O‘RTA OSIYO TABIIY SHAROITINING O‘RGANILISH TARIXI
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
TABIIY GEOGRAFIYA VA GEOEKOLOGIYA KAFEDRASI
Fayziyev Elyor
O`RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI
fanidan
R E F E R A T
ORTA OSIYO TABIIY SHAROITINING ORGANILISH TARIXI
Ilmiy rahbar: ass.Mamajonov R.I.
SAMARQAND 2012
Reja:
- Orta Osiyo tabiiy sharoitining organilish tarixi
2. Orta Osiyoda geografiya fanining rivojiga xissa qo`shagan olimlar
3. Mustaqillikka erishgandan keyin Orta Osiyoni tabiiy-geografik jihatdan organilishi
MAVZU: ORTA OSIYO TABIIY SHAROITINING ORGANILISH TARIXI
1. Orta Osiyo tabiiy sharoitining organilish tarixi
Orta Osiyo tabiiy sharoitini organishga bagishlangan adabiyotlar juda kop. Qadimgi davrdan, XIX asrning ikkinchi yarimigacha organish tarixi I.V.Mushketovning «Turkestan» (1886, 1906, 1915), L.S.Bergning («Aralskoye more») «Orol dengizi» (1908), V.V.Bartoldning «Orol dengizi va Amudaryo quyi qismi haqida malumotlar» (1902), R.U.Rahimbekov, Z.N.Donsovalarning «Orta Osiyo tabiatini geografik organish tarixi» (1982) va boshqa adabiyotlarda ancha toliq yoritilgan. Orta Osiyoning geografik nomlari haqidagi eng dastlabki malumotlar, eramizdan oldingi VI-V asrlarga mansubdir.
Antik davrdagi Orta Osiyo hududining tabiati (toglari, vodiylari, daryolari va boshqalar) haqidagi umumiy geografik malumotlar yunon olimi Gerodotning (miloddan oldingi V-asr) «Tarix» asarida uchraydi. Unda Orta Osiyoning tabiati, xususan relefi, daryo va kollari, aholisi haqida qisqa malumotlar berilgan. Eng qadimgi davrda Orta Osiyo geografiyasi haqidagi nisbatan kengroq malumotlarni miloddan oldin yashagan yunon va rim olimlari: Kvint Kursiy Ruf, Arrion, Ptolemeylarning asarlarida uchratish mumkin. Ularning asarlarida Sugdiyona davlatining sodda bolsa-da, orografik kartalari berilib, unda Amudaryo-(Oks), Sirdaryo-(Yaksart), Zarafshon-(Politimet) deb korsatilgan. Arrion Zarafshon daryosi sersuv bolishiga qaramay qumlar orasiga singib ketadi, deb yozgan bolsa, Kvint Kursiy Ruf (mil.av. 3 asr) esa, (Politimet)-Zarafshon daryosi togli qismida tor va chuqur ozanda oqishi haqida yozib qoldirgan. Orta Osiyo hududlaridagi chollar, vohalar, daryolar haqidagi geografik malumotlarni Strabon (mil.av. 1 asr)ning «Geografiya» va boshqa bir qancha asarlarida uchratish mumkin.
Orta Osiyo geografiyasini organishda, ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning (mil.av. II asr) ilmiy ishlari alohida ahamiyatga ega. Ptolomeyning 8-jildli «Geografiya» asarida va unga ilova qilingan kartalarida Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon kabi daryolar tilga olinib, ular Kaspiy dengiziga quyiladi, deb korsatilgan. Kartada yana Sugdiyona, Baqtriya davlatlari va Turkistonning sharqida joylashgan toglar korsatilgan. Orta Osiyo geografiyasi boyicha xitoylik sayohatchilar ham kop malumotlar topladilar. Shuni aytish kerakki, xitoyliklarning Orta Osiyo geografiyasi haqidagi malumotlari yevropalik olimlarda yoq edi.
Orta Osiyoga kelgan birinchi sayohatchi xitoylik Chjan Syan edi. U mil.av II asrda Tyanshan toglaridan oshib otib, Fargona vodiysiga tushadi, undan Xorazmga otadi. Chjan Syanning sayohati, kopgina xitoylik elchilarning, savdogarlarning va boshqalarning Orta Osiyoga kelishiga yol ochdi. Chjan Syanning sayohatidan keyin xitoyliklarning Orta Osiyo bilan savdo aloqasi juda tez rivojlanib ketdi. Xitoy va Orta Osiyo bilan savdo aloqasining rivojlanib ketishi esa, Xitoyda juda qimmatli geografik malumotlarning toplanishga olib keldi. Orta Osiyo haqida kopgina mazmunli qolyozmalar qoldirgan sayyoh Syuan Szan (629-645 yillar) hisoblanadi. Syuan Szan yevropaliklardan 1200 yil avval Qashqardan Tyanshan orqali Issiqkolga va Boam darasiga, undan Semirechega, Toshkent va Samarqand orqali Amudaryoga chiqib, undan Hindistonga yol oladi. U orqaga qaytishida Vaxan, Pomir, Sariqkol, Qashqarga boradi. Syuan Szanning sayohati 16 yil davom etib, Orta Osiyoning yirik rayonlari va borish qiyin bolgan joylari bilan tanishib, vatandoshlariga «Garb» mamlakatlari haqida haqqoniy malumotlar beradi. Orta Osiyo tabiiy sharoitini organishda orta asrlarda yashab otgan mahalliy va arab sayyoh olimlarning ham olib borgan kuzatishlari muhim ahamiyatga ega. Orta asrlarda yashab otgan arab va eron sayyohlari Ibn Xurdodbeh, Ibn Rustod, Al Masudiy, Abu Istaxriy, Yoqut Ibn Abdullo, Ibn Batuta kabilar yozib qoldirgan malumotlar diqqatga sazovordir.
