Tolkatt Parsons va uning sosiologiyada tutgan o’rni
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Fakultet: Ijtimoiy - iqtisodiyot
Yonalish: Ijtimoiy ish
Fan: Umumiy sotsiologiya
REFERAT
Mavzu: Tolkatt Parsons va uning sosiologiyada tutgan orni
Bajardi: Jadikova Aziza
Tekshirdi: ass. Dusmanov Sh..
Samarqand
Tolkatt Parsons va uning sosiologiyada tutgan orni
T.Parsons sosiologik qarashlarining shakllanishi
Struktural-funksional talimot
Sosiologiyaning umumnazariy muammolari
Hozirgi zamon jamiyat tizimi haqida
Tolkatt Parsons (1902-1972) XX asr sosiologiyasining eng kozga koringan yirik vakillaridan biri. Amerikalik bu sosiolog noyob istedod egasi edi. U oziga xos sintetik tafakkur ega bolib, tabiatshunoslik, iqtisod, sosiologiya fanlari sirlarini chuqur organdi. U dastlabki mutaxassislik boyicha ilm olishni medisinani (Amxrest kolleji) organishdan boshladi. U davrining mashxur ekonomisti Uilton Xomilton uning bolgusi dunyoqarashiga katta tasir etdi. Uning ijtimoiy fanlarga bolgan qiziqishi kuchaydi. Uning taqdiri murakkab kechdi. 1923 yil uning bitirishidan bir yil oldin uning prezidenti Aleksandr Mikldjon tomonidan T.Parsons haydaldi. Kollejda u yoqtirgan professiorlardan hyech kim qolmadi.
U biologiya, falsafa, ayniqsa I.Kontning «Sof aqlning tanqidi» asarini chuqur organdi. U Angliya adabiyoti kurslarida qatnashmoqchi edi. Aspiranturada oqishni juda orzu qilardi, hatto medisina boymcha ham shuhrat qozonmoqchi boldi.
T.Parsons aspirantura uchun otilayotgan, ammo dasturi mukammal bolmagan sosiologiyaga qiziqdi. Bobosining yordamida London iqtisod maktabida oqidi. Maktabda L.G.Xobxauza, R.Gani va X.Laskining qarashlari unga juda yoqib qoldi.
Ayniqsa sosial antropolog Bronislav Malinovskiy intellektual saloxiyati unga juda katta tasir etdi. Amxerst kollejida iqtisod boyicha oqituvchi bolib ishladi, kop vaqt otmay u Maks Veber tasiri juda kuchli bolgan Geydelberg shahriga yuborildi. Men, deb eslaydi T.Parsons ozining «sosializm gazariya tuzilishi togrisida», «Intellektual avtobiografiya» asarida, birinchi marta Maks Veber haqida Amxerstdami yoki Londondami eshitganimni eslolmayman. Ammo Maks Veber asarlari menga katta tasir etdi. Uning «Protestant etikasi va kapitalizm ruxi» asarini ingliz tiliga tarjima qildim. Avval nomzodlik dissertasiyasi yoqlashni unchalik rejalashtirmagan edim. Edgar Zamin raxbaligida «Yangi nemis adabiyotida kapitalizm tushunchasi» mavzusida dissertasiya yozishga kirishdim. Men munozarani Karl Marks haqidagi mavzudan ilmiy tadqiqotimda nchalik taniqli bolmagan iqtisodchi Luylo Brentano qarashlariga toxtaldim. Asosiy etiborini Verner Zombartning «Hozirgi zamon kapitalizm» nomli yirik asari va Maks Veber talimotiga qaratdim.
Ilmiy tadqiqotimda ikki bosh yonalish:
1. Kapitalizmning sosioekonomik tizim sifatidagi tabiati;
2. Maks Veber sosiologiyaning yirik nazariyotchisi;
Amxrestda oqituvchilikning birinchi tili hamda dissertasiya ustida nutq bilan ishlash jarayonida iqtisod va siyosat ortasidagi ozaro munosabat masalasini organishga kirishish zarurligini sezdi.
Nomzodlik darajasini olganimdan song fakultet dekani bolib kelgan Richard Merdiam bilan uchrashdim. U menga katta yordam berdi. Merdiam Geydelbergda olgan iqtisodiy bilimimni yanada chuqurlashtirishga turtki berdi va yordam qildi. Nemis «Dr.Phil» Amerika falsafasi doktoriga (ph.D) teng bolmasada men unga davogar bolmadim va erishgan natijamdan xursand boldim. Merdiam meni Garvardga oqituvchilikka tavsiya berd iva joylashishga yordam berdi. Garvardlik iqtisodchilar T.Parsons dunyoqarashiga katta tasir etdi. Ayniqsa, tarixchi-iqtisodchi Edving Gey unga juda samimiy munosabatda boldi va yordam qildi. Iqtisod nazariya asta-sekin men uchun ichki nazariy matrisa bolib bordi. Bunga yana sosiologiya nazariyasi ham qoshila bordi. Meni, ayniqsa, Alfreyd Marshall iqtisodiy nazariyasi juda qiziqtirdi. Marshall osha davr «ortdoksal» yoki «neoklassik» iqtisodiy nazariyasi boyicha dunyoda juda mashhur edi.
Marshallning iqtisodiy sosiologiyasi, yani iqtisod bilan sosiologiyani birga qoshilishi Parsons uchun kelgusida shuhrat qozonishga va togri nazariy yol olishga imkon berdi.
Paretonning iqtisodiy nazariyasi ham yosh tadqiqotchi Parsonsga ham katta tasir etdi. Uning sosiologik nazariyasiga qiziqishi yanada kuchaydi. Shumxster, Paretolarning ham iqtisodiy, ham sosiologik nazariyalari Parsonsda katta qiziqish oygotdi. Ular Marshallning iqtisod va sosiologiya sohasidagi malum goyalarni farqini tushunishga katta yordam berdi.
