O’simlik va hayvonot dunyosini muxofaza qilish
OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI EKOLOGIYA VA TABIATNI MUXOFAZA QILISH KAFEDRASI
FAN: Tabiatni muhofaza qilish
REFERAT
Mavzu: Osimlik va
hayvonot dunyosini muxofaza qilish .
Bajardi: Ashurov A
Tekshirdi dots. Jurayev M.J.
Samarqand -2013
Osimlik va hayvonot dunyosini muxofaza qilish .
Reja
1.ozbekistonning osimlik dunyosini muxofaza qilish.
2.ozbekistonning hayvonot dunyosini muxofaza qilish.
3. Osimlik va hayvonot dunyosi biologik xilma xilligini muxofaza qilish .
4. Xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Osimlik va
hayvonot dunyosini muxofaza qilish .
Ozbekiston hududidagi balanlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bogliq bolgan qonuniyatlar Ozbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan tortta: chol, adir, tog va yaylov mintaqalarining har biri oziga xos iqlim, tuproq qoplami, osimlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida roy beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi.
Ozbekistonning tuproq qoplami, osimlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod osimlik turi mavjud bolib, bularning 9 foizi faqat Ozbekistonda uchraydigan endemik osimliklardir. Ozbekistonning osimlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar boyicha tarqalgan.
Ozbekiston hududi yer yuzasining garb va shimoli-garbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon kotarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yoginlar miqdori ortadi, tuproq osimlik qoplami ozgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki garbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon ozgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi.
Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning ozgarib borishini ulug allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar.
Tuproq turlari. Respublikamiz hududida turli tabiiy sharoit tasirida hilma-hil tuproq turlari tarkib topgan. Bular: 1) qayir allyuvial tuproqlar, 2) otloq boz tuproqlar, 3) qumli chol tuproqlari, 4) chol taqir tuproqlar, 5) shorxok tuproqlar, 6) sur-qongir tuproqlar, 7) sugoriladigan (madaniy) boz tsproqlar, 8) och tusli boz tuproqlar, 9) oddiy (tipik) boz tuproqlar, 10) toq tusli boz tuproqlar, 11) tog jigar tuproqlar va 12) tog otloq tuproqlaridan iborat.
Chol mintaqasi. Chol mintaqasi okean sathidan 400-500 m balanlikkacha bolgan joylarni oz ichiga oladi va Ozbekiston maydonining 70% ini ishgol qiladi.
Chol iqlimining juda issiq va quruq ekanligi, yoginlarning juda kam yogilishi sizga malum. Yozda yogin deyarli yogmaydi. Kunduzi havo harorati +450, +500S daragacha, qum yuzasi esa +800S darajagacha qiziydi.
Cholning qattiq, issiq va qurgoqchil iqlimi, siyrak osimliklar sharoitida tuproq hosil bolish jarayoni juda sust boradi.
Chol tuproqlari xilma-xil bolib, unda sur-qongir, qumli chol, taqir va boz tuproqlar uchraydi. Choldagi organik miqdori yuqori harorat tufayli tez parchalanib, mineralashadi. Shuning uchun tuproqlar tarkibida chirindi ancha kam boladi.
Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past toglar va Nurota toglarining etaklaridagi toshloq chollarda sur-qongir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar chirindi juda kam, ular korincha shortob boladi. Tuprooning ustki qatlamida kalsiy karbonat, pastki oatlamida esa sulfat tuzlaridan gips toplanadi. Tarkibida chirindi miqdori 0,3-1% gacha bolgan sur-qongir tuproqli joylarda siyrak ot osadi, mayda mollarni boqish imkoniyati vujudga keladi.
Qizilqum, Zarafshon daryosi etagi, Markaziy Fargona va Mirzacholdagi qumli tekisliklarda qumli chol tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 0,3-0,6% ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikda foydalanish qiyin. Qumli chol tuproqlarda osadigan osimliklardan qorakol quylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Chollarda taqirlar ham uchraydi, ular gili jinslardan tarkib topgan bolib, tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1% ga yetadi. Taqirlar Usyurtda, shunigdek quruq deltalarda, qadimgi daryolarning kohna qayirlarda uchraydi. Taqirlarda osimlik osishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi.