Arab sayyohi va geografi Ibn Xurdodbeh ozining «Masofalar va mamlakatlar kitobi» asarida Turkiston tabiati, xususan uning zamin va havosi, chollari va daryolari haqida malumot beradi. Yana arab sayyohi Ibn Rustodning geografiyaga oid asarlarida esa, Quyi Amudaryo vohasi, uning deltasidagi zaxkash yerlari, kollari, Amudaryoning Orolga quyilishi va Orolning janubiy sohillari hamda Ustyurt chinklari haqida malumotlar keltirilgan. Mashhur arab geografi Ibn Batuta Turkistonga qilgan sayohatida Ustyurt, Quyi Amudaryo, Zarafshon vodiysi tabiati, Urganch, Buxoro, Samarqand shaharlari, u yerdagi obidalar haqida juda qiziqarli malumotlar yozib qoldirgan.
O`rta Osiyoning orografik chizmasi
Orta Osiyo hududining tabiati haqida ilmiy jihatdan birmuncha mukammal geografik malumotlar yozib qoldirgan Turkistonlik olimlar (IX-XII asrlar) Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Fargoniy, Muhammad At-Termiziy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshgariy va boshqalarning ishlarini alohida takidlab otish kerak. Muso Xorazmiy tabiiy fanlarga oid juda kop asarlar yaratgan. Ular ichida eng muhim geografik va kartografik asar - bu uning «Yerning tasviri» («Surat al-arz») kitobidir. Bu asarda yer yuzasidagi 537 ta geografik manzil, jumladan 200 dan ortiq toglarning tarifi, mamlakatlar, okeanlar, dengizlar, daryolar, kollar haqida malumotlar bolib, ularda geografik obektlarning aniq koordinatalari berilgan. Muso Xorazmiy meridian yoyining bir gradusi 111,8 km ga teng ekanligini (haqiqatda 111,0) isbotlab berdiki, bu keyingi kartografik ishlar uchun asos bolib xizmat qildi.
2. Orta Osiyoda geografiya fanining rivojiga xissa qo`shagan olimlar
Orta Osiyoda geografiya fanining rivojiga katta hissa qoshgan Fargonalik buyuk astronom, sayyoh, geograf olim Ahmad Fargoniydir. U umrining kop qismini Bagdoddagi «Donolar uyi»da otkazgan va ijod qilgan. Ahmad Fargoniy asarlari orasida geografiyaga oid muhim kitobi «Astronomiyaga kirish» («Madhal an-nujum») bolib, unda yer kurrasining sharsimonligi aniq dalillar bilan isbotlangan. U astronomiyaga, geodeziyaga va geografiyaga oid olchov asboblarini yaratish bilan ham shugullangan. Ahmad Fargoniy daryo suvini olchaydigan asbob («Miqyosi jadid»)ni ixtiro qilgan. Orta Osiyoni sayyoh sifatida kezib chiqib juda qiziqarli malumot toplagan olimlardan biri Abu Nasr Forobiydir. U matematik, astronom, buyuk faylasuf bolish bilan bir qatorda geograf sifatida ham jahonga mashhurdir. Uning «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli asari diqqatga sazovardir.Farobiy bu asarida tabiat haqidagi geografiya fani boshqa barcha tabiiy fanlardan boy va kolami keng ekanligini uqtirib, moddiy dunyoning tort «ildizi» - olov, havo, suv va yer mavjudligi haqida fikr yuritgan. Bu esa geografik qobiq - komponent hisoblangan asmosfera, gidrosfera, litosferaga ancha mos keladi. Orta Osiyo olkasining tabiati, xususan, iqlimi, suvlari, osimlik va hayvonot olami haqida, shuningdek Buxoro tarixi haqida ancha mukammal malumotlar yozib qoldirgan allomalardan biri Abu Bakr Narshaxiydir. U ozining «Buxoro tarixi» asarida Buxoro shahri topografiyasi, tarixi, aholisi va xojaligi, Amudaryo va Zarafshon daryolari haqida ancha keng malumotlar beradi. Zarafshon daryosining Qorakolga borib qoyilishini, u kolda baliq va qushlar kopligini qayd qiladi.
