Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”asarida qo’llanilgan tarixga oid terminlar va ularning tahlili

O’zbеkisтоn Rеspublikаsi Оliy vа O’rта Махsus Та’liм Vаzirligi

ALISHER NAVOIY NОМIDАGI SAMARQAND DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI.

Tarix fаkultеti

REFERAT

Topshirdi: Xolova F.

Qabul qildi: Temi????????

?

?

?

?????????????????

?

Mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”asarida qo’llanilgan tarixga oid terminlar va ularning tahlili.

Reja

I Kirish

Terminalogiya va davlat tilida ish yuritish asoslari fanining maqsad va vazifalari.

II Asosiy qism:

1.Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari tarixshunosligi.

2. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

3.”Boburnoma”asarida keltirilgan terminlar.

III.Xulosa.

1.Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari tarixshunosligi.

Har vaqtki, ko’rgaysen mening so’zimni,

So’zimni o’qib, yod olg’aysen o’zimni.

Zahiriddin Muhammad Boburni shavkatli shoh va shoir, mohir sarkarda, yirik davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. Taqdir taqozasi bilan umr tug’ilib o’sgan zaminiga taldinib, ona yurtini sog’inib o’tgan bobomizning Vatanni sevish, yurt qadriga yetish, unga munosib farzand bo’lish haqidagi o’gitlari bugungi kunda ham qimmatini, ahamiyatini yo’qotmagan.

O’zbek klassik adabiyotining XV-asr oxiri, XVI-asr boshlarida yashab ijod etgan atoqli nomoyondalardan Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining qarama-qarshilikli, murakkab va qisqa hayotida (1483-1530) anchagina asarlar yaratgan bo’lsa-da, ularning hammasi bizgacha yetib kelgan emas.

Boburnig hozirgacha ilm xazinasiga kelib qo’yilgan asarlari- uncha to’liq bo’lmagan bir devoni,islom dini asoslarini bayon etuvchi “Mubayyin” nomli she’riy risolasi, “Volidiya”atalgan tasavvufga oid bir qator kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va “Xatti Boburiy” nomi bilan mashhur bo’lgan tarjimasi alfavit jadvali hamda “Boburnoma” asaridan iboratdir.

Boburdan qolgan ijodiy merosining eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston, Eron xalqlar tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va o’sha davr o’zbek klassik namunasi bo’lgan “Boburnoma”asaridir.

Asarning asl nomi “Boburiya” bo’lsa-da, uni “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Voqeati Boburiy” deb atadilar, keyinchalik asar “Boburnoma ” degan nom bilan mashhur bo’lib ketdi.

Bu asarning mavjud to’liq teksti 1857- yilda turkolog N.I Ilminskiy tomonidan Qozonda tipografiya yo’li bilan o’zining to’rt betlik nashr prinsiplarini ko’rsatgan ruscha so’z boshisi bilan bosilgan. Asarni nashrga tayyorlash va dunyoga chiqarishda rus olimi N.I. Ilminskiyning zo’r faoliyat ko’rsatganini alohida qayd etish kerak.

Bu nashirdan keyin 1905-yilda ingliz orientalislaridan A. Beverij xonim “Boburnoma” ning Haydarobodda topilgan bir qo’lyozmasining faksimilesini sinkografiya yo’li bilan nashr etdi.Bu nusxaning qachon va kim tomonidan kuchirilganligi nomalum. Bu ham to’liq tekst bo’lsa-da, qozon bosmasiga nisbattan ba’zi tushib qolgan joylari va ayrim nuqsonlari border. Lekin umuman olganda har ikkala nusxa ham ayrim-ayrim nushalardan xoli emasdir.

London nusxasining afzalligi shundaki, bunda A. Beverij nusxaning ayni o’zini berib juda yaxshi ish qilgan, shu bilan birga asar oxirida mukammal kishi ismlari, georafia va qabla, uru’ nomla koragichi berilgan va ingliz tilida o’n betlik so’z boshisi ham bor. Lekin ko’rsatgichlarni transliteratsiyasiz arab yozuvi bilan berilishi nomlari to’g’ri o’qish masalasini qiyinlashtirdi.