Respublikamizning yer osti suvlari yer betiga yaqin bolgan joylarda (Mirzachol, Markaziy Fargona, Qarshi chollari va Amudaryo etagida) shor tuproqlar vujudga kelgan. Bunday joylarda yer osti suvi yer betiga chiqib boglanadi, tuproq tarkibida tuz kopayadi. Chol mintaqasidagi yirik shorhoklar (masalan, Borsa-kelmas shorhoki) dan dehqonchilikda foydalanib bolmaydi.
Ozbekistonning daryo vodiylarida, qayir va deltalarida otloq va botqoq tuproqlar uchraydi.
Respublikamiz tekislik qismining sharqiy va janubiy chekkalarida boz tuproqlar keng tarqalgan (ular asosan uch xilda: och tusli boz tuproq, oddiy boz tuproq va toq tusli boz tuproqqa bolinadi). Boz tuproqlar qalin lyoss yotqiziqlari ustida hosil bolgan. Tarkibida chirindi kop bolmasa ham zarralari mayda bolib, suv va havoni ozidan yaxshi otkazadi.
Chol mintaqasining okean sathidan 300-500 m balantlikdagi joylarida och tusli boz tuproqlar tarqalgan. Och tusli boz tuproqning tarkibida 1-1,5% gacha chirindi boladi. Sugorib, ogitlar solinsa unumdor tuproqqa aylanib, yaxshi xosil bernadi.
Amudaryo etagi,Yu Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo va Surhondaryo vodiylaridagi qadimiy obikor dehqonchilik qilinadigan joylarida vohalar vujudga kelgan. Bu yerdagi boz tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida madaniy tuproqlarga aylangan.
Chol mintaqasida osimlik qoplami siyrak. Nam yetarli bolgan bahor fasli chol mintaqasining manzarasi ozgacha boladi,Yu bu vaqtda efemer osimliklar bark urib osib, chol yam-yashil libosga burkanadi.
Jazirama yoz issiqlari boshlanishi bilan choldagi otlar sargayib, qovjirab quriy boshlaydi. Cholda sidirga osimlik bolmaydi.
Chol osimliklari jazirama va quruq iqlim sharoitiga moslashgan. Ularning ildizi juda uzun, barglari mayda yoki butunlay bolmaydi. Shuning uchun tanasida nam kam buglanadi. Bazi bir osimliklar qisqa, sernam va salqin muddatga oz hayotini tugallashga ulguradi.
Qumlm chollarda Selin, juzgun, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq osadi. Qumlarda qora qandim va qizilcha butalari, shuningdek saksovul (yogochi qattiq, suvda chokadi) uchraydi. Saksovulsh qumlarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Shorhok joylarda ajriq, yulgun, shora va shuvoq osadi. Gili chollarda qum qiyogi va qongirbosh uchraydi.
Respublikamiz chollarida qorakol qoylari va tuya boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Cholda foydali osimliklar kop. Masalan, cherkez va isiriq tarkibida turli xil kasalliklarni davolaydigan alkaloidlar bor, sassiq kovrak tarkibidagi smoladan malham tayyorlanadi, ildizi esa krahmalga boy. Ayrim osimliklardan buyoq olinadi.
Chol mintaqasining hayvonlari hilma-hil bolib, ular chol sharoitiga moslashgan boz va sargish rangda boladi. Chollardagi bazi hayvonlar butunlay suv ichmay yashaydi, ular ozi istemol qiladigan osimliklar tarkibidagi nam bilan qanoatlantiradi.
Chol hayvonlari jazirama issiqqa ham moslashgan. Kopchilik hayvonlar chopqir, kozlari otkir boladi. Cholda sudralib yuruvchi kaltakesaklardan agama, dumaloq bosh kaltakesak, gekkonlar yashaydi.
Echkemar-eng yirik kaltakesak bolib, uning uzunligi 1,5 m ga yetadi. U mayda kaltakesak, ilon, qush bolalari, mayda sut emizuvchilar bilan oziqlanadi.
