JAMOA SHARTNOMALARI VA KELISHUVLARI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI

FAN: “Hayot faoliyati xavfsizligi”

MAVZU: JAMOA SHARTNOMALARI VA KELISHUVLARI

Bajardi: ass. Rabbimov H. T

Navoiy-2010

Ma`zkur referat oliy o`quv yurtlarining bakalavr yo`nalishdagi talabalar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan referat yozish ucnun na’muna sifatida tavsiya etiladi.

JAMOA SHARTNOMALARI VA KELISHUVLARI

Reja

1. “Jamoa shartnomasi” tushunchasi va tuzilishi

2. Jamoa shartnomasining mazmuni

3. Jamoa kelishuvi, uning turlari

Jamoa shartnomasi» tushunchasi, mazmuni va tuzilishi

Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rta-sidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat. Ta’kidlash joizki, jamoa shartnomasi korxonada ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasida birgalikda yoki kelishib qabul qilinadigan normativ hujjatlar orasida yuridik ahamiyati jihatidan yuqoriroq o‘rinda turadi.

Buning boisi shundaki, birinchidan, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi o‘rtasida muayyan korxona doirasida amal qiladigan yangi hu-quqiy normalar (mehnat huquqining lokal normalari) joriy qilinadi. Bunday hollarda, jamoa shartnomasi mehnat huquqining manbai sifatida namoyon bo‘ladi.

Ikkinchidan, jamoa shartnomasini tuzish va qabul qilishda kor-xonaning butun jamoasi ishtirok etadi. Demak, jamoa shartnomasi korxonani boshqarishda mehnat jamoasi ishtirokining asosiy va muhim shakli bo‘lib qoladi. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining harakat dasturida mehnatkashlarning korxonalarni boshqarishda ishtirok etishini ta’minlash zarurligi bejiz ta’kidlanmagan.

Uchinchidan, qoidaga ko‘ra, korxonada qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarda mehnatning faqat ba’zi shartlari va ayrim xodimlar guruhiga oid shartlar ko‘zda tutilishi mumkin. Jamoa shartnomasi esa amaldamehnat jamoasining hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga taalluqli bo‘lgan keng qamrovli hujjatdir.

To‘rtinchidan, jamoa shartnomasi orqali unga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ish beruvchi bilan mehnat jamoasining o‘zaro harakatlarini bevosita ta’minlashning imkoniyati yaratiladi. Ayni vaqtda, jamoa shartnomasi taraflarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvo-fiqlashtirishga yordam beradi.

Shunday qilib, jamoa shartnomasining muhim xo‘jalik va huquqiy hujjat sifatida bozor munosabatlariga o‘tish davrida korxonalar mustaqilligini kengaytirish hamda ularning yuridik javobgarligini kuchaytirish borasidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, korxonalarning moliyaviy jihatdan mustaqillikka o‘tgani, iqtisodiy rag‘batlantirish jamg‘armasidan foydalanish huquqining berilgani, mehnat haqi miqdori va tizimi, mukofot, qo‘shimcha to‘lov, ustama haq, rag‘batlantirish tarzdagi to‘lovlarning asosan jamoa shartnomalarida belgilanishi korxona faoliyatiga oid ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishida muhim omil bo‘lish bilan birga, xodimlar manfaatdorligining ortishiga hamda mehnat jamoasi faoliyatining yanada faollashuviga xizmat qiladi. Qolaversa, bu jamoa shartnomasida qayd etilgan tadbirlarning izchilligi va samaradorligiga ham ijobiy ta’sir etadi.

Xulosa qilib aytsak, jamoa shartnomasi muhim huquqiy hujjat bo‘lib, u muayyan korxona doirasida ijtimoiy sherikchilikni amalga oshirishning samarali vositasidir.

Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining kasaba uyushmalari orqali tadbirkorlar – ish beruvchilar bilan hamkorlik qilishda asosiy huquqiy hujjat sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat kodeksi (MK)ning 35-moddasida ta’kidlanganidek, jamoa shartnomasini tuzish zarurati haqida avvalo tegishli qaror qabul qilinadi. Qoidaga ko‘ra, ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurati haqida qaror qabul qilish huquqi kasaba uyushmasiga, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organiga yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishiga (konferensiyasiga) berilgan.