Umuman M.Veberning hozirgi zamon kapitalizm haqidagi talimoti dissertasiyaning bosh mavzusi bolib, protestant askitizm etikasi va kapitalizm ruhi haqidagi konsepsiyasi Marshall-Pareto-Veber shakllangan ilmiy tizim «konsepsiyasi»ga olib keldi.
T.Parsons Emil Dyurgeymni ham organdi. Ayniqsa, Emil Dyurkgeymni tushunish uchun esa uning «Ijtimoiy mehnat taqsimoti togrisida» (1893) asari oziga xos kalit rolini oynadi.
T.Parsons Emil Dyurgeymni ham organdi. Ayniqsa, Emil Dyurgeymni tushunish uchun esa uning «Ijtimoiy mehnat taqsimoti togrisida» (1893) asari oziga xos kalit rolini oynadi. E.Dyurgeym qarashlari Veberning kapitalizm rivojlanishi va Marshallning erkin tadbirkorlik konsepsiyasi bilan boglanganligini korsatdi.
1937 yil T.Parsons tadqiqot natijasi sifatida «Sosial harakat tuzilishi» kitobini yozib tugalladi. Bu kitob turli mualliflarning hozirgi zamon sosio-ekonomik tartib, kapitalizm, erkin tadbirkorlik va boshqa nazariy tuzilmalarni tahlil qilish, sharhlash asosida vujudga kelgan edi.
Bunday konseptual sxemalarni osha davrdagi intellektual muhitda organish va tahlil qilish muhim ahamiyatiga ega edi.
1952-1957 yillarda Chikago shahrida Rol Grinker rahbarligida «Tizim nazariyasi» haqida doimiy ishlovchi konferensiya faoliyat korsata boshladi. Bu oquv dasturida kibernetik kuzatuv nafaqat tirik tizimda balki shunga oxshash kop turlarda amalda qollanishi mumkinligini korsatdi.
Osha davrdagi yirik olimlardan bolgan Alfred Emerson organik Dune tirik tizim bilan inson sosiomadaniyat dunyosi tizimi ortasida fundamental bogliklik mavjudligiga Parsonsni ishontirdi. Bu oziga xos genning funksional ekvivalenti goyasi «simvol» edi. Boshqacha aytganda bu tadqiqot turlarning genetik konstitusiyasi va organizm muammosi hamda sosiomadaniy tizim ortasidagi ozaro obyektiv bogliklik borligini korsatdi.
Marshall-Pareto-Veber-Emerson tort olim talimotlarining konvergensiyasi (qoshiluvchi) bolgan «sosial harakat tuzilishi» Parsonsga katta kasbiy va ilmiy shuhrat keltirdi. Bu konsepsiyada asosan garb jamiyatining hozirgi zamon holati haqida gap borardi.
T.Parsons garb jamiyatini kapitalizm yoki erkin tadbirkorlik sifatida tarifladi, siyosiy jihatdan esa demokratiya deb belgilash mumkin, dedi. Shu bilan birga XX asrda jamiyat inqiroz ahvolida ekanligini ham alohida takidladi.
Parsonsning tadqiqotlarida birinchi sosialistik davlat, fashistik harakatlar, ulug iqtisodiy inqiroz (1929-1930) kabi ijtimoiy-siyosiy voqyealar ham muhim orin egalladi.
1930-1936 yillarda uning uchala qizi osayotganligi tufayli oila uchun muammo paydo boldi. Kasb boyicha 9 yil oddiy oqituvchi: birinchi 4 yil iqtisod fakultetida, songgi 5 yil Yangi tashkil qilingan «sosiologiya” fakultetida oqituvchilik qildi. U oz xotiralarida X.Berbon (iqtisod), P.A.Sorokin (sosiologiya) meni unchalik yoqtirishmas edi, deb yozadi.
Mening assistent darajasiga kotarilishimda shtatsiz professorlar E.F.Gey, E.B.Uelson, A.Xenderson katta rol oynaydi. 1936 yil Xenderson Garvard Universiteti rektori Konant oldiga meni ikkinchi muddatga assistentlik lavozimiga tayinlash haqidagi masalani qoydi. (albatta Sorokin bilan kelishilgan holda) va ikki yildan keyin professorlikda doimiy joy boladi, deb vada berdi. Ana shu shart bilan Garvard Universitetida ishlay boshladim, deb xotirlaydi Parsons.
Parsons intellektual maqsadda Taussig Shumpetter Gim bilan juda yaxshi aloqada bolgan. Xenderson juda ogir tabiatli olib bolib, uncha muncha sosiologni tan olmasdi. Xenderson fan, ayniqsa, fan falsafasi va nazariyasi, fanning tabiati bobida katta bilimga ega edi.
Meni kitobni ham tanqidiy oqidi va qimmatli fikrlar berdi. Mashhur shaxslar bilan otrsang albatta Xenderson haqida gapirardi. Unga “qizim soqol” degan laqab berishgan edi. Uning “sosial sistema haqida”gi asari bosilib chiqdi. Osha davrda olimlar ortasida quyidagi shior ustuvor edi «nashr ettir yoki xalok bolasan”. Menga eng yaxshi asarni bosib chiqarishni maslaxat berishdi.
Sosiologiya bilan shugullanish T.Parsonsni psixologiya va sosial antropologiyaga qarab yetakladi.