Respublikamiz chollarida ilonlar kop. Qumlarda bogma ilonlar yashaydi, ular xasharot, kaltakesak vam ayda kemiruvchilarni tutib yeydi. Tez yuguradigan, hatto saksovul va juzgunlarga ham epchillik bilan chiqib oladigan oqilonlar tanasining bir qismini tik kotarib tura oladi. Zaxarli ilonlardan charxilon, efa, qalqonbosh (chinqiriq) ilon, chipor ilon, janubda Orta Osiyo kapchabosh iloni (uni bazan «kozoynakli ilon» deydilar) yashaydi. Ilonlar zaxaridan zardob tayyorlanib, turli kasallar davolanadi. Choldagi toshbaqalar va bazi kemiruvchilar kunlar isib, osimliklar qurib qolgach, kelgusi bahorgacha uyquga ketadilar.
Chol mintaqasida qoshoyoq, yumronqoziq kabi kemiruvchilar kop. Ular osimliklarni kemirib, uruglarini yeb, chol yaylovlarga zara yetkazadi. Choldagi kemiruvchilarn7ing kushandasi sassiqqozan va tulkilardir. Chollardi yirtqichlardan chiyabori va barhan mushugi ham uchraydi.
Bu mintaqadagi yirik sut emizuvchi hayvonlar - jayron va saygoqdir. Bular chol rangida bolib, ularni darhol payqab olish qiyin, ular juda sezgir, chopqirdir. Xususan jayron juda gozal kiyikdir. Cholda qushlar nisbatan kam: asosan hojasavdogar, boyqush, chumchuq, turgaylar yashaydi. Hasharotlardan qoraqurt inson uchun xavflidir. Cholda shuningdek chayon, falanga uchraydi.
Toqay. Respublikamizning Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron kabi daryolari sohillarida toqaylar uchraydi. Bular oziga xos tabiat landshaftlari bolib, siyrak, zax ormon va chakalakzorlardan iborat. Toqaylarning kengligi bir necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha bolishi mumkin.
Toqaylarda otlar, butalar va daraxtlar osadi. Ot osimliklaridan - qizilmiya qoga, qamish, kendir va chirmovuqlar; butalardan-chikinda, yulgun, chingil va savagichlar; daraxtlardan tol, turongil va jiydalar uchraydi.
Taassufki, tabiiy boyliklarimizdan bolmish toqaylar keyingi yillarda inson faoliyati, daryo suvlarining kamayishi natijasida, hususan Quyi Amudaryo sohillaridan qisqarib bormoqda.
Toqaylar kopchilik hayvonlarning yashashi uchun muayyan sharoitga ega. Bu joylarda chiyabori, tulki va borilar yashaydi. Toqaydagi eng yirtqich hayvon-toqay mushugidir. Changalzorlarda tongiz ham uchrab turadi.
Xongul kiyigi olkamiz toqaylarining korkidir.
Toqavylarda qushlar kop boladi. Toqay eng chiroyli qushlardan hisoblanmish qirgovullar maskanidir. Shuningdek, qarqara, birqozon, goz, ordak va boshqa qushlar ham yashaydi. Toqaylarda xasharotlar kop.
Adir mintaqasi. Bu mintaqa okean sathidan 400-500 m dan to 1000-1200 m gacha bolgan balandliklarda joylashagn bolib, tog oldilarini egallaydi.
Adir iqlimi chol iqlimidan bir oz farq qilsada, yozi issiq va uzoq davom etadi. Yozi choldagideuk jazirama issiq emas, yillik yogin miqdori 300-450 mm. Osimlik qoplami choldagidan qalinroq. Bunday sharoitda oddiy va toq tusli boz tuproqlar hosil boladi.
Oddiy boz tuproq tog etaklaridan okean sathidan tahminan 500-600 m dan 1000 m gacha bolgan 1,5-2,5% ni tashkil etadi. Oddiy boz tuproqli joylarda sugoriladigan (obikor) va baxorikor yerlar hisoblanadi.
Toq tusli boz tuproqlar balandroq joylarda (okean sathidan 1000-1600 m balandliklarda) tarqalgan. Tuproq tarkibidagi chirindi miqdori 3-4% ga boradi, kopincha bahorikor ekinlar ekiladi. Daryo vodiylaridagi kichikroq joylarda sugorib dehqonchilik qilinadi.
