O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISH TARIXI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

Alisher Navoiy nomidagi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Fakultet: Ijtimoiy - iqtisodiyot

Yo’nalish: Ijtimoiy ish

Fan: Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi

REFERAT

Mavzu: O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISH TARIXI

Bajardi: Yusupova Nafisa

Tekshirdi: k.o’ Sherov M..

Samarqand

Mavzu: O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISH TARIXI

Reja:

  1. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi.
  2. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida me’yoriy-huquqiy xujjatlar.
  3. Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar faoliyatini tavsifi.

O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. o’zbekistonnning o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “o’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi uchun”1 zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi tushuniladi.

Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi.

Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va demografik vaziyatni inobatga olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabki bosqichlarida bu barcha aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turunlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi.

Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi. Barcha nafaqa va yordam trurlari oilalarga berila boshlandi, bunda asosiy e’tibor kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va bolalarga qaratildi. Aholining turli qatlamlariga differensial yondoshish zamonaviy ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tomonlaridan biridir.

O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o’sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan. ozirgi davrda aholining bandligini va xususan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini rivojlanishi ijtimoiy himoyalashning asosi bo’lib xizmat qiladi.

Mamlakat ijtimoiy siyosatining yana bir yutuqlaridan bo’lib, ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimining vujudga kelishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’mak ko’rsatish imkonini beruvchi zamoaviy usul va texnologiyalardan keng foydalanish hisoblanadi. Mahalliy o’zini boshqarish organlari – xokimiyatlarda hududiy ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish, ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimining tashkil topishi va rivojlantirilishi barobarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish imkoniyati ortib boraverdi.

Zamonaviy o’zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy reabilitatsiyasiga yo’naltirilgan ijtimoiy-gumanistik faoliyatning ma’lum bir uslubi tizimi sifatida namoyon bo’ladi.

O’tish davrining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida O’zbekiston o’z muhtoj fuqarolarining zarur yordam va ko’magini olishi uchun xizmat qiladigan yangi ijtimoiy muassalar tizimini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldi. Qariyalar, bolalar, nogironlar haqida qayurish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, jamoatchilik tarzida o’zini boshqarish organlari (mahalla), IIV tomonidan amalga oshiriladi. Bunday muassasalar tarkibiga turli toifadagi fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari, aholiga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish markazlari, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari, oila, ayollar va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha hududiy markazlar va b. kiradi.

O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatilishi bo’yicha asosiy tamoyillar keltirilib o’tiladi. Ular orasida quyidagicha tamoyillar ham keltirib o’tiladi: inson va fuqaroning ijtimoiy xizmat ko’rsatish hamda ularga davlat kafolotlarining ta’minlanishi bo’yicha huquqlariga rioya etilishi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarni olishda teng imkoniyatlarga egaligi; ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishining manzilliligi va ommabopligi, aholining ojiz qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash kabi tamoyillar.

Uyda ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishiga muhtoj fuqarolarni butunlay qamrab olish va ularga ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida o’zini boshqarish organlariga yoliz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlarga uyda xizmat ko’rsatish bo’yicha ish bilan shuullanish uchun mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolarni vaqtincha to’lovli jamoatchilik ishlariga jalb etishga ruxsat berilgan.

Shubhasizki, mamlakat aholisini himoyalash va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks dasturlarining tashkillashtirilishi zarur. Umuman, davlatimizning butun ijtimoiy siyosati shularning barchasiga yo’naltirilgan. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish bir-biri bilan chambarchas boliqdir. Ijtimoiy ish – bu ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning o’ziga xos bir shakli bo’lsa, ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishning o’zagi, yo’nalishidir. uquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning murakkab yo’lida mamlakatimiz usun yangi bo’lgan faoliyat turini shakllantirish va rivojlantirish, kasbiy salohiyatli ijtimoiy ishchilarni tayyorlash zamon taqozosidir.

Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar faoliyatini tavsifi ularga nisbatan talabning yuqoriligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Respublikaning bozor iqtisodiyoti tizimiga kirishining o’zi ijtimoiy ishchilarga nisbatan ehtiyoj paydo bo’lishini ta’minladi. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikadagi barcha faoliyat yurituvchi ijtimoiy boshqarish organlarida ijtimoiy ma’lumotga ega bo’lmagan mutaxassislar ishlab kelmoqda. Ijtimoiy ishchilarni mavjud boshqa turli ta’lim shakllari bo’yicha tayyorlanilishi respublikada davlat ijtimoiy siyosati bo’yicha kadrlarni ta’minlash borasidagi muammolarning xal etilishi imkonini beradi.

ar qanday sharoitda ham ta’rif o’zida qadriyatlar yo’nalganligini, ijtimoiy ishchi yondoshadigan pozitsiyalar, ijtimoiy ish mohiyati to’risidagi nazariyalar, masalan mazkur kasbning jamiyatdagi roli yoki uning boshqa fanlar bilan aloqasi to’risidagi sotsiologik nazariyalarni aks ettiradi. Shunday ta’riflardan birini keltirib o’tamiz: ijtimoiy ish – bu individu, guruh yoki jamoatchiliklarga ijtimoiy hayotda o’zlarini namoyon etish bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytirish yoki tiklashga, ular uchun eng ma’qul ijtimoiy sharoitlarniya aratishga kasbiy salohiyat bilan yordam ko’rsatishdan iborat bo’lgan faoliyatdir.

Ijtimoiy ishning maxsus nazariyalari ijtimoiy ishchilarning bajarayotgan ishlarini tavsiflab, tushuntirish berish hamda baholashga harakat qiladi. Ijtimoiy ish nazariyasining asoslari ko’pincha ijtimoiy fanlardagi kabi ketma-ketlik va o’zaro muvofiqlikda namoyon bo’ladi. Nazariy oyalar borasidagi aniq tasavvurlar ijtimoiy ishning kasbiy tarkibi sifatida talqin etiladi, bu oyalar ijtimoiy ishchilarning yetuk tarzdagi fikr va munosabatlari hamda o’zini anglashlarining zarur tarkibi hisoblanadi. Amaliyotda ham kasbiy faoliyatning o’ziga xosligini tushunish nazariyaning asosiy maqsadi hamda insonlarga yordam ko’rsatishga intiluvchan insonlar uchun hayotiy zaruriyatdir.

Bundan tashqari ijtimoiy ish o’z shakli va usullarida ko’p qirralidir. Ijtimoiy ishchilarning o’zlari o’z kasblariga turlicha yondoshadilar, ba’zan uni taqdirlanish, frustratsiya, xuzur-xalovat, afsuslanish, stress manbasi deb hisoblaydilar, lekin ulardan ko’pchilik ish mobaynida qaysidir fikrda ikkilanishlarini, qayta tahlil qilib ko’rishga, tanqidiy muhokama qilishga va har bir vaziyatni serqirra muammo sifatida ko’rib chiqishga majbur bo’lishlarini ta’kidlaydilar. Bu vazifalarni uddalay olish uchun ijtimoiy ishchi keng ma’noda salohiyatli kasb ustasi, madaniyat, jamiyat va ijtimoiy guruhlarning o’zaro munosabati masalalaridan xabardor inson bo’lishi kerak.

Shu bilan birga ijtimoiy ishchi boshqa maxsus bilimlarga ham ega bo’lishi zarur. Ijtimoiy ishchilar faoliyatiga qo’yiladigan umumiy ahloqiy talablar professionalizmni, ya’ni qadriyatlar, bilimning butun bir tizimi bo’lib, amaliyot va ixtisoslikning aniq bir sohasida nimalar ro’y berayotgan bo’lsa, shunga muvofiq ko’nikmalarga egalikni nazarda tutadi. Ijtimoiy ishchi oilaviy terapiya usullaridan bemalol foydalana olishi mumkin, lekin u korreksion yoki preventiv, ya’ni krizisning oldini olishga qaratilgan amaliyot bo’yicha tajribaga ega bo’lmasligi mumkin. Bundan tashqari professionalizm tarkibi muntazam ravishda ortib borayotgan bilimlar, shakllantirilayotgan ko’nikmalar va amaliyotda o’zgarib borayotgan talablar asosida to’planib rivojlanib boraveradi. Vrach kasbiga o’xshagandek, bu yerda ham umumiy tamoyillar va asoslar mavjuddir, lekin u yoki bu sohaga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchi uchun maxsus ko’nikma, bilimlar ham talab etiladi.