Jahon fanining, shu jumladan Orta Osiyo fanining rivojlanishiga ulkan hissa qoshgan qomuschi olimlardan yana biri Abu Rayhon Beruniy bolib, uning geografiya sohasidagi xizmatlari juda kattadir. U barcha tabiiy fanlar, shu jumladan, yer haqidagi fanlarning taraqqiy etishiga katta xizmat qiladigan 150 dan ortiq asar muallifidir. Uning ilmiy ishlari orasida bizgacha yetib kelgan «Hindiston», «Geodeziya», «Kartografiya» va boshqa kitoblari alohida ahamiyatga ega.
Abu Rayhon Beruniy dunyoda birinchi bolib, polyak olimi N.Kopernikdan 550 yil oldin geliotsentrik nazariyaga asos solib, olam markazida Quyosh, Quyosh atrofida barcha planetalar va shu jumladan, Yer aylanib yurishini isbotlab bergan alloma bolib hisoblanadi. Beruniy 995 yili fan olamida birinchi bolib Yer sharining maketi hisoblangan globusni ham yaratdi. U Qizilqum va Qoraqum tabiati, daryolarning qadimdagi migratsiyasi haqida juda qiziq ilmiy fikrlarni aytdi. Orta Osiyoning geografik sharoitini organishga malum darajada hissa qoshgan olimlardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Buxorolik olim, oz asarlarida olkaning yirik shakllari: tekislik, botiq va toglarning vujudga kelishida tashqi va ichki (endogen va ekzogen) kuchlarning tasiri mavjudligi haqida fikr yuritib, u minerallarni: toshlar, metallar, oltingugurtli yonuvchi jismlar va tuzlarni 4 guruhga ajratadi.
Orta Osiyoda yer haqidagi fanlarning, jumladan geografiyaning taraqqiyotiga oz hissasini qoshgan olimlardan yana biri Mahmud Koshgariydir. U kop yillik sayyohati davomida toplagan malumot-lariga asoslanib «Devoni lugotit turk» asarini yaratadi. Bu asarda birinchi marotaba dunyo kartasining asl nusxasi berilgan. Unda Oloy, Turkiston, Zarafshon, Fargona, Chotqol toglari, Qoraqum, Surxon-Vaxsh vodiylari tasvirlangan karta berilgan. Orta Osiyoning geografik sharoitini organish tarixida Samarqandlik olim, temuriylar sulolasining vakili Mirzo Ulugbek alohida orin tutadi. U Samarqand shahrida «Fanlar Akademiyasi»ni tashkil etib, oz davrining mashhur olimlarini topladi. Uning bizgacha yetib kelgan asarlaridan biri «Ziji Koragoniy» - astronomiyaga bagishlangan bolsada, unda qimmatbaho geografik malumotlar mavjud bolib, jahondagi kopgina shaharlarning koordinatalari aniq berilgan.
Orta Osiyoda geografiya, biologiya va ekologiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa qoshgan va uning rivojiga asos solgan olimlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Hech mubolagasiz u kishini ozbek «geografiya» fanining otaxoni deb aytish mumkin. U ozining barcha korganlari va kuzatishlarini «Boburnoma» asarida tasvirlab, Orta Osiyoning iqlim tiplari, fyon shamollari, Fargona va Zarafshon vodiylarining tabiati va xojaligini yuqori ilmiy darajada tasvirlagan. Bobur nafaqat olka tabiiy sharoitining xilma-xilligini yozadi, balki uning kelib chiqish sabablarini ham chuqur ilmiy tahlil qiladi. Tabiatga nisbatan eng dastlabki ekologik qarashlarni oz asarlarida targib etgan olimlardan biri bu - buyuk mutafakir olim Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bobur oz davrining katta bilimdoni sifatida mavjud bolgan barcha bilimlarni ham puxta organdi va ozlashtirdi. Boburning tirik organizmlarning ular yashaydigan tabiiy-geografik sharoit bilan ozaro aloqalari va ozaro tasirlari haqidagi ekologik qarashlari uning noyob asari «Boburnoma»da yaqqol kozga tashlanadi. Bobur bu asarida Fargona, Zarafshon va Toshkent vohalarining ekologik sharoitlarini, tabiiy resurslarini, tabiatining oziga xos xususiyatlarini va xojaligini chuqur talqin etgan. Shu bilan birgalikda, muallif «Boburnoma»da yuqorida nomi tilga olingan vodiylarning tabiiy boyliklarini, u yerda osuvchi osimliklar va yashovchi hayvonlarning bir-biriga bogliqlarini mohirona tasvirlaydi.