Jamoa shartnomasi korxonalar va ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo‘linmalarida tuziladi. Jamoa shartnomasining taraflari korxona xodimlari (mehnat jamoasi) hamda mulkchilikning shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, ish beruvchidir. Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmasi yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organi orqali, ikkinchi tarafdan bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar o‘rtasida tuziladi. Shunisi ham muhimki, korxona qayta tashkil etilayotgan davrda jamoa shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi. Shundan keyin taraflardan birortasining tashabbusi bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Jamoa shartnomasi korxonaning tarkibiy tuzilishi, boshqaruv or-ganining nomi o‘zgargan, korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham o‘z kuchini saqlab qoladi (MKning 43-moddasi). Muhimi, korxonaning mulk egasi o‘zgarganda ham, jamoa shartnomasi 6 oy muddat mobaynida o‘z kuchida qoladi. Bu davrda taraflar yangi jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini saqlab qolish, uni o‘zgartirish va to‘ldirish haqida muzokaralar boshlashi mumkin.

Jamoa shartnomasi qayta ko‘rib chiqilganda, ilgari qabul qilingan shartnomada xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar saqlab qolinishi va boshqa shartlarni bajarish mumkinligiga oid masala hal etilishi shart. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartib va shartlar asosida tugatilayotganida va tugatish ishlari olib borilayotgan butun muddat davomida jamoa shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi.

Ma’lumki, jamoa shartnomasi o‘z mazmuniga ko‘ra huquqiy hujjatdir. Jamoa shartnomasining mazmuni deganda, uni tuzish vaqtida taraflar kelishgan barcha shartlarning aks etishi tushuniladi. Qoidaga ko‘ra, jamoa shartnomasining mazmuni taraflar tomonidan belgilanadi. Bu shartlar taraflarning huquq va majburiyatlari hamda ularni bajarmaganlik uchun javobgarliklardan iboratdir.

Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi ma-salalarga doir o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:

– mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqa, kompensatsiya hamda qo‘shimcha to‘lovlar;

– narxlarning o‘zgarib borishi, inflatsiya darajasi, jamoa shart-nomasida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;

– xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatish shartlari, ish va dam olish vaqtlari, mehnat ta’tilining muddati, xodimlar, jumladan ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

– korxona va organga qarashli turar joylarni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlarini inobatga olish;

– ishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar uchun im-tiyozlar;

– ixtiyoriy yoki majburiy tarzda tibbiy va ijtimoiy sug‘urta qilish;

– jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sherikchilik, kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi faoliyatiga tegishli sharoit yaratib berish.

Albatta, yuqorida jamoa shartnomasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha masalalar aks etmagan. Jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, boshqa shartlar ham ko‘zda tutilishi mumkin. Chunonchi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan norma hamda qoidalarga qaraganda imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar ham kiritilishi mumkin (masalan, qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatidan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safaridagi xarajatlar uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda, shuningdek ularning maktabdagi va maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarini tekin yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish singari qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar).

Basharti amaldagi qonunlardagi ayrim qoidalar jamoa shartnomalarida mustahkamlab qo‘yilishi shart deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday normativ qoidalar jamoa shartnomasiga albatta kiritiladi. Masalan, mehnat muhofazasi tadbirlari uchun belgilangan mablag‘lardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasida aks etgan.

Jamoa shartnomasining loyihasi korxona bo‘linmalarida muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar asosida qayta ishlanadi va takomillashtiriladi. Nihoyat, mazkur loyiha mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning muhokamasiga qo‘yiladi. Bu hol mehnat jamoasi yig‘ilishi (konferensiyasi) vakolatliligi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 39-moddasiga asosan mehnat jamoasining yig‘ilishi xodimlarning yarmidan ko‘prog‘i ishtirok etgan taqdirdagina, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasining konferensiyasi unda delegatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina, vakolatli hisoblanadi. Jamoa shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan qoidaga ko‘ra, shartnoma jamoa umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) ishtirok etayotganlarning 50 foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergandagina ma’qullangan hisoblanadi.

Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) bildirilgan taklif va istaklarni e’tiborga olib, loyiha taraflarning vakillari tomonidan qayta ishlab chiqiladi va 15 kun muddat ichida umumiy yig‘ilish (konferensiya) muhokamasiga taqdim

etiladi. Shartnoma umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ma’qullanganidan keyin, u taraflarning vakillari tomonidan 3 kun ichida imzolanishi lozim.

Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan kuchga kiradi. Jamoa shartnomasining o‘zida uning amal qilish vaqti ko‘rsatilishi mumkin. Shunday ekan, u taraflar belgilagan muddat mobaynida amal qiladi. Bu muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar tomonidan yangi shartnoma tuzilgunga, amaldagi shartnoma o‘zgartirilgunga yoki to‘ldirilgunga qadar o‘z kuchida qoladi. Jamoa shartnomasining amal qilish doirasi muayyan korxona bilan cheklanadi. Demak, jamoa shartnomasi ish beruvchiga va shu korxonaning barcha xodimlariga, shuningdek jamoa shartnomasi kuchga kirgandan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

Qonun talabiga ko‘ra, jamoa shartnomasining bajarilishi muntazam ravishda tekshirib borilishi kerak. Undagi belgilangan majburiyatlarning bajarilishini tekshirish va nazorat qilish taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga muvofiq, jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasida) hisobot berib turishlari lozim. Tekshirish olib borilayotgan vaqt mobaynida taraflar tekshiruvga zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Jamoa kelishuvi, uning turlari va mazmuni

Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi davrda iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirish jarayonida ijtimoiy sherikchilik prinsiplari yuzaga keldi. Jamoa kelishuvi ijtimoiy sherikchilikning hayotga tatbiq etilishi vaziyatida vujudga kelgan hamda milliy qonunchiligimizda yaratilayotgan huquqiy hujjatning yangi ko‘rinishidir.