Boz tuproqlar respublikamizda dexqonchilik qilinadigan asosiy tuproqlardir. Binobarin, ular eng muhim va tuganmas tabiiy boyligimiz hisoblanadi. Boz tuproqlar ishlov berish jihatidan ham, sugorish jihatidan ham bir qator qulayliklarga ega. Adir mintaqasida cholga nisbatan osimliklar koproq. Mintaqa bahorda qizil, siriq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Adirlarda kongirbosh, rang, sasir, yantoq, kovrak va gulhayrilar osadi. Adirlarning yuqoriroq qismida zirk, namatak butalari va dolana kabi buta va daraxtlar uchraydi.
Adirlarda hayvon dunyosi chol hayvon dunyosiga nisbatan kambagalroq. Cholga hos sudralib yuruvchilar kaltakesak (agama, gekkon) lar, ilon (kapchabosh ilon, zaxarli kok ilon)lar, hatto falanga, qoraqurt, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi.
Yirtqichlardan tulki, borilar yashaydi. Bahorda toshbaqa va yumronqoziqlar faol hoyot kechiradilar. Dexqonchilik qilinadigan joylar atrofida esa jayra, borsiq va tipratikanlar uchraydi. Qushlar choldagidan nisbatan koproq: pushti rang chugurchuq (asalarilar kushandasi), kok qarga, kaklik, zogcha, kalxat, qirgiy va burgut kabi qushlar yashaydi.
Voxalarda musicha, chumchuq va hushovoz bulbul hamda maynalar uchraydi. Bahorda qaldirgoch, sassiqpopishak va bulbullar uchib keladi.
Tog mintaqasi. Bu mintaqa okean sathidan 1000-1200 m dan 2700-2800 m gacha bolgan balandlikdagi joylarni oz ichiga oladi. Balandlikka kotarilgan sari havo harorati pasayib, yoginlar miqdori orta boradi. Toglarda yoz salqinroq, choldagidan nisbatan qisqaroq boladi.
Toglarning shimoliy yonbagirlari janubiy yonbagirlariga nisbatan salqin va namroq bolganligidan otlar yoz boyi kom-kok bolib osib turadi. Toglardagi garbiy yonbagirlarida sharqiy yonbagirlariga nisbatan yogin koproq boladi, binobarin, bu yonbagirlarda osimliklar ham koproq va qalin osadi.
Tog mintaqasidagi nam iqlim va Alin osimlik qoplami tuproq tarkibida chirindining kopayishiga sharoit yaratadi. Toglarda tog-kongir va tog-jigar rang tuproqlari tarkib topgan. Bunday tuproqlar tarkibida chirindi miqdori kop bolib, 4-6% gacha yetadi.
Respublikamizning toglari va tog etaklarida, daryo vodiylarida va qayirlarda otloq va botqoq-otloq tuproqlar tarqalgan.
Toglarning yonbagirlarida betaga, rovoch, tog yalpizi kabi otlar osadi, namatak, zirk, dukchop va irgay kabi butalar, yuqoriroqda esa ormonlar uchraydi. Tog ormonlarida bodom, pista, dolana, orik, olma, olcha, nok, yongoq kabi mevali daraxtlar osadi.
Okean sathidan 1400 m dan 25600 m gacha bolgan balandliklarda archa uchraydi. Archa yogochi mustahkam gimmatbaho daraxt bolib uzog umr koradi. Archazorlar-shifobaxsh oromgoxlardir.
Tog ormonlarining ahamiyati katta. Ular suv oqimlarini tartibga soladi, tuproqlarni yuvilib ketishidan saqlaydi, havo haroratini mutadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni, changni yutib, kislorod va namni kopaytiradi.
Kadrli oquvchilar! Ormon bizning bebaho boyligimiz va toglarimiz korkidir. Biz ularni nobud qilmay asrashimiz, ezozlashimiz lozim!
Tog mintaqasining hayvonot dunyosi boy va juda xilma-xildir. Ormonlarda jayra, borsiq, olmahon yashaydi. Maskur mintaqada qushlar juda kop: boltatumshuq, mayna, zargaldoq, bulbul uchraydi. Boyuglilar zararkunanda kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. Sutemizuvchi hayvonlardan ayiq, bori, bazan silovsin ham uchraydi.
Yaylov mintaqasi. Yaylov yoki baland tog mintaqasi okean sathidan 2700-2800 m dan balandda joylashgan bolib, maydoni ancha katta emas.