Parsons kasbni ijtimoiy hodisa sifatida organib, hozirgi zamon industrial jamiyati tabiatiga xos konseptual sxemani uygunlashtirishga harakat qildi. Uning oqituvchilik faoliyatida quyidagi xulosa ochiq kozga tashlandi: «Olimlik kasbi hozirgi zamon jamiyatida kozga korinarli, sharafli unvon”. Bu yerda, deb yozadi Parsons, - mafkuraga asoslangan «kapitalizm-sosializm” alternativasi haqida umuman eslatmaydi. Ikki mafkuraviy pozitsiya: aql-idrokka asoslangan «shaxsiy manfaati kozda tutuvchi kapitalizm aqidasi hamda jamoa manfaatini kozlovchi sosialistik aqidasi asosidagi utilitar fikr, yani individ ozining ehtiyojini qondrish ustivorligiga, sosialistik aqidasi esa kollektiv manfaati (Gobbs va Dj.Ostinadan boshlangan) ustivorligiga asoslanib, ijtimoiy ehtiyojlarini maksimal darajada qondiradi, degan xulosa mavjud edi”. Rasionallik tabiati muammosini organish, shuningdek, rasionallikka asoslangan bilim bilan harakat qilishga etiborni qaratdim.
Shuning uchun deb yozadi Parsons, - “oxirgi kursda biologiyaga emas, ijtimoiy fanga borishga qatiy qaror qildim. Mening jamiyatshunoslikka kirish ishim (dastlab tor manoda yol izlayotganimda oqituvchi va mamuriyatli bolib qoldim). Talabalik bilimda otam Ogayo shtatida «Marietta College” prezidenti edi. U ozining karyerasini kongresionallik ruhoniysi va osha davrdagi tasirli «Sosial yevagelist” harakatiga qoshilishidan boshladi. Endi bilsak bu harakat AQShda sosiologiya tugilishida kop ish qilgan ekan”.
Odam harakati birinchi navbatda individual, shu bilan birga ijtimoiy xarakteri hamda norasional va irrasional omillarni nazariy bilish mumkinligini ham istison etmaydi. Parsons tadqiqotlarida Freyd va norasionallikning yaroqliligi togrisidagi, jumladan medisina rasionallikni iqtisodiy va siyosiy sohalardagi orni, umuman har qanday ijtimoiy harakat tahlilida dinning orni, protestant etikasining ijobiy tomonlari masalalari ham keng orin oldi. Bu uch soha (dinni qoshganda tortinchi) ilmiy faoliyatimda “rasionallik muammosi” sohasidagi ijodiy qiziqish strukturasida deyarli tola egallab oldi, deb qayd qiladi.
Siyosiy iqtisodiy majmuadan sosiopsixologik tomon keskin burilish, yani norasionallik muammosini Freyd pozisiyasida korish muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda “kognitiv rasionallik”ning xususan medisina ilmi komponentining madaniy asosi sifatida yetakchi mavzuga aylanishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Harakatning umumiy tizimida nafaqat ozaro bogliqlik, shu bilan birga ozaro bir-biriga kirishish va tasir mavjud madaniyat tizimining malum komponentlari bir vaqtning ozida sosial va shaxs tizimining komponentlari bolib kolmoqda edi1.
T.Parsons 1946 yil Venada psixoanalitik oqish va seminarda qatnashdi. Urush davrida Garvard Universiteti professorligidan harbiy xizmatga ketdi. U yerda u “Yevropa va Sharq - Osiyo” jamiyati haqida maruza oqidi.
Urush songgida xorijiy iqtisod Boshqarmasida maslahatchi bolib ishladi.
1944 yil Garvard Universiteti sosiologiya fakulteti boshligi qilib tayinlandi. U fakultetni butunlay qayta tuzdi. 1945 yilda fakultetda ikki professorlik joyi ochildi. Birinchisi K.Romans ilgari flot xizmatiga ketgunga qadar shu yerda ishlagan, ikinchisi Somyuel Stauffer harbiy idorada informasiya va talim boyicha bolim rahbari bolib ishlagan.
1946 yil kuzida Universitetda sosial munosabatlar laboratoriyasini boshlgi bolib ishlay boshladi. Fakultet sosial antropologiya, sosial va klinik psixologiyani oz ichiga olardi. Fakultet rhbari sifatida 1956 yilga qadar ishladi. Parsons 1942 yil Sharq sosiolog jamiyati Prezidenti 1949 yilda esa Amerika sosiologik assosiasiyasi prezidenti bolib ishladi. Parsons rahbarligida assossiyada katta tashkiliy ishlar qilindi. Eng avvalo azolari kopaydi va uning faoliyati turi ham kengaydi. Shtatlar strukturasi ozgardi. Mamuriyatchi xodimlar olindi. 1953-1954 yillrda Kembridj Universitetining shtatsiz professori bolib ishladi.
Bir necha vaqt tanaffusdan keyin yana Assossiyada kasb boyicha qomita rahbari, 5 yil kotib, «The Amerikan Sociologish” jurnali bosh redaktori bolib ishladi.
T.Parsons 1937-1951 yillarda kop kitoblar yozdi.
Uning ilmiy va jamoatchilik faoliyatida oqitish va tadqiqotlik funksiyasini qoshib olib borishning ahamiyati katta boldi. Ikki katta kitobi “Sosial sistema ijtimoiy tizim” va “Sosial harakat strukturasi” (1951) yozib tugallandi. Bu ilmiy nazariy izlanishlarining malum etapining tugallanishi hamda uni yanada teranroq va kengroq tadqiq etishni davom ettirishga fundamental asos boldi.
Parsons Shilz bilan sosial sistema darajasidan umuman sosial harakat darajasigacha bolgan ozgaruvchan namuna sxemasiga muvofiqlik masalasi munozarasi boldi.
1953 yilda R.Beylz Shilz bilan hamkorlikda «Harakat nazariyasi boyicha ishchi daftari”ni yaratdi. Bunda eng muhim ahamiyatga ega bolgan «tort funksiyali paradigma” goyasini yaratish boldi. Beylzning “Ozaro tasir jarayonining tahlil” kitobdagi tort ozgaruvchan namuna Parsons togri yol olishga muhim manba boldi.
