ifodalashga muvoffaq bo’lgan. Lirik

qahramonning bunday poetic mulohazalari XX asrning badiiy umumlashma obrazi sifatida aks sa’do berdi.

Kurash yemirilmish, yaralmish qurish __

Mana shunday bo’ldi asrimizda baxt.

Sizda qanday bo’lar __ bilmadim,

Bizda shunday bo’ldi hamma vaqt.

Asqad Muxtorning she’rlari chuqur poetik mazmun tomonidek, o’z hajmining ixchamligi va g’oyat pishiqligi bilan ham diqqatga saravordir. Shoir kichik bir she’rga olam – olam mazmunni sig’dirish va uni siqiq holda yorqin ifodalash mahoratiga ega. Shoirning “Umrim uzoq bo’lar” she’rida hayotga tashnalik va Vatanga muhabbat g’oyasi qisqa hamda jozibador qilib berilgan. Unda Vatanni madh etuvchi an’anaviy obrazlar, dabdabali poetic ta’kidlar va qyruq tavsiflar yo’q. Chunki bu she’rda umr haqida mulohaza yuritilgan oddiy insonninng yurak mushohadasi bo’lib, asarda ona Vatanga muhabbat tuyg’usi obrazli tarzda aks ettirilgan:

Umrim uzoq bo’lar

-10-

(Sevib turar ko’ngil)__

Barakali bo’lar shubhasiz

Kumush cho’qqimga qarayman dadil.

Men bormasman unga tuhfasiz…

Umrum bo’lar uzun__

Biron daqiqasi behuda ketmas.

Ammo shu yurtimni

Ko’rib to’ymoq uchun,

Sevib to’moq uchun yetmas.

Yo’q y e t m a s!

Asqad Muxtorning “Vijdon so’zi”, “Xola va bola”, “Bir tup o’rik”, “Oltin nurlaringda tebrat dunyoni” kabi she’rlarida ham xilma – xil mavzular mahorat bilan yoritilgan.

Asqad Muxtor she’riyatining yana bir xarakterli xususiyati shundaki, unda lirik qahramon o’zining aniq ma’naviy qiyofasiga ega.

“Tanish” she’ridagi lirik qahramon jangchi - ishchining “qilgan ishi naq jar solishga” arzisada shoir jar solmaygdi. Uni

ortiqcha ta’rif – tavsiflarga ko’mib tashlamaydi. Aksincha, uning

-11-

tarjimai holidan faqat bir lavhani tasvirlash orqali ishchi obrazini ochishga yorqin bir xarakter yaratishga muvoffaq bo’ladi.

Asqad Muxtor she’riyatiga umuman uning ijodiga Said Ahmad quyidagicha ta’rif beradi: “Asqad Muxtor to’g’risida biron yangi gap aytish qiyin. Buni bilaman. Qator romanlari – yu qissalari, drama va she’rlari, dostonlari – yu tarjimalari bahonasida hamma gapni adabiyotshunoslar aytib qo’yishgan. Uning ijodiga bag’ishlangan kitoblarda adabiyotimizga qo’shgan juda katta xissasi ilmiy asoslab berilgan. Oltmish yoshga hamma ham kirishi mumkin. Lekin shu yoshga yetib kelguncha umrini choyxonada yonboshlab o’tkazadiganlar bor, mudrab umrini sovurganlar bor. Ammo Asqad oltmish yoshni ijod bilan o’tgan qirq yili yaratilgan ”.

Asqad Muxtor she’riyati rang – barangligi bilan ajralib turadi. Shoirning lirikasi, ayniqsa uning yangi she’rlari insonning tinib – tinchimas tabiatiga xos ziddiyat asosida falsafiy xarakterdagi konflikt zaminida yaratilgan obrazlarga boy. Uning “Men dunyoga kelib dunyo ortirdim” turkumidagi she’rlari ham qizg’in fikr yurituvchi kontrask obrazlari bilan ajralib turadi. “Umr nega shirin” she’rida quvonchi va alam – armonli xotiralardan, inson

-12-

ayotini qayta topib bo’lmas, yillardan va manzalardan bahs ochadi.

Qayta ko’rolmadim yetim hayotimda,

Sira unutmadim bir onni lekin;

Ustozimning qattiq ko’zlarida

Ota mehrin ko’rib yig’ladim sekin…

Shoir qahramonning ezgu armoni, hach narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydigan qalb hotiroti o’zining tabiiy ziddiyatlari bilan ma’noli va qimmatlidir.