Mintaqadagi sovuq va nam iqlim sharoitida och kongir va otloq tuproqlar hosil boladi.
Yaylov mintaqasi subalp va Alp otloqlaridan iborat. Ayrim quyoshga teskari yonbagirlarida yil boyi qor saqlinishi mumkin. Subalp otloqlarda asosan baland boyli otlar, shuningdek boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar osadi.
Bu mintaqalardagi Alp otloqlari past boyli va kichik otlardan iborat. Otloqlarda tongizsirt, qoqiot, tipchoq, binafshalar osadi. Otloqlardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
Yaylov mintaqasida yirik hayvonlardan alqoro, bugu (elik) va kiyiklar, kemiruvchilardan - sugur yashaydi. Yaylovning korki bolmish qor barsi, shuningdek oq tirnoqli ayiq Ozbekiston « Qizil kitobi» ga kiritilgan (30-rasm).
Respublikamizning chol va adir mintaqalaridagi sugoriladign joylarda Toshkent (Chirchiq), Ohangaron, Fargona, Andijon, Namangan, Mirzachol, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Surxon, Xorazm va Qoraqalpoq vohalari vujudga kelgan. Toshkent, Zarafshon va Xorazm voxalari ozining 2-3 ming yllik tarixiga ega.
Sugorib ekmiladigan vohalarda otloq-allyuvial tuproqlar hosil bolgan, ularning tarkibida 1-1,5 % chirindi boladi.
Inson vohalaridagi tabiiy osimliklar orniga madaniy osimliklardan-bugdoy, arpa, sholi va makkajohori kabi don ekinlari, mevali daraxtlar, uzum, anjir, anor, sabzavot ekinlari, poliz ekinlaridan dunyoga mashxur qovun va tarvuzlar yetishtira boshlagan.
Voxalar oziga xos hayvonot dunyosiga ega.
Ozbekiston aholisining asosiy qismi, madaniy yodgorliklari va sanoat korxonalari vohalarida joylashgan.
Respublikamiz suv havzalarida zogorabaliq, laqqa baliq, shoxbaliq (oybaliq) va chortan baliqlar uchraydi. Sirdaryo va Amudaryo suvlarida yashaydigan noyob qilquyruq baliqlari Ozbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Ozbekiston hududidagi suv havzalarida baliqchi, yovvoyi ordak, goz, qarqara, flamingo (qizilgoz), meshkopchi qush (birqozon) va qoravoy qushlari uchraydi.
Ozbekiston tabiatni muhofaza qilish
Tabiiy boyliklar-bu insonning yashashi va xojalik faoliyati uchun zarur bolgan hamda uning xilma-xil extiyojini qondiruvchi yagona manbadir. Inson ozi uchun zaruriy oziq-ovqatni, kiyim-bosh, yoqilgi va energiya, sanoat xomashyosi hamda qurilish materiallari tabiatdan oladi.
Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar-yer osti boyliklari, suv, havo, osimliklar, hayvonot olami va boshqalar tabiiy boylik hisoblanadi.
Tabiat jamoa talabani qondiruvchi maba hisoblanib, undan foydalanish uch xil bolishi mumkin:
Tabiat |
Oziq-ovqat, kiyim bosh, uy-joy, dori-darmon, suv, havo va boshqalar manbai |
Aholining dam olib hordiq chiqarish manbai |
Ishlab chiqarish, xom ashyo, energiya va boshqalar manbai |
Tabiiy boyliklarning tugaydigan va tagamaydigan turlari mavjud. Tabiiy boyliklarning turlari haqidagi malumotlarni esga oling.
Ozbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish - inson uchun zarur bolgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqlarni eroziyadan saqlash, osimlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklash hamda xushmanzara joylarni (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar) tabiiy holicha saqlash kabilarni oz ichiga oladi.
Tabiatni muhofaza qilish avvalo Ozbekiston tabiiy muxitini sof va korkam holda saqlab, qayta tiklash bemakdir. Shu sababli Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Ozbekistonda hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini kozlab, yer ust iva yer osti boyliklarini, suv resurslarini, osimliklar va hayvonot dunyosini qoriqlash va ulardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz kopaytirib borishni taminlash va insonning atrof-muhitini yaxshilash uchun zarur choralar koriladi», deb korsatilgan.