“Biz, deb yozadi Parsons shunday xulosaga keldik: umuman harakat tizimini jarayon va struktura kategoriyalari orqaligina oxirigacha tahlil qilish mumkin ekan. Tort funksiyali muammo: “adaptasiya, “sistemali (alohida bolmagan, maqsadga erishish”, “integrasiya”, sosiomadaniyatli ozaro tasir jarayoni va unda roy beradigan hayajonni boshqarish, Parsonsni 1953-1954 akademik yilida Kembridj Universitetida “sosial nazariya” mutaxassisligi boyicha shtatsiz professorlikka taklif etildi. U yerga meni Alfred Marshall oquviga (uning xotirasiga bagishlangan) taklif etdi, deb yozadi.
Sosiologiyaning mumtoz vakillari:
1) Ijtimoiy dunyoni tizim nuqtai-nazaridan qaradilar. Tizim esa ehtiyoj va talabaga ega bolib, bularni qondirish orqali tizimni yashashni taminlash mumkin.
2) Tizimning norma lyoki nonormal yashashida muvozanat va gomeostatizm ahamiyati katta.
3) Tizim qismlardan, qismlar oz navbatida butunni saqlashda roli kattadir. Demak, butun va qism bir-biri bilan chambarchas bogliqdir.
T.Parsons “Sosial haraat strukturasi” (1937) asarida utilitarizm, pozitivizm, idealizmning kuchli va zaif tomonlarini tahlil qildi. Bu uch yonalishdagi nazariya va nazariyalashtirishning sosiologiyada tutgan ornini alohida takidlaydi. T.Parsons harakat nazariyasini qurishda «analitik realizm»ni oz orniga qoyishni tavsiya etdi. Tushuncha tizimni ishlab chiqish fikr muloxazalar tizimiga nisbatan birinchiligini korsatdi. Nazariyada tushunchalar hukmdor qatoriga kirmasligi kerakligi, avvalo bu analitik tizimga daxldorligi bayon etiladi.
T.Parsons dunyo tizimdan iboratligini aloxida takidlaydi. U odamlar hamma vaqt ozlarini rasional tutadilarmi? Xaqiqatdan ham ular erkin va malum qoidalarga itoat qilmaydimi? Boshka tizimlar bilan raqobat qilayotgan sharoitda boshqarib bolmaydigan qanday tartib boladi? Sosiologiya bu savollarga javob berishi kerak, deydi.
Utilitarizmning malum tomonlari yaxshi fikrlardan: odamlarni malum maqsadlarni kozlash (foydali tomonlarni), ozlarini harakatlarida bir-birini istisno qiluvchi holatlar bolganda ozini tanlovini amalga oshirilishini xam alohida takidlaydi.
Pozistivlarni sosial dunyoni fizik hodisalardagi sabab-oqibat aloqasi nuqtai-nazari va unda inson axlining murakkab simvoli funksiyasini inkor qilganligini ham tanqid qildi. Ijtimoiy borliqni fizik parametrda qarash mumkin emasligini xam alohida takidlaydi.
Idealizm «Ideya» nuqtai-nazardan foydaligi korsatilganligi, ammo «ideya» ijtimoiy hayet obrazidan ajralganligini tanqid qildi. Vaholanki, deydi u, ijtimoiy hayotni tartibga solishda muhim rol oynaydi. T.Parsonscha «Valyutaristik harakat nazariyasi» quyidagi elementlarni oz ichiga oladi.
1. «Aktyor»-alohida shaxs.
2. «Aktyor» qandaydir maqsadni kozlaydi.
3. «Aktyor»- oz maqsadiga erishish uchun alternativ vositalarga ega.
4. «Aktyor»- turli vaziyatli sharoitlarga toqnash kelishi (biologik tabiati va nasllik, turli tashki ekologik bosim va hk.)
5. «Aktyor»- malum qadriyat, norma va boshqa goyalarga tayanadi, yani, bu idealar nimani maqsad qilgani va unga qanday erishi mumkinligini korsatadi.
Shunday qilib harakat «aktyor»ni oz faoliyatini subyektiv hal qilishi, maqsadga erishishida, nisbatan vositachi sifatida qaraladi.
Bu yerda harakat goya va sharoit bosimi asosida bajariladi2.
Funksiya tahlil ehtiyoj tushunchasini taqozo etadi. Ijtimoiy integrasiya «yagona» tizim sifatida kop «aktyor»larni amal qilishi, yaxshi integrasiya bulishi esa boshqa hammasiga ijobiy tasir qilishini korsatadi.
Parsons: Harakat tushunchasida yana harakat tizimining organik xossasini korsatadi, u 1945 yil bu taxlil qanday shakl olishi kerakligi haqida toxtalib yozadi: «Sosial tizim strukturasini bevosita «aktyor»-vaziyat qolidan keltirib chiqarib bolmaydi. Bu kop aktyorlarning ozaro tasirida vujudga keladigan shunday murakkab xosilasi bolib, funksional tahlil qilishni talab etadi, deydi.
Tolkatt Parsons tomonidan rivojlantirilgan evolyusion nazariyasi zamonamizdagi eng tasirchan nazariyalardan biri xisoblanadi. U ijtimoiy evolyusiyani biologik evolyusiyaning kengayib borishi deb xisoblashni taklif kiladi, xolbuki amaliy jihatdan qaraganda, bu ikki evolyusiyaning har ikkala tipini birga qoshib evolyusion universallar deb ataladigan atamalar tarzida tushunish mumkin, yani bunda tarakkiyotning shunday tiplari anglashiladiki, ular bir necha hollarda bir-biriga boglik, bolmagan sharoitda mavjud bolishi aniqlanadi hamda ozining hayotiylik darajasini ancha oshirib boradi. Tabiat olamida koz evolyusion universialga bir misol hisoblanadi. U jonli tabiatning qandaydir alohida ajratib qoyilgan burchagida tasodifiy tarzda shunchaki paydo bolmay, balki bir necha turlarda bir-biriga bogliq, bolmagan rivojlanib borgan. Kormaydigan turlarga nisbatan olganda korish qobiliyati atrof-muhitdan muvofiq, ravishda qodir boladigan reaksiyalar spektrini beqiyos darajada oshirish imkonini beradi va shuning uchun ham goyat ulkan adaptasion qiymatga ega boladi. Biologik evolyusiyaning barcha oliy bosqichlarida korish qobiliyati barcha hayvonlar uchun zaruriy bir belgiga aylanib boradi.