Mna shu ikki mavjud nusxaga asoslanib, 1948-1949- yillarda “Boburnoma”ning ikki qismdan iborat to’liq teksti bosib tarqatilgan edi. Bu nashr yangi o’zbek alifbofida, kishi va geografik nomlar ko’rsatgichi, to’liq lug’at, ba’zi bir qisqa izoh va tarjimalar ilovasi bilan bosilgan edi.

SHundan keyin “Boburnoma”ning to’liq teksti 1960-yili nashrga tayyorlandi va nashr etildi.

Ilgargi nashri kabi bu nashrga ham yuqorida zikr etilgan London va Qozon bosma nusxalari asos qilib olindi. Shu ikkala nusxaga qaytadan taqqoslanib, ikkisiga ham tanqidiy qaradi. Birisini birisi to’ldirish yo’li bilan tuzulgan mazkur tekstni anchagina mukammallashgan desa bo’ladi. Nusxalarda ma’no jihatdan farq qiladigan so’zlar kelganda bundaylarning farq va variantlari bet ostida ko’rsatila borilgan. Shu jihatdan bu nashrning bet osti izohlari avvalgiga nisbatan anchagina ko’paygan edi.

Kitob oxiriga ilova qilingan ko’rsatgichlar qayta tuzilgan va tarjimalar ham yangidan qarab chiqilgan. Asarning ilgargi ba’zi bir tushirib qoldirilgan joylari bu bosmada kiritilib, tekstni mukammallashtirilgan edi1.

Shunday qilib Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari tarixshunosligini urganishda ko’plab olimlarimiz o’z hissalarini ayamadilar. Natijada biz “Boburnoma”ni o’rganishda va shu davirda bo’lgan voqiya va hodisalardan baxramand bo’lmoqdamiz.

2. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.

Temuriyzoda sultonlardan biri, ulug’ shoir va davlat arbobi, yirik sarkarda va Benazir tarixnavis Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi davru zamonlar o’tgani sayin necha avlod ijodkorlarini qiziqtirib kelmoqda va bundan buyon ham shundoq bo’lmog’i muqarrar.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Farg’ona viloyatini idora qilayotgan temuria hukmdor Umarshayx Mirzo xonadonida dunyoga keldi. Ma’lumotlarga ko’ra, Zahiriddin Muhammad ismini yosh shahzoda uchun o’sha davrdagi Movarounnahrning atoqli ulamolardan bo’lgan Xoji Nasriddin Ubaydulloh Ahror Valiy tanlagan.Shoirligi shohligidan, shohligi shoirligidan ulug’ hazrati Bobur qisqa bo’lsa-da, nechog’li ziddiyat va qarama-qarshiliklar, matonat va jasoratlarga boy sertahlika va sermazmun hayot yo’lini bosib o’tgani yaxshi ma’lum. Vaqt o’tgani sari ulug’ ajdodimizdan qolgan ulkan ijodiy merosning qadr-qimmati yanada zalvor va salmoq kasb etmoqda. Aslida, “Temuriyzoda sulton Zahiriddin Muhammad Bobur” deyilishining o’zidayoq hamma gap aytib bo’linganday, shu maqom va nom tilga olinishi bilanoq boshqa so’z va izohga o’rin yo’qday…2

Zahiriddin Muhammad Boburning otasi Umarshayx Mirzo temuriy hukumdorlar orasida toj-taxt kurashlari keskinlashgan bir davrda Farg’ona viloyatini idora qildi va bu kurashda faol ishtirok etdi. Pokiza e’tiqodli, Hazrat Xoji Ubaydulloga irodasi bor, ravon savodli bu temuriyzoda Boburning ma’lumotiga ko’ra “Xamsatayn va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o’qib edi. Aksar “Shohnoma” o’qir edi”. Tabiatida “hamisha mulkgirlik dag’dag’asi bor” bo’lgan Umarshayx Mirzo yurttalablik da’vosi bilan Samarqandga bir necha bor yurish qiladi. Farg’ona viloyatining osmonida urush bulutlati qalqib yurgan damlarda fojiali vafot etadi.