Lekin hozir respublikamizda tabiatiga insonning tasiri tobora ortib bormoqda. Natijada uning bazi olkalarida (Orol boyida, Surxon vodiysida, Quyi Amudaryoda) ekologik xolat yomonlashib bormoqda. Havo, suv, tuproq ifloslanib, osimlik va hayvonlar bazi turlarining soni qirilib bormoqda.
Ozbekistonning Chirchiq-Ohangaron, Fargona, Zarafshon, Surxondaryo vodiylari havosi zavod - fabrikalaridan va avtotransportdan chiqayotgan har xil zaxarli gazlar, qurumlar, tutun va changlar hamda qishloq xojaligida ishlatiladigan zaharli kimviy moddalar bilan ifloslanmoqda.
Respublikamizda joylashgan kimyo, metallurgiya, sement, mashinasozlik va boshqa korxonalardagi tozalovchi inshootlarning yaxshi ishlamasligi yoki yoqligi sababli atmosfera havosiga yiliga koplab ifloslovchi moddalar chiqib ketmoqda. Shu sababli Ozbekiston havosi ancha iflos bolib, 31 ta shaharda atmosfera havosining ifloslik darajasi meyoridan ancha ortiqdir. Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Fargona, Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot, fenol, ammiak, vodorod ftor iva boshqa gazlar bilan ortiqcha ifloslangan. Olmaliq va Fargona havosi eng iflos shaharlar qatoridan orin olgan.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani havosi Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodidan chiqqan zaharli gazlar bilan, xususan ftor gazi bilan ifloslangan. Natijada bu tumanda bolalar olimi kopayib, uzum va mevali daraxtlarning bargi sargayib, hosili kamayib, hatto qoramollar kasallanib, tishi tokilib ketmoqda.
Orol dengizi suv sathining pasayishi sababli uning atrofidagi olkalarda (Quyi Amudaryo, Qizilorda viloyatlarida) havo har xil tuzlar, changlar, zaxarli kimyoviy moddalar bilan ota ifloslangan. Buning natijasida aholining salomatligi yomonlashib, bolalar olimi ham ortib bormoqda.
Respublikamiz havosini toza saqlash uchun har bir korxona doirasida zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda atmosfera havosini ifloslovchi moddalarni oshlab qolib, ulardan qayta foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Korxonalardagi koplab chiqindi chiqaruvchi eski dastgoxlarni kam chiqindi chiqaruvchi dastgoxlar bilan almashtirish, chiqindi chiqarmaydigan texnologik jarayonlarni joriy qilish lozim. Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiiy xizmat korsatish, soglomlashtirish tashkilotlari, parrandachilik majmuialari va chorvachilik fermalaridan chiqqan imflos suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda.
Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa osha korxonalardan chiqayotgan iflos suvlarini tozalab, zararsizlantirib, songra suv xavzalariga tashlashga yoki ularni ekin dalalarini sugorish foydalanishga erishishdan iborat. Maishiy xizmat korsatish korxonalardan chiqayotgan chiqindilarni zavod qurib, bu chiqindilar tarkibidagi foydali elementlarni ajratib olib, songra tozalab daryo va ariqlarga tashlash mumkin.
Ozbekiston suv havzalarining ifloslanishida zovur suvlarining ham tasiri bor. Chunki zovur suvlari har xil erigan tuzlarni, paxta va boshqa ekinlarga sepilgan turli hil zaxarli kimyoviy moddalar eritmasini daryolarga olib keladi, natijada suvni ifloslaydi.
Respublika daryo suvlarining zovur suvlari bilan ifloslanishining oldini olish uun ularni iloji boricha daryo, ariq yoki suv omborlariga tashlashga chek qoyish kerak.
Atrof - muhitning ifloslanishiga tog kon sanoati ham ishtirok etadi. Yer osti boyliklarini qidirib topish, ishga tushirish jarayonida koplab yerloar qaziladi, yollar har xil inshootlar quriladi, turli jins uyumlari vujudga keladi va ular hosildor yerlarni qoplab yotadi. Natijada hosildor yerlar yaroqsiz bolib, ot olanlar, daraxtlar yoq qilinadi, tuproq eroziyasi boshlanadi.
Ozbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashishi kerak. Buning uchun ekinlarning sugorish qoidasiga rioya qilish, sugorishning ilgor usullariga otish zarur. Ekinlarga ishlov berayotganida ilgor agrotexnika usullarini qollash kerak. Ekinlarning hosildorligini oshirish uchun koproq organik ogitlardan foydalanib, qishloq xojalik zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan kurashishga erishish zarur.
Respublikamiz havosini musaffo, xushmanzarali yerlarni kop bolishi uchun, avvalo yashil osimliklarga ayniqsa ormonlarga bogliq. Aholining ormonlarga, ayniqsa mevali (yongoq, pista, bodom, dolana va xokazo) va dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oq qayin, yetmak va boshqa) osimliklarga nisbatan notogri munosabatda bolishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar sayyohlar, oquvchilar osimliklarni bekorga nobud qilmaslik, ularning mevasini, urugini ruxsatsiz yigmaslik kabi tushuntirish va targibot ishlarni keng olib borish zarur. Maktablarda, maxallalarda kochat otkazish oyligi va kundaligini otkazish, ota-bobolarimiz ananalariga rioya qilib, boqlar, tokzorlar bunyod etishni odat tusiga kiritish lozim.
Ozbekistonning hayvonot olami ham xilma-xil. Lekin songi yillarda insonning xojalik faoliyati tasirida (yerlarni xaydash, yangi turar joylarni barpo etish, yaylorvlardan notogri foydalanish, notogri ov qilish) ularning soni va turi kamayib ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki (morxor), qirgovul, kaklik miqdori keskin kamayib ketdi. Bazi hayvonlar esa jumladan, Turon yolbarsi butunlay yoqolib ketdi. Songi yillarda qirilib ketayotgan hayvonlarni saqlab, kopaytirish uchun yangi buyurtma maskanlari va qoriqxonalari tashkil etildi.
Ozbekiston tabiatining korkamligi uning hududida nolir tabiat goshalarini (ajoyib soy, jilga, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, xar xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, gorlar, korizlar, sardobalar va hokazolar) tabiiy holicha saqlab qolishga bogliq. Lekin songi yillarda noorin har xil soglomlashtirish obyektlarini qurish, sayyoxlarning tabiatga nisbatan notogri munosabatda bolishi, har xil qurilishlar (suv ombori, ariqlar qazish, chorvachilik majmualari va boshq.) sababli oshaxushmanzara joylarga putur yetkazmoqda. Bizning maqsadimiz manzarali xushtabiat joylarni (tabiat yodgorliklarni) iloji boricha oz holicha saqlab,kelgusi avlodoarga qoldirish.
Ozbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob osimliklar va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli Ozbekiston «Qizil kitobi» nashr etilgan. Ozbekiston «Qizil kitobi»ning birinchi jildiga 63 ta umurtqali hayvon turi, shu jumladan 22 ta sutemizuvchi, 31 ta qush, 5 ta sudralib yuruvchi hayvon, 5 ta baliq turi kiritilgan.
«Qizil kitob»ning ikkinchi jildiga muhofaza qilinishi zarur bolgan osimlik turlari kirgan. Bu jildga Ozbekistonda muxofaza qilinishi kerak bolgan 400 ta osimlik turining 163 tasi kiritilgan.
Ozbekiston tabiatining muxofaza qilishda qoriqxona, milliy bog va buyurtmalarning ahamiyati juda katta.
Ozbekistonda hozir qoriqxona sifatida muxofaza qilinayotgan maydon 250,5 ming ga yoki respublika hududining atigi 0,6% ini tashkil etadi. Ozbekistonda 9 ta qoriqxona joylashagn. Qoriqxonalar haqidagi malumotlar ilovadagi 8-jadvalda berilgan.
Kelajakda respublikamizda qoriqxonalar maydoni kengayib (Ustyurt, Orolboyida, Qizilqumda yangi qoriqxonalar barpo etish, Hisor qoriqxonasini kengaytirish hisobiga), Ozbekiston hududining 3% ini tashkil etadi.
Ozbekistonda yana 70 ta davlat buyurtmalari - zakazniklar ham mavjud, ular malum muddatgacha ov qilish, bazi osimlik va hayvon turlariga shikast yetkazish mann etiladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar royxati.