«Har qanday insoniy madaniyatda, deb takidlaydi Parsons, kommunikasiya asosiy ahamiyatda kasb etadi».
Parsonsning nuqtai nazariga muvofiq, ijtimoiy evolyusiyani ijtimoiy institutlar tabaqalanishini tezlashtiruvchi bir jarayon sifatida tushunish ham mumkin, chunki jamiyat oddiylikdan murakkablikka qarab rivojlanib boradi. Jamiyatlarning dastlabki tiplari juda past darajada tabaqalashtirilgan bolib, ular uchun Parsons «Konstruktiv simvolizm» deb atagan xususiyat xarakterlidir. Mazkur holatda gap ijtimoiy hayotning amalda barcha jabhalariga singib borayotgan, asosan diniy xarakterda bolgan timsollar (simvol) toplami mavjudligi togrisida bormoqda. Ijtimoiy evolyusiyaning eng quyi bosqichda bolgan madaniyatni misol tariqasida keltirgan Parsons (xuddi Dyurkgeym singari) Avstraliya oborigenlari qabilasini qarab chiqdi. Ushbu jamiyatlar butunlay qarindosh-urugchilik munosabatlariga asoslangan holda tuzilgan bolib, ular, oz navbatida, diniy qarashlarni ifoda etadi, shuningdek, ular xojalik faoliyati orqali bir-biriga bogliq, boladi. Mazkur jamiyatlarda individlarning shaxsiy mulklari juda oz mikdorda bulgan, qabila Daxiylarining mulki institut shaklida qandaydir farqi shaklda mavjud bulmagan, chunki, yashash uchun zarur bolgan nematlarni ovchilikdan va yiguvchi-terimchilikdan topganlar3.
Evolyusiyaning shundan keyingi bosqichi - bu «rivojlangan qadimgi jamiyat» darajasidir. Ushbu tipda etalitar munosabatlar orniga stratifikasiya tizimi keladi, bunda jamiyatning sinfiy bolinishi ham mavjud boladi. Qadimgi rivojlangan jamiyatlarda alohida ishlab chiqarish tizimi vujudga kelib, u chorvachilikka yoki dehqonchilikka, shuningdek, doimo yashash joyi otroqlikka asoslangan boladi. Din ijtimoiy hayotning boshqa jabhaalaridan ajralib chiqa boshlaydi hamda diniy rahbarlik maxsus ijtimoiy guruxlar ruhoniylar yoxud kohinlar qoliga otadi.
Mana shunday shkala boyicha harakat qilib borar ekanmiz, Parsons «oraliq, jamiyatlar» deb atagan jamiyatlarga duch kelamiz. Ushu bu termin bilan kupchilik mualliflar marifatli jamiyat deb ataydigan jamiyatlarni yoki Qadimgi Misr, Rim va Xitoy singari ananaviy davlatlarni ataydi. Bunday jamiyatlar bir-birlari bilan yozuv va savodxonlik vujudga kelgani tufayli ozaro aloqada bolganlar. Turli siyosiy, iktisodiy va oilaviy munosabatlar shakllana borgan. Mana shularning xar birining paydo bolishi deb takidlaydi Parsons, jamiyatning oz tarkibiga koprok kishilar ommasini jalb etish imkoniyatlarini kop marta oshirib yuboradi.
Sanoatlashgan jamiyatlar Parsons evolyusion sxemasida eng yuqori bosqichni egallaydi. Ular oraliq tipdagi jamiyatlarga qaraganda goyat koproq darajada tabaqalashtirilgan boladi. Ulardagi siyosiy va iqtisodiy tizimlar bir-biridan, shuningdek, qonun chiqaruvchi tizimdan va dindan qatiy ravishda ajratib qoyilgan. Ommaviy demokratiyaning paydo bolishi butun aholini siyosiy jarayonida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Sanoatlashgan jamiyat paydo bolgandan song ijtimoiy tuzumlarning qadimgi tiplarining deyarli batamom yoqolib ketishiga olib keldi.
T.Parsons yuqorida qayd qilinganidek, sosiologiya sohasida kopgina nazariya va konsepsiyalar yaratdi. Shulardan yana biri inson harakati yani hatti harakat bilan bogliq, (tizim) muayyan tizim bolib, uni ozini-ozi uyushtiruvchi tizim deb ataydi va uni quyidagi regulletiv xususiyatlarini simvollik mexanizmi mavjudligi (til, qadriyatlar va x.k) normativlik, (yani individual harakatning umum tomondan norma va qadriyatlarga bogliqligi) va vamotaristik (oganadigan muhit sharoitida malum darajada irrasionallik va mustaqillik shu bilan birga subyektiv ammo uning malum vaziyatga bogliqligi) Parsons ana shuning asosida abstrakt formallashgan harakat tizimini modelini yaratdi.
Oz ichiga oluvchi tuzilmachalar:
(madaniy, sosial, shaxsiy va organikli), ozaro almashish munosabatlarda bolishi.
Foydalanishga tavsiya etilayotgan adabiyotlar.
1.T.Parsons. Funksionalnaya teoriya izmeneniya. Moskva 1994 g.
2.T.Parsons. Sistema sovremennыx obщyestv. Moskva 1999 g.
3.Sosiologiya segodnya. Problemы i perspektivы Amerikanskoy sosiologii. Moskva, 1965 g.