Jamoa kelishuvi deganda, korxona doirasidan ancha yuqori pog‘onada turadigan shartnomani anglash lozim. Jamoa kelishuvlari muayyan kasb, tarmoq, hududga tegishli xodimlar uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlarni belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga olgan muhim normativ hujjat hisoblanadi. Bunday kelishuvlar xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini tartibga solish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladigan shartnomaning aniq bir turidir.

Jamoa kelishuvining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u korxona doirasidan yuqoriroq pog‘onada turgan ish beruvchilar (ularning uyushmalari) bilan ijtimoiy sherikchilikni amalga oshiradigan markaziy vakillik organi o‘rtasida tuziladi. Huquqiy hujjat sifatida u xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, hudud va mintaqalarda tatbiq etiladi.

Jamoa kelishuvining turlari Mehnat kodeksining 47–50-moddalarida aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan tartibga solinadigan munosabatlar sohasi, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarning xususiyatlariga qarab, bosh kelishuv, tarmoq kelishuvi, hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvi tuziladi. Ushbu kelishuvlarning har biri o‘zining aniq ishtirokchilariga ega bo‘lib, amal qiladigan sohasidagi (masalan, soha, hudud, xodimlar guruhi) munosabatlarni tartibga soladi hamda qonunchilikda belgilab qo‘yilgan shartlarni o‘rnatadi.

Jamoa kelishuvlari muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarning kelishuvlariga muvofiq, ikki taraflama va uch taraflama bo‘lishi mumkin. Kelishuvni tuzish vaqtida taraf sifatida ijroiya hokimiyat organi ham ishtirok etishi mumkin. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organlari ish beruvchilar yoki ish beruvchining vakili bo‘lmagan ijroiya hokimiyat organidan ular bilan ikki taraflama kelishuv tuzishni talab etishga haqli emas (MKning 47-moddasi).

Qoidaga ko‘ra, bosh kelishuv O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fede-ratsiyasi Kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari o‘rtasida tuziladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham bosh kelishuv tuzilishi mumkin. Bosh kelishuv O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xususida kelishib siyosat olib borishning umumiy prinsiplarini belgilab beradi.

Ma’lumki, bosh jamoa kelishuvi ish beruvchilar birlashmasi (uyush-masi) bilan tuzilishi kerak. Faqat taraflarning taklifi bilangina hukumat bu hujjatga jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bosh kelishuv uchta tarafning kelishuvidir. Shu bois, bugungi bosqichda birdan-bir to‘g‘ri yo‘l tarmoq kelishuvlarini kuchaytirishdir. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalarining harakat dasturida ish beruvchilarning respublika birlashmasini tashkil etish, ijtimoiy sherikchilikning qonuniy asosini takomillashtirish va mustahkamlash kabi masalalar asosiy vazifalardan biri, deb qayd etilgan.

Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida hamda taraflarning taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilantuziladi (MKning 49-moddasi). Tarmoq kelishuvlari muayyan tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, mehnat shartlari va unga haq to‘lash, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar guruhining) ijtimoiy kafolatlarini belgilab beradi.

Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xo-dimlarning boshqa vakillik organlari) bilan ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida tuziladi. Taraflarning taklifiga ko‘ra, bunday kelishuv mahalliy ijroiya hokimiyat organi bilan ham tuzilishi mumkin. Hududiy (mintaqaviy) kelishuv muayyan hududning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishning shartlarini belgilaydi. Bu kabi kelishuvlar alohida xususiyatga ega huquqiy hujjatdir. Chunki ana shunday kelishuvlar orqali mehnat qonunchiligi normalari differensiyalanadi.

Qoidaga ko‘ra, jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari taraflarning teng huquqli vakillaridan iborat komissiya tomonidan belgilanadi va uning qarori bilan rasmiylashtiriladi (MKning 32-moddasi).