Asqad Muxtorning “Otalarga maslahat” asari ham syujetli she’rning yaxshi namunasidir. Unda tasvirlanishicha bir kishining ikki o’g’li va bir qizi bor ekan. Katta o’g’li otasiga taqlid qilib, aroq ichishni, papiros chekishni istab qoladi. Buni ya’ni “tirmizakning buzilishi” xavfini sezgan ota zudlik bilan bola tarbiyasiga jiddiy kirishadi; ota aroq ichishni ham, papiros chekishni ham tashlaydi. Ro’zg’or ishlarini boshqarishda xotiniga yordamlashadi. Otaning bu ezgu harakatlari bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularning fe’l – atvori, zulq – odobida sifat o’zgarishlar ro’y beradi. Shoir anashu voqeani samimiyat bilan hikoya qilib, undan quyidagicha poetic xulosa chiqaradi;

-13-

Shunday tajribani qo’llab ko’ring – a,

Bola, axir umrning naqshi.

Yoshligidan boshlang tarbiyani,

Tug’ulmasdan boshlasangiz yana ham yaxshi.

Asqad Muxtor lirik asarlar, syujetli she’rlar yozish bilan birga “Bizning avlod”, “Sheralining do’sti barhayot”, “Adolat”, “Katta yo’lda”, “Mangulikka dahldor”, “Dol qol” kabi dostonlarni ham yaratgan.

“Po’lat quvonchi” o’zbek she’riyatida ishchilar sinfi haqida yaratilgan birinchi realistik doston bo’lib, unda O’zbekiston metall quyuvchilarining urush va urushdan so’ngi va dastlabki yillaridagi hayoti va mehnati aks etilgan. Asarda Bekabodda o’zbek metallurgiya kombinatining tashkil etilishi jarayonida o’zbeklar ichidan malakali ishchilarning yetishib jchiqqanligi tasvirlanadi.

Shoir ijodida “Katta yo’lda” dostoni ham muhim o’rin tutadi. Bu asarda urishdan keyingi qishloqlardagi halol fidokor kishilar haqidagi maroqli tarzda hikoya qilingan. O’zbekdehqonlariga xos ajoyib xislatlar asarning bosh qahramoni Arslonqul obrazida ustalik bilan ko’rsatilgan. Arslinqul mehnatsevar sofdil, o’tyurak paxtakor

-14-

yigit sifatida gavdalanadi. Taqir dashtdan yangi yer ochib paxta ekadi. G’ayrat va mahorat bilan ishlab, tengqur o’rtoqlari yordamida turli qiyinchiliklarni yengib o’tadi. Xullas mehnatsevar obraz sifatida gavdalanadi.

Uning she’riyatidagi falsafiylik haqida gapirar ekanmiz, ushbu yo’nalish rang – barang yo’nalishlarda tajassun topayotganligini ta’kidlash joizdir. Xususan, zamon va makon, tiriklik, mavjudod, hayotning mangu qonunyatlari (oniylik va boqiylik, hayot va o’lim, insonnig buguni va o’tmishi, imkoniyat va idiallari, hayot mehnati, yoshlik, keksalik va va hokoza) to’g’risidagi teran o’y mushohadalardan tortib, adabiy kuyning, bug’boy donining, gul rangining zamiriga yashiringan “siz”ni bilishhga, poetik kashf etishga intilishga chorlaydi. Asqad Muxtor lirikasida fikr va hususiyatning o’ziga xos tizimini uning tabiati taklqiniga oid she’rlari misolida kuzatishga harakat qilaylik.

Asqad Muxtor tabiatga shunchalik bir oddiy nazar tashlamaydi: uning nazari tushgan, e’tiborni tortgan tabiatning xar bir xossasi o’z mantiqiga mutanosib ravishda bir yo’lda shoir qalbida nozik tuyg’u, tafakkurida yorqin fikr uyg’tadi. Xususan,

-15-

tabiat Asqad Muxtor nazarida gung qalbsiz bir obyektgina emas, unda ulkan serhimmat qalb, nafosatdek bokira erkinlik bor, unda sevgi – muhabbat na til boru kuylaydi, bo’zlaydi, fikrlaydi, mushohoda yuritadi___ shu asosida tabiat shoirga bitmas – tuganmas bir ilhom manbai tarzida gavdalanadi. Shoir she’rlarida tabiat o’zining ana shu xusuxiyatlarini namotish etish orqali namoyon bo’ladi. Tug’lish va o’lim __ bu inson hayotining ikki chegara nuqtalari esada , u hayotining nuqtalarini ham belgilaydi. Asqad Muxtorning ushbu she’ridan va umuman “Tosh”, “Xotiralar”, “Tong” kabi asarlaridan sizib chiquvchi yaxlit bir g’oya shundan iborat, o’lim yuqolish emas, mangulik, ezgulik yaratish uchun dunyoga kelgan. Yaratish bunyodkorlik ezgulik esa o’lim bilmaydi, degan teran bo’lgan falsafiy fikr bu she’rlarining asosini tashkil etadi.