Bobur birinchi bolib Garmsel (issiq shamol) shamollarning esishini va uning osimliklarga, hayvonlarga tasirini togri ilmiy tushuntirib beradi. Hindistonning xilma-xil hayvonot va osimlik turlariga qisqacha tarif bergan. Shuni alohida takidlab otish kerakki, «Boburnoma»da Hindistonning osimlik va hayvonot turlari, hozirgi ekologik til bilan aytganda, ekotizimlar (ekosistemalar)ga: tog, tekislik, jangal (toqay), chol va suv havzalari komplekslariga ajratib berilgan. Bu - tabiatga ekologik yondashish sohasida Orta asrlarda bajarilgan birinchi ishdir. Ushbu ilmiy ishlar bilan Boburning ekologik qarashlari hozirgi zamon ekologik goyalari darajasigacha kotarilgan.
XIII - asrda yevropalik Marko Polo Italiyadan chiqib Eron va Pomir orqali Xitoyga otadi. U Sharqiy va Markaziy Orta Osiyo yerlarini, ayniqsa, Badaxshon va Pomir haqida ancha qiziqarli malumotlarni yozib, bu hududlarda rubin, kumush va oltin kopligini aytib otadi. Orta Osiyoning oziga xos noyob tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari qadimdan qoshni mamlakatlarning, eng avvalo, Rossiyaning diqqatini jalb qilib keldi.
XVII-asrdan boshlab ruslar tomonidan Orta Osiyo olkasini organishga kirishiladi. Ularning asl maqsadi bu olkaning tabiiy sharoitini organish maqsadida, bu hududda joylashgan Xiva xonligi, Buxoro amirligi va Qoqon xonligining davlat sirlarini hamda qanday boyliklari, arzon xom-ashyolari borligini bilish edi. 1715-1717 yillarda Bekovich-Cherkasskiy boshligidagi ekspeditsiya Kaspiy dengizi, Amudaryoning Uzboy ozani, Ustyurt orqali Xivaga keladi. 1794 yili T.S.Burnashev boshchiligidagi ekspeditsiya Qizilqum choli va Zarafshon vodiysining qoyi qismini organadi. Orol dengizi chuqurligini, qirgoq tuzilishini va undagi mavjud bolgan kichik-kichik orollarni organishda 1849 yilda tashkil etilgan A.I.Butakov boshchiligidagi Orol ekspeditsiyasining ahamiyati katta.
Rossiya XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib boy xom-ashyo manbalariga ega bolgan Orta Osiyo olkasini bosib olish uchun oz yurishini boshladi. Natijada shafqatsiz qirginlar hisobiga, 1853 yili Qoqon xonligiga qarashli Oqmachitni (hozirgi Qizil Ordani), 1864 yili Chimkentni, 1865 yili 17 mayda mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga qaramasdan Toshkent va nihoyat, 1868 yil 2-may kuni esa, Samarqandni qolga kiritdi. Songra esa, asta-sekin Orta Osiyoning boshqa qismlarini ham egallab oldi. Rossiya bu olkani bosib olgandan keyin, uning tabiiy sharoitini organish va tabiiy boyliklarini qidirib topish uchun qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirishga etibor berdi. Shu maqsadda P.P.Semenov-Tyanshanskiy, A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, L.S.Berg va boshqa olimlar boshchiligida qator ekspeditsiyalar tashkil etildi.
P.P.Semenov - Tyanshanskiy 1855-1856 yillarda Garbiy Tyanshanni va Issiqkolni tekshirgan birinchi yevropalik va birinchi rus olimidir. 1869 yil 10-yanvar kuni Samarqandga yosh olim B.A.Fedchenko rafiqasi Olga bilan kelib, fevral oyidan boshlab Zarafshon vodiysi orta qismining osimliklarini tekshiradi.
Fargona vodiysini va uning atroflarida 1868-71 y. chuqur ilmiy tekshirish ishlari olib borgan mashhur olim akademik A.F.Mitdendorf bolib hisoblanadi. U birinchi marotaba vodiyning iqlim xususiyatlarini organdi, lyoss jinslarining tarqalishi va uning kelib chiqishiga oid jiddiy ilmiy goyalarni ilgari suradi. Orta Osiyoning geologik tuzilishini birinchi bolib organgan olim I.V.Mushketovdir. U boshchiligidagi ekspeditsiya 1874 yildan boshlab shu mintaqaning geologik sharoitini, tog jinslarining tarqalish qonuniyatlarini ilk bor sinchiklab organadi. Akademik V.A.Obruchev 1886-1888 yillarda, Sank-Peterburg universitetining IV-kursini bitirgandan song ozining ilk geologik kuzatishlarini (hozirgi Turkmanboshi) Krasnovodsk shahridan boshlab «Turksib» temir yol trassasi boylab olib boradi. V.A.Obruchev Zarafshon vodiysining, ayniqsa Zirabuloq-Ziadin toglarining geologik va geomorfologik tuzilishini batafsil organadi. 1902 yildan boshlab Orol dengizi va Quyi Amudaryo sohillarida bolajak geograf olim, akademik L.S.Berg boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirish olib boradi. L.S.Berg Orol dengizi va uning atroflarini sinchiklab organib, ozining mashhur «Orol dengizi» nomli monografiyasini yozadi. Bu kitob hozir ham oz ilmiy ahamiyatini yoqotgan emas.