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: 1999 (айта тахрири)
И.А. Каримов «Ўзбекистон XXI аср бўсаасида» Т.: 1997.
Ўзбекистон Республикасида атроф табиий муитни муофазаси ва табиий ресурслардан фойдаланишнинг олати тўрисида. Миллий маъруза. 2006.
Н.С. Назаров. Охрана окружающей среду и экологическое воспитание студентов. М. 1989.
В.П. Антонов. Уроки Чернобуля: радиация жизнь, здоровья. К. Об-во. Знание УССР. 1989 г.
З.М. Акрамов и др. «Прошлое, настоящее и будущее Аралского моря» Т.: 1990.
P. Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T.: 1991.
Sh. Otaboyev, M. Nabiyev. Inson va biosfera. T.: 1994.
Yu. Shodimetov. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.: 1994.
Р.У. Бекназов, А.А. Рафиов. Охрана природы. Е.: 1995.
Н.Н. Моисеев, Человек и ионосфера. М. 1998.
Н.Н. Маслов, Ю.И. Коробов. Охрана окружающей среды на железнодорожном транспорте. М. Транспорт. 1996 г.
Э.И. Павлова. Экология транспорта. М. Транспорт. 1996 г.
В.П. Антонов. Уроки чернобыля: радиация, жизнь, здоровья. К. об-во. Знание. УССР. 1989 г.
A. Yergashev. Umumiy ekologiya. T.: 2003 yil.
Sh.A. Shirinboev, M.G. Safin. Atrof muhitni muhofaza qilish. Samarqand 2003 y.
I. Bobobekov. Samarqand kimyo kombinati chiqindilarining sugoriladigan tuproqlar ekologik holatiga tasiri va uning oldini olish chegaralari. J. “Ekologicheskiy vestnik”. № 5. 2006 y.
O. Hamraqulov va boshqalar. Ekologik xavfsizlikni taminlashda avtomobil transporti kompleksining keltirib chiqaradigan muammolar. J. “Ekologicheskiy vestnik” № 5. 2006 y.
В.И. Кирпечев. Здоровье индивида, здоровье населения. Ж. Экология и жизнь. № 8. Москва 2006.
Самойлов С., об итогах деятельности органов Госкомприроду за первое полугода 2005. Ж. Экологический вестник. № 5 Тошкент 2005.
Ozbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishning holati togrisida milliy maruza. T.: -2006 y.
И.В. Куликов, И.В. Молчанова, Э.Н. Караваева. Радиоэкология почв растительный покровов. Свердловск: АНССР. 1990 г. с 187.
Э.И. Авдеева. Экологические права и охрана окружающей среды. Ташкент 2003 г.
Н.П. Моисеев. Природа и общество: единство процесса самоорганизации. Ж. Экология и жизнь. № 1 Москва 2006.
И.Н. Голисын. Промышленная экология. Москва 2002 г.
Э.В. Парахонский, Г.А.Маховикова. Экология. КонспЭект. Эексий. М.:Эксмо, 2006. -114 с.
Митчелл Пол. 101 ключевая идея: Экология. М.: ФАИР-ПРЕСС, 2001.-224 с.В.П.Лим, Э.С.Ан, А.А.Григоръянс и др. Заповедники и национальные парки. Ташкент: Чинор ЭНК, 2007. 152 с. («Охраняемые природные территории Узбекистан»).
Т.Я. Ашихминой. Экологический мониторинг: Учебно методическое пособие. М.: Алма Матер, 2008. 416 с.
L.Yo.Yormatova. Sanoat ekologiyasi. Toshkent. Faylasuflar milliy uyushmasi. 2008 y. 256 bet.
Виноградов Б.В.Основы ландшафтной экологии М. ГУЩС 2006.
Лархер Д.Экология растений М.Мир.2011.
Горышина Т.Н. Экология растений.М.Высшая школа.2011.
Воронов А.Г., Дроздов Н.Н., Криволуцкий Д.А., Мяло Е.Г. Биогеография с основами экологии. М.Высшая школа.2011.
34. WWW.nature.uz.
35. WWW.uznature.uz.
37. WWW.Carec.kz.
38. WWW.ecoforum.sk.uz.
O’simlik va hayvonot dunyosini muxofaza qilish