Ijtimoiy ish – multidissiplinar kasb sohasi. Bu mijozga yordam ko’rsatish maqsadida ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislik sohasi vakillari – vrach, pedagog, psixolog, militsiya xodimi bilan o’zaro aloqadorlik tizimini shakllantiradi, deganidir. Boshqa tomondan ijtimoiy ishchining o’zi ham maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lganligi va ushbu kasblarning ko’pchiligi bilan boliq asosiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgani uchun ham universal mutaxassis hisoblanadi. Bu tarzdagi turli fanlarga oid bilimlarga egalik birlamchi tashxisni amalga oshirishga yordam beradi, shuningdek boshqa mutaxasislarga muammolarni ilashlariga imkon yaratish uchun xizmat qiladi. Bu ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislarda bo’lgani kabi ijtimoiy ishchilarda o’z shaxsiy usullari yo’q degani emas, albatta. Masalan, amaliy psixologiya va ijtimoiy-psixologik ishda qo’llaniladigan individual va oilaviy terapiya, ta’sir ko’rsatish ob’ekti hamda ijtimoiy o’zgarishlar jarayoniga aralashishning “chuqurligi” bilan farqlanadi.

Keng ma’noda ushbu kasb millatning ijtimoiy o’zini anglashi, davlatning insonparvarligi va taraqqiy etganligi darajasi, madaniylilik darajasini o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy ish sohasi doimo kengayib boraveradi, arbda ham ijtimoiy ishchilarni mahalliy o’zini boshqarish idoralarida, maktablarda, tibbiyot muassasalarida, oila va bolalarga yordam ko’rsatish markazlarida, biznes va industriyada, ruhiy solomlashtirish markazlari, korreksion muassasalar va xususiy amaliyotda uchratish mumkin. […]

[…] Ijtimoiy muammolar aniq bir jamiyat doirasida belgilanadi. Munosabatlarning mazmun va mohiyati madaniy-tarixiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga boliq bo’ladi. Ijtimoiy muammo sifatida belgilangan u yoki bu hodisa o’z o’rnida madaniyat, ijtimoiy institut va jamiyatdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. […]

[…] Amaliy ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy ma’murlar va tadqiqotchilar o’z shaxsiy madaniyatiga egadirlar. Ularning reallik yoki reallikni barpo etilishi haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan ratsionallikning e’tirof etilishi, yoki ongli va me’yoriy talablarning talqini, shuningdek ijtimoiy muammolarga nisbatan munosabati qisman odatga aylangan madaniy qadriyatlar va me’yorlarga borib taqaladi. Professional sifatida bu insonlar, aslo o’zlarining “madaniy ko’zgu”lari doirasidagina ishlashlariga haqlari yo’q, biroq tanqidiy va tahliliy yondoshuvlardan foydalangan holda qadriyatlar tizimi, ijtimoiy deviatsiya va ijtimoiy muammolarni inobatga olishga majburdirlar.

Barcha toifadagi ijtimoiy ishchilarning kasbiy ixtisosligi ulardan reallikni boshdan kechirish va talqin etishning turli xil usullari haqida muntazam fikr yuritishlari va ongli munosabatda bo’lishlarini talab etadi. ar qanday ijtimoiy ishchining, ijtimoiy siyosatchi yoki tadqiqotchining jiddiy vazifalaridan biri, bu nazariy va amaliy bilimlarni oshirish maqsadida izlanish va muntazam ravishda o’z dunyoqarashini kengaytirish, haqiqatning ortida nima turganligini o’rganishga nisbatan intilishidir. Faqat shu yo’l bilangina muammo yoki muammo kompleksini tushunishning yangi vositalarini egallab borish mumkin. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy ishda strategiyaning belgilanishiga yordam beradi.

Ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy institut sifatida shakllanishi jamiyatning tarixan rivojlanishi, ijtimoiy tuzilmaning va ijtimoiy kichik tizimlarning o’zgarishi bilan shartlangandir. Urudoshlik munosabatlari hukmronlik qilgan davrlarda ijtimoiy harakatlar bir-biriga qorishiq bo’lib, u ham amaliy, ham taomil xususiyatga ega bo’ldi. U hox hosilni yiish bilan, hox to’y yoki qondoshlik intiqomi boliq bo’lmasin odatlar insoniy faoliyatni tartibni yo’lga qo’yish, uyunlikka erishish, betartiblik, noturunlik hosil bo’lishining mohiyatini to’ldirib boradi. Shuning uchun ham an’anaviy madaniyat jamiyat a’zolaridan doimo yozilmagan qonun-qoidalarda e’tirof etilgan va nasliy jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yo’naltirilgan harakatlarni talab qiladi. Jamiyatning keyingi rivojlanishida ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko’mak funksiyalarini oila o’z zimmasiga oladi, keyinchalik esa maxsus ijtimoiy institutlar zimmasiga o’tadi. Shu jumladan ijtimoiy ish instituti ham.

Jamiyatning shunday ijtimoiy institutga nisbatan ehtiyoji ko’pgina omillar bilan belgilanadi, ular orasida zamonaviy madaniyatlarga xos bo’lgan shaxslararo ajralganlik, begonalashib ketish, oilalarda kechayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatib kelmoqda. Jamiyatning ijtimoiy ishni institut sifatida yetaklab borishga nisbatan tayyorgarligi ijtimoiy va davlat kichik tizimlari maqsadlarining davlat qonunchiligi, konstitutsiyasi va siyosatining taraqqiy etganligida aks etuvchi insoniyatning rivojlanishiga qarab yo’nalganligida namoyon bo’ladi. Inson fikri, shunday qilib, qadriyatli va me’yoriy tizimlarning ko’pqirraligi va tenghuquqliligini anglash, ratsional yordam va ko’mak ko’rsatilishiga olib keluvchi qiyin vaziyatlarni tushunish hamda hayrihox bo’lish orqali kechadi.

Ijtimoiy madaniy omillar ijtimoiy ishning mohiyati va turini belgilab beradi, ijtimoiy istiqbollarni hamda ijtimoiy ish modellarining turli xil toifalarini ochib beradi.

Ijtimoiy ish o’z shakllari bo’yicha serqirra bo’lib, mutaxassislar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: boshqaruvchilik darajasidagi ijtimoiy ishchilar, oila bilan ishlovchi mutaxassislar, bola rivojlanishi bo’yicha mutaxassislar, individ yoki guruh bilan ishlash bo’yicha psixoterapevtik va psixologik usullarga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy xizmat va agentliklar, boshpana (priyutlar), internatlar ijtimoiy ishchilari, tibbiyot muassasalari tizimidagi ijtimoiy ishchilar, nogironlar bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar, mehnat bandligi va migratsiyasi xizmati ijtimoiy ishchilari, armiyadagi ofitser-ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy pedagoglar – ro’yxatni davom ettirish ham mumkin

[…]Ijtimoiy ishchi faoliyati turlarini sanab ko’rsatamiz: moliyaviy yordam, bandlik, ko’nikmalarga o’rgatish, ruhiy solomlik bo’yicha jamoatchilik markazlari, oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar bilan ta’minlash, tibbiy yordam, ijtimoiy ko’mak, huquqlarining himoyalanishi, kommunal rejalashtirish, shuningdek o’zini mustaqil ravishda himoya qilolmaydigan insonlar nomidan himoyalash. Bu ro’yxat, albatta, to’la emas. Lekin u ijtimoiy ish xizmatining jamiyatni turli darajada mavjud bo’lgan ijtimoiy ishning kengqamrovli imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi.

Ijtimoiy ish mijozlari

Tarixan ijtimoiy ish fuqarolik huquqlaridan mahrum bo’lgan yoki muhtoj va kambaal insonlarga yordam ko’rsatilishi ma’nosini bildirar edi. Bugungi kunda ijtimoiy ishchilar hayot tarzi, hissiy, ma’naviy, psixologik yoki jismoniy ma’noda tevarak-atrofi sifatining yaxshilanishi zarur bo’lgan insonlar bilan ishlamoqdalar. Kim ijtimoiy ishchining mijozi bo’lishi mumkin

Ijtimoiy ishning muhim tushunchalaridan biri bu mijoz tushunchasidir (clienthood). Ijtimoiy ishchi xizmat ko’rsatadigan mijozlar guruhi quyidagilardan iborat:

  • oilalar, shu jumladan noto’liq oilalar ham, shuningdek, uydan qochib ketish, qonunbuzarlik, zo’ravonlik yoki boshqa qiyinchiliklar tufayli jiddiy nizolarni kechirayotgan oilalar;
  • turmush o’rtoi tomonidan beshafqat munosabatidan a’ziyat chekayotgan oila yoki juftliklar yoki farzandli ota-onalar;
  • nikoh bilan boliq jiddiy nizolarga ega bo’lgan juftliklar;
  • ishsizlik, boquvchisiga ega emaslik, o’qimaganlik va boshqa omillar sababli oilaviy daromadi yetarli bo’lmagan individ va oilalar;
  • qonunga xilof ish tutganlik uchun jazoni o’tagan insonlar va ularning oilalari;
  • o’smir yoshidagi benikoh homilador qizlar;
  • jismoniy va ruhiy kasallik tufayli hayoti qiyinlashgan individ yoki oilalar;
  • alkogol ichimliklar yoki narkotiklarga ru’jo’ qo’yganlar va ularning oilalari;
  • ota-onasi voz kechgan bolalar yoki bolasiga nisbatan beshafqat munosabatda bo’lganligi sababli ota-onalik huquqidan mahrum bo’lganlarning farzandlari va ularning vasiylari;
  • resurs va imkoniyatlari kamaygan immigrantlar, qochoqlar, jamiyatdagi ozchilikni tashkil etuvchi millat vakillari, yokiirqiy va boshqa sabab tufayli kamsitilish jabrdiydalari;
  • ishsizlar va ularning oilalari;
  • jismoniy va ruhiy rivojlanishi mavjud bolalar va kattalar hamda ularning oilalari;
  • doimiy qarovga muhtoj bo’lgan qariyalar;
  • o’z muammolarini mustaqil ravishda xal eta olmaydigan migrantlar va ko’chib o’tganlar;
  • maktabdagi ta’lim bilan boliq muammolarga ega bo’lgan bolalar va ularning oilalari;
  • ljarohatlar yoki ular hayotidagi muhim hodisalar (nafaqaga chiqish, yaqin insoning o’limi) bilan boliq kuchli stressni kechirayotgan insonalar, uyidan qochadigan bolalar va boshqalar.

Ijtimoiy ij mijozi degan tushunchaning mohiyatini tushunish uchun mazkur tushunchaning ikki semantik darajada rivojlanish jarayonini tushunish lozim: birinchi darajasi o’z ichiga jamiyat va uning instituti tushunchasini o’z ichiga olsa, ikkinchisi alohida ijtimoiy-psixologik vaziyat dinamikasini ochib beradi. Mijoz (clienthood), bir tomondan ijtimoiy ishchiga yordam so’rab murojaat etgan va yordam ko’rsatilayotgan individ, oila insonlar guruhi bo’lsa, boshqa tomondan mijoz deb ataladigan insonning ijtimoiy-psixologik xolati tushuniladi.

Professional yordam ko’rsatilayotgan insonlarning marginal xolati bilan aniqlangan bu xolat, odatda bola, katta yoshdagi inson, oila, guruh, jamiyat hayotidagi krizis vaziyat bilan bevosita boliq bo’ladi. Insonning yordam olishiga bo’lgan huquqini e’tirof etgan holda bu xolat mijozning ijtimoiy ishchi bilan kelishuvini har ikki tomonning chiqib keta olmas doirasiga aylantirib yuborish imkoniga ega bo’lgan “Men” obrazining ambivalentligi bilan tavsiflanib, o’z muammosini mustaqil ravishda yecha olmasligini har doim isbotlayotgan iste’molchining alohida ijtimoiy mavqe’i sifatida aks etadi.

Mijozning ijtimoiy mavqe’ining belgilanishida ijtimoiy ishning ekologik modeli sezilarli o’zgartirishlar kiritilishiga olib keladi, unda mijoz ijtimoiy xizmatlarning buyurtmachisi sifatida ularning iste’molchilaridan va ushbu ta’sir yo’naltirilgan shaxslardan farq qilishi mumkin. (Pinkus, Minaxanga qarang, 1993). Mazkur tushunchalar tizimi nuqtai nazari bo’yicha maktab ijtimoiy ishchisi yoki uning tibbiy xodimi bo’lishi mumkin, ijtimoiy xizmatlar iste’molchisi va harakatlar mo’ljali sifatida esa – aksentual xulq-atvorni namoyon etayotgan bolaning oilasi tushuniladi. Mazkur misol Shvesiyadagi bolalar va o’spirinlar uchun psixiatrik poliklinikasining amaliy tajribasidan olingan bo’lib, bunda oila ta’sir ko’rsatish va xizmatlarni oluvchisi hisoblanadi. Poliklinikaga yo’llanma (remis) maktab, maktabgacha ta’lim muasasasi yoki tuman ijtimoiy byurosi ijtimoiy ishchisi tomonidan tuziladi.