Orta Osiyoning osimlik dunyosini organishga katta hissa qoshgan olimlar A.N.Krasnov (1914), V.L.Komarov, S.I.Korjinskiy (1916) va boshqalar. Orta Osiyo togli va tog oldi rayonlarining tuproq qoplamini S.S.Neustruyev (1914) organadi. Moldoviyalik N.A.Dimo esa birinchi marotaba Orta Osiyo tekislik qismining, jumladan Mirzachol tuproq qoplamining xususiyatlarini tekshiradi. Sobiq sovetlar hukumati davrida, 1924 yil GUK (Bosh kartografiya boshqarmasi) tashkil etiladi. Bu tashkilot birinchi bor Orta Osiyo mintaqasida kartalashtirish ishlarini olib boradi. 1926 yil Ittifoqdosh va Avtonom Respublikalarni organish boyicha maxsus qomita tashkil etiladi. Bu qomitaning boshligi etib A.Ye.Fersman tayinlanadi. Ana shu davrdan boshlab, Orta Osiyo tabiiy sharoitini va tabiiy resurslarini organish boyicha uzluksiz ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. 1928-36 yillarda Orta Osiyo hududida Komleks tadqiqot ishlari olib borgan TPE (Tojik-Pomir ekspeditsiyasi) ishladi. Bu ekspeditsiya tarkibida mashhur olimlar (I.P.Gerasimov, K.K.Markov, E.M.Murzayev, A.Ye.Fersman, D.Sherbakov va boshqalar) ish olib boradi. Umuman TPEda 800 dan ortiq kishi ishtirok etib, olkaning tabiiy-geografik sharoiti va tabiiy resurslarini organishga ulkan hissa qoshadilar.
D.Sherbakov, A.Ye.Fersman 1928-30 yillarda birinchi marotaba Orta Osiyoning qumli sahrolarini tekshiradilar. Bu olkaning sahrolarini tekshirishda buyuk olimlar samolyotdan foydalanib, ilk marotaba qumli relef formalarning hosil bolish qonuniyatlarini aniqladilar.
Orta Osiyoning tog muzliklari dastlab N.L.Korjenevskiy (1928), S.V.Kolesnik (1934), K.K.Markov, I.P.Gerasimov (1936-38)lar tomonidan tekshirilib, bu olka tog muzliklarning joylanish qonuniyatlari va tiplarini aniqladilar. Ye.N.Korovin (1934), A.N.Rozanov va boshqalar Orta Osiyoning osimlik va tuproq qoplamini tekshirdilar. Ye.N.Korovinning 1934 yilda birinchi marotaba Orta Osiyo osimliklarini umumlashtiruvchi 2-tomli («Orta Osiyo va Janubiy Qozogistonning osimliklari») kitobi nashr etildi. Bu Orta Osiyo tabiatini organishdagi eng katta voqealardan biri edi. Orta Osiyoning suvlarini organishni va gidropostlarni tashkil etishni amalga oshirgan olim V.N.Glushkovdir. Orta Osiyodagi foydali qazilmalarni tekshirishda va ularni aniqlashda D.I.Sherbakov, A.Ye.Fersman, Yu.A.Popov, Yu.A.Skvorsov va boshqalarning xizmati katta. Shuni alohida takidlash kerakki, XX asrning 30-chi yillarining oxirida va 40-chi yillarning boshida mahalliy xalqdan yetuk yosh olimlar yetishib chiqdi, ular: H.M.Abdullayev, G.O.Mavlonov, I.Hamroboyev, K.I.Satpayev, Udeshev, P.Baratov va boshqalar. Orta Osiyoda keng tarqalgan noyob va kopgina jumboqlarga boy tog jinslaridan biri lyossdir. Mashhur olim, akademik Vladimir Afanasivich Obruchevning istedodli shogirlaridan biri Gani Orifjonovich Mavlonovning ana shu lyoss jinsining kelib chiqishi, tarqalish qonuniyatlari va genetik tipi boyicha qilgan ishlari uni butun dunyoga mashhur qildi.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Orta Osiyoning geologik va tektonik tuzilishini organishda va foydali qazilmalarining joylanish qonuniyatlarini ochishda mahalliy xalq vakillaridan juda kop mashhur geolog olimlar: H.Abdullayev, I.Hambrabayev, G.A.Mavlonov, O.Akramxojayev, X.Akbarov, A.Sultonxojayev, S.Mirzayev, M.Mamatqulov, Sh.Davlatov va boshqalar yetishib chiqdilar. Orta Osiyo olkasining oziga xos geomorfologik xususiyatini organishda Yu.A.Skvarsov (1949), G.A.Mavlonov (1958), S.O.Skvorichevskaya (1965), M.M.Mamatqulov (1972), I.S.Shukin (1983) va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.