4.Istoriya sosiologii v Zapadnoy Yevrope i SShA. Moskva, 1999 g.
5.E.Giddens. Sosiologiya. Moskva 1999 g.
6. Amerikanskaya sosiologicheskaya mыsl. Moskva, 1996 g.
TEST SAVOLLARI
1.Sotsiologiya atamasi va fani qanday manoni anglatadi?
A) nemischa soz bolib, ijtimoiy munosabatlarni nazariy tahlil qilish va kuzatishga asoslangan fan
V) lotincha soz bolib, jamiyat haqidagi fan
S) frantsuzcha soz bolib, jamiyat sotsial faktlarini empirik tadqiq qilish haqidagi fan.
D) ispancha soz bolib, “pozitiv fan” degan manoni bildiradi.
E) arabcha soz bolib, ijtimoiy fan degan manoni bildiradi.
2. Sotsiologiya atamasi fanga kim tomonidan olib kirilgan?
A) Frantsuz sotsial- utopisti Sen-Simon.
V) AQSH sotsiologi Lester Uord.
S) Ingliz sotsiologi va psixologi Gerbert Spenser.
D) Frantsuz faylasufi Ogyust Kont.
E) Nemis sotsiologi Maks Veber.
3. Sotsiologiyaning tadqiqot predmeti va yonalishlarini aniqlang.
A) umumiy sotsiologiya, maxsus sotsiologiya.
V) nazariy sotsiologiya, empirik sotsiologiya.
S) “sof” sotsiologiya, “amaliy” sotsiologiya.
D) faqat A va V.
E) A,V,S.
4. Sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
A) anketa, intervyu, kuzatish, pedagogik eksperiment.
V) hujjat, sorov, test, sotsiologik tadqiqotlar.
S) davlat, siyosat, siyosiy hokimiyat, iqtisod, ijtimoiy soha, madaniyat- manaviyat, demokratiya
D) faqat A va V.
E) A,V,S.
5. Sotsiologik tadqiqotlar asosan qanday ustivor printsipga asoslanadi?
A) umuminsoniy qadriyatlar printsipiga.
V) partiyaviylik printsipiga.
S) mafkuraviy printsiplarga.
D) sinfiy qadriyatlar printsipiga.
E) demokratik printsiplarga.
6. Sotsiologiyada fanlar yonalishi va amaliyotiga kora qanday tartibda bolinadi ?
A) ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar.
V) akademik, tarmoq va oliy oquv yurtlari fanlari.
S) fundamental va amaliy fanlar.
D) ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy, gumanitar fanlar.
E) tibbiyot fanlari, gumanitar fanlar.
7. Hamfikrlilik, kooperatsiya, ziddiyatlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, inqiroz, kamsitish, tengsizlik qaysi munosabat turlariga tegishli?
A) moddiy munosabat turlariga.
V) mafkuraviy munosabat turlariga.
S) ijtimoiy munosabat turlariga.
D) A,V,S.
E) faqat A va S.
8. Madaniyat sotsiologiyasida madaniyatning 3 asosiy shaklini aniqlang.
A) moddiy madaniyat, iqtisodiy madaniyat, manaviy madaniyat.
V) yoshlar madaniyati, huquqiy madaniyat, ijtimoiy madaniyat.
S) ananaviy madaniyat, yuqori tabaqa siyosiy madaniyati, fuqarolik madaniyati.
D) elitar madaniyat, halk madaniyati, ommaviy madaniyat.
E) faqat V va S.
9. Sotsiologiyaga oid “Ijtimoiy mehnat taqsimoti togrisida” degan asarning muallifi kim?
A) E.Dyurkgeym.
V) O.Kont.
S) M.Veber.
D) G.Zimmel.
E) G.Spenser.
10. Maks Veber sotsiologiyaning predmeti deganda nimani korsatgan?
A) pozitiv fanni.
V) ijtimoiy hulqni.
S) ijtimoiy malumotlarni.
D) xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasini.
E) ijtimoiy munosabatlarning bir butunligini.
11. Respondent kim?
A) sorov otkazuvchi kishi.
V) sotsiolog.
S) sorov savollariga javob beruvchi kishi.
D) sorovda qatnashmasdan uni bevosita chetdan kuzatuvchi kishi.
E) jurnalist.
12. Sotsiologiyadagi klassik yonalishning asoschilarini korsating.
A) Kont, Veber, Dyurkgeym.
V) Veber, Spenser, Kont.
S) Zimmel, Kont, Dyurkgeym.
D) Marks, Engels, Lenin.
E) Dyurkgeym, Kont, Spenser.
13. Siyosiy- sotsial institutlarni alohida ajratib korsating.
A) banklar, davlat, mulk, oila
V) partiya, davlat, kasaba uyushmalari
S) davlat, kasaba uyushmalari, biznes, oila
D) mulk, ayirboshlash, davlat, din
E) talim, din, madaniyat, oila.
14. Sotsiologiyadagi noklassik yonalishining asosiy vakillari kim?
A) Veber va Zimmel;
V) Kont va Dyurkgeym;
S) Spenser va Dyurkgeym;
D) Marks va Engels;
E) Blau va Bell.
15. Muxim sotsial institut bolgan talim qanday asosiy vazifani bajaradi?
A) jamiyat azolarini qayta etishtirish
V) boshqarish va nazorat
S) shaxsni ijtimoiylashtirish
D) taqsimot va tartibot
E) etiqodni shakllantirish.
16. Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishda sotsiologiyaning qaysi funktsiyasi koprok namoyon boladi?
A) gumanistik;
V) bilish;
S) amaliy;
D) mafkuraviy;
E) sotsial rejalashtirish.
17. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning qaysi vazifasi koprok ahamiyat kasb etadi?