Xizmatlar ko’rsatilayotgan shaxslarda mijozning ijtimoiy ishchi bilan o’zaro ijtimoiy munosabatlarini tadqiq etishning bir usuli sifatida murakkablashib boruvchi tahlil usulini qo’llagan holda mijozlilikning xissiy imkoniyatlari va ijtimoiy-psixologik mohiyati haqida tasavvurlarini rivojlantirish mumkin. Bunda intervyuni shunday shakllantirish kerakki, toki uni yordamida mijozlilikning ekzistensional fenomeni haqida ma’lumot olish hamda maslahat berish, terapiya va kasbiy yordam amaliyotidagi salbiy va ijobiy tajribani tahlil qila olish imkoni bo’lsin.

Mijozlilikning dastlabki tushunchasi bilan cheklangan holda mazkur hodisaning ijtimoiy tavsifiga alohida e’tibor qaratamiz. Bir tomondan ko’pgina man’anaviy qadriyatlarning buzilishiga olib kelgan sobiq Sovet hududi jamiyatining global ijtimoiy-iqtisodiy krizisi ishsiz, uysiz insonlar, qochoqlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Bu o’z o’rnida oilaning kabi boshqa ijtimoiy institutlar barqarorligining buzilishiga va insonlar ruhiy hamda somatik solii buzilishining ortishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Shu asnoda butun bir ijtimoiy guruh va mamlakatlarni ijtimoiy ish mijozi toifasiga kiritib qo’ymoqda. Boshqa tomondan esa ijtimoiy qadriyatlarning insonparvarlashuvi jamiyatdagi har bir insonning turli xil ijtimoiy va individual ehtiyojlarining qondirilishiga yo’naltirilgan xizmatlarning rivojlanishiga olib keladi.

Shunday qilib, ijtimoiy ishda mijozlilk tushunchasini belgilash uchun mazkur tushunchaning ikki darajada rivojlanishi jarayonini tushunmoq zarur. Mijozlar – bu 1rdam ko’rsatilayotgan individ, oila, bir guruh insonlar hisoblanadi. Ular bir tomondan ijtimoiy ishchiga xizmatlar uchun buyurtma bersa, ikinchi tomondan alohida ijtimoiy-psixologik holatga tushib qoladilar. Bunday holat, odatda, bola, yoshi katta inson, oila, guruh, jamiyat hayotidagi krizis vaziyat bilan chambarchas boliqdir.

Tarixan ijtimoiy ish insonlar va guruhlar orasida mavjud adolatsizlik bilan kurashishga qaratilgan. Ijtimoiy ish gumanitar va demokratik oyalar asosida rivojlanib, u diskriminatsiya va resurslarning adolatsiz taqsimlanishiga qarshi kurashga chorlagan. Adolatsizlikka qarshi kurashishga chorlash va demokratik oyalarning ilgari surilishi kabi asosiy holatlar bugungi kundagi ahloqiy kodeksning bir qismini tashkil etadi (NASW 1996).

Ijtimoiy ish nafaqat inson (yoki guruhdagi insonlar) balki uning atrofidagi ijtimoiy muhitga yo’naltirilgan bo’lib, bunda uning atrofidagi ijtimoiy muhit inson ehtiyojlari qondirilishida katta ahamiyatga ega ekanligini tan oladi (Compton i Galaway 1994; Kirst-Ashman i Hull 1993; Germain i Gitterman 1996). Ijtimoiy ishchilar nafaqat alohida insonlarga yordam ko’rstaishga harakat qiladilar, balki yanada kengroq global darajada o’zgarishlarga erishishga intilishadi (Goldstein 1992). Mazkur ikki tomonlama e’tiborning mavjudligi ijtimoiy ishchini boshqa yordamchi kasblardan, masalan, insoniy ehtiyojlar bilan boliq faoliyat bilan shuullanuvchi, biroq mazkur ehtiyojlar qondirilishini hal etishda tashqi qarshiliklarga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ega bo’lmagan psixologiya va tibbiyotdan farqlanadi.