Bu davrda va undan keyin Orta Osiyoning iqlim sharoiti va uning shakllanish qonuniyatlarini aniqlashda V.A.Bugayevning (1946, 1957), L.N.Babushkinning (1957, 1961, 1981) ishlarini takidlash mumkin. Ayniqsa, V.A.Bugayev, V.O.Djordjio va boshqalarning dunyoga mashhur «Orta Osiyoning sinoptik jarayonlari» (1957) kitobini eslatib otish lozim. Bu kitobda birinchi marotaba Orta Osiyo hududida ob-havo va iqlimning shakllanish qonuniyatlari batafsil yoritilgan. Orta Osiyo iqlimining oziga xos xususiyatlarini tasvirlashga Ye.N.Balashova, O.M.Jitomirskaya, O.A.Semenovalarning (1960), O.M.Chelpanova (1963), S.G.Chanisheva (1966), T.Muxtarov (1999, 2000, 2001, 2002) va boshqalarning ishlarini korsatish mumkin. Olkaning gidrologik sharoitini va suv resurslarini organishda V.L.Shuls (1949), (1958, 1959, 1963, 1968, 1969), O.P.Sheglova (1981), E.I.Chembarisov, B.A.Baxritinov (1983) kabi olimlarning xizmati katta.
Orta Osiyo osimliklarini organishda Ye.P.Korovin (1961, 1962, ikkinchi nashri), Q.Z.Zokirov (1947, 1955) va boshqalarning xizmatlari kattadir. Q.Z.Zokirov Zarafshon daryosi havzasining osimlik dunyosini sinchiklab organdi va shu hudud misolida Orta Osiyo tog va tog oldi osimliklarining balandlik boylab tarqalish qonuniyatini aniqlab, ularni mahalliy Xalq atamalari bilan «chol», «adir», «tov», «yaylov» deb atashni asoslab berdi. Orta Osiyo hududining tuproqlarini organishda A.N.Rozanov (1951) va A.M.Mamitov (1982), A.Z.Genusov (1983) va hayvonot dunyosini organishda T.Z.Zohidov, R.N.Meklenbursov, O.P.Bogdanov (1971) ishlarini alohida takidlab otish zarur.
Orta Osiyoning tabiiy geografik sharoitini yaxlit organishda, uni batafsil yoritgan Rossiya fanlar Akademiyasi Geografiya instituti tomonidan tayyorlangan monografiyalarni («Srednyaya Aziya» 1958, 1968) va Toshkentlik geograflar V.M.Chetirkin (1960), N.L.Korjenevskiy (1960), N.A.Kogay (1979) va boshqalarning ishlari alohida orin tutadi. Orta Osiyo sahrolari tabiiy geografik sharoitining shakllanishi va tabiiy boyliklarini atroflicha yoritgan V.S.Zaletayev (1976), A.G.Babayev, Z.G.Freykin (1977) va A.G.Babayev, I.S.Zonn, N.N.Drozdov, Z.G.Freykin (1986) ishlarini korsatish mumkin. L.Alibekovning Moskvada «Misl» nashriyotida chop etilgan «Sahro saxovati» (1988) kitobida Orta Osiyo sahrolarining tabiiy-geografik sharoitining oziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari hamda bu olkaning insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishidagi roli ochib berilgan. Shu bilan birga sahro boyliklaridan foydalanishdagi yutuqlar va kamchiliklar korsatilgan, eng muhimi, Orta Osiyo sahrolarini ozlashtirishda tabiat qonuniyatlaridan togri foydalanishning geografik asoslari bayon qilingan.
Malumki, Orta Osiyoda tog oldi tekisliklari qadimgi va hozirgi dunyo sivilizatsiyasi paydo bolgan va barq urgan hayot mintaqasidir (polosasidir). Qadimgi va hozirgi navqiron Samarqand, Toshkent, Ashxabod, Bishkek shaharlari ham xuddi ana shu mintaqada joylashgan. Ekologik jihatdan nozik bolgan bu tog oldi tekisligi iqlimning ozgarishiga va kuchayib borayotgan inson xojalik faoliyatiga juda tasirchandir. L.Alibekovning 1992 yilda Moskvada «Nauka» nashriyotida chop etilgan «Tog va sahro ortasidagi (oraligi) hayot mintaqasi (polosasi)» kitobida, ana shu ming yillardan buyon tog va tekislik ortasidagi tor mintaqada hayot uchun kurash tajribasi, otroq va kochmanchi madaniyatlarning bir-biriga tasiri, Buyuk Ipak yoli otgan bu ulkan tog va bepoyon tekislik ortasidagi tor mintaqa tasiri «kontakt zona» - Orta Osiyodagi ekologik qiyinchiliklarga yangicha ekologik nuqtai nazardan qarashga imkon beradi.