Asqad Muxtorning hayot va o’lim, hayotining abadiyligi turkum ostiga birlashtirilmagan bo’lsada, ular bir she’r olamidagi fikrning mantiqiy tadrijiy takomili sifatida biri ikkinchisini to’ldiradi va yaxlit silsilasini tashkil etadi. Shoirning umumlashtiruvchi konkret hayoti kartina, kechinma va psixologik holatlaridan tashkil

-16-

topgan irikasida epik shajara kengayib borayotganligini ko’rish mumkin. Chunonchi bu jarayonda shoirning bir sh’eridagi fikr tadriji ikkinchi bir she’rida yaxlitlik va tugallik kasb etadi, uchinchi bir she’rida esa u yana teran va ko’rkam qiyofada ko’zga tashlanadi.

Asqad Muxtor lirikasi, xususan poetik tajribasidan kelajak uchun qanday saboqlar o’qiymiz, poeziyamizning kelgusi ko’rkam qiyofasini tasavvur etishda shoir she’riyatida qanday yangilik belgilarini ko’ramiz? Asqad Muxtor she’riyatida hissiyot, tuyg’u tabiat emotsiya begona emas, ular shoir she’riyatida fikrga chirmashgan.

Asqad Muxtor talqinida tunning o’zi alihida ruhiy erkin bir shu ma’noda u olamning butunligini, hayotning azaliyligini, tiriklikning davomiyligini taminlovchi mohiyat kasb etadi. Shoirning tun lirikasi uchun xos xususiyatlardan yana biri bu tabiat falsafasi bilan tabiat psixologiyasining vobastaligida, hamisha bir – birini to’ldirib, zuhur topishida namoyon bo’ladi. Bir danak mag’zining ichki bo’lagidek taassurot qoldiradi. Ya’ni tabiat tovushlari uyg’otgan psixologik kechinmalar, his – tuyg’ular falsafiy

-17-

mushohodalarga undaydi. Holatlar manzarasidan falsafiy fikrlar uzib chiqaradi. Shu ma’noda manzaralar fikrlaydi, mushohada yuritadi, o’ylar esa o’z navbatida kechinmalarning suratiga aylanadi.

Asqad Muxtor tunning oniy lahzalarini, ko’rinishlarini, manzaralarini o’ta fasohat bilan kuzatadi. “Tiq” etgan o’tkinchi tovushlari – yu sirli sadolarini, turfa ohanglarini nozik his qiladi. Ularning botinidagi ma’nolarini ko’nglida kechayotgan tuyg’ular bilan omixtalikda zohir etadi va yana muhimi, tungi manzaralar, tungi sadolar orqali inson qalbining qatim – qatimlarida yashirinib yotgan sir – sonoatlarning ranglarini ham oshkor etadi.

Xulosa qilib aytganda, Asqad Muxtor she’riyatini XX asr o’zbek adabiyotidagi go’zal asarlar deb aytish mumkin. Chunki uning she’riyati rang – barang jilolari betakror go’zalligi bilan boshqa shoirlar she’riyatidan ajralib turadi.

Asqad Muxtor she’riyatida voqea – hadisalar yoki hayotdagi o’zgarishlar quruq bayon qilinmaydi, balki chuqur mushohoda yuritish, yorqin manzara va jonli obrazlar yaratish orqali

-18-

masalaning mohiyatini aniq qilib ochib beradi. Undagi yana bir xarakterli xusuxitat, she’rda lirik qahramon o’zining aniq ma’naviy qiyofasiga ega bo’ladi. Xullas, Asqad Muxtor she’riyati adabiyotimizga yangi obrazlar, yangiliklar olib keladi. Shuning uchun ham asarlar betakror va sermahsulligicha saqlanib qolgan.

-19-

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  1. No’mon Rahimjon. Asqad Muxtor poetikasi, G’. G’ulom nomidagi nashryot. Toshkent 2003-yil
  2. Sadulla Mirzayev. XX asr o’zbek adabiyoti, Yangi asr avlodi. Toshkent 2005-yil.
  3. Akramov B. She’riyat gavhari Toshkent, 1979-yil.
  4. Said Ahmad. Yo’qotganlarim va topganlarim, Toshkent – 1999-yil.
  5. Normatov Umarali Umidbahsh tamoyillar, Toshkent – 2000-yil.

-20-

Asqad Muxtor she’riyatining asosiy xususiyatlari