Ijtimoiy ish himoyaga muhtoj aholi guruhlariga yordam ko’rsatishga qaratilgan bo’lib, unda intervensiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur intervensiyalar inson huquqlari sohasi bilan chambarchas boliqdir.

Ijtimoiy ishdagi asosiy intervensiyalar

Ijtimoiy ishda ijtimoiy ishchilar uchun bir qancha intervensiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular mazkur kasbning ikki yo’nalishini, ya’ni alohida insonlarga yordam ko’rsatish va global o’zgarishlarga erishishga urinishlarini qo’llab-quvvatlashga yordam beradi. Mazkur intervensiyalar jabr-zulmga qarshi kurashib, imkoniyatlar berish, kuchli tomonlar istiqbolini nazarda tutadi. Ushbu intervensiyalarni tushunish orqali ijtimoiy ishchilar o’z kasbining inson huquqlari mavzusi bilan aloqasini oson belgilab olish imkoniga ega bo’ladilar.

Jabr-zulmga qarshi kurashishga da’vat

[…] Jabr-zulm ko’rish alohida inson yoki guruhlarga nisbatan o’z vakolatidan noto’ri foydalanish yoki adolatsiz hukmronlik bilan boliqdir. Jabr-zulmning turli xil shakllari mavjud bo’lib, u irqiy, etnik, sinfiy va jinsiy mansublik, yosh va jinsiy yo’nalganlik kabilarga asoslanadi. Jabr-zulmning har qanday shakli o’zining nohaq munosabati turini va teng bo’lmagan kuchlar tizimini hosil qilib, jabr-zulmning mazkur turining mavjud bo’lishi va davom etishi uchun imkoniyat yaratadi. […]

Muntazam ravishda zulmga tortilish, tashqi zulmkorning ko’rsatayotgan ta’siri inson yoki bir guruh insonlar tomonidan o’zining salbiy obrazini o’zlashtirilishi barobarida zulmni o’zlashtirib olinishiga ham olib kelishi mumkin. Insonlar ko’pincha bu kabi o’zlashtirilgan zulmga qarshi jahl va azab bilan munosabatda bo’ladilar. Bu kabi azabning inson ongidan o’rin egallashi o’zini badnom etuvchi yoki boshqa insonlarga nisbatan destruktiv ta’sir ko’rsatuvchi xulqning shakllanishiga olib kelishi mumkin (Shulman, 1999).

Ijtimoiy ishchilar zulmni keltirib chiqaruvchi va qo’llab-quvvatlovchi individual va ijtimoiy munosabatlarni aniqlashi hamda qoralashlari zarur (Pinderhugb.es 1989). […] Imkoniyatlar berish

Ijtimoiy ishchilar tomonidan qo’llaniladigan va inson huquqlari bilan boliq bo’lgan intervensiyaning boshqa turi bu imkoniyatlar berishdir. Intervensiyaning ushbu turi etnik, sinfiy mansubliligi, yoshi, kelib chiqishi, dini va jinsiy yo’nalganligidan kelib chiqqan holda differensial munosabatda bo’lishga ta’sir etuvchi sharoit va holatlarni tadqiq etilishiga qaratilgan. Bunday intervensiya mohiyati bo’yicha individual yoki guruhiy zulm vaziyatiga javoban munosabatda bo’lishni da’vat etadi (Saleebey, 2002). Imkoniyatlar berish jamiyatda insonga nisbatan qanday munosabatda bo’linishiga, shuningdek insonning o’zi resurs va hokimiyatdan qanchalik foydalana olishiga asoslanadi. (Cowger 1994; Roche i Dewees 2001). Teng bo’lmagan kuchga ega bo’lgan tuzilmalarning kamaytirilishi shu turdagi intervensiya uchun yo’l ochib beradigan hamda fundamental asosni shakllantiradi (Solomon 1976; Gutierrez 1990; Lee 1994; Simon 1994).