A) xojalik, tarbiyaviy, iqtisodiy
V) avlodlarni etishtirish, regulyativ (tartibga solish), iqtisodiy
S) xojalik, bosh vaqtdan unumli foydalanish
D) iqtisodiy, xojalik - maishiy, avlodlarni etishtirish
E) faqat A va S
18. Jahonda birinchi sotsiologiya kafedrasi va fakulteti qachon va qaerda ochilgan?
A) 1890 yil Frantsiyada
V) 1892 yil CHikago universitetida (AQSH)
S) 1895 yil London universitetida
D) 1910 yil Berlin universitetida
E) 1920 yil Petrograd universitetida
19. Orta Osiyo mutafakkirlaridan kimni oz davrining etnosotsiologi deb atashgan?
A) Abu Nasr Forobiyni.
V) Zahiriddin Muhammad Boburni
S) Amir Temurni
D) Abu Rayhon Beruniyni
E) Mirzo Ulugbekni
20. Sport sotsiologiyasi sotsiologiyaning qaysi tarkibiy qismiga tegishli?
A) ijtimoiy tizimlar sotsiologiyasiga
V) ijtimoiy faoliyat sotsiologiyasiga
S) mikrosotsiologiyaga
D) makrosotsiologiyaga
E) togri javob yoq
21. Bixeviorizm namoyondalari sotsiologiya, ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi nimadan iborat bolmogi lozim deb hisoblaydilar?
A) shaxsning ijtimoiy rolini oshirishdan.
V) mehnat va boshqarish munosabatlarini takomillashtirishdan
S) jamiyat va shaxs munosabatlarini uygunlashtirishdan
D) guruhlar ortasidagi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etishdan
E) inson hulqini boshqarishdan
22. Ozbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi qachondan amalga kiritilgan?
A) 1994 yil 5 martdan
V) 1994 yil 1 apreldan
S) 1995 yil 1 apreldan
D) 1995 yil 21 dekabrdan
E) 1996 yil 1 apreldan
23. Qadimgi Hindistonda jamiyat qanday ijtimoiy tabaqalarga bolingan?
A) braxmanlar, savdogarlar, plebeylar, dehqonlar
V) patritsiylar, braxmanlar, shudralar, mulkdorlar
S) braxmanlar, harbiylar, boshqaruvchilar, faylasuflar
D) braxmanlar, kshatriylar, vayshlar, shudralar
E) braxmanlar, patritsiylar, plebeylar, qullar
24. Egzogamiya nima?
A) kop nikohlilik
V) faqat oz guruhi doirasida nikohlanish
S) bir nikohlilik
D) oz urugidan tashqarida nikohlanish
E) nikohdan tashqaridagi oila
25. Iqtisodiy-sotsial institutlarni alohida ajratib korsating
A) davlat, banklar, oila, talim
V) talim, din, mulk, davlat
S) kasaba uyushmalari, partiya, din, biznes
D) banklar, kasaba uyushmalari, din, madaniyat
E) mulk, ayirboshlash, banklar, turli xojalik birlashmalari
26. Mashhur Avstriya olimi Z.Freyd talimoti asosida qanday goya yotadi?
A) sotsial munosabatlar haqidagi.
V) ruhiy hatti-harakat haqidagi.
S) sotsial instinktlar haqidagi.
D) faqat V va S.
E) A,V,S.
27. Quyida shaxsga berilgan tarifning qaysi biri mukammal hisoblanadi?
A) shaxs mavjud jamiyatning muhim xususiyatlarini ifodalovchi har bir odam.
V) shaxs tabiatdan yuqori turuvchi sotsial mavjudot.
S) shaxs alohida yarq etgan individuallik.
D) shaxs tarixni harakatga keltiruvchi kuch.
E) shaxs sotsial mavjudot, sotsial hayotning ongli subekti bolgan har bir inson.
28. Poliginiya nima?
A) kop xotinlilik.
V) yakka nikohga asoslangan oila.
S) kop erlilik.
D) faqat oz urugi ichida nikohlanish.
E) oz urugidan tashqarida nikohlanish.
29. Sotsial-demografik guruh nima?
A) ishchilar, yoshlar, hukumat apparati xodimlari.
V) yoshlar, xotin-qizlar, erkaklar, keksalar.
S) shahar va qishloq aholisi, malakali ishchilar, yoshlar.
D) ijarachilar, xotin-qizlar, ilmiy-texnik xodimlar.
E) dehqonlar, mulkdorlar, muxandis-texnik xodimlar.
30. Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish tizimini kim yaratgan?
A) E.Meyo.
V) A.Maslou.
S) F.Teylor.
D) U.Tomas.
E) D.Makgregor.
YOSHLARNING SOTSIALIZATSIYASI VA ULARNING SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-SIYOSIY, HUQUQIY ASOSLARI.
Ijtimoiylashuv deganda individning sotsiumga yashashida hamroh bo`ladigan ijtimoiy hayotning shart-sharoitlarining tasir etish jarayoni tushuniladi. Hayot faoliyatining har qanday jarayonida malum sotsial tajriba, faoliyat shakllari, meyorlari, namunalari, qadriyatlariga ega bo`ladi va ana shular sotsializatsiya deb atala boshladi. Ijtimoiylashuv tushunchasiga sotsiologlardan E. Dyurkgeym, T. Parsons, G. Tard, H. Smelzerlar nazariy jihatdan ifodalab berganlar. Ular ijtimoiylashuv avloddan avlodga o`tishdagi madaniy transformatsiyadir,deb takidlaydi.
Yoshlarning ijtimoiylashuviga quyidagi asosiy omillar tasir ko`rsatadi: ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, tengdoshlar guruhi tasirining oshishi, yoshlar ijtimoiy hayotidagi bo`sh vaqt rolining o`sishi, yoshlar submadaniyati, ijtimoiy dinamikaning o`sishi, ijtimoiylashuvda ananaviy institutlar rolining saqlanayotganligi va innovatsion institutlarning paydo bo`lishi, bolalik va yoshlik davrining uzayishi va yoshlar davrining davomiyligi. O`sib keluvchi yosh avlodning ijtimoiylashuviga oila, maktab,akademik litsey,kasb-hunar kollejlari,Oliy oquv yurtlari va boshqa tuzilmalar tasir ko`rsatadi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli, tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarning o`zlashtirish orqali sodir bo`ladigan jarayon (ijtimoiylashuv deb ataladi)ga aytiladi.