Bu voqea 1494-yilda sodir bo’ldi.Taomilga ko’ra, Varg’ona viloyatining taxti to’ng’ich o’g’li Boburga tegdi.U shu vaqtda o’n ikki yoshda edi.

Bobur Mirzoning mamlakatda osoyishtalikni barqaror qilish uchun juda ko’p ter to’kishiga to’g’ri keldi.

Bobur Mirzoning sarson-sargondonlikda kechirgan umri, birnecha bor hayotiga suiqasd uyushtirilishi, vatandan yiroqlik Boburshoh sog’ligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. U “Boburnoma” da keltirilgan ruboiylarning birida kasallikning tobora xuruj qila boshlaganini bayon etadi:

Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur,

Ko’zdan o’chadur uyqu, chu oqshom bo’ladur.

Har ikkisi g’amim birla sabrimdek,

Borg’on sayi bu ortadur, ul kam bo’ladur.

Yigirma besh- yigirma olti kun davom etgan bu kasallik dori-darmon bilan o’nglanmaydi. Uyqusizlik va tashnalik Boburshohni holdan toydirdi. U hayotning achchiqchuchugini ko’rgan tajribali podshoh sifatida yaqinlariga vasiyatni ma’lum qildi. Humoyinga adolatli siyosat yuritishni, ukalari bilan oralarida bo’lgan gina-kudratlarni unutishni ta’kidlaydi. Umrini jang-u jadallarda otkazgan Boburshoh 1530-yilning 26-dekabrida Agarda vafot etadi. Keyinchalik uning xoki vasiyatiga ko’ra Kobulga ko’chiriladi3.

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”si o’zbek adabiyotini, xalqimizni dunyoga tanitgan asarlardan desak, mubolag’a bo’lmoydi. “Boburnoma” hozirgi kunda o’ttizdan ortiq tilga tarjima qilingan bo’lib, jahonning turli davlatlarida qayta-qayta nashr etilmoqda. Ma’lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur devonining Parij va Hind nusxasi mavjud. Parij nusxasi Parij Milliy kutubxonasida (№ 1308) salanadi. Hind nusxasi Boburning “Hindqa kelgali aytqan ash’or” lari bo’lib, ular qo’yidagilardir:o’zbek tilida masnaviy, qit’a, ruboiy, urducha-forscha va urducha-o’zbekcha fard. Shuningdek, devonga Hazrati Xoja Ubqydulloh Ahror qalamiga mansub “Validiya” risolasining fors tilidan Bobur tarjimasi ilova qilinadi. Devon 1528-yili, ya’ni Bobur hayotlik chog’ida kuchirilgan.

Boburning lirik merosi salkam to’rt ming misrani tashkil etadi.Ushbu meros hajm jihatdan uncha katta bo’lmasa-da, bir qator o’ziga xos jihatlarga ega: she’rlari soda va ravonligi, ixchamligi bilan ajralib turadi.

“Boburnoma”ning tarjimalari va ko’plab nashirlari tufayli o’zbek adabiyotining dovrug’I dunyoga yoyilgan bo’lsa, “Devon” xususida bunday deb bo’lmaydi-chet ellardaBoburshoh sohibi devon, hassos shoir sifatida kamroq tanilgan.

Avvalo shuni aytish kerakki, “Boburnoma”dagi she’rlar o’zbek va fors tillarida. Ularning umumiy soni 97 ta bo’lib, jami 324 misrani tashkil etadi. Shundan o’zbek tilidagi she’riy parchalar 37 ta, forscha she’rlar esa 60 ta.4

“Boburnoma” XV-XVI-asrlar O’rta Osiyosidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, harbiy tizim, maishiy hayotga oid muhim ma’lumotlar jamlangan qomusiy manbadir. Asarda, shuningdek, Afg’oniston, Hindiston tabiati, iqlimi, o’simlik va hayvonot dunyosi, xalqning yashash tarsi, madaniyati, turmush darajasi aks ettirilgan.