Imkoniyatlar berish ikki o’zaro boliq va interfaol dinamik jarayonlar bilan tavsiflanadi (Cowger 1994). Shaxsiy planda mijozning yordam jarayoniga yo’nalishi barobarida o’z shaxsiy hayoti yuzasidan ma’suliyat va nazoratni o’z zimmasiga olishi orqali yangi vaziyatga qanday munosabat bilan qarashga o’rganadi, shu bilan hayotiy vaziyatining yaxshilanilishi natijasida o’zlariga “mukofot” tariqasida yangi xulq shakllarini o’zlashtiradilar, bu holat o’z mavqe’ini belgilashning klinik mohiyatini eslatadi (Cowger 1994:263). Bularning barchasi imkoniyatlarga egalik bilan boliqdir, chunki ularsiz o’z mavqe’ini belgilash bir muncha murakkab kechardi. Masalan, agarda inson tibbiy xizmat olish va bu xizmat haqini to’lash uchun iqtisodiy imkoniyatga ega bo’lmasa, u taqdirda bu insonga munosib tibbiy parvarish olish bilan boliq ehtiyojini qondirish birmuncha qiyinchilik uyotadi.

Ijtimoiy jihatdan vakolatlarga ega bo’lish dinamikasi insonning tavsifi u yashayotgan sharoit kontekstidan ayri bo’lishi mumkin emasligini taqozo etadi (Cowger 1994). Inson hulqi va uning o’ziga xos xususiyatlari boshqa insonlarning ijtimoiy faollikdagi xulqi va xususiyatlari bilan boliq (Falck 1988). o’z tashqi ijtimoiy muhitida ahamiyatli rollardan biriga ega bo’lish uchun resurs hamda imkoniyatlarga ega bo’lgan inson o’ziga kerakli bo’lgan natijalarga shunchalik oson erishishi mumkin bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati

  1. Karimov I.A. Uzbekistan na poroge XXI veka: ugrozo’ bezopasnosti usloviya i garantii progressa. – Tashkent: Uzbekistan, 1997. - 315 s.
  2. Karimov I.A. Natsionalnaya ideologiya – osnova buduhego. G’ «Narodnoe slovo». 2000. 7 aprelya. S. 1-2.
  3. Karimov I.A. ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. – T: o’zbekiston, 2000. – 425 b.
  4. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T: Ma’naviyat, 2008. - 179 b.
  5. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1898 yil 20 noyabrda qabul qilingan «Bola huquqlari to’risida»gi Konvensiya.
  6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi G’G’ onalik va bolalikni himoya qilish masalalari bo’yicha qonun hujjatlari to’plami. – T: o’zR Adliya vazirligi, o’ZR Bosh prokuraturasi, 2004.
  7. O’zbekiston Respublikasining oila Kodeksi. – T: Adolat, 1998.- 304 b.
  8. Ganieva M.X. osnovo’ sotsialnoy raboto’. Toshkent, 2009.
  9. Dubinin I., Guslyakova L. Dinamika obo’dennogo soznaniya. Minsk, 1986.
  10. Zayno’shev I.G. Teoretiko-metodologicheskie osnovo’ sotsialnoy raboto’ G’G’ Sotsialnaya rabota. 1992. № 6. B. 34.
  11. Nikitin V. o teoreticheskoy identichnosti sotsialnoy raboto’ G’G’ Sotsialnaya rabota: teoriya, texnologiya, obrazovanie. 1996. № 1. S. 33.
  12. Pavlenoo’ D.P. Vvedenie professiyu «sotsialnaya rabota»
  13. Ramzey R. Sotsialnaya rabota: nauka-professiya. K razvitiyu konsepsii. Seriya «Sotsialnaya pedagogika i sotsialnaya rabota za rubejom: teoriya i praktika». M., 1991. 1-nashri.
  14. Stepin V.S., Goroxov V.G., Rozov M.A. Filosofiya nauki i texniki. M.: Kontakt-Alfa, 1995. S. 27 — 40.
  15. Sotsiologiya: o’quv qo’llanma G’ M.B. Bekmurodov tahriri ostida. T., 2003.
  16. Teoriya i metodologiya sotsialnoy raboto’ G’ S.I. Grigorev, L.G. Guslyakova, V.A. yelchaninov va b. Tahriri ostida. M., 1994. B. 40—47.

1 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсаасида: хавфсизликка тадид, барарорлик шартлари ва тараиёт кафолатлари. М.: Дрофа, 1997.Б . 209.

O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISH TARIXI