1995 yilda akademik A.G.Babayevning rus va ingliz tillarida «Chollarni ozlashtirish muammolari» fundamental monografiyasi nashrdan chiqdi, unda, Yer yuzidagi chollarga umumiy tavsif berish bilan birga, Markaziy Osiyo (regional aspektda) va Turkmaniston chollariga (milliy aspektda) alohida toxtalib, ularning potensial tabiiy resurslariga batafsil tavsif berish bilan birga bu resurslardan ilmiy asosda foydalanish boyicha tavsiyalar berilgan, chol tabiiy boyliklarini ozlashtirishda va mahalliy xalqning kop yillik tajribasiga etibor berish zarur ekanligi korsatilgan.
Orta Osiyo toglarining oziga xos umumiy tabiiy-geografik xususiyatlari V.M.Chupaxin (1964), O.K.Agaxanyans (1964, 1965, 1981), R.A.Zlotin (1975), N.A.Gvozdeskiy, Yu.Golubchikovlarning (1987) monografiyasida batafsil yoritilgan. Orta Osiyo hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda V.M.Chetirkin (1947), E.M.Murzayev (1956, 1958, 1968), N.A.Gvozdeskiy (1960), L.N.Babushkin, N.D.Dolimov, N.A.Kogay (1961, 1964) va boshqalar ancha ishni amalga oshirdilar. Orta Osiyo hududi mintaqaviy qismlarining tabiiy geografik sharoitlarini organishda L.N.Babushkin, N.A.Kogay, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, P.Baratov, M.Mamatqulov, M.Umarov, A.Rafiqov, A.Abdulqosimov, S.Nishonov, H.Vahobov, P.Gulomov, Sh.Zokirov, I.Hasanov, A.Rahmatullayev, S.Abbosov, Yu.Sultonov, A.Mamatov, M.Halimov, R.Halimov, T.Jumaboyev kabi Ozbekistonlik geograf olimlarning ishlari diqqatga sazovordir.
3. Mustaqillikka erishgandan keyin Orta Osiyoni tabiiy-geografik jihatdan organilishi
Mustaqillikka erishgandan keyin Orta Osiyoni tabiiy-geografik jihatdan organish koproq mintaqalar va mustaqil respublikalar hududlari boyicha olib borildi. Shunday qilib, Orta Osiyo tabiiy sharoitini organilish tarixi boyicha yuqoridagi keltirilgan malumotlardan malum bolayaptiki, olkaning umumiy tabiiy-geografik komponentlari zamon darajasida toliq organildi deyish mumkin. Lekin shuni alohida takidlash kerakki, tabiiy- geografik tadqiqotlarda kopincha toplangan tabiiy-geografik malumotlar A.Gumbolt zamonidan (XIX) va L.S.Berg (1913) davridan boshlab malum bir sxema boyicha umumlashtirilib, tog va tekislik bir-biridan ajralgan holda alohida qaralar edi. Lekin hayot va amaliyot Orta Osiyo boyicha toplangan tabiiy-geografik malumotlarga yangicha dinamik nuqtai nazaridan va yangicha (sistemali) tizimli yondashishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda, Orta Osiyoda inson xojaligi faoliyatining tasir jarayonlari yirik tabiiy geografik komplekslarni qamrab olib tog-tekislik geosistemalarining (tizimlarining) real mavjudligini korsat-moqda. Regionda keyingi 40-50 yilda tabiiy sharoitdan va tabiiy resurslardan notogri, ayniqsa, jadal (ekstensiv) foydalanish natijasida kopgina kongilsiz (negativ), hatto xafvli tabiiy va antropogen hodisalar kuzatilmoqda. Buning uchun esa modda va energiya harakatlari bilan bir butun bolgan katta miqyosdagi (masshtabdagi), murakkab hududiy birliklarning tabiiy-hududiy va ishlab chiqarish hududiy komplekslarini boshqarishning dastlabki ilmiy asoslarini ishlab chiqish kerak bolib qoldi. L.Alibekovning 1994 yilda «Fan» nashriyotida chop etgan «Tog va tekislik landshaftlarining ozaro tasiri (Orta Osiyo misolida)» monografiyasida, birinchi marotaba Orta Osiyo tog va tekislik-larining tabiiy-geografik aloqalari va ularning inson xojalik faoliyati tasiri ostida ozgarishi (tarnsformatsiyasi) hamda ularni xalq xojaligining turli sohalarida maqsadga muvofiq boshqarishlar bayon etilgan. Bu monografiyada muallif tomonidan tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish maqsadida tog va tekislik landshaftlarining gorizontal dinamik bogliqlik va aloqadorligini organish muammosini yechish uchun nazariy va metodologik asoslar yaratilgan. Unda tog va tekisliklar rivojlanayotgan va ishlayotgan (funksioniruyushiy) tizimlar va uning qismlari (tog va tekisliklar) material (patok) oqimlar bilan birlashgan deb qaraladi. Muallif tomonidan, Orta Osiyo olkasiga xos bolgan tog-tekislik «geopara» -«qoshaloq komplekslari» degan geografik tushuncha kiritilgan.