Jahon memuar janirning nodir namunasi hisoblangan “Boburnoma” qomusiy asar sifatida e’tibor topgan. Asarni g’arb tillariga tarjima qilish XVIII-asrdan boshlandi. “Boburnoma” to’rt marta fors va ingliz, ikki marta olmon, fransuz, turk, urdu, bir marta galland, italiyan, hind, yapon, polyak, nemis, ispan, uyg’ur, qozoq tillariga tarjima qilindi. Asarning bu darajada mashhurligi keng ko’lamda mazmun, tasvir obyekti, betakror uslubi, ilmiy va badiiy qiymati bilan belgilanadi.

“Boburnoma” XV-XVI-asrlarda mavjud bo’lgan urug’, qabila, elat tushunchalarini aks ettirishi bilan ham alohida qiymatga ega. Asarda turkey qabila va elatlar, afg’on va hind xalqi urug’-qabilalarini ifodalovchi ellikdan ortiq termen qayd etilgan5.

Xulosa:

“Boburnoma”o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan nasr namunasidir. Unda ma’lum bir sanaga oid muhim bir voqea hikoya qilinadi, so’ng voqea sodir bo’lgan joyga tavsif beriladi. “Boburnoma” badiiy, tarixiy, yodnoma asar sifatida adabiyotshunos va tarixchi, tilshunos va urfshunos, tabiyat va jug’rofiya sohasi, shuningdek, yana bir qator mutaxassislarga qimmatli ma’lumatlar bera oluvchi bebaho asardir. Shuning uchun ham bu asar turli davrlarda yashab, turfa tillarda so’zlashgan sharqshunoslar diqqatini jalb etdi, dunyo kengliklarida aks-sado berib keldi.

“Boburnoma” madaniy hayotga doir keltirilgan dalillarning mohiyati va ilmiy qimmati nutai nazardan g’oyat muhim bo’lib, bevosita shu vazifani zimmasiga olgan tazkiralari bilan bemalol raqobat qila olishga qodir asarlardandir. Mazkur asar, eng avvalo, o’z muallifning keng qamrovli faoliyati va ijodiyoti haqida mukammal tasavvur hosil qila olishi bilan qadirlidir. Bundan tashqari bu tarixiy asar necha asir o’tgan bo’lsada o’z qadir-qimmatini yo’qotgan emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Заириддин Муаммад бобур.”Бобурнома” Тошкент-1990 нашрга тайёрлови: П.Шамсиев.
  2. Vohidov R.J, Eshonqulov H.P, “O’zbek mumtoz Adabiyoti tarixi” Toshkent-2006
  3. Сирожиддин Саййид “Шоирлиги шолигидан, шолиги шоирлигидан улуг”// Ватанпарвар № 6 2012 йил 10 феврал
  4. Холмонова З.”Бобурнома”-мисилсиз омус// Ватанпарвар № 6 2012 йил 10 феврал
  5. Иброимов А.”Бобурнома” ва “Девон”// гулистон 2011/1

1 Заириддин Муаммад бобур.”Бобурнома” Тошкент-1990 нашрга тайёрлови: П.Шамсиев

2 Сирожиддин Саййид “Шоирлиги шолигидан, шолиги шоирлигидан улуг”// Ватанпарвар № 6 2012 йил 10 феврал

3 Vohidov R.J, Eshonqulov H.P, “O’zbek mumtoz Adabiyoti tarixi” Toshkent-2006(441-458-betlar)

4 Иброимов А.”Бобурнома” ва “Девон”// гулистон 2011/1 (16-17 бетлар)

5 Холмонова З.”Бобурнома”-мисилсиз омус// Ватанпарвар № 6 2012 йил 10 феврал (13 бет)

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”asarida qo’llanilgan tarixga oid terminlar va ularning tahlili