Shaxs ijtimoiylashuvining 2 fazasi mavjud:
- Sotsial adaptatsiya (moslashish). Bunda individning sotsial sharoitlarga, funksiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, yani muhitga moslashishdir. Sotsial adaptasiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvida o`z aksini topadi. Shu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o`ynaydi.
- Sotsial interiorizatsiya, yani sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishish jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi. Ko`pgina nazariyalarda shaxsning ijtimoiylashuvi, tashqi qasir obekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina ijtimoiylashuv yordamida sotsial o`zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologic xususiyatlar hisobga olinmaydi
Ijtimoiylashuv shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyatchi sifatida o`zi va ham ijtimoiy hayotining, hamda sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs sotsial tasirlashishning obyekti va subektidir. Ijtimoiylashuv jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyat ko`rsatish uchun sotsial jamoada qabul qilingan normalar va ularni ishlatish usullarini o`zlashtirgan bo`lishi kerak.
Yaqin o`tmishda yoshlar muammosi jahon miqyosidagi muammo, deb muhim xulosaga kelindi. Ular turli kishilarda, tashkilotlarda, millatlarda, davlatlarda mavjud bo`lgan resurslarni birgalikda qo`llashni kordinatsiyalashtirish bilangina hal etilishi mumkin. Prezidentimiz I.Karimov oz maruzalarida takidlaganidek, mamlakatimizda yoshlar deyilganda 16-30 yoshda bo`lgan shaxslar tushuniladi.
Yoshlarni ijtimoiy jihatdan faol bo`lishi hozirgi kunning eng muhim masalasidir. Hozirgi kunda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ishtiroki, bu albatta mamlakatimizda sodir bo`layotgan serqirra tub o`zgarishlar bilan uzviy bog`liq. Hozirgi kunda jamiyatimizda sodir bo`layotgan turli o`zgarishlar yoshlar ijtimoiylashuviga tasir ko`rsatmoqda. Jumladan televedinya orqali namoish etilayotgan turli xorijiy filmlar ham yoshlar ijtimoiylashuviga tasir etmay qolmayapti. Bizga malumki, O`zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi. Mamalakatimizda istiqomat qilayotgan aholining 60% idan ko`prog`ini yoshlar tashkil etadi. Shu boisdan yoshlar masalasi O`zbekistonda dolzarb hisoblanadi. 1
2001-yil yoshlarning yuksak orzu intilishlarini mujassamlashtirib, ularning hayotiy manfaatlari va ehtiyojlarini ifodalash hamda himoyalash maqsadida o`zini-o`zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog`lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o`rin egallashiga ko`maklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o`z aql-zakovoti, kuch-qudratini to`la namoyon etish shart-sharoitini tashkil etish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo`lishidan iboratdir.2
TOLKATT PARSONS VA UNING SOSIOLOGIYADA TUTGAN ORNI NOMLI REFERATGA
TAQRIZ.
Garb sosiologlari O. Kont, T. Parsons, Ye. Dyurkgeym, Z. Freyd, R. Merton kabi mutaffakkirlar tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi orni, inson tarbiyasining muammolari, tarbiyaga tasir yetuvchi ijtimoiy, biologik faktorlarning tasiriga oid fikrlarni ilgari surganlar.
Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va sosial omillarning tasiri ortasidagi munosabatni belgilash borasiga munozara kop asrlardan beri davom yetib kelmoqda. Kop asrlik mazkur munozara zamirida ikki bir-biriga qarama qarshi nuqtai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri bixevioristlar odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol uynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar yesa ijtimoiy voqyealar tarbiyaning muhim omil yekanligini takidlaylilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha yani bixeviorizm tarafdolari odam bolasining rivojlanishi tugma imkoniyatlarga bogliq bolib, rivojlanish yesa osish va tabiiy tugma hususiyatlarning mikdoriy ozgarishlaridan iboratligini takidlashadi. Demak, bolaga ota ona, avlod-ajdodlaridan tugma otgan hususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chiqadi. Bu nuqtai nazar namoyonlalari tarbiyaning rolini cheklab rivojlanishni inkor yetadilar. Bunday ilmiy faraz fanda bixeviorizm yonalishi deb ataladi.
T.Parsons yuqorida qayd qilinganidek, sosiologiya sohasida kopgina nazariya va konsepsiyalar yaratdi. Shulardan yana biri inson harakati yani hatti harakat bilan bogliq, (tizim) muayyan tizim bolib, uni ozini-ozi uyushtiruvchi tizim deb ataydi va uni quyidagi regulletiv xususiyatlarini simvollik mexanizmi mavjudligi (til, qadriyatlar va x.k) normativlik, (yani individual harakatning umum tomondan norma va qadriyatlarga bogliqligi) va vamotaristik (oganadigan muhit sharoitida malum darajada irrasionallik va mustaqillik shu bilan birga subyektiv ammo uning malum vaziyatga bogliqligi) Parsons ana shuning asosida abstrakt formallashgan harakat tizimini modelini yaratdi.
1 История социологии в Западной Европе и США. Москва, 1999 г.
2 Т.Парсонс. Система современных обществ. Москва 1999 г.
3 Т.Парсонс. Функциональная теория изменения. Москва 1994 г.
1 Sotsiologiya maruzalar matni Toshkent ., 2000y. 97-bet
2 Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi IV tom 2002 y. 486-bet
PAGE 2
Tolkatt Parsons va uning sosiologiyada tutgan o’rni