Monografiyada, boshqa fanlar ichida, birinchi marotaba tabiiy- geografik tadqiqotlar Orta Osiyo olkasi misolida tog va tekislik ortasida moddalarning aylanib yurishi qonuniyati ochib berilgan. Bir qancha qismlardan tuzilgan moddalarning tog va tekislik ortasida aylanib yurishi batafsil tahlil qilingan. Orta Osiyo tog va tekisliklarining bir butun yaxlit qilib boglab turuvchi moddalar almashinuvining miqdoriy baholari keltirilgan (5-chizmaga qarang).
L.Alibekovning ushbu monografiyasida «Tog-tekislik» qoshaloq geokomplekslarida (geoparasida) moddalar harakatining ishtirok etish xususiyatiga qarab tortta aloqa vosita kanallari ajratilgan. Umuman, ushbu tadqiqotda birinchi marotaba tog va tekislik landshaftlarining ozaro tasirining mexanizmlari ishlab chiqilgan. Oquv qollanmada shu nazariy muammoli masalalar birinchi bor berilmoqda. Kitobda funksional va genetik jihatdan umumiy bolgan, tog va unga bogliq bolgan tekislik landshaftlarining doimiy va uzoq vaqtdan buyon (ularning ozaro tasiri sababli) real mavjud, lekin hozirga qadar organilmagan hodisa ikki xil tabiiy tizimlarning bir butunlikda uchrashishlarining mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek monografiyada modda va energiyaning harakati bilan bogliq bolgan, tabiatda bir butunlikda uchraydigan sistemalarni (tog-tekislik) maqsadga muvofiq ozgartirish va ekologik muvozonatni tiklash uchun zarur vositalardan biri bolgan agrolesomelioratsiyani keng miqiyosda amalga oshirish ilmiy asoslab berilgan.
Oliy oquv yurtlarida otiladigan «Orta Osiyo tabiiy geografiyasi» fani boyicha ozbek tilida oquv qollanma M.Qoriyev tomonidan qariyib bundan qirq yil avval, 1967 yilda nashrdan chiqqan edi. Undan keyingi oquv qollanma P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqovlarning «Orta Osiyo tabiiy geografiyasi» (Toshkent, «Oqituvchi» nashriyoti, 2002 y.) va P.Gulomov, I.Hasanovlarning «Orta Osiyo tabiiy geografiyasi» (Toshkent, «Universitet», 2002 y.) tomonidan chop etildi. Tavsiya etilayotgan qollanmada Orta Osiyo tabiiy geografik sharoitining noyob oziga xos takrorlanmas xususiyatlari hamda uning qadimiy sivilizatsiya markazining shakllanishidagi roli, olka tabiiy-geografik sharoitining har bir komponentlari (orografik, tektonik, geolgik tuzilishi, relefi, iqlimi, hozirgi zamon tog muzliklari, osimliklari, hayvonot dunyosi)ga tavsif berishda ularning alohida xususiyatlari va ular tarqalishining geografik qonuniyatlarini yoritishga intilgan, olka hududdiga oid malumotlarni tizimli (sistemali) yondashish nuqtai nazaridan berishga harakat qilingan.
ADABIYOTLAR:
1. Башенина Н.В. Формирование современного рельефа земной поверхности. М., «Высшая школа», 1967.
2. Звонкова Т.В. Изучение рельефа в практических целях. - М.: Географигиз, 1970.
3. Звонкова Т.В. Прикладная геоморфология. м.: Изд. «Высшая школа», 1970.
4. Леонтьев О.К. Основы геоморфологии морских берегов . М.: Изд. МГУ, 1961.
5. Леонтьев О.К., Рычагов Г.И. Общая геоморфология. Общая геоморфология. М.: «Высшая школа». 1988.
6. Mavlonov F.O., Mamatqulov M.M. “O`rta Osiyo toglarining qadimgi muzliklari ”. “ FAN ” nashriyoti, 1964.
7. Mamatqulov M.M. “ O`rta Osiyo gorlari ”. T.: “Mehnat”, 1991.
8. Мешеряков Ю.А. Рельеф Земли. Ответ. Ред И.П.Герасимов «Недра», 1967.
9. Nigmatov A., Yusupov R. “Tabiiy geografik komplekslar va ekzogen jarayonlar”. T.: “Turon-Iqbol”, 2006.
10. Soatov A., Yusupov R. Geomorfologiya asoslari . T.: O`zMU nashriyoti, 2003.
11. Щукин И.С. Геоморфология Средней Азии. М.: Изд. МГУ, 1983.
12. Щукин И.С. Общая геоморфология. М. Изд. МГУ. Том I, 1960 г. (615 с.), Том II, 1964 г. (564 с.), Том III 1977.
PAGE \* MERGEFORMAT 1
O‘RTA OSIYO TABIIY SHAROITINING O‘RGANILISH TARIXI