Xodimlarning tegishli pog‘onadagi vakillik organlari (ularning birlashmalari) bir nechta bo‘lgan taqdirda, ular tanlagan komissiya a’zolari shu organlar (ularning birlashmalari) o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi. Jamoa kelishuvining loyihasi komissiya tomonidan imzolanadi. So‘ngra jamoa kelishuvi va uning ilovalari yetti kun muddat ichida kelishuv ishtirokchilariga yuboriladi. Shuningdek, shu muddat ichida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi organlariga yuboriladi. Mehnat kodeksining 52-moddasiga asoslanib, jamoa kelishuvlarining matnida mehnat huquqining barcha institutlariga oid masalalarni aks ettirish mumkin. Bu masalalar taraflar tomonidan belgilanadi.

Jamoa kelishuvlarida:

– mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari, uni muhofaza qilish, mehnat va dam olish tartibi;

– narxlarning o‘zgarib borishi, inflatsiya darajasi, kelishuvlarda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;

– eng kam miqdori qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan kom-pensatsiya tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar;

– xodimlarning ishga joylashishiga, ularni qayta o‘qitishga ko‘-maklashish;

– ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda ishlab chiqarishda xo-dimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; – xodimlar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maxsus tadbirlar;

– davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlarini himoya qilish;

– nogironlar va yoshlar (shu jumladan 18 yoshga to‘lmagan shaxslar) mehnatidan foydalanish maqsadida ular uchun qo‘shimcha ish joylarini tashkil etuvchi korxonalarga beriladigan imtiyozlar;

– ijtimoiy sherikchilik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar aks ettirilishi mumkin.

Jamoa kelishuvlarida mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Jamoa kelishuviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi shundan iboratki, avvalo, unga uning o‘zida belgilangan tartibda, taraflarning o‘zaro roziligiga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Agar jamoa kelishuvida bu nazarda tutilmagan bo‘lsa, u holda Mehnat kodeksida belgilangan tartibda uni tuzish amalga oshiriladi.

Jamoa kelishuvi u imzolangan paytdan yoki kelishuvda belgilangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Jamoa kelishuvining amal qilish muddati taraflar tomonidan belgilanadi va u 3 yildan oshib ketmasligi lozim.

Qonunchilikda jamoa kelishuvining amal qilish doirasi qat’iy qilib belgilangan. Uch taraflama jamoa kelishuvi tuzilgan bo‘lsa, uning amal qilishi davlat ijroiya hokimiyat organiga ham taalluqli bo‘ladi.

Qonunchilikda jamoa kelishuvlarining bajarilishini tekshirib borish asosan taraflar vakolatiga kiritilgan. Mehnat kodeksining 56-moddasida ta’kidlanganidek, barcha pog‘onadagi jamoa kelishuvlarining bajarilishi bevosita taraflar yoki ular vakolat bergan vakillar tomonidan tekshirib boriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ham jamoa kelishuvlarining bajarilishi tekshirib turiladi. Tekshirish jarayonida taraflar kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishlari shart.

Jamoa shartnomasi va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi talablarni buzganlik uchun javobgarlik masalasi Mehnat kodeksining 34-moddasida batafsil bayon etilgan. Ushbu moddada ish beruvchining vakillari qanday holatlarda javobgar bo‘lishlari aniq ko‘rsatilgan. Muhimi shundaki, ushbu moddada belgilab qo‘yilgan harakatlar (harakatsizliklar) mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi deb baholanadi va qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortishga asos hamda sabab bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT

Ўзбекистон Республикасининг Менат кодекси. – Т., 2008.

Ўзбекистон Республикасининг Фуаролик-процессуал кодекси. – Т., 2001.

Ўзбекистон Республикасининг «Касаба уюшмалари, уларнинг уулари ва фаолиятининг кафолатлари тўрисида»ги 1992 йил 2 июль онуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1993. – № 9. – 344-м.

Ўзбекистон Республикасининг «Менатни муофаза илиш тўрисида»ги 1993 йил 6 май онуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1993. – № 5. – 223-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Макамасининг 2005 йил 11 февралдаги “Ходимларга уларнинг менат вазифаларини бажариш билан боли олда жароатланиши, касб касалликларига чалиниши ёки саломатлигининг боша хил шикастланиши туфайли етказилган зарарни тўлаш оидаларини тасдилаш тўрисида”ги 60-сонли арори // Ўзбекистон Республикасининг онун ужжатлари тўплами. – 2005. – № 5–6. – 24–37-б.

DARSLIKLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALARI

Турсунов Й. Менат ууи: Дарслик – Т., 2002.

Турсунов Й., Шодиметова Ф. Менат муносабатларига оид онун ужжатларидан юз савол-жавоб. – Т., 1992.

Иноятов А. Ўзбекистон Республикасининг менат ууи: Дарслик. – Т., 2002.

Усмонова М. А., Турсунов Й. Менат ууи: Ўув ўлланма. – Т., 2001.

JAMOA SHARTNOMALARI VA KELISHUVLARI